KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10

Mineral preparatlar
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 o'xshash dorilari




KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 qo'llanmasi
Shifokor retsepti bo'yicha beriladi.
faol modda: kal'tsiy xloridi - 100,0 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 000 ml gacha.
faol modda: kal'tsiy xloridi - 100,0 g;
yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 000 ml gacha.
Chiqarish shakli
Preparat shisha ampulalarda yoki polipropilen yoki tibbiy polietilenda 5 ml yoki 10 ml ni tashkil qiladi. 5 ampuladan blister o'ramlarda. 2 ta konturli hujayrali o‘ram foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga yoki qattiq bloklar ko‘rinishidagi 5, 10, 20, 30, 40 yoki 50 ampuladan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Kal'tsiy ionlari manbai, skelet va silliq mushaklarining qisqarishida, yurak mushagining faoliyatida, nerv impul'slarining o'tkazish jarayonida, suyak to'qimalarining shakllanishida, qon ivishida muxim rol' o'ynaydi. Kal'tsiy tanqisligini to'ldiradi. Mushak distrofiyasida, miasteniyada mushak qisqarishlarini yaxshilaydi, o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi.
Allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Allergiyaga qarshi ta'sir mexanizmi noma'lum, ammo kal'tsiy tuzlarini vena ichiga yuborilganida simpatik nerv tizimini qo'zg'atadi va buyrak usti bezlaridan adrenalinni chiqarilishini kuchaytiradi.
Hujayralar va qon tomirlar devorini o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish reaktsiyalarini rivojlanishini oldini oladi, organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagotsitozni axamiyatli kuchaytirishi mumkin.
Plazmada taxminan 45% oqsillar bilan majmuada saqlanadi. Taxminan 20% buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi (80%) ichak maxsulotlari bilan chiqariladi.
Mineral preparatlar
In'ektsiya uchun eritma
Vena ichiga yuborilganida: bradikardiya, yuz terisining giperemiyasi, dastlab og'iz bo'shlig'ida, so'ngra butun tanada qizish hissining paydo bo'lishi, tez yuborilganda – yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasi. Mahalliy reaktsiyalar: vena bo'ylab og'riq va giperemiya.
Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas, chunki u to'qimalarning kuchli ta'sirlanishiva nekrozini chaqiradi.
Teri ostiga yoki mushakka va medikamentoz infiltroat sohasiga tushgan hollarda kal'tsiy xloridini iloji boricha shprits yordamida so'rib olish, in'ektsiya qilingan joyga 5-10 ml 0,9% natriy xloridi, so'ng 10 ml 0,25% novokain (kal'tsiy xloridning teri ostiga yuborilganligi aniqlangandan so'ng birinsi 10-15 minut ichida in'ektsiya qilinadi), shundan so'ng shu sohaga yarim spirtli kompress qo'yiladi. Rezorbtiv ta'sirini yo'qotish uchun difengidramin (dimedrol), giperkal'tsemiyada – etilendiamintetrasirka kislotasi buyuriladi.
Tomir devoriga preparatning zararlovchi ta'siri natijasida atrofdagi to'qimalarga o'tishi va nekroz chaqirish xavfini minimallashtirish maqsadida kal'tsiy xloridni ingichka igna yordamida katta venaga yuborish kerak.
Venaga tez yuborganda qorinchalarning fibrillyatsiyasi va yurak to'xtashiga olib kelishi mumkin. Davolashni qon tarkibidagi kal'tsiy kontsentratsiyasini nazorati ostida olib boriladi.
Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potentsional xavfli mexanizmlarni boshqarishga ta'siri
Yuqori diqqatni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish lozim.
- preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- giperkal'tsiemiya, yaqqol giperkal'tsiuriya;
- siydik-tosh kasalligi;
- og'ir buyrak yetishmovchiligi;
- ateroskleroz;
- sarkoidoz;
- giperkoagulyatsiya, tromblarni hosil bo'lishga moyillik;
- yaqqol ateroskleroz;
- qorinchalarning fibrillyatsiyasi;
- asistoliya va elektromexanik dissotsiatsiyalar;
- teri ostiga va mushak ichiga yuborish;
- bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarni qabul qilish;
- tseftriakson bilan bir vaqtda qabul qilish;
- 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda;
- homiladorlik va emizish davri
- Ehtiyotkorlik bilan: yurak, shuningdek nafas yetishmovchiligida.
Bir shpritsda boshqa dori preparatlar bilan yuborish mumkin emas!
Hayotga xavf soluvchi yurak aritmiyalarni rivojlanish xavfini oldini olish maqsadida kal'tsiy xloridini yurak glikozidlarini qabul kilganda qo'llash mumkin emas, chunki mazkur preparatlarning kardiotoksik samaralari sinergik.
Kal'tsiy xloridni infuziyasi dobutaminning kardiotonik samarasini kamaytiradi.
Kal'tsiy xloridini birga qo'llanganida tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan komplekslar hosil qiladi, shu bilan ularning antibakterial samarasini neytrallaydi.
Tseftriakson va kal'tsiy saqlovchi preparatlarni aralashtirish yoki bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Kal'tsiy saqlovchi eritmalarni tseftriaksonni oxirgi yuborilgandan keyin 48 soat ichida qo'llash tavsiya etilmaydi.
Tiazidli diuretiklar kal'tsiy ekskretsiyasini pasaytiradi, shuning uchun ularni kal'tsiy xloridi yoki boshqa kal'tsiy saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llashda extiyotkorlik talab etiladi.
Giperkal'tsiemiyada kal'tsiy xlorid kal'tsitonin samarasini pasaytirishi mumkin, fenitoin biokiraolishligini pasaytiradi.
Kal'tsiy xlorid qutblanmaydigan miorelaksantlar samaradorligini pasaytiradi. Tubokurarin xloridining ta'sirini uzaytirishi mumkin.
Kal'tsiy xlorid bir vaqtda qo'llanganda kal'tsiy kanallari blokatorlarining ta'sirini kamaytiradi. Xinidin bilan birga qo'llanganda yurak qorinchalar ichi o'tkazuvchangilini pasaytirishi va xinidinning toksik ta'sirinini ko'paytirishi mumkin.
Kal'tsiy xlorid magniy tuzlari bilan, shovul va ftorid kislotalarini tuzlari bilan birga o'zaro ta'sirlanganda zaharsiz eritmasini erimaydigan birikmalar hosil bo'lishi mumkin, bu kal'tsiy xloridini eritmasini antidotsifatida qo'llash imkonini beradi.
Shaffof, rangsiz suyuqlik
Preparat vena ichiga tomchilab buyuriladi (sekin: minutiga 6-8 tomchidan), vena ichiga oqim bilan (juda sekin).
Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas, chunki terining kuchli ta'sirlanish va to'qimalarning nekrozini chaqiradi.
Venaga tomchilab yuboriladi, yuborishdan oldin preparatning 5-10 ml 10% eritmasini 100-200 ml natriya xlorid izotonik eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida eritiladi.
Vena ichiga oqim bilan 5 ml 10% preparat eritmasini juda sekin yuboriladi (5 minut davomida).
Almashtiriladigan qon quyishda va tsitratli qonni quyishda: kattalarga va bolalarga 30 mg dan (0,3 ml) har 100 ml qonga.
Kattalardagi tetaniya: 10 ml 10% eritma (1 g) minutiga 10-30 davomida, zarur bo'lganda 6 soatdan so'ng takrorlash mumkin.
Bolalar
Gipokal'tsiemiya: minutiga 0,5 ml tezlikda asta-sekinlik bilan yuboriladi, 10-20 mg/kg (kg tana vazniga 0,1-0,2 ml) dozada, zaruriyati bo'lganda har 4-6soatda takrorlanadi.
Tetaniya: 10 mg/kg (kg tana vazniga 0,1 ml) 5-10 minut davomida, zarur bo'lganda 6 soatdan so'ng takrorlasin yoki infuziya ko'rinishida davom ettiriladi. Bolalar uchun maksimal sutkalik dozasi (yoshidan qat'iy nazar) – 10 ml (1000 mg).
Uchrash tez-tezligi va davomiyligi qo'llash ko'rsatkichlaridan va klinik vaziyatlarga bog'liq.
Simptomlari: giperkal'tsimiya (chanqash, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, qorin og'rig'i, mushak zaifligi, ruhiy buzilish, og'ir holatlarda aritmiya, koma).
Davolash: oz miqdorda dozani oshirib yuborilganda (kaliy miqdori 2,6-2,9 mmol'/l) dori yuborish to'xtatiladi va boshqa kal'tsiy saqlovchi dorilar bekor qilinadi. Ko'p miqdorda doza oshirib yuborilganda (kaliy miqdori 2,9 mmol'/l dan ortiqroq) kal'tsitonin parenteral tarzda sutkada tana og'irligiga qarab 5-10 ME/kg dozada (500 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasiga qo'shib) 6 soat mobaynida vena ichiga tomchilab yuboriladi; netiazid diuretiklar; qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish zarur, zarur xollarda – kaliy va magniy preparatlari yuboriladi, yurak-qon tomirlari tizimi funktsiyasini nazorat qilish, aritmiyalar profilaktikasi uchun beta-adrenoblokatorlar yuboriladi, gemodializ.
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 boshqa chiqarish shakllari




KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 analoglari








