Ташкент
logo
SavatKirish

EDARBI tabletkalari 40 mg N28

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Irlandiya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Ishlab chiqaruvchi:Nijfarm-Stada CIS
ATX kodi:C09DA09
Barcha Edarbi dorilari
109 ta dorixonada bor
Narxi 149 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 109 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

EDARBI tabletkalari 40 mg N28 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 42,68 mg va 85,36 mg azilsartan medoksimil kaliy (azilsartan medoksomil 40 mg va 80 mg ga to‘g‘ri keladi ), yordamchi moddalar: mannitol, fumarat kislotasi, natriy gidroksidi, giproloza, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

Farmakodinamikasi

Azilsartan medoksomil turli to‘qimalarda AT1 retseptorlari bilan bog‘lanishini bloklashi tufayli angiotenzin II selektiv antagonisti hisoblangan faol azilsartanga tez aylanuvchi peroral faol olddori hisoblanadi.


Angiotenzin II vazokonstriktsiya, aldosteron sintezi va ajralib chiqishini rag‘batlantirish, yurak faoliyatini va natriyni buyrakda reabsorbtsiyasini rag‘batlantirishni o‘z ichiga oluvchi samaralar bilan renin-angiotenzin tizimining asosiy vazofaol modda hisoblanadi.


AT1 retseptorlarni blokadasi renin sekretsiyasiga angiotenzin II ning qayta salbiy ta'sirini susayishiga olib keladi, lekin plazmada aylanib yuruvchi reninning va angiotenzin II ning faolligini keyingi oshishi azilsartanning klinik antigipertenziv samarasini susaytirmaydi.

Azilsartan medoksomilning antigipertenziv samarasi qo‘llashning birinchi 2 hafta davomida rivojlanadi, maksimal terapevtik samaraga 4 haftadan keyin erishiladi. Bir martalik dozasi ichga qabul qilingandan keyin arterial bosimni (AB) pasayishiga odatda bir necha soatda erishiladi va 24 soat davomida saqlanadi. Edarbi® preparati bilan uzoq vaqt (6 oy davomida) davolaganda qabul qilishni to‘satdan to‘xtatgandan keyin bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.

Preparatni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi patsiyentning yoshiga bog‘liq emas, lekin keksa yoshdagi ayrim patsiyentlarda AB ni pasayishiga yuqori sezgirlikni inkor etib bo‘lmaydi. Angiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlari va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) qo‘llagandagi kabi, negroid irqdagi patsiyentlarda (odatda qon plazmasida reninning faolligi past bo‘lgan populyatsiyada) antigipertenziv samarasi kamroq yaqqollikda bo‘ladi.

Edarbi® 40 mg va 80 mg ni “sekin” kalьtsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) yoki tiazid diuretik vositalar (xlortalidon) bilan bir vaqtda buyurish monoterapiya sifatida qo‘llanilgan boshqa antigipertenziv vositalarga nisbatan AB ni qo‘shimcha pasayishiga olib kelgan.

Dozaga bog‘liq nojo‘ya samaralar, shu jumladan bosh aylanishi, arterial gipotenziya va zardobda kreatinin darajasini oshishi ko‘pincha Edarbi® ni monoterapiya sifatida qabul qilishga nisbatan siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda buyurilganda ko‘proq kuzatilgan, gipokalemiya esa diuretik bilan monoterapiyaga nisbatan kamroq kuzatilgan.

Yurak repolyarizatsiyasiga ta'siri

Edarbi® ni QT/QTc intervallarini oshirish potentsiali QT/QTc tadqiqoti vaqtida sog‘lom ko‘ngillilarda baholangan.

Edarbi® ni sutkada 320 mg gacha dozada qabul qilganda QT/QTc intervallarini uzayishining biron-bir belgilari kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llarida va/yoki so‘rilish vaqtida faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar karboksimetilbutenolidaza ichakda va jigardagi gidrolizda ishtirok etishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, plazmadagi esterazalar azilsartan medoksomilni azilsartanga gidrolizida ishtirok etadi.

So‘rilishi

Azilsartanning plazmadagi kontsentratsiyasi asosidagi azilsartan medoksomilning taxmin qilingan mutloq biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin azilsartanning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi (Smax) ga 1,5-3 soat davomida erishiladi. Ovqat azilsartanning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.

Taqsimlanishi

Azilsartanning taqsimlanish xajmi (Vd) taxminan 16 litrni tashkil qiladi. Azilsartan plazma oqsillari bilan, asosan zardobdagi alьbumin bilan deyarli to‘liq (>99%) bog‘lanadi.

Azilsartanning qon plazmasidagi tavsiya etilgan dozalarda erishiladigan diapazondan ahamiyatli darajada yuqori kontsentratsiyalarda oqsillar bilan barqaror bog‘lanishi kuzatiladi.

Metabolizmi

Azilsartan ikkita asosiy metabolitgacha metabolizmga uchraydi. Plazmadagi asosiy metaboliti O-dezalkilizatsiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi va M-II metaboliti deb nomlanadi, boshqa metaboliti M-I dekarboksilizatsiya yo‘li bilan kamroq kontsentratsiyalarda hosil bo‘ladi. Odam organizmida ikkala metabolitning tizimli ta'siri muvofiq ravishda taxminan 50% va 1% dan kamroqni tashkil qiladi. M-I va M-II Edarbi® ning farmakologik faolligida ishtirok etmaydi. Azilsartanning metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment CYP2S9 hisoblanadi.

Chiqarilishi

Tadqiqotlar azilsartan medoksomilning 14S-nishonlangan dozasi ichga qabul qilingandan keyin uning taxminan 55% ahlat bilan va 42% siydik bilan chiqarilishini ko‘rsatdi (preparatning 15% o‘zgarmagan azilsartan ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi). Azilsartanning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 11 soatni tashkil qiladi, buyrak klirensi minutiga taxminan 2,3 ml ni tashkil qiladi. Azilsartan doimiy kontsentratsiyasiga 5 kun davomida erishiladi va sutkada bir marta takroran qabul qilinganda plazmada to‘planishi kuzatilmaydi.

Dozaning proportsionalligi/proportsional emasligi

Azilsartan uchun ekspozitsiyada dozaning proportsionalligi azilsartan medoksomilning 20 mg dan 320 mg gacha dozasi bir marta yoki ko‘p marta qabul qilingandan keyin aniqlangan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik

qandli diabeti bo‘lgan yoki buyrak faoliyatini buzilishi (kalavalar filьtratsiyasi tezligi (KFT) <60 ml/minut/1,73 m2) bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® ni aliskiren bilan birga qo‘llash

jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi

homiladorlik va laktatsiya davri

bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan

surunkali og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funktsional sinf);

og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut);

buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi va faoliyat ko‘rsatayotgan yagona buyrak arteriyasining stenozi;

ishemik kardiomiopatiya;

ishemik serebrovaskulyar kasalliklar;

buyrak transplantatsiyasidan keyingi holat;

AYuQX pasayishi (shu jumladan qusish, diareya) bilan kechuvchi holatlar, shu jumladan osh tuzi cheklangan parhezdagi patsiyentlarda;

diuretiklarning yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llash;

birlamchi giperalьdosteronizm;

giperkaliyemiya;

aortal va mitral klapanlar snozi;

gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);

75 yoshdan oshgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.



Boshqa dorilar bilan mosligi

Litiy


Litiy va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida litiyning kontsentratsiyasini qaytuvchan oshishi va toksiklik ko‘rinishlarining yaqqolligini qaytuvchan oshishi qayd etilgan. Shunga o‘xshash samara angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan ham kuzatilishi mumkin. Azilsartan medoksomil va litiyni bir vaqtda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Agar birga qo‘llash zarur bo‘lsa, zardobdagi litiyning darajasini sinchkovlik bilan monitoring qilish tavsiya etiladi.


Bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlik talab etiladi


Angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini NYaQP (masalan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi (sutkada 3 g dan ko‘proq) va noselektiv NYaQP) lar bilan bir vaqtda qo‘llaganda antigipertenziv samarasi pasayishi mumkin.


Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va NYaQP ni bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishi xavfini oshishi va qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun davolashni boshida suyuqlikni yetarli darajada iste'mol qilish va buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.


Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar yoki boshqa dori preparatlarini (masalan, geparin) azilsartan medoksomil bilan bir vaqtda qo‘llash kaliyning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Majmuaviy davolash vaqtida patsiyentlarda qon zardobidagi kaliyning darajasi monitoringini olib borish kerak.


Qo‘shimcha ma'lumot


Angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, AAF ingibitorlari yoki aliskiren tomonidan renin-angiotenzin alьdosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi monoterapiyaga nisbatan arterial gipotenziya, giperkaliyemiya va buyrak faoliyatini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liq.


Azilsartan medoksomil yoki azilsartanni amlodipin, antatsidlar, xlortalidon, digoksin, flukonazol, glibenklamid, ketokonazol, metformin va varfarin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri qayd etilmagan.


Azilsartan medoksomil me'da-ichak yo‘llarida va/yoki preparat so‘rilganda esterazalar tomonidan faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi.In vitro sharoitdagi tadqiqotlar esterazalarni ingibitsiya qilish asosidagi o‘zaro ta'sirlarning ehtimoli kamligini ko‘rsatdi.

Ta'rifi

40 mg li tabletkalar


Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “40” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 7,6 mm, qalinligi – taxminan 4,2 mm.


80 mg li tabletkalar


Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “80” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 9,6 mm, qalinligi – taxminan 5,3 mm.

Dozirovkasi

Edarbi® tabletkalarini ovqatlanishdan qat'iy nazar ichga qabul qilish kerak.


Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 40 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga bir marta 80 mg maksimal dozagacha oshirish mumkin. Klinik antigipertenziv samara 2 haftada namoyon bo‘ladi, maksimal samaraga esa qabul qilishning 4 haftasida erishiladi.


Agar Edarbi® bilan mototerapiya yordamida AB tegishli ravishda nazoratlanmasa, u holda Edarbi® ni boshqa antigipertenziv vositalar, shu jumladan siydik haydovchi vositalar (xlortalidon va gilroxlortiazid) va kalьtsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.


Patsiyentlarning alohida guruhlari


Keksa patsiyentlar (65 yosh va undan katta)


Keksa patsiyentlarda Edarbi® ning boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Lekin 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda 20 mg dozani boshlang‘ich doza sifatida qo‘llash mumkin (arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi tufayli).

Buyrak faoliyatini buzilishi

Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi va terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, bu toifadagi patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Gemodializ azilsartanni qon aylanishidan chiqarmaydi.

Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishi

Klinik tajriba yo‘qligi sababli, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, davolashni sutkada 1 marta 20 mg dozadan boshlash, bunday patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi

Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, davomli qusish, diareya yoki diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlar) Edarbi® ni faqat sinchkov tibbiy kuzatuv ostida buyurish kerak, tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 20 mg ni tashkil qiladi.

Yurak yetishmovchiligi

Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday patsiyentlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Bolalar

18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Edarbi® ni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan. Ma'lumotlar yo‘q.

Dozani oshirib yuborilishi

Edarbi® ni sog‘lom odamlarda 7 kun davomida sutkada 320 mg dozada qo‘llash tajribasi yaxshi o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi. Simptomlari: arterial gipotenziya va bosh aylanishi. Davolash: agar arterial gipotenziya paydo bo‘lsa, simptomatik davolashni boshlash va hayotiy muhim faoliyatlarni monitoring qilish kerak. Gemodializ samarasiz.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Edarbi® ni homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Homilador bo‘lganda yoki rejalashtirilganda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va zarurati bo‘lsa muqobil davolashga o‘tish kerak. Edarbi® ni emizish vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, Edarbi® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi va emizish vaqtida, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki chala tug‘ilgan chaqaloqni emizish vaqtida isbotlangan eng yaxshi xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lgan muqobil davolash usullarini qo‘llash afzal hisoblanadi.

EDARBI tabletkalari 40 mg N28 boshqa chiqarish shakllari

EDARBI KLO 40mg/12,5mg N28
Retseptli
EDARBI KLO 40mg/12,5mg N28
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Farmasyutikal Kompani Limited, Yaponiya.
Narxi
230 000 so'm dan
EDARBI tabletkalari 40mg N28
Retseptli
EDARBI tabletkalari 40mg N28
Yaponiya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Pharma A/S, Daniya proizvedeno: Takeda Pharmaceuticals Company Ltd, Yaponiya upak. i otv. za kontrol kachestva: Takeda Ireland Ltd, Irlandiya
Narxi
149 500 so'm dan
EDARBI tabletkalari 80mg N28
Retseptli
EDARBI tabletkalari 80mg N28
Yaponiya
Ishlab chiqaruvchi:
Takeda Pharma A/S, Daniya proizvedeno: Takeda Pharmaceuticals Company Ltd, Yaponiya upak. i otv. za kontrol kachestva: Takeda Ireland Ltd, Irlandiya
Narxi
225 000 so'm dan
EDARBI tabletkalari 80 mg N28
Retseptli
EDARBI tabletkalari 80 mg N28
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•102 ta dorixonada bor
Narxi
225 000 so'm dan

EDARBI tabletkalari 40 mg N28 savollari

EDARBI tabletkalari 40 mg N28 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

PSILO BALZAM gel
Retseptsiz
PSILO BALZAM gel
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
XONDROKSID tabletkalari 250mg N60
Retseptsiz
XONDROKSID tabletkalari 250mg N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
100 000 so'm dan
SEFEKON D suppozitorii 50mg N10
SEFEKON D suppozitorii 50mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•143 ta dorixonada bor
Narxi
8 000 so'm dan
METILURASILOVAYA maz 25g 10%
Retseptsiz
METILURASILOVAYA maz 25g 10%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
7 000 so'm dan
Omaron tabletkalari N30
Retseptli
Omaron tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Akvalor forte mini sprey 50ml
Retseptsiz
Akvalor forte mini sprey 50ml
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
94 000 so'm dan
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Retseptsiz
NATALSID suppozitorii 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•65 ta dorixonada bor
Narxi
45 000 so'm dan
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
Retseptsiz
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
DIKLOVIT kapsulalar  N30
Retseptli
DIKLOVIT kapsulalar N30
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•9 ta dorixonada bor
Narxi
53 000 so'm dan
SINAFLAN maz 10g 0,025%
SINAFLAN maz 10g 0,025%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
3 280 so'm dan
D PANTENOL NIJFARM PLYUS krem
Retseptsiz
D PANTENOL NIJFARM PLYUS krem
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
KARDIONAT eritma 5ml 100mg/ml N5
Retseptli
KARDIONAT eritma 5ml 100mg/ml N5
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil