GEPA MERS konsentrat 10ml N10

GEPA MERS konsentrat 10ml N10 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 ampula (10 ml) quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 5 g L-ornitin-L-aspartati;
yordamchi moddalar: 10 ml gacha in'ektsiya uchun suv.
Farmakodinamikasi
Plazmada ammiakning ko'tarilgan miqdorini, xususan jigar kasalliklarida, pasaytiradi. Preparatning ta'siri, uning mochevina hosil bo'lishining (ammiakdan mochevina hosil bo'lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog'liq. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Ornitin aspartati uni hosil qiluvchi komponentlariga – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissotsiyalanadi. Ular ingichka ichakda faol transport yo'li bilan ichak epiteliysi orqali so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Nojo'ya samaralari
Kam hollarda– ko'ngil aynishi va qusish.
Ko'rsatilgan nojo'ya samaralari odatda o'tkinchi bo'lib, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Ular paydo bo'lganida preparatning dozasini va yuborish tezligini muvofiqlashtirish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari
Diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Gepa-Merts (infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat) preparatini yuqori dozalarida zardobdagi va siydikdagi mochevina darajasini nazorat qilish kerak.
Agar jigar funktsiyasi ahamiyatli buzilgan bo'lsa, patsiyentning individual holatiga qarab ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun yuborish tezligini to'g'rilash kerak.
Preparatni bolalarda ishlatish bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Qo'llanilishi
– Jigarning o'tkir va surunkali kasalliklari
– Jigar entsefalopatiyasi (yashirin va yaqqol)da qo'llaniladi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
L-ornitin-L-aspartati yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Kreatininning ko'rsatkichi 3 mg/100ml dan ko'proq bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa guruh dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Ta'rifi
qahrabo rangli shisha ampulalardagi rangsizdan och-sariq rangligacha bo'lgan tiniq eritma.
Dozirovkasi
Sutkada 4 ampulagacha, ampula ichidagisini 500 ml infuziya uchun eritmada eritib vena ichiga yuboriladi. Jigar entsefalopatiyasida holatning og'irligiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi, tez-tezligi va davolashning davomiyligi individual aniqlanadi. Vena ichiga yuborishning maksimal tezligi soatiga 5g. 500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ko'p eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida intoksikatsiya belgilari ta'riflanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi holatlarida simptomatik davolash ko'rsatilgan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Preparatning homilaga ta'sirining yetarli ma'lumotlari mavjud bo'lmaganligi sababli Gepa-Mertsni (infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat) homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas. Emizish davrida qo'llashdan saqlanish kerak, chunki ta'sir etuvchi modda ona sutiga o'tadimi, yo'qmi, ma'lum emas. Agar preparat bilan davolashning zarurati bo'lsa, uni shifokorning qat'iy kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.
Hajm/og'irlik
Sotuvi
Retseptsiz.
GEPA MERS konsentrat 10ml N10 o'xshash dorilari




GEPA MERS konsentrat 10ml N10 xususiyatlari
Gepa-Mers boshqa chiqarish shakllari
GEPA MERS konsentrat 10ml N10 analoglari


