Apteka.uz
SavatKirish

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Frantsiya/Rossiya
Faol modda:Metformin
Ishlab chiqaruvchi:Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
Teglar:Diabetdan
ATX kodi:A10BA02
Barcha Glyukofaj dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Glyukofaj® Long 1000 mg ta’siri uzaytirilgan tabletkalar dori shaklidagi preparatning 1 tabletkasi ichga bir marta qabul qilingandan so‘ng ovqatdan keyin qon plazmasida metforminning maksimal konsentratsiyasiga (1214 ng/ml) erishishning o‘rtacha vaqti (TCmax) 5 soatni (4-10 soat oralig‘ida) tashkil etadi.

Odatiy ajralib chiqadigan metforminning muvozanat holatiga o‘xshash muvozanat holatida maksimal konsentratsiya (Cmax) va "konsentratsiya-vaqt" egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) qabul qilinayotgan dozaga nomutanosib ravishda ortadi. Ta’siri uzaytirilgan tabletkalar shaklidagi metformin

2000 mg dozada ichga bir marta qabul qilingandan so‘ng AUC odatiy ajralib chiqadigan tabletkalar shaklidagi metformin 1000 mg dozada sutkada ikki marta qabul qilingandan so‘ng kuzatiladiganiga o‘xshash.

Ta’siri uzaytirilgan tabletkalar shaklidagi metformin qabul qilingandan so‘ng Cmax va AUC ning individual o‘zgaruvchanligi odatiy ajralib chiqadigan tabletkalar shaklidagi metformin qabul qilingandan so‘ng kuzatiladiganiga o‘xshash.

Ta’siri uzaytirilgan tabletkalar shaklidagi metformin 1000 mg dozada ovqatdan keyin qabul qilinganda AUC 77% ga ortadi (Cmax 26% ga ortadi va TCmax taxminan 1 soatga ortadi).

Ta’siri uzaytirilgan tabletkalardan metforminning so‘rilishi qabul qilinayotgan ovqat tarkibiga bog‘liq holda o‘zgarmaydi.

Ta’siri uzaytirilgan tabletkalar shaklidagi metformin 2000 mg gacha dozada ko‘p marta qabul qilinganda kumulyatsiya kuzatilmaydi.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan aloqasi arzimas. Qondagi Cmax plazmadagi Cmax dan past va taxminan xuddi shunday vaqtda erishiladi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) 63-276 l oralig‘ida o‘zgarib turadi.

Metabolizm

Odamda metabolitlari aniqlanmagan.

Chiqarilishi

Metformin o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Metforminning buyrak klirensi >400 ml/daqiqani tashkil qiladi, bu metformin kalavachalar filtratsiyasi va kanalcha sekretsiyasi hisobiga chiqarilishini ko‘rsatadi. Peroral qabul qilingandan so‘ng yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.

Buyrak funksiyasi buzilganda metformin klirensi kreatinin klirensiga mutanosib ravishda pasayadi, yarim chiqarilish davri uzayadi, bu plazmada metformin konsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin.

Nojo'ya samaralari

Preparatning nojo‘ya ta'sirlari tez-tezligi quyidagicha baholanadi:

Juda tez-tez: 1/10 dan ko‘p yoki teng

Tez-tez: 1/100 dan ko‘p yoki teng, < 1/10

Tez-tez emas: 1/1000 dan ko‘p yoki teng, < 1/100

Kam hollarda: 1/10 000 dan ko‘p yoki teng, < 1/1000

Juda kam hollarda: < 1/10 000

Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: laktat-atsidoz («Maxsus ko‘rsatmalar»ga qarang).

Metformin uzoq vaqt qabul qilinganda V12 vitamini so‘rilishining pasayishi kuzatilishi mumkin. Megaloblast anemiya aniqlanganda bunday etiologiya ehtimolini hisobga olish kerak.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: ta'm bilishning buzilishi (og‘izda metall ta'mi).

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahaning yo‘qolishi.

Ular eng ko‘p davolashning boshlang‘ich davrida yuzaga keladi va ko‘pchilik hollarda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Simptomlarning oldini olish uchun metforminni ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Dozani sekin-asta oshirish me'da-ichakning o‘zlashtira olishini yaxshilashi mumkin.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarining buzilishi va gepatit; metformin bekor qilingandan keyin ushbu noxush holatlar butunlay yo‘qoladi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: eritema (teri qizarishi), qichishish, eshakemi kabi teri reaksiyalari.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya ta'sirlar kuchaysa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlar sezilsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Laktoatsidoz

Laktoatsidoz kam uchraydigan, ammo jiddiy asorat (kechiktirib bo'lmaydigan davolash bo'lmaganda o'lim xavfi yuqori) hisoblanadi, u metformin kumulyatsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Metformin qabul qilishda laktoatsidoz holatlari asosan yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan qandli diabeti bor bemorlarda yuzaga kelgan.

Boshqa bog'liq xavf omillarini ham hisobga olish kerak, masalan, dekompensatsiyalangan qandli diabet, ketoz, uzoq muddatli ochlik, alkogolizm, jigar yetishmovchiligi va yaqqol gipoksiya bilan bog'liq har qanday holat. Bu laktoatsidoz yuzaga kelishi chastotasini kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Mushak tirishishlari kabi nospetsifik belgilar paydo bo'lganda, dispeptik buzilishlar, qorinda og'riq va yaqqol asteniya bilan kechganda laktoatsidoz rivojlanishi xavfini hisobga olish kerak.

Laktoatsidoz umumiy holsizlik bilan kechuvchi kuchli lohaslik, atsidotik hansirash, qusish, qorinda og'riq, mushak tirishishlari va gipotermiya, keyinchalik koma bilan xarakterlanadi. Diagnostik laboratoriya ko'rsatkichlari qon rN pasayishi (7,25 dan kam), qon plazmasida laktat konsentratsiyasi 5 mmol/l dan yuqori, anion oraliq va laktat/piruvat nisbatining oshishi hisoblanadi. Laktoatsidozga shubha qilinganda preparat qabul qilishni to'xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Jarrohlik operatsiyalari

Metforminni qo'llash rejali jarrohlik operatsiyalari o'tkazilishidan 48 soat oldin to'xtatilishi va tekshiruv davomida buyrak funksiyasi normal deb topilgan taqdirda, operatsiyadan keyin 48 soat o'tgachgina davom ettirilishi mumkin.

Buyrak funksiyasi

Metformin buyraklar orqali chiqarilishi sababli, davolash boshlanishidan oldin va keyinchalik muntazam ravishda kreatinin klirensini aniqlash zarur: buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarda yiliga kamida bir marta, va keksa bemorlarda, shuningdek kreatinin klirensi normaning quyi chegarasida bo'lgan bemorlarda yiliga 2-4 marta.

Keksa bemorlarda buyrak funksiyalari buzilishi ehtimolida, antigipertenziv preparatlar, diuretiklar yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar bir vaqtda qo'llanilganda alohida ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.

Yurak yetishmovchiligi

Yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda gipoksiya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi yuqori. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda metformin qabul qilish vaqtida yurak funksiyasi va buyrak funksiyasi monitoringini muntazam o'tkazish kerak. O'tkir yurak yetishmovchiligi va gemodinamika ko'rsatkichlari beqaror bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligida metformin qabul qilish mumkin emas.

Boshqa ehtiyotkorlik choralari

•Bemorlarga kun davomida uglevodlarni bir tekis iste'mol qilish bilan parhezga rioya qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. Ortiqcha tana vazni bo'lgan bemorlarga gipokaloriyali parhezga (lekin kamida 1000 kkal/sut) rioya qilishni davom ettirish tavsiya etiladi. Shuningdek bemorlar muntazam ravishda jismoniy mashqlar bajarishlari kerak.

•Bemorlar shifokorga har qanday o'tkazilayotgan davolash va shamollash, nafas yo'llari infeksiyalari yoki siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari kabi har qanday yuqumli kasalliklar haqida xabar berishlari kerak.

•Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laboratoriya tahlillarini muntazam o'tkazish tavsiya etiladi.

•Metformin monoterapiyada gipoglikemiyani chaqirmaydi, biroq uni insulin yoki boshqa peroral gipoglikemik vositalar (masalan, sulfonilmochevina hosilalari yoki repaglinid va boshq.) bilan kombinatsiyada qo'llashda ehtiyotkorlik namoyon qilish tavsiya etiladi. Gipoglikemiya simptomlari holsizlik, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'p terlash, yurak urishining tezlashishi, ko'rish buzilishi yoki diqqatni jamlashning buzilishi hisoblanadi.

•Bemorni Glukofaj® Long preparatining faol bo'lmagan komponentlari ichak orqali o'zgarmagan holda ajralishi mumkinligi, bu preparatning terapevtik faolligiga ta'sir qilmasligi haqida ogohlantirish zarur.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Glukofaj® Long preparati bilan monoterapiya gipoglikemiyani chaqirmaydi, shuning uchun transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Shunga qaramay, metformin boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin, repaglinid va boshq.) bilan birga qo'llanilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Gipoglikemiya simptomlari paydo bo'lganda transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish kerak emas.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

•Metforminga yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.

•Diabetik ketoatsidoz, diabetik prekoma, koma.

•Buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak funksiyasining buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 45 ml dan kam).

•Buyrak funksiyasining buzilishi rivojlanish xavfi bilan kechuvchi o'tkir holatlar: degidratatsiya (surunkali yoki og'ir diareya, ko'p marta qusish xurujlarida), og'ir infeksion kasalliklar (masalan, nafas yo'llari infeksiyalari, siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari), shok.

•To'qima gipoksiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan o'tkir yoki surunkali kasalliklarning klinik jihatdan yaqqol namoyon bo'lishi (shu jumladan, o'tkir yurak yetishmovchiligi, gemodinamika ko'rsatkichlari beqaror bo'lgan surunkali yurak yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, o'tkir miokard infarkti).

•Insulinoterapiya ko'rsatilgan keng ko'lamli jarrohlik operatsiyalari va jarohatlar ("Maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).

•Jigar yetishmovchiligi, jigar funksiyasining buzilishi.

•Surunkali alkogolizm, alkogoldan o'tkir zaharlanish.

•Homiladorlik.

•Laktoatsidoz (shu jumladan anamnezda).

•Yod saqlagan kontrast moddani yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlarni o'tkazishdan 48 soat oldin va 48 soat o'tgach qo'llash (masalan, vena ichiga urografiya, angiografiya) ("Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang);

•Gipokaloriyali dietaga rioya qilish (sutkada 1000 kkal dan kam).

•Qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi sababli 18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Preparatni quyidagilarda qo'llash:

•60 yoshdan oshgan, og'ir jismoniy ish bajaradigan bemorlarda, bu ularda laktoatsidoz rivojlanish xavfining oshishi bilan bog'liq;

•buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (kreatinin klirensi 45–59 ml/min);

•emizish davrida.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi

Homiladorlik davrida dekompensatsiyalangan qandli diabet tug'ma nuqsonlar va perinatal o'lim xavfining oshishi bilan bog'liq.

Cheklangan miqdordagi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, homilador ayollarda metforminni qabul qilish bolalarda tug'ma nuqsonlar rivojlanish xavfini oshirmaydi.

Homiladorlikni rejalashtirishda, shuningdek metforminni qabul qilish fonida homiladorlik yuzaga kelgan taqdirda, preparatni bekor qilish kerak va insulinoterapiya tayinlanishi kerak. Homila rivojlanishida nuqsonlar paydo bo'lish xavfini kamaytirish uchun qon plazmasidagi glyukoza miqdorini me'yorga eng yaqin darajada ushlab turish kerak.

Metformin ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Metforminni qabul qilish fonida emizishda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmagan. Biroq, cheklangan miqdordagi ma'lumotlar tufayli preparatni emizish davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Emizishni to'xtatish to'g'risidagi qaror emizishning foydasi va bolada nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lishining potensial xavfini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Qarshi ko'rsatilgan kombinatsiyalar

Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalar: qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda buyrak funktsional yetishmovchiligi fonida yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash bilan o'tkaziladigan radiologik tekshiruv laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Glyukofaj® Long preparati bilan davolashni buyrak funktsiyasiga qarab, yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo'llash bilan o'tkaziladigan rentgenologik tekshiruvdan 48 soat oldin yoki tekshiruv vaqtida to'xtatish va tekshiruv davomida buyrak funktsiyasi normal deb topilgan taqdirda, 48 soatdan keyin qayta tiklash kerak.

Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar

Alkogol: o'tkir alkogolli intoksikatsiyada laktoatsidoz rivojlanish xavfi ortadi, ayniqsa quyidagi hollarda:

•yetarli ovqatlanmaslik, past kaloriyali dietaga rioya qilish;

•jigar yetishmovchiligi.

Preparatni qabul qilish vaqtida alkogol va etanol saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar

Bevosita giperglikemik ta'sirga ega dori vositalari (masalan, tizimli va mahalliy ta'sirga ega glyukokortikosteroidlar (GKS) va tetrakosaktid, beta2-adrenomimetiklar, danazol, katta dozalarda (kuniga 100 mg) qabul qilinganda xlorpromazin va diuretiklar): qondagi glyukoza kontsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish talab qilinishi mumkin, ayniqsa davolash boshida. Zarurat tug'ilganda Glyukofaj® Long preparatining dozasi davolash jarayonida va u to'xtatilgandan so'ng, glikemiya darajasidan kelib chiqib to'g'irlanishi mumkin.

Diuretiklar: "halqali" diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish mumkin bo'lgan buyrak funktsional yetishmovchiligi tufayli laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Glyukofaj® Long preparati sulfonilmoчевина hosilalari, insulin, akarboza, salitsilatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Nifedipin metforminning so'rilishini va Cmax ni oshiradi.

Buyrak naychalarida sekretsiya qilinadigan kationli dori vositalari (amilorid, digoksin, morfin, prokainamid, xinidin, xinin, ranitidin, triamteren, trimetoprim va vankomitsin) naychali transport tizimlari uchun metformin bilan raqobatlashadi va uning Cmax oshishiga olib kelishi mumkin.

Kolesevelam metforminning uzaytirilgan ta'sirga ega tabletkalar shakli bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida metformin kontsentratsiyasini oshiradi (Cmax ning sezilarli oshishisiz AUC ortishi).

Dozirovkasi

DozalashGlukofaj® Long 750 mg uzoq ta'sir qiluvchi tabletkalar shaklidagi preparat ichishga qabul qilinadi. Tabletkalar butunligicha, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan, kuniga 1 marta kechki ovqat vaqtida yutiladi. Glukofaj® Long preparatining dozasi uzoq ta'sir qiluvchi tabletkalar shaklida har bir bemor uchun individual ravishda qondagi glukoza konsentratsiyasini o'lchash natijalari asosida shifokor tomonidan tanlanadi.

Monoterapiya va boshqa gipoglikemik vositalar bilan birgalikda kombinatsiyalangan terapiya

•Metformin qabul qilmaydigan bemorlar uchun Glukofaj® Long preparatining tavsiya etilgan boshlang'ich dozasi 750 mg dan kuniga bir marta kechki ovqat vaqtidani tashkil qiladi.

•Har 10–15 kunda qon plazmasidagi glukoza konsentratsiyasini o'lchash natijalari asosida dozani to'g'rilash tavsiya etiladi. Dozani sekin oshirish oshqozon-ichak trakti tomonidan nojo'ya ta'sirlarni kamaytirishga yordam beradi.

•Glukofaj® Long preparatining tavsiya etilgan dozasi kuniga bir marta 2 tabletka 750 mg dan tashkil qiladi. Agar tavsiya etilgan dozani qabul qilishda glikemiyaning adekvat nazoratiga erishilmasa, dozani maksimalgacha – kuniga 1 marta 3 tabletka 750 mg Glukofaj® Long preparatigacha oshirish mumkin.

•Allaqachon metformin bilan davolanayotgan bemorlar uchun Glukofaj® Long preparatining boshlang'ich dozasi oddiy ajralib chiquvchi tabletkalarning sutkalik dozasiga ekvivalent bo'lishi kerak.

•2000 mg dan ortiq dozada faol ingredienti oddiy ajralib chiquvchi tabletkalar shaklidagi metforminni qabul qilayotgan bemorlarga Glukofaj® Long preparatiga o'tish tavsiya etilmaydi.

•Boshqa gipoglikemik vositadan o'tish rejalashtirilganda, boshqa vositani qabul qilishni to'xtatish va yuqorida ko'rsatilgan dozada Glukofaj® Long preparatini qabul qilishni boshlash kerak.

Insulin bilan kombinatsiya

Qondagi glukoza miqdorini yaxshiroq nazorat qilishga erishish uchun metformin va insulinni kombinatsiyalangan terapiya ko'rinishida qo'llash mumkin. Glukofaj® Long preparatining odatiy boshlang'ich dozasi bir tabletka 750 mg dan kuniga bir marta kechki ovqat vaqtidani tashkil qiladi, insulin dozasini esa qondagi glukoza konsentratsiyasini o'lchash natijalari asosida tanlanadi.

Sutkalik doza

Glukofaj® Long preparatining maksimal tavsiya etilgan dozasi – sutkada 3 tabletka 750 mg dan (2250 mg).

Agar Glukofaj® Long uzoq ta'sir qiluvchi tabletkalar preparatining maksimal tavsiya etilgan dozasini qabul qilishda glikemiyaning adekvat nazoratiga erishilmasa, maksimal sutkalik dozasi 3000 mg bo'lgan faol ingredienti oddiy ajralib chiquvchi metforminga (masalan, Glukofaj®, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar) o'tish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar

Metformin o'rtacha og'irlikdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 45–59 ml/daq) bo'lgan bemorlarda faqat laktatsidoz rivojlanish xavfini oshirishi mumkin bo'lgan holatlar yo'q bo'lganda qo'llanilishi mumkin. Boshlang'ich doza kuniga bir marta 750 mg ni tashkil qiladi. Maksimal doza sutkada 1000 mg ni tashkil qiladi. Buyrak funksiyasi har 3-6 oyda sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak.

Agar kreatinin klirensi 45 ml/daq dan past bo'lsa, preparatni qabul qilish darhol to'xtatilishi kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar

Buyrak funksiyasining pasayishi mumkinligi sababli metformin dozasini muntazam ravishda o'tkazilishi kerak bo'lgan buyrak funksiyasini baholash asosida to'g'rilaydilar («Maxsus ko'rsatmalar» ga qarang).

Davolash kursi davomiyligi

Glukofaj® Long preparatini har kuni, tanaffussiz qabul qilish kerak. Davolash to'xtatilgan taqdirda bemor bu haqda shifokorga xabar berishi kerak.

Dozani o'tkazib yuborish

Navbatdagi dozani qabul qilish o'tkazib yuborilganda, bemor keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qilishi kerak. Glukofaj® Long preparatining ikki baravar dozasini qabul qilmaslik kerak.Dozani oshirib yuborishMetforminni 85 g dozada (maksimal sutkalik dozadan 42,5 baravar yuqori) qo'llaganda gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan. Biroq, bu holda laktatsidoz rivojlanishi kuzatilgan. Dozani sezilarli darajada oshirib yuborish va xavf omillari laktatsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin («Maxsus ko'rsatmalar» ga qarang). Davolash: laktatsidoz belgilari paydo bo'lganda preparat bilan davolashni darhol to'xtatish, bemorni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish va laktat konsentratsiyasini aniqlab, tashxisni aniqlashtirish kerak. Organizmda laktat va metforminni chiqarish bo'yicha eng samarali tadbir gemodializ hisoblanadi. Shuningdek, simptomatik davolash o'tkaziladi.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 o'xshash dorilari

MEGLIMID tabletkalari 3mg N10
MEGLIMID tabletkalari 3mg N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
SITA MET tabletkalari 50mg/500mg N28
Retseptli
SITA MET tabletkalari 50mg/500mg N28
Pokiston
Ishlab chiqaruvchi:
CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd
Narxi
85 000 so'm dan
MEGLIMID tabletkalari 2mg N10
MEGLIMID tabletkalari 2mg N10
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
REPODIAB tabletkalari 0,5mg N30
Retseptli
REPODIAB tabletkalari 0,5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 xususiyatlari

Glyukofaj boshqa chiqarish shakllari

GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ XR  tabletkalari 1000 mg N60
GLYUKOFAJ XR tabletkalari 1000 mg N60
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk, OOO, Rossiya proizvedeno: MERCK SANTE S.a.S.
•121 ta dorixonada bor
Narxi
142 400 so'm dan
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ tabletkalari 500 mg N60
GLYUKOFAJ tabletkalari 500 mg N60
Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk, OOO, Rossiya proizvedeno: MERCK SANTE S.a.S.
•125 ta dorixonada bor
Narxi
59 000 so'm dan
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 analoglari

GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ LONG 1,0 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,5 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N30
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 1,0 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nanolek OOO
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60
GLYUKOFAJ 0,85 tabletkalari N60
Frantsiya/Rossiya
Ishlab chiqaruvchi:
Merk Sante s.a.s./Nanolek OOO
METFORMIN 1,0 tabletkalari N60
METFORMIN 1,0 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Ozon»
METFORMIN 0,5 tabletkalari N60
METFORMIN 0,5 tabletkalari N60
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Verteks Aksionernoe Obshestvo

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 haqida savollar

GLYUKOFAJ LONG 0,75 tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil