NEFROTON KIDS tomchilar 50ml

NEFROTON KIDS tomchilar 50ml haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
Namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
2 ml tarkibiga quyidagilar kiradi:
Klyukva ekstrakti 10 mg
Uzum urug'i ekstrakti 1 mg
Aloe ekstrakti 1 mg
C vitamini 10 mg
Lavandaning efir moyi 0,2 mg
Siydik yo'llari infeksiyalari, yuqumli bo'lmagan surunkali buyrak yallig'lanishining oldini olish va kompleks davolashning bir qismi sifatida, shuningdek bolalarda siydik tizimi organlarida toshlar paydo bo'lishining oldini olish uchun tabiiy ingrediyentlardan tayorlangan biologik faol qo'shimcha.
Chiqarilish shakli
Flakon 50 ml.
Farmakologik ta'siri
Klyukva tarkibida organik kislotalar, flavonoidlar, iridoid glikozidlar, antosiyanidinlar saqlaydi. Biroq, ko'plab eksperimental tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, antosiyanidinlar va xususan, proantosyanidinlar (PAC) klyukvaning faol komponentlari hisoblanadi. Klyukva bakterialarni (jumladan, E. coli ning uropatogen shtammlarini) P-fimbrialarini bloklaydi va bakteriyalarni siydik yo’li hujayralarga yopishishiga toˈsqinlik qilish orqali siydik yo'llari infeksiyasining qaytalanishini oldini oladi.
Uzum urug'i ekstrakti - o'zining yuqori ozuqaviy moddalari tufayli uzum urug'i sog'lom va faol hayotni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Uzum urug'i ekstrakti A, C, B6 vitaminlari va foliy kislotasi, shuningdek, minerallar - kaliy, kaltsiy, temir, fosfor, magniy va selenning boy manbai hisoblanadi. U siydikning kislotaliligini va diuretik faollikka ham ega.
Aloe ekstrakti - yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, shilliq pardalar va terining tiklanish jarayonlarini kuchaytiradi. Bakteritsid ta'sir ko'rsatadi. Aloe tarkibidagi polisaxaridlar rux, selen, mis mikroelementlari bilan birgalikda immunomodulyatorlik xususiyatlarga ega.
Askorbin kislotasi C vitamini bo'lib, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qon ivishini, to'qimalarning yangilanishini tartibga solishda ishtirok etadi; organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, qon tomirlarining o'tkazuvchanligini pasaytiradi, B1, B2, A, E vitaminlari, foliy kislotasi, pantoten kislotaga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Lavandaning efir moyi diuretik ta'sirga ega bo’lib, siydik pufagining yallig'lanishini va spazmlarni bartaraf etadi. Bundan tashqari, u gormonal muvozanatni tiklashga yordam beradi.
Nojo'ya samaralari
Kаmdаn-kаm hоllаrdа ko'ngil аynishi, ich kеtishi vа yengil аllеrgik holatlаr kuzаtilаdi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Tabiiy ingredientlar bo'lishi ta'mdagi, rangdagi farqlarga va mayda cho'kmaga olib kelishi mumkin.
Qo'llanilishi
Quyidagi kasalliklarni kompleks davolashda va profilaktika maqsadida qo'llaniladi:
- sistit (siydik chiqarish buzilishi; siyish paytida og'riq, noqulaylik; sistalgiya);
- piyelonefrit;
- piyelit;
- uretrit;
- siydik tosh kasalligi;
- siydik toshlarini olib tashlash operatsiyasidan keyingi holat;
- nefrit (glomerulonefrit; interstitsial nefrit);
- asimptomatik bakteriuriya;
- bolalarda siydik kislotasi diatezi;
- vezikouretral reflyuks;
- dismetabolik nefropatiya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Tarkibiy qismlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Me'da va 12 barmoq ichak kasalliklarining o'tkir davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
1 - 3 yoshgacha 15 tomchidan kuniga 2 mahal;
4 - 6 yoshgacha 20 tomchidan kuniga 2 mahal;
6 - 12 yoshgacha 30 tomchidan kuniga 3 mahal;
12 yoshdan kattalarga 30-40 tomchidan kuniga 3 mahal.
Qabul qilish kursi 1 - 2 oygacha.
Ishlatishdan oldin flakonni chayqating.
Hajm/og'irlik
Yaroqlilik muddati (oy)
Saqlash muddati 3 yil.
Nefroton boshqa chiqarish shakllari

NEFROTON KIDS tomchilar 50ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml haqida savollar
NEFROTON KIDS tomchilar 50ml haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari




