Pimafutsin
Pimafutsin chiqarilish shakllari




Pimafutsin qo'llanmasi
- — ichak kandidozi; — kaxeksiyasi, immunitet yetishmovchiligi bor bemorlarda, shuningdek antibiotiklar, kortikosteroidlar, tsitostatiklar bilan terapiyadan keyin o'tkir psevdomembranoz va o'tkir atrofik kandidoz; — teri va shilliq qavatlar kandidozida, sh.j. kandidozli vaginitlar, vulvitlar va vulvovaginitlarda Candida zamburug'lari ichak rezervuarini sanatsiya qilish.
- preparatga yuqori sezuvchanlik.
- sup. natamitsin 100 mg Yordamchi moddalar: tsetil spirti - 690 mg, qattiq yog‘ - 700 mg, sorbitan trioleat - 460 mg, polisorbat 80 - 460 mg, natriy gidrokarbonat - 69 mg, adipin kislotasi - 64 mg. 1 g natamitsin 20 mg Yordamchi moddalar: tsetilefir mumi, detsiloleat (tsetiol V), natriy laurilsulfat, propilenglikol, propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, tsetostearil spirti, tozalangan suv. 1 sup. natamitsin 100 mg Yordamchi moddalar: tsetil spirti - 690 mg, qattiq yog‘ - 700 mg, sorbitan trioleat - 460 mg, polisorbat 80 - 460 mg, natriy gidrokarbonat - 69 mg, adipin kislotasi - 64 mg. 1 tab. natamitsin 100 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali - 79.2 mg, povidon K30 - 5 mg, magniy stearati - 2.5 mg, laktoza monogidrati - 66 mg. Qobiq tarkibi: tselatsefat - 18 mg, triatsetin - 2.7 mg, saxaroza - 122 mg, metilparagidroksibenzoat - 0.07 mg, kaltsiy karbonat - 30 mg, kaolin - 14.2 mg, talk - 21.7 mg, titan dioksidi - 3 mg, akatsiya yelimi - 7.3 mg, jelatin - 3.3 mg, oq asalari mumi - 0.13 mg.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya (preparatni qabul qilishning birinchi kunlarida paydo bo'ladigan va davolash davomida mustaqil ravishda o'tib ketadigan) bo'lishi mumkin. Bemor agar yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki u yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa har qanday nojo'ya ta'sirlarni sezsa, bu haqda shifokorga xabar berishi kerakligi to'g'risida ogohlantirilishi kerak.
- 100 mg 100mg 2 % 2%
- Sirtga qo'llash uchun 2% li krem, oqdan och-sariq ranggacha. Vaginal suppozitoriylar torpedasimon shaklli, sarg'ish tusli oqdan jigarrang tusli och-sariq ranggacha Vaginal suppozitoriylar torpedasimon shaklli, sarg'ish tusli oqdan jigarrang tusli och-sariq ranggacha. Oq rangli ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
PIMAFUSIN®
PIMAFUCIN®
Preparatning savdo nomi: Pimafusin®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natamisin
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 20 mg natamisin
Yordamchi moddalar: setilefir mumi, desiloleat (setiol V), natriy laurilsulfati, propilenglikol, propilparagidroksibenzoat, metilparagidroksibenzoat, setostearil spirti, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan krem.
Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi: D01AA02
Farmakologik xususiyatlari
Natamisin – preparatning ta‘sir etuvchi moddasi, fungisid ta‘sirga ega zamburug‘larga qarshi polien antibiotikdir. Natamisin xujayra membranalarining sterollarini bog‘laydi, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Natamisinga ko‘pchilik patogen achitqi zamburug‘lari, ayniqsa Candida albicans, ayrim sodda hayvonlar (T.vaginalis) sezgir. Dermatofitlar kamroq sezgirdirlar. Klinika amaliyotida achitqi zamburug‘lari orasida natamisinga rezistentlik uchramaydi.
Farmakokinetikasi
Sirtga va mahalliy qo‘llanganida shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan teri va shilliq qavatlarning zamburug‘li kasalliklari, shu jumladan:
– asosan Candida zamburug‘lari chaqirgan vulvit, vulvovaginit, balanopostit;
– teri va tirnoqlar kandidozi;
– zamburug‘lar tomonidan birlamchi chaqirilgan, yoki kandidoz bilan asoratlangan tashqi otit;
– dermatomikozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktasiya
Pimafusin homiladorlik va laktasiya davrida ishlatilishi mumkin. Preparatni homilaga noxush ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vulvitda, vulvovaginitda, balanopostitda krem shikastlangan sohalarga sutkada bir yoki bir necha marta surtiladi. Candida albicans chaqirgan vulvit, vulvovaginitlarni og‘ir kechishida, ichakdagi kandidoz infeksiyasining o‘chog‘ini sanasiyasi uchun, qo‘shimcha ravishda Pimafusin ichga qabul qilish uchun tabletka yoki qin shamchalari ko‘rinishida buyuriladi.
Dermatomikozlarda (shu jumladan teri va tirnoqlarning kandidozida, bolalardagi bichilishda) krem teri yoki tirnoqning shikastlangan yuzasiga sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi.
Tashqi eshitish yo‘lining mikozida shikastlangan yuzaga krem sutkada 1 yoki bir necha marta (4 martagacha) surtiladi. Preparatni qo‘llashdan oldin quloq tozalanadi. Preparat qo‘llanganidan keyin eshitish yo‘liga tabiiy matodan (paxta, jundan) turunda qo‘yiladi.
Davolash kursining davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi. Kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin davolashni yana bir necha kun davom ettirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda preparat surtilgan joyda yengil ta‘sirlanish, achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi
Pimafusin preparatining dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Preparatning dorilar bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 2% li krem 30 g dan alyumin yoki plastik tubalarda. 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Pimafutsin narxlari
Pimafutsin o'xshash dorilari
Pimafutsin barcha rasmlari

















