FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml

Nafas yo’llaridagi kasalliklarni davolash uchun dori vositasi. Yo’talga qarshi va shamollashni davolash uchun dori vositasi. Balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi boshqa birikmalardan tashqari. Mukolitik vosita.
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml qo'llanmasi
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
100 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: Karbotsistein 2,0 g
yordamchi moddalar: saxaroza, glitserol, banan xushbo’yi, metilparagidroksibenzoat (E218), sariq shafaq bo’yovchi (E 110), natriy gidrooksidi, tozalangan suv.
Ta’rifi: banan hidli zarg’aldoq rangli tiniq suyuqlik.
Chiqarilish shakli
Sirop 125 ml dan III turdagi tiniq shisha flakonlarda, Vistop (Vistop) oq rangli polietilen qopqoq yo’pilgan, va polipropilen o’lchov stakanchasi (20 ml) bilan birga karton qutiga joylangan.
Farmakodinamikasi
Karbotsistein balg’am erituvchi mukolitik vosita ekanligini ifodalaydi. Asosan glikoproteinlarning disulfid bog’lamlarni uzish bilan, gelsimon balg’amga ta’sir ko’rsatadi va balg’am ko’chishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Karbotsistein ichga qabul qilgandan so’ng tezda so’riladi. Plazmada maksimal konsentratsiyasiga 2 soatdan so’ng aniqlanadi. Dori vositasi past biofaollika egaligi bilan tavfsiflanadi, 10% dan kam qabul qilingan doza, ehtimol metabolizmi va sezilarli birlamchi jigar metabolizmi bilan bog’liq.
Chiqarilishi:
Organizmdan chiqish vaqti taxminan 2 soat.
Karbotsistein va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Farmakoterapevtik guruh
Nafas yo’llaridagi kasalliklarni davolash uchun dori vositasi. Yo’talga qarshi va shamollashni davolash uchun dori vositasi. Balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi boshqa birikmalardan tashqari. Mukolitik vosita.
Dori shakli
Sirop.
Nojo'ya samaralari
Chaqaloqlarda bronxial tiqilish xavfi.
Terida allergik reaksiyalar, qichishish, terida erimatoz toshmalar, urtikariya va angionevrotik shish.
Ayrim xollarda me’dag’ichak tomonidan nojo’ya ta’sirlar (qorin bo’shlig’ida ogriq, ko’ngil aynishi, qusish, diareya.) me’da-ichak qon ketishlari. Terida bullez patologiyasi, ya’ni Stiven-Djons sindromi va multiform eritema aloxida xolatda uchraganligi qayd etilgan.
Maxsus saqlash sharoitlari
Bu dori vositasi saxaroza saqlaydi. Fruktoza, glyukoza i galaktoza qabul qila olmaydigan odamlar uchun, hamda, sindrom malabsorbsiya yetishmovchiligi yoki sukraz-izomaltaz kasalligi bilan aziyat chekkan odamlarga man etiladi.
Qandli diabeti bo’lgan bemorlar 5 ml — 3,5 g saxaroza saqlashini e’tiborga olishlari kerak.
Ushbu preparat 5 ml ichida (23mg) 1 mmol natriy kamroq saqlaydi, “natriy saqlamaydiganlar” deb xisoblash mumkin.
Ushbu dori vositasi metilparagidroksibenzoat (E218) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin (keyinchalik paydo bo’lish ko’rinishida)
Ushbu dori vositasi sariq shafaq bo’yovchi (E 110) saqlaydi, allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
Qo'llanilishi
2 yoshdan katta bolalarda bronxial suyuqlikni buzilishi, asosan o’tkir bronxial kasalliklarda: o’tkir bronxit va o’tkir krizis surunkali bronxopnevmopatiya davolashda.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— karbotsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
— zo’rayish bosqichidagi me’da va o’nikki barmoq ichak yara kasalligi;
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalar.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Ta'rifi
Banan hidli zarg’aldoq rangli tiniq suyuqlik.
Dozirovkasi
Ichga qabul qilish uchun.
5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirilgan me’yoriy idishcha, 100 mg karbotsistein saqlaydi.
2 yoshdan to 5 yoshgacha bo’lgan bolalar: kuniga 200 mg, ya’ni 1 me’yoriy idishcha, 5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirib, kuniga 2 marta.
5 yoshdan katta bolalar: kuniga 300 mg, ya’ni 1 me’yoriy idishcha, 5 ml o’lchov yozuvigacha to’ldirib, kuniga 3 marta.
Davolash shifokor maslahatisiz 8-10 kundan ortiq davom etmasligi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Dori vositasini bronxial obstruksiyani og’irlashtirish xavfi bo’lganligi uchun 2 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Karbotsistein homiladorlik vaqtida faqatgina zarur hollarda qo’llash mumkin.
Ushbu preparatni qo’llash vaqtida emizish ruxsat etiladi.
Hajm/og'irlik
FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml o'xshash dorilari



Flyuditek boshqa chiqarish shakllari


FLYUDITEK sirop so vkusom banana 125ml 20mg/ml analoglari














