DISOL infuziya uchun eritma 400ml

Tuzli eritma
DISOL infuziya uchun eritma 400ml o'xshash dorilari




DISOL infuziya uchun eritma 400ml qo'llanmasi
Retsept bo‘yicha.
faol moddalar: natriy atsetat trigidrat – 2,0 g; natriy xloridi – 6,0 g; yordamchi modda: in’eksiya uchun suv 1 l gacha.
yordamchi modda: in’eksiya uchun suv 1 l gacha.
Chiqarilish shakli
250 ml yoki 400 ml dan flakonlarda infuziya uchun eritma.
Disol – dezintoksikatsion, plazma o‘rnini bosuvchi, regidratatsiyalovchi, diuretik, shokka qarshi, antiagregant ta’sir ko‘rsatuvchi majmuaviy tuzli eritma. Gipovolemiyani kamaytiradi, qon quyulishiga va metabolik atsidoz rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, diurezni oshiradi, mikrotsirkulyatsiyani yaxshlilaydi. Suv-elektrolit muvozanati va kislota-asos holatini tiklaydi.
Suv-elektrolit buzilishlari muolajalarida giperkaliyemiya va uning asoratlarini kamaytiradi.Natriy xloridi – natriy va xlor ionlari tanqisligini bartaraf qiladi, regidratatsion va dezintoksikatsion ta’sir ko‘rsatadi.
Natriy - xujayradan tashqari bo‘shliqdagi eng asosiy kation. Natriy xujayra tashqarisidagi suyuqlik hajmini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, xujayra tashqarisidagi bo‘shliqning muhim osmotik faol komponenti hisoblanadi.
Xlorid xujayradan tashqari bo‘shliqdagi eng asosiy anion hisoblanadi, membranali potensialga javob beradi, natriy metabolizmi bilan uzviy bog‘liq, gomeostazni ushlashda muhim elementdir.
Natriy atsetati ishhoriy xususiyati bilan, metobolik atsidozni oldini oladi. Natriy atsetati natriy gidrokarbonatining ekvivalent miqdorida to‘liq metabolizmga uchraydi.
Disol vena ichiga yuborilganligi sababli komponentlarining bio kira olishi 100% ni tashkil qiladi. Preparat qon-tomir tizimida qisqa vaqt ushlanib turadi va interstitsial hujayra ichi sektoriga o‘tadi.
Natriy va xlorid asosan hujayradan tashqari bo‘shliqqa o‘tadi, kaliy esa hujayra ichida joylashadi.Na+ ionlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, kam miqdorda ichak, teri, ko‘z yoshi va boshqalar.Organizmda atsetat atsetil-koenzim A ga faollashadi, so‘ng faol atsetat miqdori Krebs siklida karbonad angidrid gazi va suvgacha oksidlanadi. Atsetatning oksidlanish jarayoni mushak hujayralarida amalga oshadi, shuning uchun uning metabolizmiga nnisbatan organizm qobiliyati asosan tananing mushak massasiga bog‘liq. Atsetil-KoA metabolizmi shuningdek oksidlanishning yog‘li kislotalar, keto kislotalar va xolesterin hosil qiluvchi kichik yo‘lidan borishi mumkin. Atsetatning siydik bilan chiqarilishi yuborish vaqtida oshadi. Biroq uning organizm to‘qimasidagi metabolizmi shunchaldik tez amalga oshiriladiki, siydikka faqatgina uning oz miqdori o‘tadi.
Tuzli eritma
Infuziya uchun eritma
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan:taxikardiya(juda tez yuborilganida), kichik qon aylanshi doirasida yuklama o‘pka shishi rivojlanishi bilan.
Moddalar almashinuvi tomonidan: gipergidratatsiya, gipokaliyemiya(katta hajmlarda yuborilganida).
Boshqalar:shishlar, titrash.
Qo‘llanilishi kerak bo‘lgan eritma tiniq, hona haroratida, flakon esa germetik bo‘lishi kerak.Xiralashgan yoki jarohatlangan sig‘imdan eritma ishlatilmasin.
Eritmani qo‘llash mobaynida arterial bosim, diurez, gematokrit, qondagi elektrolitlar konsentratsiyasini nazorat qilish zarur.
Preparatnining muzlatilishi uni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi.
· degidratatsiya;
· intoksikatsiya (o‘tkir dizenteriya (shigellyoz), El-Tor (Inaba) xolerasi, oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi va boshqalar);
· giperkaliyemiya.
· preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
· gipernatriyemiya;
· gipergidratatsiya holati (organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan holatlar);
· o‘pka, miya shishi havfi;
· yuqori dozalarda kortikosteroidlar bilan davolash;
· SYUYE (surunkali yurak yetishmovchiligi);
· buyrak yetishmovchiligi.
Ehtiyotkorlik bilan:
· buyraklar chiqaruv faoliyatining buzilishi;
· gipokaliyemiya.
Disol eritmasini boshqa gidrofil dori vositalari bilan aralashtirish mumkin.
Insulin va bronxial astma (salbutamol, terbutalin, ksantinlar) ga qarshi vositalar bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur, kam hollarda gipokaliyemiya rivojlanishi mumkin.
Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Vena ichiga (v/i) yuboriladi, oqim bilan yoki tomchilatib.
Doza kasallik og‘irligi, organizm holati, laborator tekshiruv natijalari, bemorning yoshi, vazni va buyraklar faoliyatiga qarab aniqlanadi.
Yuborishdan oldin eritmani 36-38°C gacha isitish kerak.
Kasallikning og‘ir formalarida (gipovolemik infeksion-toksik shok, noadekvat kapillyar perfuziya, dekompensiyalashgan metabolik atsidoz, anuriya) bemorning tana vaznidan 7-10% miqdorda 1-2 soat davomida oqim bilan yuboriladi, keyinchalik esa daqiqasiga 40-120 tomchidan 24-48 soat davomida tomchilatib yuborishga o‘tiladi. Kasalliklarning yengil formalarida (organizm intoksikatsiyasi va suvsizlanishi, metabolik atsidoz, oliguriya) preparatni tomchilatib yuborish bilan chegaralanish mumkin. Eritma suyuqlik hajmini tiklash uchun zarur miqdorda yuboriladi. Yuborilgan va yo‘qotilgan suyuqlik o‘rtasidagi muvozanat har 6 soatda aniqlanadi.
Giperkaliyemiya bartaraf qilinganidan so‘ng keyingi suv-elektrolit muolajasini "Atsesol" eritmasi bilan davom ettirish mumkin.
Simptomlari: gipokaliyemiya, gipernatriyemiya.
Davolash: simptomatik – elektrolit buzilishlarini bartaraf qilish; qondagi elektrolitlar darajasini nazorat qilish.
Preparat homiladorlikdavrida, uning ona sog‘ligi uchun taxmin qilinadigan foydasi, homilada kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfidan ustun deb topilgan hollardagina qo‘llanadi. Laktatsiya davrida ko‘krak bilan emizishni vaqtinchalik to‘xtatib turish haqidagi savolni ko‘rib chiqish lozim.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin, hamda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
DISOL infuziya uchun eritma 400ml boshqa chiqarish shakllari

DISOL infuziya uchun eritma 400ml analoglari










