Apteka.uz
SavatKirish

VRAGDIAREYA

VRAGDIAREYA chiqarilish shakllari

VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
27 100 so'm dan
- VRAGDIAREYA qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- VRAGDIAREYAning tarkibi
- VRAGDIAREYA ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- VRAGDIAREYA narxi Toshkent dorixonalarida

VRAGDIAREYA qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Hindiston
Kategoriya

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VRAGDIAREYa

VRAGDIAREYA

Preparatning savdo nomi: Vragdiareya

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): norfloksasin, tinidazol

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 400 mg norfloksasin, 600 mg tinidazol;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmal, povidon (PVP K-30), natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk, gliserol, magniy stearati;

plyonka qobig‘i: universal instacoat Quinoline Yellow, izopropil spirti, tozalangan suv.

Ta‘rifi: sariq rangli, kapsula shakliga ega, bir tomonidan o‘yiqchasi bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial va antiprotozoy preparat.

ATX kodi: J01RA07

Farmakologik xususiyatlari

Vragdiareya norfloksasin va tinidazolning majmuasi bo‘lib va aralash ichak infeksiyalari, diareya va dizenteriyada keng antimikrob ta‘sir doirasiga ega va samarali hisoblanadi.

Tinidazol sodda hayvonlar va anaerob bakterial infeksiyalar nisbatan faoldir, ularga qarshi norfloksasin nofaoldir.

Norfloksasin – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial preparat, siydik-tanosil tizimi va me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalarini davolash uchun ishlatiladi. Uning antimikrob ta‘sir doirasi aerob grammanfiy va aerob grammusbat bakteriyalarni o‘z ichiga oladi.

Norfloksasin ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan, keng ta‘sir doirasiga ega sintetik antibakterial agent hisoblanadi. U o‘zining bakterisid samarasini DNK replikasiyasiga aloqador muhim ferment – DNK-girazaning α-subbirligini ingibisiya qilishi hisobiga namoyon qiladi. Tinidazol mikroaerob sodda hayvonlar Giardia lamblia, Entamoeba histolytica va Trichomonas vaginalis va obligat anaerob bakteriyalarga qarshi mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi nitroimidazol hisoblanadi. Uning ta‘siri DNK zanjirini shikastlanishi yoki ularning sintezini ingibisiyasi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Tinidazol

Ichga qabul qilingandan keyin MIY dan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Tinidazol Cmax (maksimal konsentrasiyasi) ga 2 soat davomida erishiladi.

Organizmning barcha to‘qimalariga yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘i va GET, orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – taxminan 12%. Tinidazol jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Taxminan 60-65% buyraklar orqali (shu jumladan 20-25% – o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.

Norfloksasin

Ichga qabul qilinganida norfloksasin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, lekin to‘liq emas. So‘rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganida sekinlashadi. Preparat 400 mg dozada qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach qonda maksimal konsentrasiyaga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 14% ni tashkil qiladi.

Norfloksasin organizmga taqsimlanib, qon zardobida, periferik to‘qimalarda va siydikda terapevtik konsentrasiyalarga erishiladi. O‘t-safro, buyrak parenximasida va prostatada, qon plazmasidagiga nisbatan yuqori konsentrasiyalarga erishadi. Norfloksasin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va metabolitlarni hosil qiladi, ular kon‘yugasiya bo‘lmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Amyobali, bakterial va aralash dizenteriya va diareyani davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: 1 tabletkadan kuniga ikki marta 5 kun davomida qabul qiladilar.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida: agar kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml ni tashkil qilsa, dozalash kuniga 1 tabletkagacha kamaytirilishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Norfloksasin: Ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, toshmalar, qorinda og‘riq, dispepsiya, uyquchanlik, depressiya, uyqusizlik, qabziyat, meteorizm va jig‘ildon qaynashi kuzatilishi mumkin. Kamroq uchraydigan reaksiyalar og‘izni qurishi, diareya, isitma, qusish va eritemani o‘z ichiga oladi.

Tinidazol: Og‘izda metall ta‘mi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, eshakemi, yuqori sezuvchanlik va erta leykopeniya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ftorxinolonlar yoki nitroimidazollarga yuqori sezuvchanlik, qonning patologik o‘zgarishlari, MNT ning faol kasalliklari, jiddiy nevrologik kasalliklar, tirishish xurujlari, alkogolizm, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, laktasiya, bolalar, tirishishlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alkogol: Metronidazol, xabar berilganidek, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘ini chaqirib, alkogol bilan disulfiramsimon o‘zaro ta‘sirga ega. Demak, tinidazol qabul qilayotgan pasientlar alkogol iste‘mol qilishdan saqlanishlari kerak.

Probenesid: Norfloksasin bilan birga qo‘llanganida probenesid norfloksasinni buyraklar orqali ekskresiyasini kamaytiradi.

Nitrofurantoin: Nitrofurantoin norfloksasinning antibakterial samarasini kamaytiradi.

Teofillin: norfloksasin bilan birga qo‘llanganida plazmada teofillinning miqdori oshadi.

Peroral antikoagulyantlar: Norfloksasin, boshqa xinolonlar kabi, peroral antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.

Multivitaminlar: Polivitaminlar, temir va rux saqlovchi mahsulotlar, antasidlar yoki sukralfatni norfloksasin bilan bir vaqtda yoki norfloksasinni qabul qilishdan oldin 2 soat davomida yoki keyin buyurish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni markaziy nerv tizimini shikastlanishlari bo‘lgan pasientlarda, anamnezida tirishishlar va buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 3 oydan kichik bolalarda preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida pasientlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlarining ta‘siridan saqlanishlari kerak. Bu misni qaytarish usuli yordamida siydikda glyukozani aniqlashda soxta-musbat reaksiyasiga olib kelishi mumkin. Preparatni qonning patologik o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida va laktasiya davrida qo‘llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida pasientlar suyuqlikni adekvat is‘temol qilishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi o‘tkir oshirib yuborilganida qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish yo‘li orqali me‘dani to‘liq tozalash va pasient kuzatuv ostida bo‘lishi va pasientning holatiga qarab simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

10 x 10 tabletkalar blisterli o‘ramda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. VRAGDIAREYA preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

VRAGDIAREYA barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

VRAGDIAREYA haqida savollar

VRAGDIAREYA haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil