ENGISTOL tabletkalari N50

boshka terapevtik preparatlar
ENGISTOL tabletkalari N50 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
30˚C dan yuqori boʼlmagan xaroratda saqlansin.
Dori vositasini qorongʼi va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1 ta tabletka (301,5 mg) tarkibida:
faol moddalar:
Sulfur D4 37,5 mg
Sulfur D10 37,5 mg
Vincetoxicum hirundinaria D6 75,0 mg
Vincetoxicum hirundinaria D10 75,0 mg
Vincetoxicum hirundinaria D30 75,0 mg
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati.
Chiqarilish shakli
50 tabletka oq rangli polipropilen konteyner va oq rangli polipropilen qopqoqda. 1 konteyner tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Farmakodinamikasi
Preparatning farmakologik xususiyatlari, uning tarkibidagi tabiiy komponentlar yalligʼlanishga qarshi, immunomodulyatsion, viruslarga qarshi va autoregulyatsiyani tiklovchi xususiyatlariga ega.
Farmakokinetikasi
Oʼrganilmagan.
Farmakoterapevtik guruh
boshka terapevtik preparatlar
Nojo'ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi ham salbiy taʼsirlarni paydo qilishi mumkin, garchi bu hammada ham yuz bermaydi.
Аyrim hollarda, tranzitor teri reaktsiyalari (toshma, qichishish yoki eritema) va meʼda-ichak yoʼllari buzilishi (qorindagi ogʼriq yoki noqulaylik hissi) qayd etilgan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Galaktozani oʼzlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi kabi kamdan-kam uchraydigan nasliy kasalliklari boʼlgan patsientlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Reproduktiv, homiladorlik va emizish davri
Homilador va emizish davridagi ayollarda klinik tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli, dori vositasining tarkibiy moddalari homiladorlik va laktatsiya davrida salbiy taʼsir koʼrsatmaydi.
Аgar homilador boʼlsangiz, emizsangiz yoki oʼzingizni homilador deb oʼylasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Аvtomobil boshqarish qobiliyatiga va diqqatni talab qiluvchi sohalarga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
Shamollash va shamollash mavsumi davrida immun tizimini ragʼbatlantiruvchi, shamollash va gripp kabi kasalliklarda virusli infektsiya alomatlarining davomiyligini va ogʼir kechishini kamaytirish uchun qoʼllaniladigan gomeopatik dori preparati.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аniqlanmagan va ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Аgar boshqa dori vositalaridan foydalanayotgan boʼlsangiz, yaqinda foydalangan boʼlsangiz yoki foydalanishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, bu haqida shifokor yoki farmatsevtni xabardor qiling.
Ta'rifi
dumaloq oq rangdan sargʼish-oq ranggacha va faskasi boʼlgan yassi silindrli shakldagi tabletkalar
Dozirovkasi
Standart doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta boʼlgan bolalar: kuniga 3 marta 1 tadan tabletka.
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta boʼlgan bolalar: kuniga 12 martagacha har 30-60 min 1 tadan tabletka, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
Bolalar uchun standart doza:
2 yoshgacha: kuniga 1 marta 1 tadan tabletka
2–5 yoshgacha: kuniga 1-2 marta 1 tadan tabletka
6–11 yoshgacha: kuniga 2 marta 1 tadan tabletka
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
2 yoshgacha: kuniga 4 martagacha har 1-2 soatda 1 tadan tabletka, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
2–5 yoshgacha: kuniga 6 martagacha har 1-2 soatda 1 tadan tabletka, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
6–11 yoshgacha: kuniga 8 martagacha har 1-2 soatda 1 tadan tabletka, soʼngra standart sxema boʼyicha davom etiladi.
Qoʼllash usuli
Tabletkani ogʼizda shimib, keyin yutib yuboriladi. Bolalar uchun tabletkani maydalab va ozgina miqdordagi suv bilan aralashtirib berish mumkin. Ovqatlanish vaqtida qabul qilinmasin.
Davolash davomiyligi
Oʼtkir xolatlar uchun shifokor bilan maslahatlashmasdan 7 kundan ortiq qabul qilmang.
Simptomlar 7 kundan ortiq davom etsa yoki yomonlashsa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak. Dori vositasi simptomlar toʼliq yoʼqolguncha (4-6 hafta ichida) qabul kilinsin.
Dozani oshirib yuborilishi
Birorta ham dozani oshirish holatlari qayd etilmagan va bu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
5 yil.
Ochilgandan soʼng saqlash muddati: 12 oy.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
ENGISTOL tabletkalari N50 o'xshash dorilari





