Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Antibiotiklar  / GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Xitoy
Kategoriya:Antibiotiklar
Faol modda:Gentamisin
Ishlab chiqaruvchi:CHINA MEHECO Corporation, Kitay proizvedeno: Huazhong Pharmaceutical Co., Ltd.
ATX kodi:J01GB03
Barcha Gentamitsin dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 haqida qo'llanma

Farmakokinetikasi

Mushak ichiga yuborilgandan so'ng in'ektsiya joyidan tez so'riladi va maksimal kontsentratsiyaga 30-60 daqiqadan so'ng erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi past (0-10%). Hujayradan tashqari suyuqlikda, organizmning barcha to'qimalarida taqsimlanadi. Yo'ldosh orqali o'tadi. Metabolizmga uchramaydi va asosan buyraklar orqali chiqariladi (bunda siydikda yuqori kontsentratsiya hosil bo'ladi), oz miqdori safro bilan ajralib chiqadi. Yarim chiqarilish davri 2-4 soat.

Farmakologik ta'siri

Aminoglikozidlar guruhiga kiruvchi antibiotik. Bakteriya ribosomalarida oqsil sintezini susaytirish orqali bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Grammanfiy aerob bakteriyalarga - ichak tayoqchasi, shigella, salmonella, enterobakteriyalar, klebsiella, protey, ko'k yiring tayoqchasiga nisbatan yuqori faollik namoyon qiladi. Preparat shuningdek grammusbat aerob kokklarga - stafilokokklarga (shu jumladan penitsillinga chidamli), streptokokklarning ba'zi shtammlariga nisbatan faol. Oqish treponema, meningokokklar, anaerob mikroorganizmlar preparatga chidamli.

Nojo'ya samaralari

Ko'ngil aynishi, qusish, qonda jigar transaminazalari va bilirubin kontsentratsiyasining oshishi; allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, isitma); qon manzarasi o'zgarishi (anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya); bosh og'rig'i, uyquchanlik bo'lishi mumkin. Nefrotoksiklik: yengil simptomlardan (oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya) og'ir ko'rinishlargacha (buyrak yetishmovchiligi). Ototoksiklik: yengil ko'rinishlardan (eshitishning pasayishi, vestibulyar buzilishlar) og'ir buzilishlargacha (qaytmas karlik). Juda kam hollarda - nerv- mushak o'tkazuvchanligining buzilishi. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, isitma, kamdan-kam hollarda – Kvinke shishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Parkinsonizm, miasteniya, buyrak funksiyasi buzilishlarida ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi. Davolash vaqtida buyrak, eshitish va vestibulyar apparatlar funksiyalarini nazorat qilish kerak. Laktatsiya davrida qo'llash zarurati bo'lganda emizishni to'xtatish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga va boshqa aminoglikozid antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik, eshitish nervi nevriti, buyrak faoliyatining og'ir buzilishlari, uremiya, homiladorlik, laktatsiya (emizish).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bir vaqtda yoki davolash kursi tugashi bilan darhol mikroblarga qarshi va oto- va nefrotoksik ta'sir ko'rsatuvchi boshqa preparatlarni (antibiotiklar-aminoglikozidlar, vankomitsin, sefalosporinlar, etakrin kislotasi) buyurish mumkin emas. "Halqali" diuretiklar (furosemid, etakrin kislotasi), shuningdek indometatsin bilan bir vaqtda buyurilganda qonda gentamitsin konsentratsiyasi oshadi, shu munosabat bilan toksik nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi oshadi. Ingalyatsion narkoz uchun vositalar, opioid analgetiklar bilan bir vaqtda qo'llanilganda nerv-mushak blokadasi rivojlanishi, to apnoe rivojlanishigacha xavfi ortadi. Preparatni bir shpritsda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Dozirovkasi

Mushak orasiga va venaga qo'llaniladi. Doza infektsiyaning kechish og'irligi va lokalizatsiyasini, shuningdek qo'zg'atuvchining sezgirligini hisobga olgan holda individual belgilanadi. O'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarda kattalar uchun preparatning sutkalik dozasi tana vazniga 3 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish chastotasi sutkasiga 2 marta. Og'ir infektsiyalarda sutkalik doza 5 mg/kg ni tashkil qiladi, yuborish chastotasi 3-4 marta; klinik yaxshilanishda dozani sutkasiga tana vazniga 3 mg/kg gacha kamaytiradilar. Davolash kursi - 14 kundan oshmasligi kerak. Siydik yo'llari infektsiyasi va buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarga, zarurat bo'lganda, 7-10 kun davomida 120-160 mg dozada sutkasiga 1 marta tayinlanadi. Gonoreyada bir marta 240-280 mg tayinlanadi. Preparatni venaga infuziya qilish 1-2 soat davomida o'tkaziladi, preparat 100-200 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida yoki 0,5% li glyukoza eritmasida eritiladi. 2 yoshdan katta bolalar uchun doza sutkasiga 3-5 mg/kg ni tashkil qiladi; yuborish chastotasi - 3 marta. Chala tug'ilgan va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga sutkalik dozada 5 mg/kg tayinlanadi, chastotasi - 2 marta; 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga xuddi shunday doza sutkasiga 3 marta yuborish chastotasi bilan tayinlanadi. Kattalar va bolalar uchun maksimal sutkalik doza - 5 mg/kg. Buyrakning chiqarish funktsiyasi buzilgan bemorlarda kreatinin klirensi qiymatlariga qarab dozalash rejimini to'g'irlash talab etiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 o'xshash dorilari

Morecin granulalari 3G N1
Morecin granulalari 3G N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt.Ltd.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
67 800 so'm dan
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
Retseptli
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Adamed-Polfa S.A
Narxi
47 900 so'm dan

Gentamitsin boshqa chiqarish shakllari

GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Retseptli
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
GENTAMISIN eritma 2ml 0,04/ml N10
GENTAMISIN eritma 2ml 0,04/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Retseptli
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
•86 ta dorixonada bor
Narxi
64 900 so'm dan

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 analoglari

GENTAMISIN eritma 2ml 0,04/ml N10
GENTAMISIN eritma 2ml 0,04/ml N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Dalximfarm, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
12 000 so'm dan
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Retseptli
GENTAMISIN AKOS maz 15g 0,1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Sintez, OAO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 haqida savollar

GENTAMISIN SULFAT inyeksiya uchun eritma 1ml 40mg/ml N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil