Aminoven
Aminoven chiqarish shakllari


Aminoven qo'llanmasi
Aminokislotalarning boshqa eritmalari kabi Aminoven infant 10% preparatini aminokislotalar almashinuvini buzilishlarida, metabolik atsidozda, gipergidratatsiyada, gipokaliyemiyada yuborish mumkin emas. Jigar va buyrak yetishmovchiligida individual ravishda dozalash talab etiladi.
Aminoven infant 10% preparatining tarkibiga kiruvchi aminokislotalar fiziologik komponentlar bo‘lib hisoblanadi. Parenteral yuborilgandan keyin ular organizmning erkin aminokislotalar puliga qo‘shiladi va barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, shu jumladan oqsil sintezi uchun ishlatiladi.
Aminoven infant 10% preparatining biokiraolishligi vena ichiga yuborilganda 100% ni tashkil qiladi. Aminokislotalar organizmning erkin aminokislotalar puliga qo‘shiladi va interstitsial suyuqlik va a’zolar va to‘qimalarning xujayralararo bo‘shlig‘iga taqsimlanadi. Qon plazmasida va xujayralar sitoplazmasida erkin aminokislotalarning konsentratsiyasi bemorning yoshi, oziqlanish darajasi va umumiy xolatiga qarab tor doirada boshqariladi. To‘g‘ri (sekin va doimiy tezlikda) yuborilganda Aminoven infant 10% preparati aminokislotalar muvozanatini izdan chiqarmaydi.
Jigar va buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlarida aminokislotalar muvozanatini boshqarish izdan chiqadi. Bunday xollarda parenteral oziqlantirish uchun aminokislotalarning maxsus eritmalarini ishlatish kerak. Aminokislotalarning faqatgina oz miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Aminokislotalarni plazmadan yarim chiqarilish davri patsiyentning yoshiga ahamiyatli ravishda bog‘liq.
Aminoven infant 10% asosan markaziy venalarga dovomli, tomchilab vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Yuborishning maksimal tezligi: soatiga 1 kg tana vazniga 0,1 g gacha aminokislota, bu soatiga 1 kg tana vazniga 1 ml ga teng.Maksimal sutkalik doza:
-1 yoshgacha bo‘lgan bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,5-2,5 g aminokislota yoki sutkada 1 kg tana vazniga 15 - 25 ml Aminoven infant 10% preparati.
-2-5 yoshdagi bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g aminokislota yoki sutkada 1 kg tana vazniga 15 ml.
-6-14 yoshdagi bolalar – sutkada 1 kg tana vazniga 1,0 g aminokislota, bu sutkada 1 kg tana vazniga 10 ml ga teng.
Aminoven infant 10% parenteral oziqlantirish zarurati saqlanguncha qo‘llanadi.
Aminokislotalarning boshqa eritmalarini dozasini oshirib yuborgandagi kabi Aminoven infant 10% preparatining dozasi yoki yuborish tezligi oshirib yuborilganda qaltirash, ko‘ngil aynishi, qusish, buyrak aminoatsidozi yuzaga keladi. Shuningdek qon aylanishini o‘tkir buzilishlari yuzaga kelishi mumkin. Bunday xolatlarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Giperkaliyemiya paydo bo‘lganda, har 3-5 g glyukozaga 1-3 XB insulin qo‘shib 200 dan 500 ml gacha 5% li glyukoza eritmasi yuboriladi
Erta yoshdagi bolalarni parenteral oziqlantirganda quyidagi ko‘rsatkichlarni e’tiborga olish kerak: siydikda azot, ammiak, glyukoza, elektrolitlar, triglitseridlar (yog‘ emulsiyalarini qo‘shimcha yuborgada), jigar fermentlari darajasi, zardob osmolyarligi, kislota-ishqor muvozanati va suv-tuz almashinuvi. Haddan tashqari tez infuziya buyraklar orqali aminokislotalarni yo‘qotilishiga va buning oqibatida aminokislotalar disbalansiga olib kelishi mumkin.
Mikrob kontaminatsiyasining yuqori xavfi tufayli, aminokislotalar eritmalarini boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas.
Aminoven infant 10% preparatiga boshqa dori vositalarini qo‘shishdan saqlanish kerak, chunki bu toksik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Har qanday xolatda preparatlarning mutanosibligi, sterillikni saqlash va sinchkovlik bilan aralashtirishga ishonch hosil qilish kerak. Boshqa medikamentlar qo‘shilgan eritmalarni saqlash mumkin emas.
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi: 10%
faol modda:
L-izoleysin 8,000g
L-leysin 13,000g
L-lizin monoatsetati 12,000 g
(L-lizinga mos keladi 8,51 g)
L-metionin 3,120 g
L-fenilalanin 3,750 g
L-treonin 4,400 g
L-triptofan 2,010 g
L-valin 9,000 g
L-arginin 7,500 g
L-gistidin 4,760 g
Glitsin 4,150 g
L-alanin 9,300 g
L-prolin 9,710 g
L-serin 7,670 g
Taurin 0,400 g
N-atsetil- L-sistein 0,700 g
(L –sisteinga mos keladi 0,520 g)
N-atsetil- L-tirozin 5,176 g
(L-tirozinga mos keladi) 4,200 g)
yordamchi moddalar:
L-olma kislotasi 2,620 g
In’eksiya uchun suv 1 l gacha
Aminokislotalarning umumiy miqdori 100 g
Azotning umumiy miqdori 14,9 g
Titrlanadigan kislotalik 27-40 mmol NaOH/l
rN 5,5 - 6,0
Nazariy osmolyarligi 885 mOsm/l
Chiqarilish shakli
100 ml yoki 250 ml dan rezina (galobutil) tiqin va birinchi ochish nazoratli plastik qalpoqchali alyumin qopqoq bilan berkitilgan II gidrolitik sinf shisha flakonlarda.
10 flakonlar plastik tutqich yoki usiz tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Infuziya uchun eritma
To‘g‘ri qo‘llanilganda aniqlanmagan. Aminoven infant 10% preparatini periferik venalarga yuborganda mahalliy reaksiyalar belgilari: qizarish, flebitlar, trombozlar kuzatilishi mumkin. Punksiya sohasini har kunlik nazorati tavsiya etiladi.
Aminoven infant 10% preparati yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, erta yoshdagi bolalar va chala tug‘ilgan chaqaloqlarni qisman parenteral oziqlantirish uchun mo‘ljallangan. Uglevod eritmalari, yog‘ emulsiyalari, shuningdek vitaminlar, elektrolitlar va mikroelementlar preparatlari bilan birga to‘liq parenteral oziqlantirishni ta’minlaydi.
Tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan eritma.
Aminoven barcha rasmlari















