Ташкент
logo
SavatKirish

KANDIVAG tabletkalari N8

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex Pvt. Ltd
ATX kodi:G02
30 ta dorixonada bor
Narxi 40 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 30 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KANDIVAG tabletkalari N8 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi: 

Faol moddalar: 

Ornidazol 500 mg; 

Mikonazol nitrati 100 mg; 

Neomisin sulfati 100 mg; 

Prednizolon 3 mg. 

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall tsellyuloza, povidon-K-30, polakrilin kaliy, magniya stearati, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

8 vaginal tabletkalar alyuminiy blisterda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakokinetikasi

Ornidazol mahalliy qo'llanganida qinning to'qimalarida preparatning bu komponentini kontsentrasiyasi peroral va vena ichiga qo'llanganida erishiladigan kontsentrasiyasidan ahamiyatli darajada yuqori bo'ladi, tizimli ta'siri aniqlanmagan; neomisin normal bo'lmagan oqsillarni ishlab chiqarilishi hisobiga bakterial hujayralarning tuzilmalariga kiradi. Bu oqsillar bakteriyalarni yashab qolishi uchun kerak bo'lgan oqsillarning ishlab chiqarilishini bloklaydi. Mahalliy qo'llanganida preparatning yuqori faolligi kuzatilgan; mikonazol mahalliy qo'llanganida Sandida turiga mansub achitqisimon zamburug'lar uchun tanlov toksiklikka ega; mahalliy qo'llanadigan prednizolon yallig'lanish simptomlarining yaqqolligini, shu jumladan giperemiyani kamaytiradi, tizimli ta'siri aniqlanmagan.

Farmakologik ta'siri

Ornidazolning ta'sir mexanizmi unga sezgir bo'lgan mikrorganizmlar DNK sining tuzilishini buzilishi bilan bog'liq. Preparat mikrob hujayrasiga oson kiradi va DNK bilan bog'lanib, replikasiya jarayonini buzadi. Ornidazol Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) larga, shuningdek Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium spp. kabi anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan faoldir. 

Neomisin – aminoglikozidlar guruhiga mansub bo'lgan antibiotikdir. Aminoglikozidlar grammanfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka egadir, shuningdek grammusbat bakteriyalarga nisbatan samaralidir. Neomisin bakterial hujayralarning tuzilmasiga kiradi va bakteriyalarning yashab qolishi uchun kerak bo'lgan oqsillarning sintezini bloklaydi. 

Mikonazol zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, vulvovaginal kandidozni (moniliasis)mahalliy davolash uchun mo'ljallangan, u Sandida vulvovaginalis ga nisbatan samaralidir. 

Prednizolon – sintetik GKS bo'lib, yallig'lanish simptomlarining yaqqolligini kamaytirish uchun qo'llanadi. Prednizolon yallig'lanish mediatorlarining sekresiyasi va ajralib chiqishini tormozlaydi. Prednizolon yallig'lanish kasalliklarida proliferativ jarayonlarni tormozlaydi va chandiqlarni hosil bo'lish ehtimolini kamaytiradi.

 

Nojo'ya samaralari

Kandivag toksik bo'lmagan preparat hisoblanadi, sensibilizasiyani chaqirmaydi. Preparat barcha pasientlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Kam hollarda spazmlar va bosh og'rig'i, ta'sirlanish, qichishish, achishish, juda kam hollarda – eshakemi, terida toshmalar kuzatiladi. Yuqori sezuvchanlikda yoki ta'sirlanish kuzatilganida preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Osteoporozda, AG yoki yurak etishmovchiligida, anamnezida jiddiy emosional buzilishlar mavjud bo'lganida, qandli diabet, tuberkulyoz, glaukomada, kortikosteroidlarni qo'llash oqibatida rivojlangan miopatiyada, jigar etishmovchiligida, tutqanoqda, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yarasida, gipotireozda, yaqinda o'tkazilgan miokard infarktida tizimli kortikosteroidlarni qo'llashda pasientning holatini kuzatish va doimo nazorat qilish kerak. 

Garchi Kandivag mahalliy qo'llansa-da, ayniqsa qin yallig'langanida tizimli so'rilishi bo'lishi mumkin. Preparat 8-kunlik davolash kursi davomida qo'llanganida nojo'ya samaralar bo'lmasligi mumkin. 

Og'ir darajadagi soxta paralitik miasteniyasi, nospesifik kolit, divertikulit va yangi ichak anastomozlari bo'lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. tizimli kortikosteroidlar qo'llanganida tibbiy nazorat o'tkazish kerak. 

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi 

Homiladorlikda Kandivag preparati ona uchun kutilgan foyda homila yoki yangi tug'ilgan chaqaloq uchun kuzatilishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan holatdagina buyuriladi. Kortikosteroidlar katta bo'lmagan miqdorlarda ko'krak sutiga ajralib chiqadi, shuning uchun buyrak usti bezlarining faoliyatini kuzatish kerak. 

Bolalar 

Qo'llanilmaydi 

Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati 

Ta'sir qilmaydi. 

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Ginekologik kasalliklar: bakterial vaginoz, turli etiologiyali vaginitlar va aralash infektsiyalar (trixomonadalar, anaerob infektsiya, shu jumladan gardnerellalar, Leptotriks, achitqisimon zamburug'lar) ni davolash uchun qo'llanadi.

Ginekologik kasalliklarni jarrohlik yo'li bilan davolashdan oldin profilaktika maqsadida, tug'ruq yoki abortlardan oldin qinni sanasiya qilish uchun, bachadon ichi kontrtseptivlarini yuborishdan oldin va keyin, bachadon bo'yni eroziyasini diatermokoagulyasiya qilishdan oldin va keyin, bachadon ichi tekshirishlarini o'tkazishdan oldin qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Mahalliy yallig'lanish reaktsiyasi yaqqol bo'lganida prednizolonnning tizimli so'rilishini e'tiborga olish kerak.

Ta'rifi

Oq rangdan deyarli oq ranggacha bo'lgan, ikki yoqlama qavariq, uzunchoq, bir uchi dumaloq tabletkalar.

Dozirovkasi

1 tabletkadan tunga qin ichiga chuqur kiritiladi, yuborilgandan keyin kamida 15 minut davomida yotgan holatda bo'lish kerak. Davolashni o'rtacha davomiyligi – 8 kun. Hayz ko'rish vaqtida davolash to'xtatilmaydi. Hatto kasallikning barcha simptomlari yo'qolganidan keyin ham tabletkalarni qo'llashni davom ettirish kerak. Agar 8 kunlik davolash kursidan keyin ham simptomlar o'tib ketmasa, u holda davolashni takrorlash kerak. 

Profilaktika maqsadida preparat 8 kun davomida qo'llanadi. 

Yuborish tartibi 

1.Qo'llarni yaxshilab dezifektsiya qilinadi yoki steril qo'lqop kiyiladi. 

2.Tabletkani qaynagan iliq suvga (30-40oS) bir necha sekundga tushiriladi.

3.Tabletkani qinning ichiga imkon boricha chuqur, ehtiyotkorlik bilan kiritiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy ta'sir qilishi sababli, dozasini oshirib yuborilish belgilari aniqlanmagan.

KANDIVAG tabletkalari N8 haqida savollar

KANDIVAG tabletkalari N8 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
SUPER DEN I NOCH tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
•25 ta dorixonada bor
Narxi
51 500 so'm dan
KANDIVAG tabletkalari N8
Retseptli
KANDIVAG tabletkalari N8
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
40 000 so'm dan
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
Retseptli
Jenagra tabletkalari 50 mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
RANIT tabletkalari 150 mg N100
RANIT tabletkalari 150 mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
27 500 so'm dan
GEPA-L granulalari 5 g N30
Retseptli
GEPA-L granulalari 5 g N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd
Narxi
495 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil