Edarbining aptekalardagi narxlari
EDARBI KLO tabletkalari 40mg N28
|
|
8 ta dorixonada bor
|
239 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
EDARBI KLO tabletkalari 40mg+25 mg N28
|
|
15 ta dorixonada bor
|
140 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
140 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
EDARBI tabletkalari 80mg N28
|
|
110 ta dorixonada bor
|
59 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
275 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
142 000 so'mdan
Bron qilish
|
EDARBI KLO tabletkalari 40mg+12,5mg N28
|
|
9 ta dorixonada bor
|
205 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
256 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
|
EDARBI KLO tabletkalari 40mg/25mg N28
|
|
94 ta dorixonada bor
|
90 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
80 000 so'mdan
Bron qilish
|
EDARBI tabletkalari 40mg N28
|
|
86 ta dorixonada bor
|
81 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
195 600 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
168 000 so'mdan
Bron qilish
|
EDARBI KLO tabletkalari 40mg/12,5mg N28
|
|
57 ta dorixonada bor
|
134 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Edarbi ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EDARBI®
EDARBI
Preparatning savdo nomi: Edarbi®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azilsartan medoksimil
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 42,68 mg va 85,36 mg azilsartan medoksimil kaliy (40 mg va 80 mg azilsartan medoksomilga ekvivalent),
yordamchi moddalar: mannitol, fumarat kislotasi, natriy gidroksidi, gidroksipropilsellyuloza, natriy kroskarmelloza, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta‘rifi
40 mg li tabletkalar
Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “40” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 7,6 mm, qalinligi – taxminan 4,2 mm.
80 mg li tabletkalar
Yassi shaklli, oqdan deyarli oq ranggacha, bir tomonida “ASL” yozuvi va boshqa tomonida “80” raqami bosib tushirilgan tabletkalar. Tabletkaning diametri taxminan 9,6 mm, qalinligi – taxminan 5,3 mm.
Farmakoterapevtik guruhi: Renin-angiotenzin tizimiga ta‘sir etuvchi preparatlar. Angiotenzin II antagonistlari. Azilsartan medoksomil.
ATX kodi: S09SA09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Azilsartan medoksomil turli to‘qimalarda AT1 reseptorlari bilan bog‘lanishini bloklashi tufayli angiotenzin II selektiv antagonisti hisoblangan faol azilsartanga tez aylanuvchi peroral faol olddori hisoblanadi.
Angiotenzin II vazokonstriksiya, aldosteron sintezi va ajralib chiqishini rag‘batlantirish, yurak faoliyatini va natriyni buyrakda reabsorbsiyasini rag‘batlantirishni o‘z ichiga oluvchi samaralar bilan renin-angiotenzin tizimining asosiy vazofaol modda hisoblanadi.
AT1 reseptorlarni blokadasi renin sekresiyasiga angiotenzin II ning qayta salbiy ta‘sirini susayishiga olib keladi, lekin plazmada aylanib yuruvchi reninning va angiotenzin II ning faolligini keyingi oshishi azilsartanning klinik antigipertenziv samarasini susaytirmaydi.
Azilsartan medoksomilning antigipertenziv samarasi qo‘llashning birinchi 2 hafta davomida rivojlanadi, maksimal terapevtik samaraga 4 haftadan keyin erishiladi. Bir martalik dozasi ichga qabul qilingandan keyin arterial bosimni (AB) pasayishiga odatda bir necha soatda erishiladi va 24 soat davomida saqlanadi. Edarbi® preparati bilan uzoq vaqt (6 oy davomida) davolaganda qabul qilishni to‘satdan to‘xtatgandan keyin bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Preparatni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi pasientning yoshiga bog‘liq emas, lekin keksa yoshdagi ayrim pasientlarda AB ni pasayishiga yuqori sezgirlikni inkor etib bo‘lmaydi. Angiotenzin II reseptorlarining boshqa antagonistlari va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) qo‘llagandagi kabi, negroid irqdagi pasientlarda (odatda qon plazmasida reninning faolligi past bo‘lgan populyasiyada) antigipertenziv samarasi kamroq yaqqollikda bo‘ladi.
Edarbi® 40 mg va 80 mg ni “sekin” kalsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) yoki tiazid diuretik vositalar (xlortalidon) bilan bir vaqtda buyurish monoterapiya sifatida qo‘llanilgan boshqa antigipertenziv vositalarga nisbatan AB ni qo‘shimcha pasayishiga olib kelgan.
Dozaga bog‘liq nojo‘ya samaralar, shu jumladan bosh aylanishi, arterial gipotenziya va zardobda kreatinin darajasini oshishi ko‘pincha Edarbi® ni monoterapiya sifatida qabul qilishga nisbatan siydik haydovchi vositalar bilan bir vaqtda buyurilganda ko‘proq kuzatilgan, gipokalemiya esa diuretik bilan monoterapiyaga nisbatan kamroq kuzatilgan.
Yurak repolyarizasiyasiga ta‘siri
Edarbi® ni QT/QTc intervallarini oshirish potensiali QT/QTc tadqiqoti vaqtida sog‘lom ko‘ngillilarda baholangan.
Edarbi® ni sutkada 320 mg gacha dozada qabul qilganda QT/QTc intervallarini uzayishining biron-bir belgilari kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llarida va/yoki so‘rilish vaqtida faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi. In vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar karboksimetilbutenolidaza ichakda va jigardagi gidrolizda ishtirok etishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, plazmadagi esterazalar azilsartan medoksomilni azilsartanga gidrolizida ishtirok etadi.
So‘rilishi
Azilsartanning plazmadagi konsentrasiyasi asosidagi azilsartan medoksomilning taxmin qilingan mutloq biokiraolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi. Azilsartan medoksomil peroral qabul qilingandan keyin azilsartanning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi (Smax) ga 1,5-3 soat davomida erishiladi. Ovqat azilsartanning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Azilsartanning taqsimlanish xajmi (Vd) taxminan 16 litrni tashkil qiladi. Azilsartan plazma oqsillari bilan, asosan zardobdagi albumin bilan deyarli to‘liq (>99%) bog‘lanadi.
Azilsartanning qon plazmasidagi tavsiya etilgan dozalarda erishiladigan diapazondan ahamiyatli darajada yuqori konsentrasiyalarda oqsillar bilan barqaror bog‘lanishi kuzatiladi.
Metabolizmi
Azilsartan ikkita asosiy metabolitgacha metabolizmga uchraydi. Plazmadagi asosiy metaboliti O-dezalkilizasiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi va M-II metaboliti deb nomlanadi, boshqa metaboliti M-I dekarboksilizasiya yo‘li bilan kamroq konsentrasiyalarda hosil bo‘ladi. Odam organizmida ikkala metabolitning tizimli ta‘siri muvofiq ravishda taxminan 50% va 1% dan kamroqni tashkil qiladi. M-I va M-II Edarbi® ning farmakologik faolligida ishtirok etmaydi. Azilsartanning metabolizmiga javob beruvchi asosiy ferment CYP2S9 hisoblanadi.
Chiqarilishi
Tadqiqotlar azilsartan medoksomilning 14S-nishonlangan dozasi ichga qabul qilingandan keyin uning taxminan 55% ahlat bilan va 42% siydik bilan chiqarilishini ko‘rsatdi (preparatning 15% o‘zgarmagan azilsartan ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi). Azilsartanning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 11 soatni tashkil qiladi, buyrak klirensi minutiga taxminan 2,3 ml ni tashkil qiladi. Azilsartan doimiy konsentrasiyasiga 5 kun davomida erishiladi va sutkada bir marta takroran qabul qilinganda plazmada to‘planishi kuzatilmaydi.
Dozaning proporsionalligi/proporsional emasligi
Azilsartan uchun ekspozisiyada dozaning proporsionalligi azilsartan medoksomilning 20 mg dan 320 mg gacha dozasi bir marta yoki ko‘p marta qabul qilingandan keyin aniqlangan.
Pasientlarning maxsus guruhlari
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda azilsartanning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
Yosh (18-45 yoshdagi) va keksa (65-85 yoshdagi) pasientlarda azilsartanning farmakokinetikasi ahamiyatli darajada farq qilmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda AUC muvofiq ravishda 30%, 25% va 90% ga oshgan. Gemodializga muhtoj buyrak faoliyatining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda ekspozisiyaning biron-bir oshishi (+5%) kuzatilmagan. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi va buyrak kasalligining terminal bosqichi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetika haqidagi klinik ma‘lumotlar yo‘q. Gemodializ azilsartanni tizimli qon aylanishidan chiqarmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini yengil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinf) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V sinf) darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Edarbi® ni 5 kun muddatga buyurish AUC ni ahamiyatsiz oshishiga olib kelgan. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha S sinf) bo‘lgan pasientlarda Edarbi® preparatining farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Jins
Erkaklar va ayollarda azilsartanning farmakokinetikasi sezilarli darajada farq qilmaydi. Jinsga qarab dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Irq
Pasientlarning irqiga qarab azilsartanning farmakokinetikasi sezilarli darajada farq qilmaydi, dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi
Qo‘llanilishi
- essensial gipertenziyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Edarbi® tabletkalarini ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilish kerak.
Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 40 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga bir marta 80 mg maksimal dozagacha oshirish mumkin. Klinik antigipertenziv samara 2 haftada namoyon bo‘ladi, maksimal samaraga esa qabul qilishning 4 haftasida erishiladi.
Agar Edarbi® bilan mototerapiya yordamida AB tegishli ravishda nazoratlanmasa, u holda Edarbi® ni boshqa antigipertenziv vositalar, shu jumladan siydik haydovchi vositalar (xlortalidon va gilroxlortiazid) va kalsiy kanallarining digidropiridin blokatorlari (amlodipin) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Pasientlarning alohida guruhlari
Keksa pasientlar (65 yosh va undan katta)
Keksa pasientlarda Edarbi® ning boshlang‘ich dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Lekin 75 yoshdan oshgan pasientlarda 20 mg dozani boshlang‘ich doza sifatida qo‘llash mumkin (arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi tufayli).
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi va terminal bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, bu toifadagi pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Gemodializ azilsartanni qon aylanishidan chiqarmaydi.
Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Klinik tajriba yo‘qligi sababli, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, davolashni sutkada 1 marta 20 mg dozadan boshlash, bunday pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.
Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi
Qon tomir ichidagi suyuqlik hajmi tanqisligi yoki giponatriemiyasi bo‘lgan pasientlarda (masalan, davomli qusish, diareya yoki diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan pasientlar) Edarbi® ni faqat sinchkov tibbiy kuzatuv ostida buyurish kerak, tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 20 mg ni tashkil qiladi.
Yurak yetishmovchiligi
Surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Edarbi® ni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Edarbi® ni qabul qilganda nojo‘ya samaralar yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarning namoyon bo‘lishiga pasientlarning jinsi va yoshi ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparatning nojo‘ya samaralarini uchrash tezligi quyidagicha baholanadi:
Juda tez-tez: ≥1/10
Tez-tez: ≥1/100, <1/10
Tez-tez emas: ≥1/1000, <1/100
Kam hollarda: ≥1/10000, <1/1000
Juda kam hollarda:<1/10000
Tez-tez
- bosh aylanishi
- diareya
- qonda kreatinfosfokinazani oshishi
Tez-tez emas
- arterial gipotenziya
- periferik shishlar
- toliqish hissi
- ko‘ngil aynishi
- qonda kreatinin darajasini oshishi
- qonda siydik kislotasining darajasini oshishi/giperurikemiya
- toshma, qichishish
- mushak spazmlari
Kam hollarda
- angionevrotik shish
Alohida nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi
Edarbi® xlortalidon bilan bir vaqtda qo‘llanganida qonda kreatinin darajasini oshishi va AB ni pasayishini uchrash tezligi tez-tez emas darajadan tez-tez darajagacha oshgan.
Edarbi® amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida periferik shishlarni uchrash tezligi oshgan, lekin amlodipin monoterapiyada qo‘llanganiga nisbatan past bo‘lgan.
Angiotenzin II reseptorlarining boshqa antagonistlari va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF ingibitorlari) ni qo‘llagandagi kabi Edarbi® preparatini diuretiklar (masalan, xlortalidon) bilan bir vaqtda qo‘llash kreatinin konsentrasiyasini oshish holatlarini ko‘payishiga olib keladi. Edarbi® diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida kreatinin konsentrasiyasini oshishi Edarbi® bilan monoterapiyaga nisbatan AB ni ko‘proq pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu samaralarning ko‘pchiligi qisqa muddatli bo‘lgan yoki pasientlar davolashni davom ettirganlarida avj olmagan. Preparatni bekor qilingandan keyin kreatininning konsentrasiyasini davolash vaqtida o‘tib ketmagan oshishi ko‘pgina hollarda qaytuvchan bo‘lgan. Ko‘pchilik pasientlarda kreatininning konsentrasiyasi dastlabki yoki deyarli dastlabki ko‘rsatkichlarga qaytgan.
Edarbi® ni qo‘llaganda qon zardobida siydik kislotasining darajasini plaseboga
(4,3 mkmol/l) nisbatan biroz oshishi (10,8 mkmol/l) kuzatilgan.
RAAT ning boshqa ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi Edarbi® bilan monoterapiyada gemoglobin va gematokritni biroz pasayishi (muvofiq ravishda 3 g/l ga yoki 1 hajm foizga) kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik
- qandli diabeti bo‘lgan yoki buyrak faoliyatini buzilishi (kalavalar filtrasiyasi tezligi (KFT) <60 ml/minut/1,73 m2) bo‘lgan pasientlarda Edarbi® ni aliskiren bilan birga qo‘llash
- jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi
- homiladorlik va laktasiya davri
- bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Ehtiyotkorlik bilan:
- surunkali og‘ir yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha IV funksional sinf);
- og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut);
- buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi va faoliyat ko‘rsatayotgan yagona buyrak arteriyasining stenozi;
- ishemik kardiomiopatiya;
- ishemik serebrovaskulyar kasalliklar;
- buyrak transplantasiyasidan keyingi holat;
- AYUQX pasayishi (shu jumladan qusish, diareya) bilan kechuvchi holatlar, shu jumladan osh tuzi cheklangan parhezdagi pasientlarda;
- diuretiklarning yuqori dozalari bilan bir vaqtda qo‘llash;
- birlamchi giperaldosteronizm;
- giperkaliemiya;
- aortal va mitral klapanlar snozi;
- gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);
- 75 yoshdan oshgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi
Litiy
Litiy va AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda qon zardobida litiyning konsentrasiyasini qaytuvchan oshishi va toksiklik ko‘rinishlarining yaqqolligini qaytuvchan oshishi qayd etilgan. Shunga o‘xshash samara angiotenzin II reseptorlari antagonistlari bilan ham kuzatilishi mumkin. Azilsartan medoksomil va litiyni bir vaqtda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Agar birga qo‘llash zarur bo‘lsa, zardobdagi litiyning darajasini sinchkovlik bilan monitoring qilish tavsiya etiladi.
Bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlik talab etiladi
Angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini NYAQP (masalan siklooksigenaza-2 (SOG-2) selektiv ingibitorlari, asetilsalisil kislotasi (sutkada 3 g dan ko‘proq) va noselektiv NYAQP) lar bilan bir vaqtda qo‘llaganda antigipertenziv samarasi pasayishi mumkin. Angiotenzin II reseptorlari antagonistlari va NYAQP ni bir vaqtda qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishi xavfini oshishi va qon zardobida kaliyning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun davolashni boshida suyuqlikni yetarli darajada iste‘mol qilish va buyrak faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchi vositalar yoki boshqa dori preparatlarini (masalan, geparin) azilsartan medoksomil bilan bir vaqtda qo‘llash kaliyning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Majmuaviy davolash vaqtida pasientlarda qon zardobidagi kaliyning darajasi monitoringini olib borish kerak.
Qo‘shimcha ma‘lumot
Angiotenzin II reseptorlari antagonistlari, AAF ingibitorlari yoki aliskiren tomonidan renin-angiotenzin aldosteron tizimini (RAAT) ikki tomonlama blokadasi monoterapiyaga nisbatan arterial gipotenziya, giperkaliemiya va buyrak faoliyatini buzilishi (shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) rivojlanish xavfini oshishi bilan bog‘liq.
Azilsartan medoksomil yoki azilsartanni amlodipin, antasidlar, xlortalidon, digoksin, flukonazol, glibenklamid, ketokonazol, metformin va varfarin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri qayd etilmagan.
Azilsartan medoksomil me‘da-ichak yo‘llarida va/yoki preparat so‘rilganda esterazalar tomonidan faol azilsartangacha tez gidrolizga uchraydi.In vitro sharoitdagi tadqiqotlar esterazalarni ingibisiya qilish asosidagi o‘zaro ta‘sirlarning ehtimoli kamligini ko‘rsatdi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faollashgan renin-angiotenzin-aldosteron tizimi
Qon tomir tonusi va buyrak faoliyati asosan RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lgan pasientlarda (masalan, surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishi yoki buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan pasientlarda) AAF ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari bilan davolash o‘tkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya yoki kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Edarbi® da bunday samaralarning ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi. Buyrak faoliyatini og‘ir darajada buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi yoki buyrak arteriyasi stenozi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunday pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Ishemik kardiomiopatiya yoki ishemik serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda AB ni haddan tashqari pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin.
Buyrak transplantasiyasi
Hozirgi vaqtda buyrak transplantasiyasini yaqinda o‘tkazgan pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tajribasi yo‘q.
Jigar faoliyatini buzilishi
Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Edarbi® preparatini qo‘llash tajribasi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni bu toifadagi pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Suv-elektrolit muvozanatini buzilishi fonidagi arterial gipotenziya
AYUQX ni yaqqol kamayishi va/yoki giponatriemiyasi bo‘lgan pasientlarda (qusish, diareya, yuqori dozalarda diuretiklarni qabul qilish yoki osh tuzini cheklangan parhezga rioya qilish oqibatida) Edarbi® preparati bilan davolash boshlangandan keyin klinik ahamiyatli arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Gipovolemiyani Edarbi® ni qabul qilguncha muvofiqlashtirish kerak yoki davolashni 20 mg dozadan boshlash kerak.
Birlamchi giperaldosteronizm
Birlamchi aldosteronizmi bo‘lgan pasientlar odatda RAAT ga ta‘sir etuvchi gipotenziv preparatlarga rezistentdirlar. Shuning uchun bu pasientlarda Edarbi® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Giperkaliemiya
RAAT ga ta‘sir euvchi boshqa dori vositalarini qo‘llashning klinik tajribasi Edarbi® preparatini kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilar yoki qonda kaliy darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlari (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llash arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.
Keksa yoshdagi shaxslarda, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda va/yoki boshqa yondosh kasalliklari bo‘lgan pasientlarda fatal bo‘lishi mumkin bo‘lgan giperkaliemiya xavfi oshadi. Bunday pasientlarda qonda kaliyning darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Aortal va mitral klapan stenozi, obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya
Aortal yoki mitral klapan stenozi yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya bo‘lgan pasientlarda alohida ehtiyotkorlik choralari tavsiya etiladi.
Litiy
Angiotenzin II reseptorlarining boshqa antagonistlarini qo‘llagandagi kabi litiy preparatlari va Edarbi® preparatini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang).
Homiladorlik va laktasiya davri
Edarbi® ni homiladorlarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Homilador bo‘lganda yoki rejalashtirilganda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va zarurati bo‘lsa muqobil davolashga o‘tish kerak.
Edarbi® ni emizish vaqtida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, Edarbi® ni qo‘llash tavsiya etilmaydi va emizish vaqtida, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki chala tug‘ilgan chaqaloqni emizish vaqtida isbotlangan eng yaxshi xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lgan muqobil davolash usullarini qo‘llash afzal hisoblanadi.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi
Farmakodinamik xususiyatlar asosida azilsartan medoksomil avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta‘sirga ega ekanligi kutiladi. Shunga qaramasdan, har qanday antigipertenziv preparatlarni qabul qilganda ba‘zida bosh aylanishi yoki toliqish hissi paydo bo‘lishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Edarbi® ni sog‘lom odamlarda 7 kun davomida sutkada 320 mg dozada qo‘llash tajribasi yaxshi o‘zlashtirilishini ko‘rsatdi.
Simptomlari: arterial gipotenziya va bosh aylanishi.
Davolash: agar arterial gipotenziya paydo bo‘lsa, simptomatik davolashni boshlash va hayotiy muhim faoliyatlarni monitoring qilish kerak. Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
14 tabletkadan ichki tomondan polietilen qavat va qurituvchi qavat sifatida ustidan kalsiy oksidi surtilgan alyumin materialdan tayyorlangan shakl hosil qiluvchi kontur uyali o‘ramda. O‘ram yuqori tomondan ichki tomondan polietilen qavat surtilgan laklangan alyumin folga bilan berkitiladi.
2 kontur o‘ram (40 mg doza uchun) yoki 2 yoki 4 kontur o‘ram (80 mg doza uchun) davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari