Ташкент
logo
SavatKirish

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:

diareyaga qarshi vositalar

Ishlab chiqaruvchi:Biocodex
Teglar:Ich ketishidan
ATX kodi:A07FA02
Barcha Enterol dorilari
133 ta dorixonada bor
Narxi 67 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 133 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 250,0 mg bulardi saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati;

kapsula qobig‘i: jelatin, titan dioksidi.

Chiqarilish shakli
10 kapsuladan polietilen qopqoq bilan berkitilgan tiniq shisha flakonga joylanadi. 1 flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
.
Farmakodinamikasi

Enterol® 250 – mikroblarga qarshi va diareyaga qarshi ta'sirga ega biologik tabiatli preparatdir. Saccharomyces boulardii askospor achitqilarning patogen bo‘lmagan shtammlari bo‘lganligi va bakteriyalarga qarshi preparatlarga genetik chidamli bo‘lganligi tufayli, ichak kasalliklarida keng qo‘llanila boshladi, chunki ular me'da-ichak yo‘llaridan o‘tib, ularda koloniya hosil qilmaydi, ichakda doimiy darajada saqlanib turuvchi ahamiyatli kontsentratsiyalarga tez erishadi, normal rezident mikrofloraga ta'sir qilmaydi va ovqat-hazm qilish yo‘llaridan tashqariga chiqmaydi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va ko‘pgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburug‘larga qarshi preparatlarga sezgirligini ta'kidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.

Saccharomyces boulardii ning asosiy ta'sir mexanizmi:

- bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi ta'siri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburug‘larning o‘sishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;

- antitoksik ta'siri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga ta'sir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bog‘liq;

- antisekretor ta'siri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bog‘liq, bu ichak bo‘shlig‘iga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;

- fermentativ ta'siri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, malьtaza) faolligini oshishi bilan bog‘liq;

- spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.

Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan ma'lumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sirga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.

Farmakokinetikasi

Preparat qabul qilingandan keyin yo‘g‘on ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi, u 24 soat davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlarga kirmaydi. Davolash tugaganidan keyin Saccharomyces boulardii axlat bilan 3-5 kun davomida to‘liq chiqariladi. 


Farmakoterapevtik guruh

diareyaga qarshi vositalar

Dori shakli

kapsulalar

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda: markaziy venoz kateteri bo‘lgan gospitalizatsiya qilingan patsiyentlarda fungemiya.

Juda kam hollarda: meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiya.


Maxsus saqlash sharoitlari

Enterol® 250 ni juda issiq (50°S dan yuqori) yoki juda sovuq ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish mumkin emas. Alkogolь bilan birga qabul qilinmasin.

Agar 2 kun davomida diareya to‘xtamasa, preparatni keyinchalik qo‘llash yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Suv-tuz muvozanatini tiklash uchun eritmalarni qo‘llash zarur. Regidratatsion eritmaning xajmi yo‘qotilgan xajmga ekvivalent bo‘lishi kerak, ya'ni 1 kg tana vazniga 50-100 ml. O‘tkir yoki davomli diareya, qusish yoki ovqatlanishdan saqlanish holatlarida suv muvozanatini tiklash usullarini tanalash kerak – peroral yoki parenteral.

Kapsula va paketchalarning butunligini buzilishlarida markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganda kolonizatsiya natijasi tufayli fungemiya xavfi paydo bo‘ladi. Markaziy venoz kateteri bo‘lgan bemorlarda gematogen zamburug‘li infektsiya paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan (ushbu holatda Saccharomyces boulardii qo‘llanilmagan). Ko‘pincha buning oqibati bo‘lib gipertermiya hisoblanadi, qon sinamalarida Saccharomyces mavjudligi aniqlangan. Ushbu simptomlar zamburug‘larga qarshi davolash va kateterni olib tashlangandan keyin o‘tib ketadi. 


Qo'llanilishi

- kattalar va bolalarda bakterial etiologiyali o‘tkir va surunkali diareya

- virusli etiologiyali o‘tkir diareya

- ichak disbakteriozi

- sayohatchilar diareyasini oldini olish va davolash

- OITS bilan assotsiatsiyalangan diareya

- antibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolash

- ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi

- soxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bog‘liq kasalliklar

- davomli enteral oziqlantirish bilan bog‘liq diareyada qo‘llanadi.


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergiya)

- markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlar

- galaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi

- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (dori shakli tufayli).


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Peroral yoki parenteral buyurilgan zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.


Ta'rifi

tiniq bo‘lmagan, oq rangli, №0 o‘lchamli, qattiq, jelatin kapsulalar; kapsula ichidagisi – och-jigarrang rangli o‘ziga xos hidli kukun. 

Dozirovkasi

Kapsulaning butunligini buzmasdan va oz miqdorda iliq suv bilan yutish kerak.6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan kuniga 1-2 marta.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta.
Tavsiya etilgan davolash kursi
- o‘tkir diareya – 3-5 sutka;
- o‘tkir va surunkali bakterial diareya, ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi – 10-14 sutka;
- antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 kapsula dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi uchun sabab yo‘q.

Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.

Sotuvi

Retseptsiz.

Xususiyatlar ENTEROL 0,25 kapsulalar N10

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10 boshqa chiqarish shakllari

ENTEROL 0,25 poroshok N10
Retseptsiz
ENTEROL 0,25 poroshok N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Biocodex
Narxi
61 000 so'm dan
Analoglar ENTEROL 0,25 kapsulalar N10
Analoglari yo'q

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10 savollari

ENTEROL 0,25 kapsulalar N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil