Ташкент
logo
SavatKirish

FERSIKARD tabletkalari N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Italiya
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Barcha Fersikard dorilari
125 ta dorixonada bor
Narxi 170 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 125 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

FERSIKARD tabletkalari N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Saqlash shartlari

25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda namlik va yorug'likdan himoyalangan, bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:

L-karnitin      500 mg

Koenzim Q     40 mg

Kversetin        25 mg

Chiqarilish shakli:

Tabletka № 30. Karton qadoqda, yo'riqnoma bilan birga 10 ta tabletkadan 3 blister.

Farmakologik ta'siri

L-karnitin (levokarnitin) - В vitaminlari guruhigakiruvchi aminokislotadir.

Metabolik jarayonlarda yog ' kislotalarini hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga olib boruvchi vosita sifatida ishtirok etadi, u yerda oksidlanib, katta miqdordagi metabolik energiya—ATF hosil qiladi. L-karnitin asab to'qimalarining zararli omillarga (shu jumladan gipoksiya, travma, intoksikasiyaga) chidamliligini oshiradi, anaerob glikolizni to'rmozlaydi, laktat asidoz darajasini pasaytiradi. Miya gemodinamikasini tiklashga va zararlangan hududga qon ta'minotini oshirishga yordam beradi, fokusdagi reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta’sirga ega. Uzoq muddatli miya faoliyati bilan charchoqni kamaytiradi, jismoniy faoliyat paytida tananing ishlashi va chidamliligini oshiradi, kuchni tiklash uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartiradi va tetiklikni ta'minlaydi.

Koenzim Q10 (ubiquinon) - har bir hujayrada mavjud bo’lgan va organizmning energiya ta'minoti jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan, kelib chiqishi oqsil bo'lgan katalizatordir. Koenzim Q10-organizm hujayralarini zarur biokimyoviy tarkibiy qismlar bilan ta'minlovchi zanjiridagi hayotiy bo'g'in bo'lib, kisloroddan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. U antioksidant xususiyatlarga ega va radiasiya, stress, kimyoviy moddalar ta'sirida inson tanasida hosil bo'lgan erkin radikallaming zararli ta'sirini zararsizlantiradi. Koenzim Q10 yurakka himoya xususiyatiga ega, shuningdek immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon bosimini normallashtiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Taxminan 30 yoshgacha, agar odam sog’lom bo’lsa, tana Q10 koenzimining yetishmovchiligi bilan mustaqil ravishda kurasha oladi. Yillar o'tgani sari va barcha kasalliklarda Q10 koenzimining to'qimalarda pasayishi kuzatiladi. Bu tananing energiya muvozanatini buzadi. Bunday yetishmovchilikning oqibatlari xolsizlik, befarqlik, depressiya, shuningdek yurak mushaklari, jigar, buyraklar va boshqa organlarning ishidagi buzilishlardir. Shuning uchun uni ovqat rasioniga kiritish kerak, ayniqsa 30 yoshdan oshganlarga. Koenzim Q10 hujayra darajasida qarish jarayonini sekinlashtiradi, kuchli antioksidant ta’sirga ega.

Kversetin - bioflavonoid. Kapillyarni stabillashtiradigan, kardioprotektiv, regenerativ, antioksidant, yallig'lanishga qarshi, spazmolitik, antiulserogen va antisklerotik ta'sir ko'rsatadi. Yallig'lanish va allergen jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradigan omillarning sintezi va faolligini to'xtatadi, biriktiruvchi to’qimalami mustahkamlaydi, xolesterin miqdorini pasaytiradi, ko'plab foydali moddalarning (C vitamini va E vitamini) ta’sirini kuchaytiradi, qon tomirlari va kapillyarlarni mustahkamlaydi, qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, oshqozon shilliq qavatining tiklanish jarayonini faollashtiradi. Tana to'qimalarining ortiqcha glukozaning zararli ta'siriga chidamliligini oshiradi. Qandli diabet ehtimolini kamaytiradi, shuningdek, ushbu kasallikning kechishini yahshilaydi. Bu asab tizimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, asab tizimini faollashtiradi.

Nojo'ya samaralari

Kamdan kam hollarda allergik reaksiyalar va holsizlik kuzatilishi mumkin

Qo'llanilishi

Profilaktika maqsadida va quyidagi kasalliklarda kompleks terapiyada qo'llaniladi:

* yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarktini tiklanish paytida, infarktdan keyingi kardioskleroz), ateroskleroz, arterial gipertenziya, kardiyomiyopatiya;

* statinlar bilan davolashda qo'shimcha komponent sifatida;

* qon tomir, toksik va travmadan keyin kelib chiqadigan miya shikastlanishlaridagi nevrologik o’zgarishlar;

* kuchli jismoniy  va psixo-emotsional zo’riqish: samaradorlikni oshirish, chidamlilik oshirish, shu jumladan keksa odamlarda ham charchoqni kamaytirish;

* stressli holatlarga chidamliligini oshirish uchun;

* vaznni kamaytirish uchun;

* uglevod almashinuvining buzilishi, glyukoza bardoshligining buzilishi va qandli diabet asoratlarining oldini olish;

* bolalar va o'smirlarda o'sish va mushak massasining orqada qolishi;

* teri kasalliklarini kompleks davolashda (psoriaz, seboreyali ekzema, o’choqli skleroderma, sistemali qizil yugurigi);

* buyrak yetishmovchiligida birlamchi va ikkilamchi karnitin yetishmovchiligini bartaraf etish;

* kasallik va jarrohlik aralashuvlardan so'ng reabilitasiya davrida, tananing zaxira kuchlarini tiklash uchun;

* surunkali charchoq sindromi;

* astenik sindrom;

* vegetativ-qon tomir distoniyasi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. 


 
Dozirovkasi

Kuniga - 1 tabletkadan 2 -3 mahal. Qabul qilishda ko’p miqdorda suv bilan iching.

Yaroqlilik muddati (oy)

Yaroqlilik muddati 3 yil.

FERSIKARD tabletkalari N30 savollari

Гульнара
22.12.2020 04:01
Пить до или после еды?

FERSIKARD tabletkalari N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

KIDSKOL tomchilar 30 ml
KIDSKOL tomchilar 30 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
FERSIKARD tabletkalari N30
FERSIKARD tabletkalari N30
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
170 000 so'm dan
RINOTIN tabletkalari N30
RINOTIN tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
165 000 so'm dan
AMARESINK tomchilar 30 ml
AMARESINK tomchilar 30 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
157 000 so'm dan
LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
LIVARTI KIDS tomchilar 50 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
SINPROJI tomchilar 15 ml
SINPROJI tomchilar 15 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
Narxi
151 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil