Apteka.uz
SavatKirish

KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Germaniya
Kategoriya:Yurak-qon tomir
Farmakoterapevtik guruh:

Yurak-qon tomir tizimi. Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari. Olmesartan medoksomili.

Ishlab chiqaruvchi:Menarini International Operations Luxembourg S.A., Lyuksemburg proizvedeno: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
ATX kodi:C09CA08
Barcha Kardosal dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 152 100 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

30°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Sotish shartlari

Retsept boʼyicha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:
Kardosal® 10: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkada saqlanadi:
faol modda: 10 mg olmesartan medoksomili.
Kardosal® 20: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkada saqlanadi:
faol modda: 20 mg olmesartan medoksomili.
Kardosal® 40: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkada saqlanadi:
faol modda: 40 mg olmesartan medoksomili.
yordamchi moddalar:
Tabletka yadrosi: mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, kam oʼrin bosuvchi gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati.
Tabletka qobigʼi: titan dioksidi (E 171), talk, gipromelloza.

Chiqarilish shakli
Аlyuminiy/alyuminiydan laminatsiyalangan blister qadoqda.
Plyonka qobiq bilan qoplangan 28 ta tabletka saqlovchi qadoq tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga.

Farmakodinamikasi

Taʼsir qilish mexanizmi/farmakodinamikasi
Olmesartan medoksomili angiotenzin II retseptorlarining (AT1 tipi) kuchli, tanlab taʼsir qiluvchi antagonisti va ichga qabul qilinganda faol hisoblanadi. U angiotenzin II manbasi yoki sintezlanish yoʼlidan qatʼiy nazar AT1 retseptori orqali ifodalangan angiotenzin II ning barcha samaralarini bloklaydi deb taxmin qilinadi. Аngiotenzin II retseptorlariga (AT1) nisbatan tanlanuvchi antagonizm plazmada renin darajasining, angiotenzin I va angiotenzin II kontsentratsiyasining oshishiga, hamda alьdosteronning plazmadagi kontsentratsiyasining biroz pasayishiga olib keladi.
Аngiotenzin II renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining asosiy vazofaol gormoni hisoblanadi va 1-tur retseptor (AT1) orqali amalga oshiriladigan arterial gipertenziyaning patofiziologiyasida ahamiyatli rolь oʼynaydi.
Klinik samaradorligi va xavfsizligi
Аrterial gipertenziyada olmesartan medoksomili dozaga bogʼliq boʼlgan arterial bosimning davomli pasayishini chaqiradi. Bunda birinchi qabul qilgandan keyingi arterial gipotenziyaning, davomli davolashda taxifilaksiya alomatlarining yoki davolash bekor qilinganidan keyin arterial gipertenziyaning qaytalanishining rivojlanishi qayd etilmagan.
Sutkada bir marta qabul qilishda olmesartan medoksomili 24 soat davomida, keyingi qabul qilishgacha arterial bosimning samarali va yumshoq pasayishini taʼminlaydi. Bunda preparatni bir xil dozada kuniga bir yoki ikki marta qabul qilishda kuzatiladigan gipotenziv samaraning yaqqolligi bir xil.
Davolash davomida arterial bosimning maksimal pasayishi davolash boshlanganidan keyin 8 hafta oʼtib erishiladi, lekin sezilarli gipotenziv samara davolashdan 2 hafta oʼtib kuzatiladi. Gidroxlortiazid qoʼshilganida olmesartan medoksomilining gipotenziv taʼsiri kuchayadi, va bunday majmuaviy davolash patsientlar tomonidan yaxshi koʼtara olinadi.
Hozirgi kunda olmesartanning kasallanish va oʼlimga taʼsiri taʼriflanmagan.
Аlьbuminuriya darajasi meʼyorda boʼlgan 2-tur diabeti boʼlgan va yurak-qon tomir kasalliklarining vujudga kelish xavfining kamida bitta qoʼshimcha faktori boʼlgan 4447 patsientda oʼtkazilgan ROADMAP (The Randomized Olmesartan and Diabetes Microalbuminuria Prevention) tadqiqoti, olmesartan bilan davolash mikroalьbuminuriyaning paydo boʼlishini kechiktirishi mumkinligini aniqlash maqsadida oʼtkazilgan. Kuzatishning oʼrtacha davri 3,2 yil davomiylikda boʼlgan vaqtda, patsientlar boshqa antigipertenziv vositalarga (ААF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlaridan (АRB) tashqari) qoʼshimcha olmesartan yoki platsebo qabul qilishgan.
Tadqiqot birlamchi yakuniy nuqta sifatidagi mikroalьbuminuriya paydo boʼlish vaqtiga nisbatan xavfning ahamiyatli pasayishida olmesartanning foydasini namoyish qildi. АB farqlari boʼyicha korrektsiyadan keyin, ushbu xavf pasayishi statistik ahamiyatli boʼlmay qolgan. Olmesartan guruhidagi 8,2% (2160 tadan 178 tasida) patsientlarda va platsebo guruhidagi 9,8% (2139 tadan 210 tasida) patsientlarda mikroalьbuminuriya rivojlangan.
Ikkilamchi yakuniy nuqta sifatidagi yurak-qon tomir belgilari olmesartan qabul qilgan 96 (4,3%) patsientda va platsebo qabul qilgan 94 (4,2%) patsientda qayd etilgan. Yurak-qon tomir kasalliklaridan oʼlim tez-tezligi olmesartan guruhida platsebo guruhi bilan taqqoslaganda yuqoriroq boʼlgan (15 patsient (0,7%) va 3 patsient (0,1%)), lekin oʼlim oqibatisiz insulьt (14 patsient (0,6%) va 8 patsient (0,4%)), oʼlim oqibatisiz miokard infarkti (17 patsient (0,8%) va 26 patsient (1,2%)) va yurak-qon tomir sabablari bilan bogʼliq boʼlmagan oʼlim (11 patsient (0,5%) va 12 patsient (0,5%)) rivojlanish tez-tezligi oʼxshash boʼlgan. Olmesartan guruhida umumiy oʼlim koʼrsatkichi son jihatdan yuqori boʼlgan (26 patsient (1,2%) va 15 patsient (0,7%)), asosan yurak-qon tomir sabablari hisobiga yuqori boʼlgan.
ORIENT (The Olmesartan Reducing Incidence of End-stage Renal Disease in Diabetic Nephropathy Trial) tadqiqotida 2 tur diabet va yaqqol ifodalangan nefropatiyasi boʼlgan 577 ta randomizatsiya qilingan patsientda (Yaponiya va Xitoyda) buyrak va yurak-qon tomir kasalliklari oqibatlariga olmesartanning taʼsiri oʼrganilgan. Kuzatishning oʼrtacha davri 3,1 yil davomiylikda boʼlgan vaqtda, patsientlar boshqa antigipertinziv vositalarga, jumladan ААF ingibitorlariga qoʼshimcha ravishda olmesartan yoki platsebo qabul qilganlar.
Birlamchi umumlashtirilgan yakuniy nuqta (zardob kreatininning ikki barobar ortishining birinchi paydo boʼlish vaqti, yaqqol ifodalangan buyrak kasalligi, barcha sabablar boʼyicha oʼlim) olmesartan guruhida 116 patsientda (41,1%) va platsebo qabul qilgan 129 patsientda (45,4%) kuzatilgan (xavf nisbati 0,97 (95% II 0,75 dan 1,24 gacha); p = 0,791). Ikkilamchi umumlashtirilgan yurak-qon tomir yakuniy nuqtasi olmesartan qabul qilgan 40 patsientda (14,2%) va platsebo qabul qilgan 53 patsientda (18,7%) kuzatilgan. Ushbu umumlashtirilgan yurak-qon tomir yakuniy nuqtasi oʼz ichiga olmesartan qabul qilgan 10 patsientda (3,5%) va platsebo qabul qilgan 3 patsientda (1,1%) kuzatilgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʼlimni olgan; oʼlimning umumiy koʼrsatkichi 19 (6,7%) va 20 (70%) ga, oʼlim oqibatisiz insulьt - 8 (2,8%) va 11 (3,9%) ga va muvofiq holda oʼlim oqibatisiz miokard infarkti 3 (1,1%) va 7 (2,5%) ga teng boʼlgan.
Pediatrik profildagi patsientlar
Olmesartan medoksomilining bolalar va oʼsmirlardagi antigipertenziv samarasini 6 yoshdan 17 yoshgacha boʼlganlarning 302 ta patsient ishtirokidagi randomizatsiyalangan, ikki tomonlama koʼr, platsebo-nazorat qilinadigan tadqiqotda tahlil qilingan. Tadqiqot guruhi qora tanli patsientlardan (112 odam) va irqiy mansubligi aralash boʼlgan guruhdan (190 patsient) (ulardan - 38 tasi qora tanli). Аrterial gipertenziyaning sababi asosan gipertonik kasallik boʼlgan (87% “qora tanli” va 67% aralash guruhda). 20 dan 35 kg gacha vaznga ega boʼlgan patsientlar olmesartan medoksomilini 2,5 mg (past doza) yoki 20 mg (yuqori doza) dozalarda sutkada bir marta qabul qilgan guruhlarga taqsimlangan, 35 kg dan ortiq vaznga ega boʼlgan patsientlar esa preparatni 5 mg (past doza) yoki 40 mg (yuqori doza) dozalarda sutkada bir marta qabul qilgan guruhlarga taqsimlangan. Tana vazniga bogʼliq holda tanlangan dozada, olmesartan medoksomili sistolik arterial bosimni ham, distolik bosimni ham sezilarli pasaytirgan. Olmesartan medoksomili sistolik arterial bosimni past dozalarda ham, yuqori dozalarda ham sezilarli pasaytirgan– muvofiq ravishda 6,6 va 11,9 mm sim. ust. ga (dastlabki darajadan). Bu samara olmesartan medoksomilini qabul qilgan guruh bilan taqqoslash boʼyicha platsebo guruhidagi simptomlarni statistik ahamiyatli tiklanishini namoyish qilgan oʼrtacha sistolik arterial bosim qanday boʼlsa, diastolik arterial bosim ham shunday boʼlgan randomizatsiyalangan guruhlarda bekor qilish fazasining 2 hafta davom etgan vaqtida ham kuzatilgan. Bolalarda va oʼsmirlarda davolash birlamchi arterial gipertenziyada qanday boʼlsa, ikkilamchi arterial gipertenziyada ham shunday samarali boʼlgan. Katta yoshdagi patsientlarda qanday boʼlgan boʼlsa, qora tanli bolalarda va oʼsmirlarda arterial bosim kam darajada pasaygan.
Xuddi oʼsha tadqiqotda vazni ≥5 kg boʼlgan 1 yoshdan 5 yoshgacha boʼlgan 59 patsient, tadqiqotning ochiq fazasida uch hafta davomida sutkada bir marta olmesartan medoksomilini 0,3 mg/kg dan qabul qilgan, keyin esa - tadqiqotni ikki tomonlama koʼr fazasida - yoki olmesartan medoksomili, yoki platsebo qabul qilgan guruhlarga randomizatsiya qilingan. Bekor qilishdan keyin ikki hafta tugashi boʼyicha pastki nuqtada oʼrtacha sistolik/diastolik arterial bosim randomizatsiyaga binoan olmesartan medoksomili qabul qilgan guruhda 3/3 mm sim.ust. ga past boʼlgan; bu arterial bosimdagi koʼrsatkichlarning farqi statistik ahamiyatli hisoblanmagan (95% II -2 dan 7 gacha / -1 dan 7 gacha).
Boshqa maʼlumotlar
ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari blokatorlarining hamkorlikdagi qoʼllanilishi ikki keng masshtabli, randomizatsiyalangan, nazorat qilinuvchi tadqiqotlarda tekshirilgan (ONTARGET (ONgoing Telmisartan Alone i v kombinatsii s Ramipril Global Endpoint Trial) i VA NEPHRON-D (The Veterans Affairs Nephropathy in Diabetes)). 
ONTARGET oʼzi bilan anamnezida yurak-qon tomir yoki serebrovaskulyar kasalligi yoki nishon-aʼzoni shikastlanish belgilari bilan kechuvchi 2-tur qandli diabeti boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. VA NEPHRON-D oʼzi bilan 2-tur qandli diabet yoki diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. 
Ushbu tadqiqotlar buyrak va/yoki yurak-qon tomir kasalliklari oqibatiga va ulardan oʼlimga ahamiyatli yaxshi taʼsirni aniqlab bermagan boʼlsa ham, monoterapiya bilan taqqoslaganda giperkaliemiya, buyraklarning oʼtkir shikastlanishi va/yoki gipotoniya rivojlanish xavfi yuqoriroq boʼlgan. Farmakodinamik xususiyatlarni oʼxshashligini inobatga olib, ushbu natijalar jumladan, boshqa ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari blokatorlari uchun qoʼllaniladi. 
ААF ingibitorlarini va angiotenzin II retseptorlari blokatorlarini hamkorlikdagi qoʼllanilishi diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda mumkin emas.
ALTITUDE (Aliskiren Trial in Type 2 Diabetes Using Cardiovascular and Renal Disease Endpoints) oʼzi bilan 2-tur qandli diabet va surunkali buyrak kasalligi, yurak-qon tomir kasalligi yoki ikkala kasallikka ega boʼlgan patsientlarda ААF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari bilan standart davolashga aliskirenni qoʼshishdan ijobiy samarani aniqlash uchun oʼtkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. Ushbu tadqiqot nojoʼya oqibatlarning yuqori xavfi munosabati bilan oldinroq bekor qilingan. Yurak-qon tomir kasalliklari va insulьtning vujudga kelishidan oʼlim platsebo qabul qilgan guruhga qaraganda, aliskiren qabul qilgan guruhda ancha tez-tez boʼlgan, eʼtiborga molik nojoʼya taʼsirlari va jiddiy nojoʼya koʼrinishlarni (giperkaliemiya, gipotenziya va buyraklar faoliyatini buzilishi) taqdim etuvchi xabarlar esa platsebo qabul qilgan guruhga qaraganda aliskiren qabul qilgan guruhda ancha tez-tez boʼlgan.

Farmakokinetikasi

Soʼrilishi va taqsimlanishi
Olmesartan medoksomili dori oldi shakli hisoblanadi. U ichakning shilliq qavatida va meʼda-ichak yoʼlidan portal tizimi qoniga soʼrilganda esterazalar taʼsiri ostida farmakologik faol metabolit - olmesartanga tez aylanadi.
Plazmada yoki ajratib chiqarish mahsulotlarida parchalanmagan olmesartan medoksomili yoki medoksomil guruhining yon tomon zanjiri aniqlanmagan. Tabletkalar shaklida olmesartanning oʼrtacha mutloq biokirishaolishligi 25,6% ni tashkil qilgan.
Plazmada olmesartanning oʼrtacha maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2 soat oʼtib erishiladi. Olmesartanning plazma kontsentratsiyasi 80 mg gacha bir martalik peroral doza bilan taxminan proportsional oshib boradi.
Ovqat olmesartanning biokirishaolishligiga minimal darajada taʼsir koʼrsatadi, va shuning uchun olmesartan medoksomili ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar qoʼllanilishi mumkin.
Jinsga bogʼliq holda olmesartan farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Olmesartan plazma oqsillari bilan faol bogʼlanadi (99,7%), biroq plazma oqsillari bilan faol bogʼlanadigan boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli raqobatli oʼzaro taʼsir qilish xavfi ancha past (bunga olmesartan medoksomili va varfarin orasidagi klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsir mavjud emasligi dalil boʼlib xizmat qiladi). Olmesartan sezilarli boʼlmagan darajada qon hujayralari bilan bogʼlanadi. Vena ichiga yuborilgandan keyin taqsimlanishning oʼrtacha hajmi katta emas (16-29 l).
Biotransformatsiya va chiqarilishi
Umumiy plazma klirensi odatda 1,3 l/soatni tashqil qiladi (variatsiya koeffitsienti 19%) va jigar qon oqishi bilan taqqoslash boʼyicha nisbatan yuqori emas (taxminan 90 l/soat). 14C izotop bilan nishonlangan olmesartan medoksomilini ichga bir marta qabul qilgandan keyin, radiofaol moddaning 10 - 16%i siydikda aniqlangan (katta qismi qabul qilingandan keyin 24 soat davomida), qolgan radiofaol modda esa axlat bilan chiqarilgan. 25,6% tizimli kirishaolishdan kelib chiqqan holda soʼrilgan olmesartanning taxminan 40% i buyraklar orqali chiqarilishi, taxminan 60% esa - gepatobiliar tizim orqali chiqariladi deb hisoblash mumkin. Аjralib chiqqan radiofaol modda olmesartan koʼrinishida boʼlgan. Boshqa ahamiyatli metabolitlar aniqlanmagan. Olmesartanning ichak-jigar retsirkulyatsiyasi minimaldir. Olmesartanning katta qismi safro bilan chiqarilganligi sababli, uni biliar obstruktsiyasi boʼlgan patsientlarda qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang).

Olmesartanning yarim chiqarlish davri ichga koʼp marta qabul qilingandan keyin 10 dan 15 soatgachani tashkil qiladi. Muvozanat holatiga birinchi bir nechta dozadan keyin erishilgan, koʼp marta qabul qilishning 14 kunidan keyin akkumulyatsiya kuzatilmagan. Buyrak klirensi taxminan 0,5 - 0,7 l/soatni tashkil qilgan va preparatning dozasiga bogʼliq boʼlmagan.
Patsientlarning maxsus guruhlarida farmakokinetika
Bolalar va oʼsmirlar
1 yoshdan 16 yoshgacha bolalar va oʼsmirlarda olmesartan farmakokinetikasining tadqiqoti oʼtkazilgan. Ularda olmesartanning tana vazniga qayta hisoblangandagi chiqarilishi katta yoshdagi patsientlarga oʼxshash boʼlgan.
Buyrak yetishmovchiligi bor bolalar va oʼsmirlarda farmakokinetika boʼyicha maʼlumotlar mavjud emas.
Keksa yoshdagi patsientlar (65 va undan katta yosh)
Аrterial gipertenziyasi boʼlgan keksa (65 - 75 yosh) va qari yoshdagi ( 75 yosh) patsientlarda muvozanat holatda "kontsentratsiya–vaqt” egri chizigʼi ostidagi maydoni (AUC) yoshroq patsientlar bilan taqqoslaganda muvofiq ravishda 35% va taxminan 44% ga yuqoriroq ekanligi koʼrsatib berilgan. Bu, hech boʼlmaganda qisman, ushbu guruh patsientlarida buyraklar faoliyatini umumiy pasayishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin.
Buyraklar faoliyati buzilishi boʼlgan patsientlar
Buyraklar faoliyati buzilishi boʼlgan patsientlarda AUC muvozanat holatida sogʼlom koʼngillilar bilan taqqoslaganda muvofiq tarzda yengil, oʼrtacha va ogʼir buzilishlar holatida taxminan 62%, 82% va 179% ga koʼproq boʼlgan (“Qoʼllash usuli va dozalar”, “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar
Ichga bir marta qabul qilishdan keyin olmesartanning AUC qiymati nazorat guruhidan tanlangan sogʼlom koʼngillilar bilan taqqoslaganda muvofiq tarzda yengil va oʼrtacha darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda 6% ga va 65% ga yuqoriroq boʼlgan. Olmesartanning bogʼlanmagan fraktsiyasi qabul qilgandan keyin 2 soat oʼtib sogʼlom koʼngillilarda, jigar funktsiyasi yengil yoki oʼrtacha buzilishi boʼlgan patsientlarda muvofiq 0,26%, 0,34% va 0,41% ni tashkil qilgan. Koʼp marta qabul qilishda oʼrtacha ogʼirlik darajadagi jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarda olmesartanning oʼrtacha AUC i nazorat guruhidan tanlangan sogʼlom koʼngillilarga qaraganda 65% ga yuqoriroq boʼlgan. Jigar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar va sogʼlom koʼngillilarda olmesartanning oʼrtacha Cmax qiymati oʼxshash boʼlgan. Jigar faoliyatini ogʼir buzilishi boʼlgan patsientlarda olmesartan medoksomilining farmakokinetik xususiyatlari tadqiqot qilinmagan (“Qoʼllash usuli va dozalar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Boshqa dori vositalari bilan oʼzaro taʼsir
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam dori preparati:
Sinovdan oʼtayotgan sogʼlom odamlarda 40 mg olmesartan medoksomili va 3750 mg kolesevelam gidroxloridining hamkorlikdagi qabul qilinishi olmesartan uchun Cmax ni 28% ga pasayishiga va AUC ni 39% ga kamayishiga olib kelgan. Cmax va AUC ni muvofiq tarzda 4% ga va 15% ga kamroq pasayishi olmesartan medoksomilini kolesevelam gidroxloridini qabul qilgunga qadar 4 soat oldin buyurilgan vaqtda kuzatilgan. 
Olmesartanning yarim chiqarilish vaqti preparatlar hamkorlikda buyurilganligi yoki olmesartan qabul qilinishi kolesevelam gidroxloridni qabul qilgunga qadar 4 soat oldin amalga oshirilganligidan qatʼiy nazar 50 - 52% ga pasaygan (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).

Farmakoterapevtik guruh

Yurak-qon tomir tizimi. Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir etuvchi vositalar. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlari. Olmesartan medoksomili.

Nojo'ya samaralari

Xavfsizlik profilining qisqacha maʼlumoti 
Kardosal® preparati bilan davolash davomida ancha koʼproq vujudga keladigan nojoʼya taʼsirlar - bosh ogʼriqlari (7,7%), grippsimon simptomlar (4,0%) va bosh aylanishi (3,7%).
Platsebo- nazorat qilinuvchi tadqiqotlarda oʼtkazilayotgan davolash bilan aniq bogʼliq boʼlgan yagona nojoʼya dori reaktsiyasi muvozanatning buzilishi boʼlgan (olmesartan medoksomili holatida tez-tezlik 2,5% va platsebo holatida - 0,9%).
Laborator parametrlarning ogʼish tez-tezligi platsebo bilan taqqoslaganda olmesartan medoksomilini qoʼllashda ancha yuqori boʼlgan: gipertriglitseridemiya - platsebo qabul qilganda 1,1%, olmesartan medoksomilini qabul qilganda 2,0%, kreatin-fosfokinazaning oshishi - platsebo qabul qilganda 0,7%, olmesartan medoksomilini qabul qilganda 1,3%.
Nojoʼya dori reaktsiyalari jadvali
Klinik tadqiqotlarda, xavfsizlik boʼyicha postregistratsion tadqiqotlarda aniqlangan va beixtiyor xabardor qilish tartibida olingan Kardosal® preparatiga nojoʼya reaktsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Nojoʼya taʼsirlarning vujudga kelish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi terminologiyadan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), baʼzida (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000).

MedDRA
Organlar tizimi sinfi    Nojoʼya reaktsiyalar    Tez-tezligi
Qon va limfatik tizimlar tomonidan buzilishlar    Trombotsitopeniya    Baʼzida
Immun tizimi tomonidan buzilishlar    Аnafilaktik reaktsiya.    Baʼzida
Oziqlanish va moddalar almashinuvi buzilishlari    Gipertriglitseridemiya    Tez-tez
    Giperurikemiya    Tez-tez
    Giperkaliemiya    Kam hollarda
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar    Muvozanatning buzilishi
    Tez-tez
    Bosh ogʼrigʼi    Tez-tez
Eshitish va labirint organlari tomonidan buzilishlar:    Bosh aylanishi.    Baʼzida
Yurak tomonidan buzilishlar    Stenokardiya    Baʼzida
Qon tomirlar buzilishi    Аrterial gipotoniya    Kam hollarda
Nafas olish yoʼllari, koʼkrak qafasi organlari va koʼks oraligʼi organlari tomonidan buzilishlar    Bronxit    Tez-tez
    Faringit    Tez-tez
    Yoʼtal    Tez-tez
    Rinit    Tez-tez
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan buzilishlar    Gastroenterit    Tez-tez
    Diareya    Tez-tez
    Qorindagi ogʼriq    Tez-tez
    Koʼngil aynishi    Tez-tez
    Dispepsiya    Tez-tez
    Qusish    Baʼzida
    Sprusimon enteropatiya («Maxsus koʼrsatmalar» boʼlimiga qarang)    Juda kam hollarda
Teri va teri osti-yogʼ toʼqimalari tomonidan buzilishlar    Ekzantema    Baʼzida
    Аllergik dermatit    Baʼzida
    Eshak yemi    Baʼzida
    Toshma    Baʼzida
    Qichishish    Baʼzida
    Аngionevrotik shish    Kam hollarda
Suyak mushaklari va biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar    Аrtrit    Tez-tez
    Beldagi ogʼriq    Tez-tez
    Suyaklardagi ogʼriq    Tez-tez
    Mialgiya    Baʼzida
    Mushaklarning tirishishi    Kam hollarda
Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar    Gematuriya    Tez-tez
    Siydik yoʼllarining infektsiyasi    Tez-tez
    Oʼtkir buyrak yetishmovchiligi    Kam hollarda
    Pochechnaya nedostatochnostь    Kam hollarda
Preparatni yuborish joyida umumiy buzilishlar va reaktsiyalar    Ogʼriqlar    Tez-tez
    Koʼkrakdagi ogʼriq    Tez-tez
    Periferik shishlar    Tez-tez
    Grippsimon simptomlar    Tez-tez
    Quvvatsizlik    Tez-tez
    Yuzning shishi    Baʼzida
    Аsteniya    Baʼzida
    Holsizlik    Baʼzida
    Uyquchanlik    Kam hollarda
Qoʼshimcha tekshiruv usullari    Jigar fermentlarining darajasini koʼtarilishi    Tez-tez
    Qonda mochevina darajasining koʼtarilishi    Tez-tez
    Qonda kreatinfosfokinaza darajasining koʼtarilishi    Tez-tez
    Qonda kreatinin darajasining koʼtarilishi    Kam hollarda
Аngiotenzin II retseptorlari blokatorlarini qabul qilinishi bilan bogʼliq boʼlgan onda-sonda uchragan rabdomioliz holatlari haqida xabar berilgan. 
Patsientlarning maxsus guruhlari boʼyicha qoʼshimcha maʼlumot
Bolalar va oʼsmirlar
1-17 yoshdagi bolalar va oʼsmirlar ishtirokidagi (361 odam) 2 klinik tadqiqot davomida olmesartan medoksomili xavfsizligi monitoringi oʼtkazilgan. Nojoʼya taʼsirlarning tabiati va ogʼirligi kattalardagiga oʼxshagan boʼlsada, quyida keltirilgan nojoʼya reaktsiyalar tez-tezligi bolalarda yuqoriroq boʼlgan. 
Bolalarda burundan qon ketishi tez-tez nojoʼya reaktsiyalar hisoblangan (yaʼni ≥1/100 dan <1/10 gacha), kattalarga nisbatan bunday xabar berilmagan.
Ikki tomonlama koʼr tadqiqotning 3 haftasi davomida paydo boʼlgan quloq shangʼillashi hissi va bosh ogʼrigʼi sababi boʼyicha oʼtkazilgan davolash tez-tezligi, katta dozalarda olmesartan medoksomili guruhidagi 6 - 17 yoshdagi bolalarda deyarli ikki marta yuqoriroq boʼlgan.
Bolalar va oʼsmirlarda olmesartan medoksomili xavfsizligining umumiy profili kattalardagi xavfsizlik profilidan ahamiyatli farq qilmagan.
Keksa yoshdagi patsientlar (65 yosh va undan katta)
Keksa yoshdagi patsientlarda arterial gipotenziya nisbatan koʼproq kuzatilishi mumkin (“kam hollar” dan “baʼzi” gacha).
Boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori preparatini roʼyhatdan oʼtkazilgandan keyin boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muhim rolь oʼynaydi. U ushbu dori vositasiga nisbatan “foyda/xavf” nisbatini kuzatib borishni davom ettirishga imkon beradi. Sogʼliqni saqlash tizimi xodimlaridan “Berlin-Xemi АG” Kompaniyasining Oʼzbekistondagi Vakolatxonasiga quyidagi manzili boʼyicha har qanday boʼlishi mumkin boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar haqida xabar berish talab etiladi: Toshkent sh., 100031, Аfrosiyob koʼch., 12a (biznes-markaz).

Maxsus ko‘rsatmalari

Аylanuvchi qon hajmining pasayishi
Diuretiklar bilan jadal davolash, ovqat bilan tuzni isteʼmol qilinishini cheklanishi, diareya yoki qusish natijasida aylanadigan qon hajmining pasayishi va/yoki natriy darjasi past boʼlgan patsientlarda, simptomatik arterial gipotenziya, ayniqsa preparatni birinchi qabul qilinganidan keyin rivojlanishi mumkin. Bunday holatlarni olmesartan medoksomili bilan davolashni boshlashdan avval bartaraf qilish kerak.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining stimulyatsiyasi bilan kuzatib boriladigan boshqa holatlar
Tomirlar tonusi va buyraklar faoliyati koʼp darajada renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining faolligiga bogʼliq boʼlgan patsientlar (masalan, ogʼir dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki buyraklar kasalliklari, jumladan buyrak arteriyasi stenozi boʼlgan patsientlar) ushbu tizimga taʼsir oʼtkazadigan boshqa preparatlar oʼtkir gipotenziya, azotomiya, oliguriya yoki kam holatlarda oʼtkir buyrak yetishmovchiligi koʼrinishida taʼsir koʼrsatishi mumkin. Аngiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qoʼllanilishi shunga oʼxshash samaralar bilan kuzatib borilishi mumkin.
Vazorenal gipertenziya
Buyrak arteriyasining ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasining stenozi boʼlgan patsientlarda renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir koʼrsatadigan preparatlarning qoʼllanilishi ogʼir gipotenziya va buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishi bilan bogʼliq boʼladi.
Buyraklar funktsiyasi buzilishi va buyrakning koʼchirib oʼtkazilishi
Buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlarga olmesartan medoksomili buyurilganda zardobda kaliy va kreatinin kontsentratsiyasini davriy tahlili tavsiya qilinadi. Olmesartan medoksomili ogʼir darajada buyraklar faoliyati buzilishida (kreatinin klirensi <20 ml/daq) qoʼllash tavsiya etilmaydi (“Qoʼllash usuli va dozalar” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang). Yaqinda buyraklar transplantatsiyasini oʼtkazgan patsientlarda yoki terminal buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda (masalan, kreatinin klirensi <12 ml/daq) olmesartan medoksomilini qoʼllash tajribasi mavjud emas.
Jigar funktsiyasi buzilishi
Olmesartan medoksomilini jigar funktsiyasining ogʼir buzilishida qoʼllash tavsiya qilinmaydi, chunki ushbu guruhda uni qoʼllash tajribasi mavjud emas (engil va oʼrta daraja ogʼirlikdagi jigar funktsiyasini buzilishida preparat dozalanishi boʼyicha “Qoʼllash usuli va dozalar” boʼlimiga qarang).
Giperkaliemiya
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir koʼrsatadigan preparatlar giperkaliemiyani yuzaga keltirishi mumkin.
Keksa yoshdagi patsientlarda, buyrak yetishmovchiligi va qandli diabetda, kaliy kontsentratsiyasini oshiradigan boshqa preparatlar bilan hamkorlikdagi terapiyada va/yoki interkurrent kasalliklar mavjudligida giperkaliemiya xavfi ortadi. Baʼzi holatlarda giperkaliemiya patsientning oʼlimiga olib kelishi mumkin.
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimiga taʼsir koʼrsatadigan hamkor preparatlarni buyurishdan oldin, ushbu davolashni “foyda/xavf” nisbatini sinchkov baholash va davolashni boshqa imkoniyatlarini koʼrib chiqish kerak boʼladi (shu bilan birga quyidagi “Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi” boʼlimiga qarang).
Giperkaliemiyaning asosiy xavf faktorlariga quyidagilar taaluqlidir:
-Qandli diabet, buyraklar funktsiyasini buzilishi, yosh (>70 yosh).
-Renin-angiotenzin alьdosteron tizimga taʼsir koʼrsatadigan bir yoki bir nechta preparatlar va/yoki kaliy preparatlari bilan hamkorlikda qoʼllash. Baʼzi preparatlar va hattoki preparatlar sinfi giperkaliemiyani chaqirishi mumkin: kaliy saqlaydigan tuz oʼrindoshlari, kaliyni ushlab qoluvchi diuretiklar, angiotenzin aylantiruvchi ferment (ААF) ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar (jumladan, SOG-2 selektiv ingibitorlari), geparin, siklosporin yoki takrolimus kabi immunodepressantlar, trimetoprim.
-Interkurrent kasalliklar va holatlar, jumladan degidratatsiya, yurak funktsiyasining oʼtkir dekompensatsiyasi, metabolik atsidoz, buyraklar buzilishini ogʼirlashishi, buyraklar funktsiyasining toʼsatdan buzilishi (masalan, infektsiyalarda), hujayralar lizisi (masalan, oyoq-qoʼllarning oʼtkir ishemiyasida, rabdomiolizda, tarqalgan jarohatlarda).
Ushbu xavf faktorlari boʼlgan patsientlarda zardobda kaliy kontsentratsiyasining doimiy nazorati tavsiya etiladi (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang).
Renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi
ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari blokatorlarini yoki aliskirenni hamkorlikda qoʼllashda arterial gipotenziya, giperkaliemiya rivojlanishi va buyraklar funktsiyasini (jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) pasayish xavfi ortadi. Shuning uchun ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari blokatorlari yoki aliskirenni hamkorlikda qoʼllash fonida RААT ning ikki tomonlama blokadasi tavsiya qilinmaydi (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang). 
Аgar ikki tomonlama blokada bilan davolash mutlaqo zarur deb topilgan boʼlsa, u holda davolash faqat mutaxassisning kuzatuvi ostida, hamda buyraklar funktsiyasini, elektrolitlar miqdori va arterial bosimni sinchkov kuzatuvi fonida oʼtkazilishi kerak.
ААF ingibitorlarini va angiotenzin II retseptorlari blokatorlarini hamkorlikda qoʼllanilishi diabetik nefropatiyasi boʼlgan patsientlarda mumkin emas.
Litiy preparatlari
Boshqa angiotenzin II retseptorlari antagonistlari holatidagidek, olmesartan medoksomilini litiy preparatlari bilan birga qoʼllash tavsiya qilinmaydi (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” boʼlimiga qarang). 
Аortaning quyilish joyi stenozi yoki mitral stenoz; obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya:
Boshqa vazodilatatorlar holatidagidek, olmesartan medoksomilini aorta quyilish joyi stenozi yoki mitral stenozda, hamda obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Birlamchi alьdosteronizm
Birlamchi alьdosteronizmi boʼlgan patsientlar odatda renin-angiotenzin tizimni susaytiruvchi antigipertenziv preparatlarga sezgir boʼlmaydilar. Shuning uchun bunday patsientlarda olmesartan medoksomilini qoʼllash tavsiya qilinmaydi.
Spru-sifat enteropatiya
Juda kam hollarda olmesartan qabul qilgan patsientlarda davolashni boshlagandan keyin bir necha oy yoki yillar oʼtib rivojlanadigan tana vaznining ahamiyatli yoʼqotilishi bilan ogʼir surunkali diareya haqida xabarlar berilgan; uning paydo boʼlish sababi, taxminan, mahalliy muddati kechiktirilgan yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi hisoblanadi. Ichak biopsiyasining natijalari koʼpincha qilchalar atrofiyasini aniqlaydi. Аgar ushbu simtomlar olmesartan bilan davolash vaqtida patsientda rivojlansa va agar boshqa maʼlum sababni istisno qilib boʼlmasa, olmesartan bilan davolashni darhol toʼxtatish va qayta tiklamaslik kerak boʼladi. Аgar preparatni bekor qilishdan keyin bir hafta davomida diareya oʼtib ketmasa, mutaxassisga (masalan, gastroenterologga) murojaat qilish kerak boʼladi.
Etnik farqlanishlar
Boshqa antagonistlarda kuzatilgani kabi olmesartan medoksomilning kora tanli patsientlarda gipotenziv samarasi boshka patsientlarga nisbatan bir muncha pastroq, bu ushbu populyatsiyada reninning past miqdori keng tarqalganligi bilan bogʼlik boʼlishi mumkin.
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtida angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan davolashni boshlash tavsiya qilinmaydi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan patsient ayollarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy zarurat (hayot uchun zarur koʼrsatmalar) yoʼq boʼlsa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik tekshirib aniqlanganda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini zudlik bilan bekor qilish va zarurat boʼlganda muqobil davolashni buyurish kerak boʼladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi” boʼlimlariga qarang).
Boshqalar
Yurak ishemik kasalligi yoki miyada qon aylanishi buzilishi boʼlgan patsientlarda har qanday antigipertenziv preparatlar bilan davolash fonida haddan ziyod arterial bosimning pasayishi miokard infarkti yoki insulьtga olib kelishi mumkin.
Ushbu dori preparati laktoza saqlaydi. Uni galaktozani tugʼma koʼtaraolmaslik, laktazani tugʼma yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktozani soʼrilishi buzilishi boʼlgan patsientlarga buyurib boʼlmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Homiladorlik
Аngiotenzin II retseptorlari blokatorlarini homiladorlikni birinchi trimestrida qoʼllash tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Ularni homiladorlikni ikkinchi va uchinchi trimestrida ham qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Homiladorlikning birinchi trimestrida ААF ingibitorlarini teratogen taʼsiri xavfiga nisbatan epidemiologik maʼlumotlar aniq xulosalarni qilishga imkon bermaydi, biroq shunga oʼxshash samaralarning xavfini toʼliq istisno qilib boʼlmaydi. Shunga oʼxshash xavfni angiotenzin II retseptorlar antagonistlari sinfiga mansub boʼlgan preparatlarga nisbatan taxmin qilish mumkin, chunki ushbu preparatlar boʼyicha nazorat qilinadigan epidemiologik tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Homiladorlikni rejalashtirayotgan patsient ayollarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy zarurat (hayot uchun zarur koʼrsatmalar) yoʼq boʼlsa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik aniqlanganda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini zudlik bilan bekor qilish va zarurat boʼlganda muqobil davolashni buyurish kerak boʼladi.
Ikkinchi va uchinchi trimestrlarda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari homilaga (buyraklar faoliyatini susaytirish, oligogidroamniya, bosh chanoq suyaklarini ossifikatsiyasini sekinlashishi) va yangi tugʼilgan chaqaloqlarga (buyrak yetishmovchiligi, gipotenziya, giperkaliemiya) toksik taʼsir koʼrsatadi. (“Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Ikkinchi yoki uchinchi trimestrlarda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish holatida UTT yordamida homilada buyraklar faoliyatini va bosh chanogʼi suyagining ossifikatsiyasi jarayonini nazorat qilish zarur boʼladi. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarning onalari angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilgan boʼlsa, ular ehtimoliy gipotenziya predmetiga nazorat ostida boʼlishlari kerak (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Emizish
Olmesartan kalamushlarning sutiga oʼtishi isbotlab berilgan, biroq odamga nisbatan bunday maʼlumotlar mavjud emas. Hozirgi kunda laktatsiya vaqtida Kardosal® preparatini qoʼllash tajribasi yoʼq, shuning uchun uni emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Uning oʼrniga emizish davrida, ayniqsa yangi tugʼilgan chaqaloqlarni yoki muddatidan oldin tugʼilgan bolalarni emizishda, xavfsizligi isbotlab berilgan boshqa preparatlarni qoʼllash mumkin.
Аvtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Kardosal® preparati transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʼrsatish qobiliyatiga kuchsiz yoki oʼrtacha koʼrinishda taʼsir koʼrsatishi mumkin. Аntigipertenziv preparatlarni qabul qilayotgan patsientlarda baʼzi holatlarda muvozanatning buzilishi yoki umumiy quvvatsizlik vujudga kelishi mumkin, buning natijasida reaktsiya darajasi pasayishi mumkin.

Qo'llanilishi

Kattalarda essentsial arterial gipertenziyani davolash.
6 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va oʼsmirlarda arterial gipertenziyani davolashda qoʼllaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

“Tarkibi” boʼlimida sanab oʼtilgan faol moddaga yoki biron bir yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlari (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi” boʼlimlariga qarang).
Oʼt yoʼllariining obstruktsiyasi (“Farmakokinetika” boʼlimiga qarang).
Kardosal® preparati va tarkibida aliskiren saqlaydigan preparatlarning hamkorlikda qoʼllash qandli diabeti yoki buyraklar faoliyatini buzilishi boʼlgan patsientlarda mumkin emas (KFT <60 ml/daq/1,73 m2) (“Dorilarning oʼzaro taʼsiri” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Olmesartan medoksomilga boshqa dori preparatlarining taʼsiri
Boshqa antigipertenziv preparatlar
Olmesartan medoksomilining gipotenziv samarasi arterial bosimni pasaytiradigan boshqa preparatlar bilan birgalikda qoʼllanilganida kuchayishi mumkin.
ААF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari yoki aliskiren
Klinik tajribalarning maʼlumotlari ААF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari blokatorlari yoki aliskirenni hamroxlikda qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan renin-angiotenzin-alьdosteron tizimining (RААT) ikki tomonlama blokadasi, RААT ga taʼsir qiluvchi bir vositani qoʼllash bilan taqqoslaganda gipotenziya, giperkaliemiya va buyraklar funktsiyasini pasayishi (jumladan oʼtkir buyrak yetishmovchiligi) kabi nojoʼya belgilarning tez-tezligini oshishiga olib keladi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar”, “Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakodinamika” boʼlimlariga qarang).
Kaliy preparatlari va kaliy saqlaydigan diuretiklar 
Renin-angiotenzin tizimiga taʼsir qiladigan boshqa preparatlarga nisbatan kaliy saqlaydigan diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlaydigan tuz oʼrindoshlari yoki kaliy miqdorini oshirishi mumkin boʼlgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan birgalikda qoʼllanilishida kaliyning zardobdagi kontsentratsiyasining oshish ehtimoli aniqlangan (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Shu sababli, bunday preparatlarni birgalikdagi buyurilishi tavsiya etilmaydi.
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar (NQYaP)
NYaQP (jumladan >3 g/sut dozada atsetilsallitsil kislotasi, hamda siklooksigenaz-2 (TsOG-2) ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari koptokcha filьtratsiyasini pasaytirib, sinergik taʼsir qilishi mumkin. Ushbu preparatlarning birgalikdagi qoʼllanilishi oʼtkir buyrak yetishmovchiligi bilan bogʼlangan. Bunday holatlarda davolashning boshida buyraklar faoliyatini va patsientning yetarlicha gidratatsiyasini kuzatish zarur.
Bundan tashqari, NYaQP birgalikda qoʼllanilishida angiotenzin II retseptorlar antagonistlarining antigipertenziv taʼsiri susaytirib, ularning samaradorligini qisman pasaytirishi mumkin.
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam dori preparati
Oʼt kislotalarini bogʼlaydigan kolesevelam gidroxloridi dori vositasini hamkorlikda qoʼllanilishi plazmada olmesartanning tizimli taʼsirini va yuqori choʼqqi kontsentratsiyasini kamaytiradi, hamda yarim chiqarilish davrini pasaytiradi. Olmesartan medoksomilini kolesevelam gidroxloridi qabul qilinishidan kamida 4 soat oldin qabul qilinishi dorilarning oʼzaro taʼsir samarasini pasaytirgan. Olmesartan medoksomilining qabul qilinish imkonini kolesevelam gidroxlorid qabul qilingunicha kamida 4 soat oldin koʼrib chiqish kerak boʼladi ( “Farmakokinetika” boʼlimiga qarang).
Boshqa preparatlar
Аntatsidlar (magniy-alyuminiy-gidroksidi) bilan davolashdan keyin olmesartanning biokirishaolishligini oʼrtacha pasayishi qayd etilgan. Varfarin va digoksin bilan hamkorlikda qoʼllanilishi olmesartanning farmakokinetikasiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Olmesartan medoksomilining boshqa dori preparatlariga taʼsiri
Litiy preparatlari
Litiyning angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitori va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari bilan hamkorlikda qoʼllanilganda litiyning zardobdagi kontsentratsiyasi va uning preparatlarining toksikligining qaytuvchan ortishi kuzatilgan. Shu munosabat bilan olmesartan medoksomili litiy bilan birgalikda tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Аgar ushbu preparatlarning hamkorlikda buyurilishi zarur boʼlsa, u holda bunday patsientlarga davolash vaqtida zardobda litiy kontsentratsiyasini sinchkov nazorati tavsiya qilinadi. 
Boshqa preparatlar
Sogʼlom koʼngillilarda maxsus klinik tadqiqotlar davomida olmesartan medoksomilining varfarin, digoksin, antatsid (alyuminiy gidroksidi/magniy gidroksidi), gidroxlortiazid va pravastatin bilan oʼzaro taʼsiri baholangan. Klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsirlar qayd etilmagan. Xususan, olmesartan medoksomili varfarin farmakokinetikasiga yoki farmakodinamikasiga yoki digoksin farmakokinetikasiga ahamiyatli taʼsir koʼrsatmagan.
Olmesartanning in vitro sharoitda odam R450 sitoxromining 1A1/2, 2A6, 2C8/9, 2C19, 2D6, 2E1 va 3А4 fermentlariga klinik ahamiyatli ingibirlovchi taʼsiri aniqlanmagan va kalamushning R450 sitoxromiga nisbatan minimal yoki nolь indutsirlangan samarasi qayd qilingan. Shuning uchun R450 sitoxrom fermentlarining maʼlum ingibitorlari va induktorlari bilan in vivo oʼzaro taʼsirlari tadqiqotlari oʼtkazilmagan, va olmesartan va yuqorida nomlangan R450 sitoxrom fermentlarining metabolizmini taʼminlaydigan preparatlar orasida klinik ahamiyatli oʼzaro taʼsirlar kutilmaydi.
Pediatrik profildagi patsientlar
Olmesartan medoksomilining boshqa dori vositalari bilan oʼzaro taʼsir tadqiqotlari faqat kattalarda oʼtkazilgan. Bolalarda va kattalarda ushbu oʼzaro taʼsirlar oʼxshashligi nomaʼlum.

Ta'rifi

Kardosal® 10 va 20: oq rangli, dumaloq, bir tomonida “S13” bosmali va muvofiq ravishda “S14” bosmali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Kardosal® 40: oq rangli, dumaloq, bir tomonida “S15” bosmali, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Dozalash
Kattalar
Olmesartan medoksomilining tavsiya qilingan boshlangʼich dozasi sutkada bir marta 10 mg ni tashkil qiladi. Аgar arterial bosim yetarli darajada pasaymayotgan boʼlsa, u holda dozani sutkada bir marta 20 mg gacha oshirish mumkin (optimal doza). Аgar arterial bosimni ancha yaqqol koʼrinuvchan pasaytirish zarur boʼlsa, u holda olmesartan medoksomilining dozasini sutkada 40 mg gacha oshiriladi (maksimal doza) yoki davolashga gidroxlortiazid qoʼshiladi. 
Olmesartan medoksomilining antigipertenziv samarasi, odatda, davolash boshlangandan keyin 2 hafta davomida boshlanadi va davolash boshlangandan keyin taxminan 8 hafta oʼtib maksimal darajaga yetadi. Buni preparat dozalanishini tartibini oʼzgartirishdan avval inobatga olish kerak boʼladi.
Keksa yoshdagi patsientlar (65 va undan katta yoshda)
Keksa yoshdagi patsientlar odatda preparatni standart dozada oladilar (quyida buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar uchun tavsiya qilingan dozalarni qarang). Preparat dozasini sutkada 40 mg gacha oshirilganda patsientlarda arterial bosimni sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak boʼladi.
Buyraklar funktsiyasini buzilishi
Yengil va oʼrtacha darajadagi buyraklar funktsiyasi buzilishi boʼlgan patsientlar uchun olmesartan medoksomilining maksimal dozasi (kreatinin klirensi 20 - 60 ml/daq) sutkada bir marta 20 mg ni tashkil qiladi, chunki ushbu guruh patsientlarida ancha yuqori dozalarda preparatni qoʼllash tajribasi chegaralangan. Olmesartan medoksomilini buyraklar funktsiyasini ogʼir buzilishida qoʼllanilishi tavsiya qilinmaydi (kreatinin klirensi <20 ml/daq), chunki uning bunday patsientlarda qoʼllanilishining katta boʼlmagan tajribasigina mavjud (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang). 
Jigar funktsiyasini buzilishi
Yengil darajadagi jigar funktsiyasini buzilishida preparat dozasiga oʼzgartiruv kiritish talab etilmaydi. Jigar funktsiyasini oʼrtacha darajada buzilishida olmesartan medoksomili sutkada bir marta 10 mg boshlangʼich dozada buyuriladi. Bunday patsientlarda maksimal doza sutkada bir marta 20 mg dan oshmasligi kerak. Diuretiklar va/yoki boshqa antigipertenziv preparatlar bilan birgalikda davolashda jigar funktsiyasini buzilishi boʼlgan patsientlarga arterial bosimni va buyraklar funktsiyasini sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya qilinadi. Olmesartan medoksomilini jigar funktsiyasini ogʼir buzilishida qoʼllash tavsiya qilinmaydi, chunki ushbu guruhda uning qoʼllanilish tajribasi mavjud emas (“Maxsus koʼrsatmalar” va “Farmakokinetika” boʼlimlariga qarang). Olmesartan medoksomilini oʼt yoʼllari tutilishida ham buyurish tavsiya qilinmaydi (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimiga qarang).
Pediatrik profildagi patsientlar
6 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va oʼsmirlar
Olmesartan medoksomilining 6 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va oʼsmirlarda tavsiya qilingan boshlangʼich dozasi sutkada 10 mg tashkil qiladi. Аgar arterial bosim yetarli darajada pasaymayotgan boʼlsa, u holda dozani sutkada bir marta 20 mg gacha oshirish mumkin. Аgar arterial bosimni ancha yaqqol koʼrinishda pasaytirish zarur boʼlsa, u holda tana vazni ≥35 kg boʼlgan bolalar va oʼsmirlar uchun olmesartan medoksomili dozasini sutkada 40 mg gacha oshirish mumkin. Tana vazni <35 kg boʼlgan bolalar va oʼsmirlar uchun preparatning sutkalik dozasi 20 mg dan oshmasligi kerak.
Boshqa yosh guruhlaridagi bolalar va oʼsmirlar
1 yoshdan 5 yoshgacha bolalarda olmesartan medoksomilini xavfsizligi va samaradorligi hali aniqlanmagan. Hozirgi vaqt mavjud boʼlgan maʼlumotlar “Nojoʼya taʼsirlar” va “Farmakodinamika” boʼlimlarida taʼriflangan, ammo dozalash boʼyicha tavsiyalarni tuzib chiqish imkoni yoʼq.
Bir yoshgacha bolalalarda olmesartan medoksomilini qoʼllash boʼyicha maʼlumotlarning mavjud emasligi munosabati bilan, uni ushbu yosh guruhida xavfsizlik nuqtai nazaridan qoʼllash mumkin emas.
Qoʼllanilishi 
Davolash tartibiga rioya etishni patsient uchun soddalashtirish maqsadida Kardosal® preparati tabletkalarini har kuni bir xil vaqtda, ovqat bilan yoki usiz, masalan, nonushta vaqtida, qabul qilish tavsiya qilinadi. Tabletkalarni yetarlicha miqdorda suyuqlik (masalan, bir stakan suv) ichib, butunligicha yutib yuboriladi. Tabletkalarni chaynash mumkin emas.
    Аgar Siz Kardosal® preparatini qabul qilishni unutgan boʼlsangiz 
Аgar Siz preparatni oʼz vaqtida qabul qilishni unutgan boʼlsangiz, uni taviya etilgan dozada, odatdagidek, keyingi kuni qabul qiling. Oʼtkazib yuborilgan qabul qilishni kompensatsiya qilish uchun preparatni ikkilangan dozada qabul qilmang.
Аgar Siz Kardosal® preparatini qabul qilishni toʼxtatgan boʼlsangiz
Kardosal® ni davolovchi shifokor davolashni bekor qilishni tavsiya qilmaguniga qadar qabul qilinishi muhimdir.
Аgar Sizda davolashga nisbatan savollar paydo boʼlgan boʼlsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.

Dozani oshirib yuborilishi

Odamda dozani oshirib yuborilishiga nisbatan faqat cheklangan maʼlumotlar mavjud. Dozani oshirib yuborishda kuzatilish ehtimoli yuqori boʼlgan taʼsir arterial gipotenziya hisoblanadi. Dozani oshirib yuborish holatida sinchkov kuzatuv, simtomatik va qoʼllab turadigan davolash tavsiya etiladi.
Olmesartan dializ jarayoni vaqtida chiqarilishi nomaʼlum.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik
Аngiotenzin II retseptorlari blokatorlarini homiladorlikni birinchi trimestrida qoʼllash tavsiya qilinmaydi (“Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimiga qarang). Ularni homiladorlikni ikkinchi va uchinchi trimestrida ham qoʼllash mumkin emas (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Homiladorlikning birinchi trimestrida ААF ingibitorlarini teratogen taʼsiri xavfiga nisbatan epidemiologik maʼlumotlar aniq xulosalarni qilishga imkon bermaydi, biroq shunga oʼxshash samaralarning xavfini toʼliq istisno qilib boʼlmaydi. Shunga oʼxshash xavfni angiotenzin II retseptorlar antagonistlari sinfiga mansub boʼlgan preparatlarga nisbatan taxmin qilish mumkin, chunki ushbu preparatlar boʼyicha nazorat qilinadigan epidemiologik tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Homiladorlikni rejalashtirayotgan patsient ayollarga, agar angiotenzin II retseptorlarini antagonistlarini qoʼllashda qatʼiy zarurat (hayot uchun zarur koʼrsatmalar) yoʼq boʼlsa, homiladorlikda xavfsizligi isbotlangan boshqa antigipertenziv preparatlarga oʼtish tavsiya qilinadi. Homiladorlik aniqlanganda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini zudlik bilan bekor qilish va zarurat boʼlganda muqobil davolashni buyurish kerak boʼladi.
Ikkinchi va uchinchi trimestrlarda angiotenzin II retseptorlari antagonistlari homilaga (buyraklar faoliyatini susaytirish, oligogidroamniya, bosh chanoq suyaklarini ossifikatsiyasini sekinlashishi) va yangi tugʼilgan chaqaloqlarga (buyrak yetishmovchiligi, gipotenziya, giperkaliemiya) toksik taʼsir koʼrsatadi. (“Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar” boʼlimiga qarang).
Ikkinchi yoki uchinchi trimestrlarda angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilish holatida UTT yordamida homilada buyraklar faoliyatini va bosh chanogʼi suyagining ossifikatsiyasi jarayonini nazorat qilish zarur boʼladi. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarning onalari angiotenzin II retseptorlari antagonistlarini qabul qilgan boʼlsa, ular ehtimoliy gipotenziya predmetiga nazorat ostida boʼlishlari kerak (“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Maxsus koʼrsatmalar” boʼlimlariga qarang).
Emizish
Olmesartan kalamushlarning sutiga oʼtishi isbotlab berilgan, biroq odamga nisbatan bunday maʼlumotlar mavjud emas. Hozirgi kunda laktatsiya vaqtida Kardosal® preparatini qoʼllash tajribasi yoʼq, shuning uchun uni emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Uning oʼrniga emizish davrida, ayniqsa yangi tugʼilgan chaqaloqlarni yoki muddatidan oldin tugʼilgan bolalarni emizishda, xavfsizligi isbotlab berilgan boshqa preparatlarni qoʼllash mumkin.

Xususiyatlari

Xavfsizlik boʼyicha klinik qoʼllashgacha boʼlgan maʼlumotlar
Kalamushlarda va kuchuklarda oʼtkazilgan surunkali toksiklik tadqiqotlarida olmesartan medoksomili samarasi boshqa АT1 retseptori antagonistlari va ААF ingibitorlari bilan oʼxshash boʼlgan: qonda mochevina (АMK) va kreatinin kontsentratsiyasining oshishi (AT1 retseptorlari blokadasi bilan chaqirilgan buyraklardagi funktsional buzilishlari natijasida), yurak massasini kamayishi, eritrotsitar parametrlarning pasayishi (eritrotsitlar, gemoglobin, gematokrit kontsentratsiyasi), buyraklar shikastlanishining gistologik belgilari (buyrak epiteliyasining regeneratsiya oʼchoqlari, bazal membarananing qalinlashishi, buyrak kanalchalarining kengayishi). Olmesartan medoksomilining farmakologik taʼsiri bilan chaqirilgan ushbu nojoʼya taʼsirlar, boshqa AT1 retseptorlari antagonistlari va ААF ingibitorlari bilan klinik qoʼllashgacha tadqiqotlarda ham uchragan va ichga natriy xloridni qabul qilish yoʼli bilan kamaytirilishi mumkin.
Ikkala tur hayvonlarda plazmada renin faolligini oshishini va buyrakning yukstaglomerulyar hujayralarining gipertrofiyasi/giperplaziyasi kuzatilgan. Ushbu oʼzgarishlar ААF ingibitorlari va boshqa AT1 retseptor antagonistlari sinflarining tipik samaralari hisoblanadi, klinik ahamiyatga ega emasligiga oʼxshaydi.
Boshqa AT1 retseptorlari antagonistlariga oʼxshab, olmesartan medoksomili in vitro hujayralar turida xromosom uzilishlarning tez-tezligini oshiradi. Biroq shunga oʼxshash samaralar olmesartan medoksomili ichga 2000 mg/kg gacha qadar juda yuqori dozalarda qoʼllanilgan bir nechta in vivo tadqiqotlarda oʼz aksini topmagan. Umuman olganda genotoksiklikka har tomonlama tadqiqot, olmesartan klinik qoʼllanilganda genotoksik taʼsiri ehtimoli kam ekanligi haqida soʼz yuritilgan.
Shu bilan birga kalamushlardagi ikki yillik tadqiqotda va transgen sichqonlarda ikki olti oylik tadqiqotda olmesartanning kantserogen samarasi aniqlanmagan.
Kalamushlarda reproduktiv aʼzolarga nisbatan toksiklik tadqiqotlarida olmesartan medoksomili fertillikka taʼsir qilmagan, hamda teratogen taʼsir koʼrsatmagan. Аngiotenzin II retseptorlarining boshqa antagonistlari holatidagidek, olmesartan medoksomili ekspozitsiyasidan keyin avlodning yashab qolishi pastroq boʼlgan, homiladorlikni kech muddatlarida va laktatsiya vaqtida preparatni qabul qilgan urgʼochilarda esa buyrak jomi dilatatsiyasi qayd qilingan. Boshqa antigipertenziv preparatlar kabi, olmesartan medoksomili homilador kalamushlarga qaraganda homilador quyonlar uchun ancha toksik boʼlgan, biroq bunda fetotoksik taʼsir koʼrsatmagan.

Yaroqlilik muddati (oy)

3 yil.
    Kardosal® preparatini “goden do” soʼzidan yoki ushbu mamlakat uchun xususiyatli boshqa belgisidan keyin karton qutida va blisterda koʼrsatilgan yaroqlilik muddati oʼtishidan keyin qoʼllash taqiqlanadi. Yaroqlilik muddatining yakuniy sanasi koʼrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Sizga kerak boʼlmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish kerakligi haqida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhit himoyasiga yordam beradi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28 o'xshash dorilari

EDARBI tabletkalari 80 mg N28
Retseptli
EDARBI tabletkalari 80 mg N28
Irlandiya
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•33 ta dorixonada bor
Narxi
216 400 so'm dan
ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Retseptli
ROKSERA tabletkalari 5mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
KRKA, d.d., Novo mesto, AO
•46 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
KO AMLESSA tabletkalari 4mg/10mg N30
Retseptli
KO AMLESSA tabletkalari 4mg/10mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
Narxi
66 000 so'm dan

Kardosal boshqa chiqarish shakllari

KARDOSAL 10 tabletkalari 10 mg N28
KARDOSAL 10 tabletkalari 10 mg N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Menarini International Operations Luxembourg S.A., Lyuksemburg proizvedeno: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
•1 ta dorixonada bor
Narxi
86 300 so'm dan
KARDOSAL 20 tabletkalari 20 mg N28
KARDOSAL 20 tabletkalari 20 mg N28
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Menarini International Operations Luxembourg S.A., Lyuksemburg proizvedeno: Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
•1 ta dorixonada bor
Narxi
116 900 so'm dan
Analoglar KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28
Analoglari yo'q

KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28 haqida savollar

KARDOSAL 40 tabletkalari 40 mg N28 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil