KANDIBIOTIK tomchilar

KANDIBIOTIK tomchilar haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Kandibiotik preparatining farmakokinetikasi bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Farmakologik ta'siri
LOR-amaliyotida mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy preparat.
Klotrimazol - mahalliy qo‘llash uchun keng ta’sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita, imidazol hosilasi. Klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasi zamburug‘lar hujayra membranasining tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezining buzilishi bilan bog‘liq, bu membrana o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va hujayraning keyingi lizisini chaqiradi.
Xloramfenikol - keng ta’sir doirasiga ega bakteriostatik antibiotik. Mikrob hujayrasida oqsil sintezi jarayonini buzadi. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol.
Beklometazon dipropionati - GKS. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Lidokain gidroxloridi - mahalliy anestetik, membrana orqali natriy ionlarining o‘tishini bloklash hisobiga nerv tolalari bo‘ylab impuls o‘tkazilishining qaytuvchan blokadasini chaqiradi.
Nojo'ya samaralari
Mahalliy reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - preparat surtilgan joyda qichishish, achishish.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- nog'ora parda butunligining buzilishi;
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kandibiotik preparatining dori o'zaro ta'siri o'rganilmagan.
Dozirovkasi
Preparat tashqi eshitish yo'liga 4-5 tomchidan sutkasiga 3-4 marta tomiziladi. Holatning yaxshilanishi 3-5 kun ichida yuz beradi. Davolash kursi 7-10 kunni tashkil qiladi.
KANDIBIOTIK tomchilar o'xshash dorilari

KANDIBIOTIK tomchilar xususiyatlari
Kandibiotik boshqa chiqarish shakllari






