KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml

parenteral ozuqa vositasi.
KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml qo'llanmasi
Statsionarlar uchun.
3 ta kamerani aralashtirgandan soʼng:
Faol moddalar: 2400 ml 1920 ml 1440 ml
Soya loviyasi moyi 85 g 68 g 51 g
glyukoza (dekstroza) 178 g 143 g 107 g
monogidrat, suvsiz dekstrozaga mos 162 g 130 g 97 g
L- alanin 8,0 g 6,4 g 4,8 g
L- arginin 5,6 g 4,5 g 3,4 g
L- asparagin kislotasi 1,7 g 1,4 g 1,0 g
L- valin 3,6 g 2,9 g 2,2 g
L-gistidin 3,4 g 2,7 g 2,0 g
Glitsin
(aminouksus kislotasi) 4,0 g 3,2 g 2,4 g
L- glutamin kislotasi 2,8 g 2,2 g 1,7 g
L- izoleytsin 2,8 g 2,2 g 1,7 g
L- leytsin 4,0 g 3,2 g 2,4 g
L- lizin gidroxlorid, 5,6 g 4,5 g 3,4 g
Lizinga mos keladi 4,5 g 3,6 g &nb
Preparatning farmakologik xossalari uning tarkibi bilan belgilanadi.
Vamin 18 N oqsilga ehtiyoji yuqori boʼlgan turli patologiyaga ega bemorlarni parenteral oziqlantirish uchun moʼljallangan: jagʼ-yuz jarrohligi, LOR amaliyotida enteral oziqlantirish samarasiz yoki mumkin boʼlmaganda jarrohlik aralashuvidan avval va keyin, jarohatlar, kuyishlardagi oqsil yetishmasligi holati terapiyasi va profilaktikasi.
Glyukoza, jumladan, aminokislotalar metabolizmi uchun ham zarur boʼlgan tez ajralib chiqadigan energiyaning oʼrnini bosib boʼlmaydigan manbasi hisoblanadi.
Intralipiddan energiya va oʼrnini bosib boʼlmaydigan yogʼli kislotalar manbasi sifatida bemorlarni parenteral oziqlantirishda foydalaniladi.
Intralipid peroral isteʼmol qilish yoʼli bilan essentsial yogʼli kislotalar normal balansini mustaqil toʼldirishga qodir boʼlmagan, oʼrnini bosib boʼlmaydigan yogʼli kislotalar tanqisligiga ega bemorlar uchun moʼljallangan. Intralipid tarkibida tozalangan tuxum fosfolipidlar bilan emulьgatsiyalangan tozalangan soya yogʼim mavjud. Intralipid lipidli globullari oʼlchamlari va uning biologik xossalari endogen xilomikronlar xarakteristikalariga oʼxshash. Xilomikronlardan farq qilgan holda Intralipid tarkibida xolesterin va apolipoprotein efirlari mavjud emas, undagi fosfolipidlar esa koʼproq. Chiqarilish va oksidlanish tezligi bemorning klinik holatiga bogʼliq boʼladi; chiqarilishi va oksidlanishi sepsisda va jarohatlardan keyin tezlashadi va buyrak yetishmasligi va gipertriglitseridemiyada esa, aksincha, sekinlashadi. Glyukoza va lipidli emulsiya bir vaqtda infuziya qilingan hollarda gipertonik eritmalar periferik venalarga quyilganda doimo mavjud boʼladigan tromboflebitning (aralashtirishda glyukoza osmolyarligining pasayishi oqibatida) rivojlanish xavfi pasayadi.
YOGʼLI EMULSIYa
Intralipid qon oqimidan xilomikronlar chiqadigan yoʼl bilan chiqadi. Yogʼning ekzogen parchalari asosan qonda gidrolizatsiyalanadi va jigar hamda periferik toʼqimalarda zichligi past boʼlgan lipoproteidlar retseptorlari bilan oʼrab olinadi. Chiqib ketish tezligi bemordagi yogʼ parchalari tarkibi, bemorning klinik holati va uning oziqlanishi hamda infuziya tezligi bilan belgilanadi. Intralipidning maksimal klirensi och qoringa 3,8±1,5g triglitseridlar/kg/sut.ga ekvivalent.
Chiqarilish va oksidlanish tezligi bemorning klinik holatiga bogʼliq boʼladi; chiqarilishi va oksidlanishi sepsisda va jarohatlardan keyin tezlashadi va buyrak yetishmasligi va gipertriglitseridemiyada esa, aksincha, sekinlashadi.
АMINOKISLOTАLАR VА ELEKTROLITLАR
Vena ichiga infuziya yoʼli bilan kiritiluvchi aminokislotalar va elektrolitlarning farmakokinetik xarakteristikalari ular oddiy ovqat bilan isteʼmol qilingandagi bilan bir xil. Biroq oziq-ovqat oqsillari aminokislotalari avval jigarning portal venasiga, shundan keyingina tizimli qon oqimiga tushadi, venaga yuborilgan aminokislotalar esa toʼgʼridan-toʼgʼri tizimli qon oqimiga kelib tushadi.
GLYUKOZА
Infuziya yoʼli bilan yuboriladigan glyukozaning farmakokinetik xarakteristikalari uning ovqat bilan kelib tushgandagi xarakteristikalar bilan bir xil.
parenteral ozuqa vositasi.
infuziyalar uchun emulsiya
Kabiven® perifericheskiy uch kamerali qopda ishlab chiqariladi va uch xil hajmda taqdim etiladi. Har bir qopga qop oʼlchamidan kelib chiqib quyidagi hajmdagi turli eritmalar solingan:
Qop hajmi 2400 ml 1920 ml 1440 ml
Glyukoza 11% 1475 ml 1180 ml 885 ml
Vamin 18 Novum 500 ml 400 ml 300 ml
Intralipid 20% 425 ml 340 ml 255 ml
Energetik qiymati 1700 kkal 1400 kkal 1000 kkal
Preparat toʼgʼri yuborilganda uning nojoʼya taʼsirlari juda ham kam:
- allergik reaktsiyalar (anafilaktik reaktsiya, isitma, qaltirash, teri toshmalari, eshak yemi).
- nafas olishdagi oʼzgarishlar (taxipnoe) va giper- yoki gipotenziya.
- jigar fermentlari faolligining oshishi povыshe.
- gemoliz.
- retikulotsitoz.
- abdominal ogʼriqlar.
- periferik venalarga infuziyadagi tromboflebit, bosh ogʼrigʼi.
- priapizm kuzatilishi mumkin.
Preparatni qoʼllaganda lipidlarni chiqarish qobiliyatini nazorat qilib borish lozim. Buni yogʼlarni soʼnggi bor qabul qilgandan keyin 5-6 soat oʼtib qon plazmasidagi triglitseridlar kontsentratsiyasini oʼlchash orqali amalga oshirish tavsiya qilinadi.
Triglitserinlarning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi infuziya vaqtida 3 mmolь/l dan oshmasligi kerak.
Yuborilayotgan preparat hajmini puxtalik bilan hisoblab chiqarish hamda bemordagi suv balansi va uning ozuqaviy holatiga qarab uning hajmini oʼzgartirib borish kerak. Har bir konteyner bir marta ishlatish uchun moʼljallangan.
Elektrolit hamda suv balansining yaqqol buzilishlarini (masalan, elektrolitlarning qon plazmasidan anomalь darajadagi yuqori yoki past darajasi) infuziyani boshlashdan oldin toʼgʼrilash zarur.
Har qanday vena ichiga infuziyaning boshlanishida bemorning holatini alohida puxtalik bilan nazorat qilish lozim. Zero markaziy venaga tushgan har qanday infuziya infektsiya rivojlanishining yuqori xavfini tugʼdirishi mumkin, kateterni joylash paytida va u bilan ishlaganda infektsiya yuqtirishning oldini olish maqsadida qatʼiy aseptika qoidalariga rioya qilish lozim.
Qon plazmasidagi glyukoza va elektrolitlar kontsentratsiyasini, shuningdek osmolyarlik, suv balansi, asosiy kislota holati va jigar fermentlari faolligini muntazam ravishda tekshirib borish zarur.
Lipidlar uzoq vaqt davomida yuborilganda qonning hujayraviy tarkibini va ivish koʼrsatkichlarini nazorat qilib borish kerak.
Jigar yetishmasligi bilan ogʼrigan bemorlarda giperfosfatemiya va giperkaliemiyaning rivojlanishining oldini olish uchun fosfatlar va kaliy muvozanatini puxta nazorat qilib borish lozim.
Qoʼshimcha elektrolitlar miqdorini bemorning klinik holatini hisobga olgan holda ular kontsentratsiyalarini muntazam nazorat qilish yoʼli bilan aniqlash zarur.
Mazkur preparatda vitaminlar va mikroelementlar mavjud emas. Ularning oʼrnini toʼldirish maqsadida kattalar uchun Vitalipid N yoki kichiklar uchun Vitalipid N, Soluvit N, Аddamelь N qoʼllash tavsiya etiladi.
Аllergik reaktsiyalarning har qanday alomatlari va belgilari paydo boʼlganda infuziyani darhol toʼxtatish darkor.
Kabiven® perifericheskiy da lipidlarning boʼlishi ayrim laborator tahlillar (masalan, bilirubin kontsentratsiyasi, laktatdegedrogenaza faolligi, gemoglobinning kislorod bilan toʼyinganlik darajasi) natijalarini, agar bunda namuna qon oqimidan lipidlar yetarlicha chiqarilgan paytgacha olingan boʼlsa, oʼzgartirishi mumkin. Аksariyat bemorlarda yuborilgan lipidlar 5-6 soatdan keyin chiqadi.
Аminokislotalarning vena ichiga yuborilishi mikroelementlar, ayniqsa ruxning buyrakdan chiqishini kuchaytirishi mumkin. Uzoq vaqt davomida vena orqali oziqlantirishga muhtoj boʼlgan bemorlarga qoʼshimcha mikroelementlar yuborish talab qilinishi mumkin.
Juda oriqlagan bemorlarda parenteral oziqlantirish dastlab suv balansining buzilishiga, natijadaesa oʼpka shishishi va turgʼun yurak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, 24-48 soat mobaynida qon plazmasida kaliy, fosfor, magniy va suvda eruvchan vitaminlar kontsentratsiyalari pasayishi kuzatilishi mumkin. Parenteral oziqlantirishni asta-sekinlik bilan, suyuqlik, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlar miqdorini sinchkovlik bilan kuzatish, kerak boʼlganda, uni oʼzgartirish asnosida boshlash tavsiya etiladi.
Kabiven® perifericheskiy ni bitta kateter orqali qon yoki qon preparatlari bilan bir vaqtda yubormaslik lozim. Giperglikemiyadan aziyat chekuvchi bemorlarga insulin yuborish talab etilishi mumkin. U orqali toʼliq parenteral ozuqa yuboriladigan vena kateterini boshqa eritmalar va preparatlarni venaga yuborishda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Ochiq konteynerdagi har qanday qoldiqlar yoʼq qilinishi kerak.
Toʼliq parenteral oziqlantirishni amalga oshirish uchun mikroelementlar va vitaminlar qoʼshimcha ravishda yuborish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllanilishi
Homiladorlik va emizish davrida Kabiven® perifericheskiy ning xavfsizligiga doir maxsus tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Homilador va emizikli ayollarga Kabiven® perifericheskiy ni tayinlashdan oldin shifokor xavf/foyda nisbatini baholashi lozim.
Peroral yoki enteral oziqlantirishning imkoni boʼlmaganda, bunday ozuqa yetarli yoki mumkin boʼlmaganda, kattalar va bolalarni parenteral oziqlantirish uchun moʼljallangan.
• Tuxum yoki soya oqsillariga yoxud preparatning har qanday yordamchi komponentlariga maʼlum boʼlgan gipersezuvchanlik
• Yaqqol namoyon boʼlgan giperlipidemiya
• Yaqqol namoyon boʼlgan jigar yetishmovchiligi
• Qon ivishning yaqqol namoyon boʼlgan buzilishlari
• Аminokislotalar metabolizmidagi tugʼma buzilishlar
• Gemodializ yoki gemofilьtratsiya mavjud boʼlmaganda ogʼir buyrak yetishmovchiligi
• Shokning oʼtkir fazasi
• 6 Bir./s.dan koʼproq miqdorda insulin yuborishni talab qiladigan giperglikemiya
• Preparat tarkibiga kiruvchi istalgan elektrolitning qon plazmasidagi patologik yuqori kontsentratsiyasi
• Infuzion terapiyani qoʼllab boʼlmaydigan umumiy holatlar: oʼtkir oʼpka shishishi, gipergidratatsiya, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi va gipotonik degidratatsiya.
• Gemofagtsitar sindrom
• Bemorning nostabil ahvolida qoʼllash mumkin emas (masalan, travmadan keyingi holat, kompensatsiyalanmaydigan qandli diabet, miokard infarktining oʼtkir bosqichi,kompensatsiyalanmaydigan metabolik atsidoz, ogʼir sepsis va gipersmolyar koma).
Preparatni quyidagi holatlarda ehtiyot boʼlib qoʼllash lozim:
Buyrak yetishmovchiligi natijasida lipidlar metabolizmi buzilishlari, qandli diabet, pankreatit, jigar funktsiyalari buzilishi, gipetireoz (gipertriglitseridemiyali) va sepsis. Kabiven® perifericheskiy ni yuborishda bunday buzilishlari boʼlgan bemorlar qon plazmasidagi triglitseridlar kontsentratsiyasi sinchkovlik bilan nazorat qilinishi zarur; metabolik atsidoz (masalan, nordon sutli atsidoz) bilan ogʼrigan bemorlarda; qon osmolyarligi baland boʼlgan va plazma oʼrnini oluvchi terapiyaga muxtoj boʼlgan bemorlarda; elektrolitlar ushlanishiga moyil boʼlgan bemorlarda.
Kabiven® perifericheskiy birinchi navbatda 2 yoshdan katta bemorlar uchun moʼljallangan. 2 yoshgacha bolalarda Kabiven® perifericheskiy faqatgina hayotiy koʼrsatmalar tarkibida taurin (Аminoven infant) boʼlgan maxsus adaptatsiyalangan aminokislotali eritmalar boʼlmagandagina qoʼllanilishi mumkin.
Vaqtidan oldin tugʼilgan va kam vazn bilan tugʼilgan bolalarda yogʼlar metabolizmi buzilgan boʼlishi mumkin. Ulardagi triglitseridlar darajasini sinchkovlik bilan nazorat qilib borish zarur.
Geparin klinik qoʼllaniladigan dozalarda krovotokka lipoprotein-lipazaning vaqtincha ajralib chiqishini keltirib chiqaradi, bu esa dastlab qon plazmasida lipolizning kuchayishiga, soʼng triglitseridlar klirensining vaqtincha susayishiga olib kelishi mumkin.
Insulin shuningdek lipaza faolligiga taʼsir qilishi mumkin, biroq mazkur omilning preparat terapevtik ahamiyatiga nomaqbul taʼsiri haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Vitamin K1. Soya moyi tarkibiga kirib, kumarin hosilalari antagonisti hisoblanadi, shu sababli mazkur preparatlarni qabul qiluvchi bemorlarda qonning ivishini sinchkovlik bilan nazorat qilib borish tavsiya etiladi.
Boshqa preparatlar bilan mos kelishi.
Kabiven® perifericheskiy ni faqatgina u bilan mosligi tasdiqlangan dori vositalari va ozuqaviy eritmalar, masalan, quyidagilar bilan qoʼshib ishlatish mumkin:
1. Kattalar uchun Vitalipid N va bolalar uchun Vitalipid N;
2. Soluvit N;
3. Аdtsamel N:
4. Dipeptiven.
Eritmalar aseptik sharoitlarda aralashtirilishi kerak.
Glyukoza 11% - tarkibida begona zarrachalar mavjud boʼlmagan shaffof, deyarli rangsiz eritma.
Vamin 18 Novum – tarkibida begona zarrachalar mavjud boʼlmagan shaffof rangsiz yoki bir oz sargʼish rangli eritma.
Intralipid 20% - oq yoki oq-sariq rangli gomogen emulsiya. Uchta kameradagi moddalar aralashtirilganda – oq rangli emulsiya.
Venaga tomchilab qoʼllanadi.
Kabiven® perifericheskiy eritmalari 830 mosm/kg N2O ga teng osmolyarikka ega va shuning uchun ham u periferik yoki markaziy venalarga kiritiladi. Bu kattalarga ham, bolalarga ham tegishli.
Infuziyani bemorning klinik ahvoli qancha talab qilsa, shuncha vaqt davomida, glyukoza, lipidlar va aminokislotalarga boʼlgan ehtiyojidan kelib chiqib davom ettirish mumkin. Infuziyaning dozalari va tezligi bemorning lipidlarni chiqarish va dekstrozani metabolizatsiyalash qobiliyatiga qarab belgilanadi.
Kabiven® perifericheskiy ozuqaviy moddalarga boʼlgan ehtiyoji normal, moʼʼtadil yuqori yoki kam boʼlgan bemorlar uchun moʼljallangan uch oʼlchamdagi qopchalarda chiqariladi. Toʼliq parenteral ozuqaga erishish uchun qoʼshimcha ravishda vitaminlar, elektrolitlar va mikroelementlar qoʼshish talab qilinishi mumkin.
Dozani individual ravishda tanlash, bunda qopcha hajmini tanlashda bemor ahvolini, tana vaznini va uning ozuqaviy moddalarga boʼlgan ehtiyojini hisobga olish kerak.
Ortiqcha semirishi boʼlgan bemorlarga dozani ideal tana vaznidan kelib chiqib tayinlash lozim.
Oziqlanish darajasi yetishmovchiligi boʼlgan yoki boʼlmagan, moʼʼtadil yoki ogʼir katabolik stressga tushgan bemorlardagi aminokislotalarga boʼlgan ehtiyoj – 1,0-2,0 g/kg/sut., oʼz navbatida bu azotga 0,15-0,30 g/kg/sut. ehtiyojga teng. Energiyaga boʼlgan talab 30-50 kkal/kg/sut ni tashkil qiladi.
Ogʼir katabolik stressga tushmagan bemorlarda aminokislotalarga boʼlgan ehtiyoj 0,7-1,0 g/kg/sut.ni tashkil qiladi, bu azotga 0,10-0,15 g/kg/sut. ehtiyojga teng. Mazkur qiymat Kabiven® perifericheskiy ning 1 kg tana vazniga bir sutkada 27-40 ml.ga muvofiq keladi.
Maksimal sutkalik doza
Kattalar uchun
40 ml/kg/sut. Bu 64 kg va undan ortiq vaznga ega bemor uchun moʼljallangan bir qopga (uning eng katta oʼlchamiga) teng boʼlib, organizmga 0,96 g aminokislotalar/kg/sut (0,16 g azot/kg/sut), 25 kkal/kg/sut nooqsil energiya, 2,7 g dekstroza/kg/sut va 1,4 g lipidlar/kg/sut yetkazilishini taʼminlaydi.
Bolalar uchun
Dozaning tayinlanishi bemorning alohida ozuqa moddalarini metabolizatsiyalash qobiliyatiga bogʼliq. Bolalarga (2 yoshdan 10 yoshgacha) infuziyani kam-kamdan (14-28 ml/kg/sut, bu mos holda 0,49-0,98 g/kg, 034,-0,67 g/kg va 0,95-1,9 g/kg boʼlgan yogʼlar, ainokislotalar va glyukozaning sutkalik tushishiga mos keladi) boshlab, 10-15 ml/kg/sut.dan oshirib borish lozim, eng yuqori doza 40 ml/kg/sut.ga teng. 10 yoshdan katta bolalarga kattalarga qoʼllaniladigan dozalarni qoʼllash mumkin.
Infuziya tezligi:
Dekstroza infuziyasining maksimal tezligi 0,25 g/kg/soat ni tashkil qiladi. Аminokislotalar dozasi 0,1 g/kg/soat dan oshmasligi kerak.
Lipidlar kirishi 0,15 g/kg/soat dan ortiq boʼlmasligi kerak.
Infuziyaning tezligi 3,7 ml/kg/soatdan oshmasligi kerak, mazkur qiymat dekstroza, aminokislotalar va lipidlarning mos holdagi 0,25 g/kg, 0,09 g/kg va 0,13 g/kg dozaoariga mos keladi. Preparat bitta qopchasi infuziyasining tavsiya etiladigan davomiyligi – 12-24 soat.
Uch kamerali qopdan foydalanish boʼyicha yoʼriqnoma
• Tashqi paketni kesilgan joyidan yirtib, qop uzunasi boʼylab tortib, yeching.
• Ikkala qoʼlingizning bosh va koʼrsatkich barmoqlari bilan qopning ikki chetidan, 1- va 2-kameralarni ajratib turuvchi fiksator oʼrtasi ustidan mahkam ushlang. Qop devorlarini ikki tarafga tortib, fiksatorni toʼliq oching.
• Qoʼshimcha qoʼshish zarur boʼlganda (mosligi maʼlum boʼlgan, masalan, vitaminlar, mikroelementlardan iborat preparatlar) kirish tirqishi membranasini antiseptik bilan arting.
• Qopni stol ustiga qoʼying; kirish tirqishini ostidan tutib turib, ignani membrana markazidan toʼliq kiriting va qoʼshimchani (mosligi maʼlum boʼlgan) yuboring. Boshqa qoʼshimchani yuborishdan oldin qopni bir necha marta agʼdarib, uning ichidagini yaxshilab aralashtiring.
• 2- va 3-kameralar orasidagi fiksatorni xuddi shu yoʼl bilan oching. Qopni bir necha marta agʼdarib, uning ichidagini aralashtiring.
• Bosh va koʼrsatkich barmoqlar bilan halqani yuqoriga tortib, infuzion sistema ignasidan qalpoqchani olib tashlang. Infuzion sistemani havo kiritmasdan ishlating yoxud sistemaning havo kiradigan joyini berkiting.
• Qopni tekis yuzaga qoʼying. Qopni chiqish tirqishini tepaga qaratib ushlab turib, ignani membrana orqali, kerak boʼlsa, uni aylantirib va itarib, toʼliq kiriting. Igna mustahkam turishi uchun u toʼliq kirgizilishi kerak.
• Qopni ustunga osib qoʼyib, soʼng infuzion sistema va infuzion nasos yoʼriqnomalarida keltirilganlarga amal qiling.
• Fiksatorlarni ochishning boshqa usuli: qopni tekis yuzaga qoʼyib olib, tutqich tomonidan boshlab fiksatorlar ochilmagunicha burab boring. Qopni bir necha bor agʼdarib, ichidagini yaxshilab aralashtiring.
Izoh: komponentlarni Kabiven® perifericheskiy ning alohida kameralaridan yuborish texnik jihatdan mumkin emas (Intralipiddan tashqari), bunda Kabiven® perifericheskiy ning har bir komponenti: Vamin, Intralipid va glyukoza eritmasi alohida preparatlar sifatida ishlatilishi mumkin.
Yogʼning ortiqcha yuklanishi sindromi.
Yogʼlarni chiqarish qobiliyatining buzilishi yogʼlarning ortiqcha yuklanishi sindromining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu dozani oshirib yuborish natijasida yuz berishi, ammo, shu bilan birga, bemorning klinik ahvoli keskin oʼzgarib, ogʼir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi rivojlanganda tavsiya etilgan infuziya qilinganda ham kuzatilishi mumkin.
Giperlipidemiyali yogʼlarning ortiqcha yuklanishi sindromi, bezgak, gepatosplenomegaliya, anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, koagulopatiya va koma bilan xarakterlanadi.
Davolash
Lipidlar infuziyasi toʼxtatilishi.
Xususiyatlar KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml
KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml boshqa chiqarish shakllari

KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml savollari
KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml dori vositasi Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya proizvedeno: Fresenius Kabi AB tomonidan Shvetsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KABIVEN PERIFERICHYeSKIY emulsiya 900Kkal 1026ml fikr-mulohazalari


