Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / KALSIY D3 NIKOMED FORTE tabletkalari so vkusom limona N120

KALSIY D3 NIKOMED FORTE tabletkalari so vkusom limona N120

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha Kalsiy D3 Nikomed dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KALSIY D3 NIKOMED FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

Kaltsiy

Absorbsiya: Me'da-ichak yo'li orqali so'riladigan kaltsiy miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ini tashkil qiladi.

Taqsimlanishi va metabolizmi: Organizmda kaltsiyning 99% suyaklar va tishlarning zich tuzilmasida to'plangan. 1% hujayra ichida va hujayralararo suyuqlikda saqlanadi. Qondagi kaltsiy umumiy miqdorining taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda, ulardan taxminan 10% sitratlar, fosfatlar va boshqa anionlar bilan kompleksda, qolgan 40% oqsillar bilan, asosan albumin bilan bog'langan holda bo'ladi.

Chiqarilishi: Kaltsiy axlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kaltsiyning kalavachalar filtratsiyasi va naychalar reabsorbsiyasiga bog'liq.

Kolekalsiferol

Absorbsiya: Vitamin D3 ingichka ichakda oson so'riladi.

Taqsimlanishi va metabolizmi: kolekalsiferol va uning metabolitlari qonda aylanib yuradi, maxsus globulin bilan bog'lanadi. Kolekalsiferol jigarda gidroksillanish yo'li bilan 25-gidroksikolekalsiferolga aylanadi. Keyin u buyraklarda faol shakl - 1,25–digidroksikolekalsiferolga aylanadi. 1,25 - digidroksikolekalsiferol kaltsiy so'rilishini oshirishga javobgar bo'lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan Vitamin D3 yog' va mushak to'qimasida saqlanadi.

Chiqarilishi: Vitamin D3 axlat va siydik orqali chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimlari sinfi va tez-tezligi bo‘yicha quyida keltirilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000); yoki noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).

Immun tizimi buzilishlari

Noma'lum: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, masalan, angionevrotik shish yoki hiqildoq shishi

Moddalar almashinuvi va oziq moddalarni o‘zlashtirish buzilishi

Tez-tez emas: giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya.

Juda kam hollarda: sut-ishqoriy sindromi (tez-tez siydik chiqarishga qistovlar; uzoq muddatli bosh og‘rig‘i; ishtahaning uzoq muddatli yo‘qolishi; ko‘ngil aynishi yoki qusish; xos bo‘lmagan charchoq yoki holsizlik; giperkaltsiemiya, alkaloz va buyrak funktsiyasining buzilishi). Odatda faqat dozadan oshib ketganda kuzatiladi («Dozadan oshib ketish» bo‘limiga qarang).

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: qabziyat, dispepsiya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq va diareya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: qichishish, toshma va eshakemi.

Bemorlarning alohida guruhlari

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar: giperfosfatemiya, nefrolitiaz va nefrokaltsinoz rivojlanishining potentsial xavfiga ega. «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang.

Maxsus saqlash sharoitlari

Homiladorlik

Kaltsiy-D3 Nikomed Forteni homiladorlik vaqtida kaltsiy va D vitamini tanqisligi hollarida qabul qilish mumkin. Laktatsiya davrida sutkalik doza 2500 mg kaltsiy va 4000 XB D vitaminidan oshmasligi kerak. Homilador ayollar kaltsiy va D vitaminining ruxsat etilgan dozasini oshirmasliklari kerak, chunki doimiy giperkaltsiemiya rivojlanayotgan homilaga noxush ta'sir ko'rsatishi mumkin. D vitamini terapevtik dozalarda odamga teratogen ta'sir ko'rsatishi haqida ko'rsatmalar yo'q.

Laktatsiya davri

Kaltsiy-D3 Nikomed Forteni emizish vaqtida qabul qilish mumkin. Kaltsiy va D3 vitamini ko'krak sutiga o'tadi. Bolaga qo'shimcha D vitamini tayinlashda buni hisobga olish kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

·    Faol komponentlarga yoki "Tarkibi" bo'limida sanab o'tilgan yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

·    Og'ir buyrak kasalliklari (Kalava filtratsiyasi tezligi < 30 ml/min/1.73m2)

·    Giperkalsemiya va/yoki giperkalsiuriya bilan kechuvchi kasalliklar va/yoki holatlar 

·    Buyrakdagi toshlar (nefrolitiaz)

·    D gipervitaminozi

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tiazidli diuretiklar kaltsiyning siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun giperkalsiemiya xavfi ortishi munosabati bilan tiazidli diuretiklar bilan birgalikdagi davolash vaqtida qon zardobida kaltsiy darajasini muntazam nazorat qilish zarur. 

Kaltsiy karbonat bir vaqtda qabul qilinganda tetratsiklin qatori preparatlarining so'rilishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun tetratsiklin preparatlarini kaltsiy karbonatni peroral qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki to'rt-olti soat keyin qabul qilish kerak.

Giperkalsiemiya kaltsiy va D vitamini bilan davolash vaqtida yurak glikozidlarining toksikligini oshirishi mumkin. Bemorlarni kuzatish, elektrokardiogrammalar (EKG) o'tkazish va qon zardobida kaltsiy darajasini nazorat qilish kerak.

Bisfosfonatlarni bir vaqtda qabul qilishda ularni Kaltsiy-D3 Nikomed Forte qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish kerak, chunki oshqozon-ichakdan so'rilishi kamayishi mumkin 

Levotiroksinning samaradorligi kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganda pasayishi mumkin, bu levotiroksin so'rilishining kamayishi bilan bog'liq. Kaltsiy va levotiroksinni qabul qilish orasida kamida to'rt soat o'tishi kerak.

Xinolon antibiotiklarining so'rilishi kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganda sekinlashishi mumkin. Xinolon antibiotiklarini kaltsiy qabul qilishdan ikki soat oldin yoki olti soat keyin qabul qilish kerak.  

Kaltsiy tuzlari temir, rux va stronsiy ranelatning so'rilishini kamaytirishi mumkin. Binobarin, temir, rux yoki stronsiy ranelat saqlovchi preparatlarni Kaltsiy-D3 Nikomed Forte qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.

Orlistat bilan davolash potentsial ravishda yog'da eruvchi vitaminlarning (masalan, D3 vitamini) so'rilishini kamaytirishi mumkin.

Dozirovkasi

Kattalar va keksa yoshdagi bemorlar:

Bir tabletkadan kuniga ikki marta.

Maxsus guruh bemorlari:

Bolalar:

Kalsiy-D3 Nikomed Forte bolalarda qo'llash uchun mo'ljallanmagan.

Buyrak funksiyasi buzilishi:

Kalsiy-D3 Nikomed Forte tabletkalarini buyrakning og'ir kasalliklari bo'lgan bemorlarga qabul qilish mumkin emas ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).

Jigar funksiyasi buzilishi:

Dozani to'g'rilash talab qilinmaydi.

Qo'llash usuli

Tabletkalar ichishga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki so'rish kerak.

KALSIY D3 NIKOMED FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 haqida savollar

KALSIY D3 NIKOMED FORTE tabletkalari so vkusom limona N120 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil