INGALIPT sprey 30ml

INGALIPT sprey 30ml haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Preparat asosan yallig'lanish o'chog'ida terapevtik konsentratsiyani hosil qiladi. Sulfanilamid preparatlar: sulfanilamid va sulfatiazol qisman so'riladi. Ikkala preparat ham qon oqsillari bilan bog'lanadi: natriy sulfanilamid 12-14% ga, natriy sulfatiazol 55% ga. Biotransformatsiya jarayonida preparatlarning asetillangan shakllari hosil bo'ladi, ular shu ko'rinishda buyraklar orqali chiqariladi. Eruvchan streptotsidning yarim chiqarilish davri 10 soatni, natriy sulfatiazolniki - 1,2 soatni tashkil qiladi.
Nojo'ya samaralari
Preparatning tarkibiy qismlariga individual o‘zlashtira olmaslik va allergik reaksiyalar, qisqa muddatli achishish yoki qirilish hissi bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ingalipt preparatini 3 yoshdan katta bolalarda qo'llash faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra mumkin.
Preparatni qo'llash diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi).
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Sulfanilamidlarga, efir moylariga yoki preparatning boshqa komponentlariga individual toqat qilolmaslik. 3 yoshgacha bo'lgan bolalar.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi:
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash shifokor tavsiyasiga ko'ra, ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori bo'lgan hollardagina mumkin.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan mos keladi, klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'sirlar aniqlanmagan.
Dozirovkasi
Nasadkani flakonga 90° burchak ostida o'rnatadilar. Nasadkaning uchini og'iz bo'shlig'iga kiritadilar va mikrodozator klapani boshchasiga 3-4 marta bosib, suyuqlik oqimini ishlov beriladigan sohalarga yo'naltiradilar. Orolashni sutkada 4-5 marta 2-3 soat oraliq bilan amalga oshiradilar.
Purkagich tiqilib qolishini oldini olish uchun qo'llagandan keyin uni puflash yoki qaynatilgan suvda yuvish tavsiya etiladi.Dozani oshirib yuborishSimptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, preparatning bir qismini yutib yuborish bilan bog'liq.
Davolash: o'ziga xos antidot mavjud emas, simptomatik va ushlab turuvchi terapiya.
Hajm/og'irlik
INGALIPT sprey 30ml o'xshash dorilari


INGALIPT sprey 30ml xususiyatlari
Ingalipt boshqa chiqarish shakllari


INGALIPT sprey 30ml analoglari










