Продажа | Retseptsiz. |
Bir paket quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: bulardi Saxaromitsetlarining CNCM-I745 liofilizatsiya qilingan achitqilari 250,0 mg, laktoza monogidrati 32,5 mg,
yordamchi moddalar: fruktoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, “Tutti-frutti” ta'm qo‘shimchasi (malьtodekstrin, sorbitol, vanilin, izoamilatsetat, metilbutirat, “Apelьsin” hushbo‘yi, “Limon” hushbo‘yi, kontsentratsiyalangan olma sharbati).
Chiqarilish shakli
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga va ko‘pgina boshqa preparatlarga chidamliligini, shuningdek ularning zamburug‘larga qarshi preparatlarga sezgirligini ta'kidlash kerak. Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Saccharomyces boulardii ning asosiy ta'sir mexanizmi:
- bevosita antagonizm (mikroblarga qarshi ta'siri), nospetsifik immun himoyasini kuchaytirish, shuningdek IgA va qolgan immunoglobulinlarning sekretor komponentlarini ishlab chiqarilishini oshishi hisobiga Saccharomyces boulardii ning Clostridium dificile, Clostridium pneumoniae, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa, Candida krusei, Candida pseudotropical, Salmonella typhi, Ecsherichia coli, Shigella dysenteriae, Proteus, a tak je, Enthamoeba hystolitica, Lambliae kabi ichak mikroflorasini izdan chiqaruvchi patogen va shartli-patogen mikroorganizmlar va zamburug‘larning o‘sishini susaytirish qobiliyati bilan xarakterlanadi;
- antitoksik ta'siri S-protein bilan birikkan retseptorlar orqali enterotsitlarga ta'sir etuvchi neytralizatsiya qiluvchi omil sintezi bilan bog‘liq;
- antisekretor ta'siri enterotsitlarda sAMF darajasini kamayishi bilan bog‘liq, bu ichak bo‘shlig‘iga suv va tuz sekretsiyasini kamayishiga olib keladi;
- fermentativ ta'siri ingichka ichakning disaxaridazalari (laktaza, saxaraza, malьtaza) faolligini oshishi bilan bog‘liq;
- spermin va spermidin ajralib chiqishi hisobiga ingichka ichak shilliq qavatiga nisbatan trofik samarasi.
Saccharomyces boulardii ning antibiotiklarga genetik chidamliligi ichak yo‘llarining normal biotsenozini himoya qilish uchun antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llash imkonini beradi.
Achitqilarning tirik shakli, Saccharomyces boulardii ning farmakokinetikasi hayvonlar va odamlarda o‘tkazilgan in vitro va in vivo sharoitdagi turli tadqiqotlar jarayonida aniqlangan. Olingan ma'lumotlar asosida Enterol® 250 ichak mikroflorasini tiklaydi va yaqqol etiopatogenetik diareyaga qarshi ta'sirga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.
Juda kam hollarda: meteorizm, preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik tufayli qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiya.
- virusli etiologiyali o‘tkir diareya
- ichak disbakteriozi
- sayohatchilar diareyasini oldini olish va davolash
- OITS bilan assotsiatsiyalangan diareya
- antibiotiklarni qabul qilish chaqirgan kolit va diareyani oldini olish va davolash
- ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromi
- soxtamembranoz kolit va Clostridium difficile bilan bog‘liq kasalliklar
- davomli enteral oziqlantirish bilan bog‘liq diareyada qo‘llanadi.
- markaziy venoz kateteri bo‘lgan patsiyentlar
- galaktozemiya, laktoza yetishmovchiligi, glyukoza va galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi qo‘llash mumkin emas.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati 3 yil
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 paketcha kuniga 1-2 marta.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 paketchadan kuniga 2 marta.
Tavsiya etilgan davolash kursi
- o‘tkir diareya – 3-5 sutka;
- surunkali diareya sindromi, ta'sirlangan yo‘g‘on ichak sindromini davolash – 10-14 sutka;
- antibiotik bilan assotsiatsiyalangan diareya va soxtamembranoz kolitni oldini olish va davolash – antibiotiklar bilan davolash kursi davomida sutkada 2 marta 2 paketcha dozada antibiotiklar bilan birga buyuriladi.
Dozani oshirib yuborilgan holatlarda biron-bir choralar talab etilmaydi.