VIBURKOL suppozitorii N12

Gomeopatik dori vositasi
VIBURKOL suppozitorii N12 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25˚C dan yuqori boʼlmagan haroratda.
Qorongʼi va bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Sotish shartlari
Retseptsiz
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
1,1 g li 1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Atropa bella-donna D2 1.100 mg
Calcium carbonicum Hahnemanni D8 4.400 mg
Matricaria recutita D1 1.100 mg
Plantago major D3 1.100 mg
Pulsatilla pratensis D2 2.200 mg
Yordamchi moddalar: qattiq yogʼ.
Chiqarilish shakli
1,1 g li 12 suppozitoriylar tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga oʼramda.
Farmakodinamikasi
Preparatning farmakologik xususiyatlari, uning tarkibidagi tabiiy komponentlar yalligʼlanishga qarshi, boʼshashtiruvchi, haroratni tushuruvchi va autoregulyatsiyani tiklovchi xususiyatlariga ega.
Farmakokinetikasi
Oʼrganilmagan.
Farmakoterapevtik guruh
Gomeopatik dori vositasi
Nojo'ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi ham salbiy taʼsirlarni paydo qilishi mumkin, garchi bu hammada ham yuz bermaydi. Аyrim hollarda, tranzitor teri reaktsiyalari haqida xabar berilgan.
Maxsus ko‘rsatmalari
Аlomatlar davom etsa yoki yomonlashsa, shifokoringiz yoki tibbiyot mutaxassisiga murojaat kilishingiz kerak.
1 yoshgacha chaqaloqlarda 38°C dan yuqori boʼlgan harorat saqlanib tursa, kasallikning ikkinchi kunidan kechiktirmasdan shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
Reproduktiv, homiladorlik va emizish davri
Homilador va emizish davridagi ayollarda klinik tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli, dori vositasining tarkibiy moddalari homiladorlik va laktatsiya davrida salbiy taʼsir koʼrsatmaydi.
Аgar homilador boʼlsangiz, koʼkrakdan emizsangiz yoki oʼzingizni homilador deb oʼylasangiz yoki bola koʼrishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Аvtomobil boshqarishga qobiliyatiga va diqqat-eʼtiborni talab qiluvchi sohalarga taʼsiri
Taʼsir koʼrsatmaydi.
Qo'llanilishi
Gomeopatik dori vositasidan respirator kasalliklarni simptomaktik davolab, haroratni tushiruvchi, shamollashga qarshi, ayniqsa bolalar va goʼdaklarda tishlari yorib chiqayotganda, qorindagi ogʼriq va uyqusizlik bilan bogʼliq bezovtalikni davolashda qoʼllaniladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning faol moddalarga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Аniqlanmagan va ushbu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Аgar boshqa dori vositalaridan foydalanayotgan boʼlsangiz, yaqinda foydalangan boʼlsangiz yoki foydalanishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, bu haqida shifokorni yoki farmatsevtni xabardor qiling.
Ta'rifi
Viburkol suppozitoriylar - oq yoki kremsimon yoki sargʼish tusli oq rangli, torpedosimon shaklli cuppozitoriylar.
Dozirovkasi
Standart doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta boʼlgan bolalar: 2 suppozitoriydan kuniga 3 martagacha.
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
Kattalar va 12 yoshdan katta boʼlgan bolalar: 2 suppozitoriydan, har 2 soatda kuniga 6
martagacha
Bolalar uchun standart doza:
2 yoshgacha: 1 suppozitoriydan kuniga 2 martagacha.
2–5 yoshgacha: 1 suppozitoriydan kuniga 3 martagacha.
6-11 yoshgacha: 1 suppozitoriydan kuniga 4 martagacha.
Kasallikning oʼtkir shakllari va erta davolash uchun doza:
2 yoshgacha: 1 suppozitoriydan har 2 soatda kuniga 4 martagacha.
2–5 yoshgacha: 1 suppozitoriydan har 2 soatda kuniga 6 martagacha.
6–11 yoshgacha: 1 suppozitoriydan har 2 soatda kuniga 8 martagacha.
Qoʼllash usuli
Suppozitoriyni rektal qoʼllang.
Dozani oshirib yuborilishi
Birorta ham dozani oshirish holatlari qayd etilmagan va bu dori vositasi gomeopatik aralashma boʼlganligi sababli kutilmaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati oʼtgach qoʼllanilmasin.
VIBURKOL suppozitorii N12 o'xshash dorilari





