Ташкент
logo
SavatKirish

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:NIKA PHARM, OOO
ATX kodi:A12AX
Barcha Kalsiy D3 dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 88 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 o'xshash dorilari

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Retseptsiz
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
35 600 so'm dan
KOLOFORT tabletkalari N100
Retseptsiz
KOLOFORT tabletkalari N100
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»
•4 ta dorixonada bor
Narxi
82 000 so'm dan

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kaltsiy karbonati – 1 250 mg (500 mg kaltsiyga ekvivalent), xolekaltsiferol (D3 vitamini) 5 mkg (200 XB D3 vitaminiga ekvivalent).

yordamchi moddalar: laktoza, qand, sukraloza, izomalt, apelsin aromatizatori, yalpiz aromatizatori, limon aromatizatori, magniy stearati, titan dioksidi, makkajo'xori kraxmali.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10 tadan tabletka kontur uyali o'ramlarda. 3, 5, 6, 7, 9, 10 yoki 12 kontur uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yuriqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

Shuningdek 30, 50, 60, 90, 100, 120 tabletka yukori zichlikdagi polietilen flakonda buraladigan kapkok bilan. 1 flakon davlat tilida va rus tilida tibbieda kullanilishiga doir yuriknoma bilan kattik kogozdagi kuti ichiga soliniladi.

Farmakodinamikasi

Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Organizmda kaltsiy va D3 vitamini etishmovchiligini to'ldirib, suyak to'qimasini so'rilib ketishini susaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarni mineralizasiyasi uchun zarur.

Kaltsiy nervlarda impuls o'tkazuvchanligini, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.

Kaltsiyni etarli darajada iste'mol qilish homiladorlik, laktasiya va o'sish davrida muhim.

D3 vitamini (xolekaltsiferol) kaltsiyni ichakda so'rilishini oshiradi.

Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash, suyak to'qimasi rezorbtsiyasini oshishini rag'batlantiruvchisi bo'lgan paratireoid gormonini (PTG), ishlab chiqarilishini oshishga to'sqinlik qiladi (kaltsiyni suyaklardan yuvib chiqarilishi).

Farmakokinetikasi

Kaltsiy

So'rilishi

Odatda me'da-ichak yo'llarida so'riluvchi kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi va metabolizmi

Organizmda kaltsiyning 99% suyak va tishlarning dag'al strukturasida jamlangan. Qolgan 1% hujayra ichki va tashqi suyuqliklarida joylangan. Qondagi kaltsiy miqdorining taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi, ulardan taxminan 10% tsitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% oqsillar, birinchi navbatda, albumin bilan bog'langan bo'ladi.

Chiqarilishi

Kaltsiy ichak, buyraklar va ter bezlari orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi kalavali filtrasiya va kaltsiyning kanalchali qayta so'rilishiga bog'liq.

D3 vitamini

So'rilishi

D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi (qabul qilingan dozaning taxminan 80%).

Taqsimlanishi va metabolizmi

Spesifik globulin bilan bog'langan xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini qo'shilish yo'li orqali 25-gidroksixolekaltsiferolgacha aylanadi. Keyinra buyraklarda faol shakli 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. 1,25-gidroksixolekaltsiferol kaltsiy so'rilishining oshishi uchun mas'ul bo'lgan metabolit hisoblanadi.

Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog'va mushak to'qimalarda to'planadi.

Chiqarilishi

D3 vitamini ichak va buyraklar orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori vositasi kabi kaltsiy D3 Nika ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Preparatning nojo'ya samaralari tez-tezligi quyidagi ko'rinishda tavsiflanadi: juda tez-tez > 1/105; tez-tez: > 1/100; < 1/10; tez-tez emas: > 1/1000, < 1/100; kam hollarda: > 1/10 000, < 1/1000; juda kam hollarda: < 1/10 000; tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra hisoblab bo'lmaydi).

Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalari kuzatilishi mumkin:

moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas - giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya; juda kam hollarda – sut-ishqoriy sindromi (Bernett sindromi), odatda doza oshirib yuborilganda kuzatiladi ("dozani oshirib yuborilishi" bo'limiga qarang);

me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda - qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, diareya, dispepsiya;

teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda - qichishish, toshma, eshakemi;

immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish yoki hiqildoq shishi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, shifokoringizga, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Uzoq davolanganda, qon zardobidagi kaltsiy va kreatinin miqdorini nazorat qilib turish kerak. Yurak glikozidlari va diuretiklar bilan bir vaqtda davolashda kuzatuv olib borish keksa yoshdagi pasientlarda va buyraklarda tosh hosil bo'lishiga yuqori moyilligi bo'lgan pasientlarda ayniqsa muhim ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Doza oshirib yuborilmasligining oldini olish uchun boshqa manbalardan D3 vitamini va kaltsiyning qo'shimcha ravishda kirishini inobatga olish kerak.

Kaltsiy va D3 vitamini giperkaltsiemiya rivojlanishi xavfi tufayli, osteoporozi bo'lgan immobilizasiyalangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanishi shart.

Tetrasiklin yoki xinolon guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llash, odatda, tavsiya etilmaydi yoki ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi shart ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).

Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi

Ma'lumotlar yo'q

Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo'llanishi

Giperkaltsiemiya yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari hollarida dozani kamaytirish yoki davolanishni to'xtatish lozim.

Preparatni nefrolitiazda qo'llash mumkin emas.

D3 vitamini buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Ushbu holatda qon zardobida kaltsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek yumshoq to'qimalarda kaltsinoz yuzaga kelishi xavfini inobatga olish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga shu haqda xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati to'g'risidagi masalani hal etishi mumkin.

Kaltsiy D3 Nika homiladorlikda organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirish uchun qo'llanadi. Homiladorlikda sutkalik umumiy tushum kaltsiy uchun 1500 mg va D vitamini uchun 600 XB dan oshmasligi shart. Homiladorlik davrida dozaning oshirib yuborilishi ortidan yuzaga chiqqan giperkaltsiemiya rivojlanayotgan homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Kaltsiy D3 Nika laktasiya davrida qo'llaniladi.

Kaltsiy D3 Nika ko'krak sutiga o'tishi mumkin, shuning uchun ona va bolaga boshqa manbalardan kirayotgan kaltsiy va D vitaminini inobatga olish zarur.

Pediatriyada qo'llanishi

Tabletka dori shaklidagi preparat 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Avtotransport va texnik jihatdan murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kaltsiy D3 Nika preparatining ta'siri bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Qo'llanilishi

- Kaltsiy va D3 vitamini tankisligini davolashda va oldini olish;

- Kaltsiy va D3 vitaminining tanqislik xavfi bo'lgan pasientlarda osteoporozni davolashda kaltsiy va D3 vitamini, qo'shimcha davolash sifatida qabul qilish uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Kaltsiy D3 Nika quyidagi holatlarda:

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (laktozani o'zlashtira olmaslik, laktoza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya);

- og'ir buyrak etishmovchiligi;

- giperkaltsiemiya (qonda kaltsiyning yuqori kontsentrasiyasi) va giperkaltsiuriya (siydikda kaltsiyning yuqori miqdori);

- siydik-tosh kasalligi (kaltsiyli toshlarini hosil bo'lishi);

- kaltsiyni yo'qotadigan o'smalar (mieloma, suyak metastazalari, sarkoidoz);

- osteoporoz (immobilizasiya bilan bog'liq bo'lgan);

- o'pka tuberkulyozi (faol shakli);

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun);

- D3 gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktasiya davri, buyrak etishmovchiligida qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Kaltsiy va D3 vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. EKG va qon zardobidagi kaltsiy miqdorini nazorat qilish lozim.

Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatori preparatlarni kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida 2 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Bisfosfonat preparatlari so'rilishining pasayishini oldini olish uchun ularni kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.

Glyukokortikosteroidlar kaltsiy so'rilishini pasaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolanish kaltsiy D3 Nika preparatini dozasini oshirishni talab etishi mumkin.

Tiazid qatori diuretiklari bir vaqtda qo'llanganda giperkaltsiemiya paydo bo'lishi xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyning kanalchalarda qayta so'rilishini uzaytirishadi. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo'llanganda muntazam ravishda kaltsiyning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilib turish lozim.

Kaltsiy levotiroksin samaradorligini uning so'rilishini kamaytirgan holda pasaytiriradi. Levotiroksin va kaltsiy D3 Nika preparatlarini qabul qilishlar orasidagi davr eng kamida 4 soatni tashkil qilishi shart.

Xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 6 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy ranelat so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelat preparatlarini kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida ikki soat oldin yoki ikki soatdan keyin qabul qilish kerak.

Orlistat bilan davolanish yog'da eruvchan vitaminlar (masalan, D3 vitamini) ning so'rilishini potentsial ravishda buzishi mumkin.

Ta'rifi

oq rangli, dumaloq, ikki tomoni qavariq, dog'lari bo'lgan, g'adir-budur g'ovak yuzali, apelsin yoki yalpiz yoki limon ta'mli chaynaladigan tabletkalar.

Dozirovkasi

Har doim kaltsiy D3 Nika preparatini davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligi:

kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi.

Osteoporozda qo'shimcha davolash:

kattalarga 1 tabletkalan kuniga 2-3 marta buyuriladi.

Buyrak etishmovchiligi (qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar):

Kaltsiy D3 Nika ogir buyrak etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.

Tabletkalarni chaynash yoki so'rish mumkin hamda ovqatlanish vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiq.

Pasientlarning maxsus guruhlari

Jigar funktsiyasi buzilgan pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak funktsiyasi buzilgan pasientlar

Og'ir buyrak etishmovchiligida kaltsiy D3 Nika preparatini qo'llash mumkin emas.

Keksa pasientlar

Kattalar uchun mo'ljallangan doza bilan bir xil. Kreatinin klirensining pasayish ehtimolini inobatga olish lozim.

Davolash davomiyligi

Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligini davolash va oldini olish uchun qo'llanilganda, davolash kursining o'rtacha davomiyligi eng kamida 4-6 hafta. Yil davomida takroriy kurslar soni individual ravishda aniqlanadi.

Osteoporoz va uning asoratlari (suyak sinishlari)ni spesifik davolash va oldini olishga qo'shimcha sifatida qo'llanganda, davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qiling!

Dozani oshirib yuborilishi giperkaltsiemiya va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi simptomlari (giperkaltsiemiya): anoreksiya, chanqoq, poliuriya, mushak kuchsizligi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorindagi og'riq, yuqori darajada toliqish, suyaklarda og'riq, ruxiyatni buzilishi, polidipsiya, nefrokaltsinoz, buyrak tosh kasalligi va og'ir hollarda, yurak aritmiyalari. Ortiqcha dozalar uzoq muddat qo'llanganda (2500 mg kaltsiy) – buyraklarning shikastlanishi, yumshoq to'qimalar kaltsinozi.

Katta miqdordagi kaltsiy va so'riluvchi ishqor ichga qabul qilinganda, pasientlarda sut-ishqoriy sindrom (Bernett sindromi) paydo bo'lishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan holatda kaltsiy va D3 vitamini, shuningdek tiazid diuretiklar va yurak glikozidlarini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Davolash: me'dani yuvish, yo'qotilgan suyuqlikni tiklash, xalqali diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kaltsitonin, bisfosfonatlarni qo'llash.

Qon plazmasida elektrolitlar miqdori, buyraklar funktsiyasi va diurezni nazorat qilib turish zarur. Og'ir holatlarda Markaziy vena bosimi (MVB) ni o'lchash va elektrokardiogramma (EKG) ni nazorat qilish kerak.

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 boshqa chiqarish shakllari

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N90
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N90
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N70
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom limona N70
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
ZEVOKALSIN D3
ZEVOKALSIN D3
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO “BIOMIR”
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom myati N90
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom myati N90
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA KIDS tabletkalari so vkusom apelsina N90
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA KIDS tabletkalari so vkusom apelsina N90
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm, OOO
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N60
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N90
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N90
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom myati N60
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom myati N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N30
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N50
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA FORTE tabletkalari so vkusom apelsina N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N50
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom apelsina N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO
•4 ta dorixonada bor
Narxi
39 500 so'm dan
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom myati N50
Retseptsiz
KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom myati N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
NIKA PHARM, OOO

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 analoglari

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 savollari

KALSIY D3 NIKA tabletkalari so vkusom limona N120 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil