×
×
  • INFEN GEL gel 30 g

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

INFEN GEL gel 30 g

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Emcure Pharmaceuticals Ltd
ATX kodi:
- M02AA27
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
KETONAL gel 50g 2,5% Lek d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
38 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
INFEN GEL gel 30 g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INFEN-25

INFEN-25

 

Preparatning savdo nomi: Infen-25

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksketoprofen

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg deksketoprofenga ekvivalent bo‘lgan 36,91 mg deksketoprofen trometamol;

yordamchi moddalar: o‘ta jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza (Avisel rN 101), makkajo‘xori kraxmali, povidon (PVPK-30), natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall sellyuloza (Avisel rN 102), kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, tozalangan suv*.

qobig‘ining tarkibi: Opadri II oq 06G 28430, 2-propanol, dixlormetan.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomoni riskali va boshqa tomoni silliq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.

ATX kodi: M01AE17

Farmakologik hususiyatlari

Deksketoprofen propion kislotasining hosilasi bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larni susaytirishi oqibatida, og‘riq va yallig‘lanishning patogenezida asosiy rol o‘ynaydigan prostaglandinlarning sintezini susayishiga asoslangan. Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri preparatni qabul qilgandan so‘ng 30 minutdan keyin kuzatiladi, uning davomiyligi 4-6 soatni tashkil etadi.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng plazmada deksketoprofenning maksimal konsentrasiyasiga o‘rtacha 30 minutdan keyin erishiladi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi.

Deksketoprofen uchun plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasi xosdir – 99%. Taqsimlanish hajmi o‘rtacha 0,25 l/kg ni tashkil etadi.

Yarim chiqarilish davri 1,65 soatni tashkil etadi. Preparatning asosiy qismi siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida (glyukuron kislotasi bilan bog‘langandan so‘ng) chiqariladi. Keksa yoshdagi shaxslarda yarim chiqarilish davrini o‘rtacha 48% gacha uzayishi va preparatning umumiy klirensini pasayishi kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

  • tayanch harakat apparatini o‘tkir va surunkali yallig‘lanish va yallig‘lanish degenerativ kasalliklarini simptomatik davolash (shu jumladan revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz);
  • turli genezli og‘riq sindromini bartaraf qilish (shu jumladan jarohatlar yoki jarrohlik aralashuvlaridan keyingi og‘riq, suyaklarda metastazlar kuzatilgandagi og‘riq, buyrak sanchig‘idagi og‘riq, radikulit, nevralgiya, dismenoreya, tish og‘rig‘i) uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Infen-25 ovqat vaqtida yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.

Dozalash tartibi og‘riqni turi va jadalligiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Tavsiya etilgan o‘rtacha bir martalik dozasi 12,5 mg (1/2 tabletka) dan sutkada 1 martadan 6 martagacha qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq zaruratga qarab 4-6 soatni yoki 25 mg (1 tabletka) dan sutkada 1 martadan 3 martagacha qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 8 soatni tashkil etadi.

Maksimal sutkalik dozasi 75 mg (3 tabletka) ni tashkil etadi.

Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, keksa yoshdagi shaxslarda Infen-25 preparatini qabul qilishni eng kichik dozalari bilan boshlash kerak – sutkada 50 mg dan oshmasin.

Preparat uzoq muddat qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan: qabul qilish davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, uyquchanlik; kam hollarda – paresteziyalar.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – ekstrasistoliya, arterial bosimni oshishi; juda kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni pasayishi;

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: juda kam hollarda – neytropeniya, trombositopeniya.

Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bradipnoe; juda kam hollarda – bronxospazm, hansirash.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda – quloqlarni shang‘illashi, juda kam hollarda – ko‘rishni noaniqligi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya; kam hollarda – me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, anoreksiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – poliuriya; juda kam hollarda – nefrit yoki nefrotik sindrom.

Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperglikemiya, gipoglikemiya, gipertrigliseridemiya.

Dermatologik reaksiyalar: kam hollarda – eshakemi, husnbuzar toshmasi, ko‘p terlash; juda kam hollarda – og‘ir darajadagi teri reaksiyalari (Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi), angionevrotik shish, allergik dermatit, yorug‘likka sezuvchanlik.

Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – isitma, toliqish, asosan tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimalarni aralash kasalliklari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadigan aseptik meningit, gematologik buzilishlar; kam hollarda – anafilaktik shok kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • deksketoprofen yoki boshqa NYAQV yoki preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birontasiga biriga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida o‘xshash ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan moddalarni (asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQV) qo‘llash oqibatida rivojlangan astma hurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit, urtikariyalar yoki angionevrotik shish bo‘lganida;
  • pasientlarda me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi faol bosqichida yoki yara kasalligini takrorlanuvchi hurujlari (ikki va undan ortiq hurujlar) bo‘lganida;
  • me‘da-ichakdan qon ketishlar (shu jumladan ilgari NYAQV ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan), boshqa faol qon ketishlar bo‘lganida;
  • Kron kasalligi, nospesifik yara kasalligi;
  • jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 10-15 ball);
  • buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari (kreatinin klirensi<50 ml/minut);
  • bronxial astma (shu jumladan anamnezida);
  • og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi;
  • gemorragik diatez yoki boshqa koagulopatiyalar;
  • homiladorlikning uchinchi uch oyligi va laktasiya davri;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tavsiya etilmagan majmualar

Deksketoprofenni boshqa NYAQV, shu jumladan salisilatlar bilan bir vaqtda qo‘llash me‘da-ichakdan qon ketishini rivojlanish xavfini oshiradi.

Peroral antikoagulyantlar, geparin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.

NYAQV qonda litiyning konsentrasiyasini oshiradi, NYAQV qo‘llanganida, dozasi o‘zgartirilganida va bekor qilinganidan so‘ng ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish kerak.

NYAQV va metotreksatni yuqori dozalarda (haftada 15 mg dan ortiq) bir vaqtda qo‘llash metotreksatning gematologik toksikligini oshiradi.

Gidantoinlar va sulfonamidlar bilan birga qo‘llanganida bu moddalarning toksik hususiyatlari kuchayishi mumkin.

Qo‘llashda ehtiyotkorlikni talab etadigan majmualar

Deksketoprofen diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlarining antigipertenziv ta‘sirini susaytiradi.

Metotreksatning kichik dozalari (bir haftada 15 mg dan kam) bilan bir vaqtda qo‘llash NYAQV qo‘llash fonida metotreksatning buyrak klirensi pasayishi tufayli uning gematologik toksikligini oshishiga olib keladi.

Serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari, peroral glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llash me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishini rivojlanish havfini oshiradi.

NYAQV sulfonilmochevinani plazma oqsillari bilan bog‘langan joyidan siqib chiqarishi oqibatida uning gipoglikemik ta‘sirini kuchaytiradilar.

Pentoksifillin bilan majmuada qo‘llanganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.

Zidovudin bilan bir vaqtda qo‘llanganida retikulositlarga ta‘sir qilishi oqibatida eritrositlarga toksik ta‘sir oshish havfi mavjud bo‘lib, NYAQV buyurilganidan so‘ng 1-2 haftadan keyin og‘ir darajadagi anemiya rivojlanadi.

Alohida e‘tiborni talab etadigan majmualar

NYAQV beta-adrenoblokatorlarning gipotenziv samarasini kamaytirishi mumkin, bu prostaglandinlarning sintezini ingibisiya qilishi bilan ifodalanadi.

Siklosporin va takrolimus bilan bir vaqtda qo‘llanganida neyrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin, bu buyrak prostaglandinlarining ta‘siri bilan bog‘liq. Majmuaviy davolashni o‘tkazish vaqtida buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Trombolitiklar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi.

Probenesid bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada NYAQV konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu buyraklar sekresiyasini ingibirlanishi va/yoki glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu NYAQV ning dozasiga tuzatish kiritish talab etadi.

NYAQV qon plazmasida yurak glikozidlarining konsentrasiyasini oshishini chaqirishi mumkin.

Prostaglandinlar sintezining ingibisiya qilinishi ta‘siri ostida mifepristonning samaradorligini nazariy jihatdan o‘zgarish havfi borligi sababli, NYAQV ni mifepriston bekor qilinganidan so‘ng kamida 8-12 soatdan keyin buyurish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat keksa yoshdagi pasientlar (65 yoshdan oshgan), allergik reaksiyalari,

biriktiruvchi to‘qimalarning tizimli kasalliklari va qon yaratilishini buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari yoki anamnezida me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Me‘da-ichakdan qon ketishi yoki yara kuzatilganida, preparat bilan davolashni bekor qilish kerak.

Boshqa NYAQV kabi, Infen-25 plazmada kreatinin va azotning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Deksketoprofen bilan davolanish fonida ba‘zi jigar sinamalari ko‘rsatkichlarini qaytuvchan oshishi, shuningdek AST va ALT ning darajasini yaqqol oshishi kuzatilishi mumkin.

Keksa yoshdagi shaxslarda jigar va buyrak faoliyatini vaqti-vaqti bilan monitoring o‘tkazish kerak.

Infen-25 qon ivishiga ta‘sir etuvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon ivish tizimini nazorat qilish kerak.

Deksketoprofen infeksion kasalliklarning simptomlarini yashirishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, shuningdek 3-5 kun davomida davolashdan so‘ng klinik samara kuzatilmaganida, davolovchi shifokorga xabar berishi kerakligi to‘g‘risida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Infen-25 preparatini homiladorlikning uchinchi uch oyligida va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Birinchi va ikkinchi uch oyliklarda Infen-25 preparatini juda zarurat bo‘lganida, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, minimal dozalarda va juda qisqa vaqt davomida qo‘llash mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, anoreksiya, abdominal og‘riq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, dezorientasiya, uyqusizlik.

Davolash: me‘dani yuvish, gemodializ, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

INFEN GEL gel 30 g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
INFEN GEL gel 30 g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
INFEN GEL gel 30 g dori vositasi Emcure Pharmaceuticals Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
INFEN GEL gel 30 g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
INFEN GEL gel 30 g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FOSEAL-800 tabletkalari 800 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd
Другие формы препарата
INFEN 25 tabletkalari 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9