Ташкент
logo
SavatKirish

ENTEROL 0,25 poroshok N10

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:Biocodex
ATX kodi:A07FA02
Barcha Enterol dorilari
119 ta dorixonada bor
Narxi 61 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 119 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ENTEROL 0,25 poroshok N10 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Retseptsiz
BISAKODIL suppozitorii 10mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•62 ta dorixonada bor
Narxi
4 500 so'm dan
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N60
Retseptsiz
KALSEMIN ADVANS tabletkalari N60
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•103 ta dorixonada bor
Narxi
89 500 so'm dan

ENTEROL 0,25 poroshok N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

Bir paket quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: bulardi Saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari 250,0 mg, laktoza monogidrati 32,5 mg,

yordamchi moddalar: fruktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Tutti-frutti” ta'm qo‘shimchasi (malьtodekstrin, sorbitol, vanilin, izoamilatsetat, metilbutirat, “Apelьsin” hushbo‘yi, “Limon” hushbo‘yi, kontsentratsiyalangan olma sharbati).

Chiqarilish shakli
765,0 mg preparat alyumin folьga/polietilen plyonka/bosma qog‘ozli ikkilangan paketlarga joylanadi. 10 paketdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.


Farmakodinamikasi

Enterol® 250 – mikroblarga qarshi va diareyaga qarshi ta'sirga ega biologik tabiatli preparatdir. Saccharomyces boulardii askospor achitqilarning patogen bo‘lmagan shtammlari bo‘lganligi va bakteriyalarga qarshi preparatlarga genetik chidamli bo‘lganligi tufayli, ichak kasalliklarida keng qo‘llanila boshladi, chunki ular me'da-ichak yo‘llaridan o‘tib, ularda koloniya hosil qilmaydi, ichakda doimiy darajada saqlanib turuvchi ahamiyatli kontsentratsiyalarga tez erishadi, normal rezident mikrofloraga ta'sir qilmaydi va ovqat-hazm qilish yo‘llaridan tashqariga chiqmaydi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va ko‘pgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburug‘larga qarshi preparatlarga sezgirligini ta'kidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.

Saccharomyces boulardii ning asosiy ta'sir mexanizmi:

- bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi ta'siri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburug‘larning o‘sishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;

- antitoksik ta'siri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga ta'sir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bog‘liq;

- antisekretor ta'siri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bog‘liq, bu ichak bo‘shlig‘iga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;

- fermentativ ta'siri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, malьtaza) faolligini oshishi bilan bog‘liq;

- spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.

Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.

Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan ma'lumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sirga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.

Farmakokinetikasi

Preparat qabul qilingandan keyin yo‘g‘on ichakda Saccharomyces boulardii ning yuqori kontsentratsiyasiga erishiladi, u 24 soat davomida tutib turiladi. Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimi va mezenterial limfatik tugunlarga kirmaydi. Davolash tugaganidan keyin Saccharomyces boulardii axlat bilan 3-5 kun davomida to‘liq chiqariladi.

Dori shakli

peroral qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun dozalangan kukun.


Nojo'ya samaralari

Kam hollarda: markaziy venoz kateteri bo‘lgan gospitalizatsiya qilingan patsiyentlarda fungemiya.

Juda kam hollarda: meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiya.


Qo'llanilishi

- kattalar va bolalarda bakterial etiologiyali o‘tkir va surunkali diareya

- virusli etiologiyali o‘tkir diareya

- ichak disbakteriozi

- sayohatchilar diareyasini oldini olish va davolash

- OITS bilan assotsiatsiyalangan diareya

- antibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolash

- ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi

- soxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bog‘liq kasalliklar

- davomli enteral oziqlantirish bilan bog‘liq diareyada qo‘llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatning komponentlaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergiya)

- markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlar

- galaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi qo‘llash mumkin emas.

 


Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Peroral yoki parenteral buyurilgan zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.


Ta'rifi

och-jigarrang rangli, meva hidli kukun.

Dozirovkasi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar: shifokor kuzatuvi ostida kuniga ko‘pi bilan 1 paketcha. Paketcha ichidagisi bevosita qo‘llashdan oldin bir stakan iliq sutda yoki iliq suvda eritiladi yoki bolaga ovqat bilan beriladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 paketcha kuniga 1-2 marta.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 paketchadan kuniga 2 marta.
Tavsiya etilgan davolash kursi
- o‘tkir diareya – 3-5 sutka;
- surunkali diareya sindromi, ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;
- antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Saccharomyces boulardii tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi uchun sabab yo‘q.
Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.

Sotuvi

Retseptsiz.

ENTEROL 0,25 poroshok N10 boshqa chiqarish shakllari

ENTEROL 0,25 kapsulalar  N10
Retseptsiz
ENTEROL 0,25 kapsulalar N10
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Biocodex
•132 ta dorixonada bor
Narxi
67 000 so'm dan

ENTEROL 0,25 poroshok N10 analoglari

YOMOGI kapsulalar  250mg N10
Retseptsiz
YOMOGI kapsulalar 250mg N10
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Ardeypharm GmbH
Narxi
70 000 so'm dan

ENTEROL 0,25 poroshok N10 savollari

ENTEROL 0,25 poroshok N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil