Apteka.uz
SavatKirish

BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:Sintez AKOMPiI,OAO ("Sintez" OAO)
ATX kodi:J01CE30
Barcha Benzilpenitsillin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Bitsillin-5 yuborilganda in'ektsiyadan keyingi birinchi soatlarda yuqori kontsentratsiya hosil bo'ladi.

Bitsillin-5 1,2-1,5 mln. TB dozada yuborilgandan so'ng bolalar va kattalarda 0,3 TB/ml terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi, u 28 kun davomida saqlanib turadi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: bosh og'rig'i, tana haroratining oshishi, eshakemi, teri va shilliq qavatlarda toshma, artralgiya, eozinofiliya, angionevrotik shish. O'lim bilan yakunlangan anafilaktik shok holatlari tasvirlangan.

Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida og'riqlilik bo'lishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Bitsillin-5 ni faqat bemorda penitsillinga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yo'qligi ma'lum bo'lgan hollarda qo'llash mumkin, chunki preparat uzoq vaqt davomida qonga penitsillinning doimiy tushishini ta'minlaydi.

Preparat uchun noodatiy reaksiyalar qayd etilgan bemorlar nojo'ya ta'sirlar to'liq yo'qolguniga qadar shifokorning doimiy nazorati ostida bo'lishlari kerak. Og'ir hollarda tegishli terapiya tayinlanadi (atropin 0,1% 0,5-0,6 ml, epinefrin 0,1% 1 ml, efedrin 5% 1 ml, kofein natriy benzoat 10%, novshad spirti).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— bronxial astma;

— eshakemi;

— pichan isitmasi;

— penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bitsillin-5 preparatining dori vositalari bilan o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.

Dozirovkasi

DozalashDozalash tartibida ko'rsatilganidan ko'ra tez-tez preparatni yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Kattalarga preparat 1.5 mln. XB dozada 4 haftada 1 marta buyuriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga preparat 600 000 XB dozada 3 haftada 1 marta, 8 yoshdan katta bolalarga 1.2-1.5 mln. XB 4 haftada 1 marta buyuriladi.

Eritmani tayyorlash va yuborish qoidalari

Bitsillin-5 suspenziyasi bevosita ishlatishdan oldin tayyorlanadi. Preparatli flakonga 5-6 ml in'ektsiya uchun steril suv, yoki 0.9% natriy xlorid eritmasi, yoki 0.25-0.5% novokain eritmasi yuboriladi. Flakondagi aralashma (flakonni kaftlar orasida aylantirib) bir xil suspenziya (yoki quyqa) hosil bo'lguncha aralashtiriladi, so'ngra darhol dumbaning yuqori tashqi kvadrantiga chuqur yuboriladi. In'ektsiyadan keyin dumbani ishqalash tavsiya etilmaydi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50 o'xshash dorilari

XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Retseptli
XIKONSIL poroshok 100ml 250mg/5ml
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•91 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
Retseptli
SIPROFLOKSASIN NIKA tabletkalari 500mg N10
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•3 ta dorixonada bor
Narxi
100 000 so'm dan
PROKASIN eritma 500 mg/2 ml
Retseptli
PROKASIN eritma 500 mg/2 ml
Hindiston
Vakil:
Farmalife
Ishlab chiqaruvchi:
Scott-Edil Pharmacia Limited
•12 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
SEF-OD kapsulalar  400mg N5
Retseptli
SEF-OD kapsulalar 400mg N5
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
•94 ta dorixonada bor
Narxi
50 000 so'm dan
Analoglar BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50
Analoglari yo'q

BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50 haqida savollar

BISILLIN 5 poroshok 1500000ed N50 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil