Enterol
Enterol chiqarilish shakllari
Enterol haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Disbakterioz (davolash va oldini olish), Clostridium difficile chaqirgan qaytalanuvchi kolit, antibiotiklar qabul qilish chaqirgan kolitlar va diareyalar (davolash va oldini olish), ta'sirlangan ichak sindromi, zond orqali uzoq muddatli enteral oziqlanishda diareya profilaktikasi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — markaziy venoz kateter mavjudligi, chunki gospital sharoitda markaziy venoz kateteri bo‘lgan bemorlarda fungemiya yuzaga kelishining kam uchraydigan holatlari tasvirlangan; — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- 1 pak. liofilizatsiyalangan Saccharomyces boulardii 250 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 32.5 mg, fruktoza 471.9 mg, kolloid kremniy dioksidi 6.25 mg, "tutti-frutti" aromatizatori 4.35 mg. 1 kaps. liofilizatsiyalangan Saccharomyces boulardii 250 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, jelatin, titan dioksidi. 1 pak. liofilizatsiyalangan Saccharomyces boulardii 250 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 32.5 mg, fruktoza 471.9 mg, kolloid kremniy dioksidi 6.25 mg, "tutti-frutti" aromatizatori 4.35 mg. 1 paketcha liofilizatsiyalangan Saccharomyces boulardii 100 mg saqlaydi; liofilizatsiyalangan Saccharomyces boulardii 250 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati, jelatin, titan dioksidi.
Farmakodinamikasi
Enterol® 250 – mikroblarga qarshi va diareyaga qarshi ta'sirga ega biologik tabiatli preparatdir. Saccharomyces boulardii askospor achitqilarning patogen bo‘lmagan shtammlari bo‘lganligi va bakteriyalarga qarshi preparatlarga genetik chidamli bo‘lganligi tufayli, ichak kasalliklarida keng qo‘llanila boshladi, chunki ular me'da-ichak yo‘llaridan o‘tib, ularda koloniya hosil qilmaydi, ichakda doimiy darajada saqlanib turuvchi ahamiyatli kontsentratsiyalarga tez erishadi, normal rezident mikrofloraga ta'sir qilmaydi va ovqat-hazm qilish yo‘llaridan tashqariga chiqmaydi.
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va ko‘pgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburug‘larga qarshi preparatlarga sezgirligini ta'kidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Saccharomyces boulardii ning asosiy ta'sir mexanizmi:
- bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi ta'siri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburug‘larning o‘sishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;
- antitoksik ta'siri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga ta'sir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bog‘liq;
- antisekretor ta'siri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bog‘liq, bu ichak bo‘shlig‘iga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;
- fermentativ ta'siri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, malьtaza) faolligini oshishi bilan bog‘liq;
- spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan ma'lumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sirga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Allergik reaktsiyalar, oshqozon sohasida preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan noxush sezgilar.
Dozirovkasi
- 100 mg 250 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Jelatin kapsulalar, №0, oq rangli, silliq, yaltiroq, shaffof emas; kapsula ichidagisi - o'ziga xos achitqi hidli och-jigarrang kukun Jelatin kapsulalar, №0, oq rangli, silliq, yaltiroq, shaffof emas; kapsula ichidagisi - o'ziga xos achitqi hidli och-jigarrang kukun Jelatin kapsulalar, №0, oq rangli, silliq, yaltiroq, shaffof emas; kapsula ichidagisi - o'ziga xos achitqi hidli och-jigarrang kukun. kukun Ichish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun och-jigarrang, meva iforli
Maxsus ko‘rsatmalari
Immun tanqisligi bo‘lgan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Issiq va alkogolli ichimliklar bilan ichmaslik kerak. Suvda yoki boshqa ichimlikda aralashtirilgan preparatni O‘YuT-pechda (mikroto‘lqinli pechda) isitmaslik kerak. Suv yoki ichimlik, zarurat tug‘ilganda, O‘YuT-pechda isitiladi, so‘ngra preparat iliq suvga qo‘shiladi.
Agar Enterol® preparati o‘tkir diareyani davolash uchun qo‘llanilgandan ikki kun o‘tgach yaxshilanish kuzatilmasa, shuningdek harorat ko‘tarilganda, axlat massalarida qon yoki shilliq aniqlanganda darhol davolovchi shifokorga murojaat qilish zarur. Chanqoqlik hissi va og‘iz qurishi suyuqlik yetarli darajada iste'mol qilinmayotganidan (regidratatsiya) dalolat beradi.
O‘rami butunligi buzilgan, markirovkasi bo‘lmagan, fizik xususiyatlari o‘zgargan preparat qo‘llashga yaroqsizdir.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Enterol® preparatini qo‘llashning avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta'siri qayd etilmagan.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar: shifokor kuzatuvi ostida kuniga ko‘pi bilan 1 paketcha. Paketcha ichidagisi bevosita qo‘llashdan oldin bir stakan iliq sutda yoki iliq suvda eritiladi yoki bolaga ovqat bilan beriladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 paketcha kuniga 1-2 marta.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 paketchadan kuniga 2 marta.
Tavsiya etilgan davolash kursi
- o‘tkir diareya – 3-5 sutka;
- surunkali diareya sindromi, ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;
- antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)















