Ташкент
logo
SavatKirish

KETOSAN tabletkalari N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Life Pharma Systems LLP, Velikobritaniya proizvedeno: WEST-COAST PHARMACEUTICAL WORKS LTD
ATX kodi:V06DD
Barcha Ketosan dorilari
80 ta dorixonada bor
Narxi 417 500 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 80 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KETOSAN tabletkalari N100 o'xshash dorilari

KETOSAN tabletkalari N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Blistera 10 tabletka dan. 10 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karobkada.

Farmakokinetikasi

Sog'lom odamlarda plazmadagi ketokislota miqdori preparatni qabul qilgandan so'ng 10 minutdan keyin oshadi. 20-60 minutdan keyin pik pog'onasigacha ko'tariladi, 90 minutdan keyin esa bazali diapazonida darajasigacha barqarorlashadi. Meda-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Bir vaqtning o'zida ketokislota va muvofiq ravishda aminokislotalarning miqdorining oshishi ketokislotalarning xarakatlanish tezligini ko'rsatadi. Organizmda ketokislotalarning fiziologik yo'llarda so'rilishi uni tashqaridan kabul qilingan ketokislotalarni metobolizm tsikliga tez o'tishini ta'minlaydi. Ketokislotalar klassik aminokislotalar kabi katobolik yo'llarda suriladi. Bugungi kunda ketokislotalarning ekskresiyasi haqida aniq tadqiqotlar mavjud emas.

Farmakologik ta'siri

Aminokislotalarning plazmadagi kinetikasi va ularning metabolik yo'llarga qo'shilishi yaxshi ma'lum. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, uremiya bilan og'rigan bemorlarda ko'pincha ushbu bemorlarda uchraydigan plazma darajasining o'zgarishi, etkazib berilgan aminokislotalarning singishi, ya'ni so'rilishining o'zi buzilmaydi. Plazmadagi darajasini o'zgarishi, kasallikning juda erta bosqichida aniqlanishi mumkin bo'lgan keyingi so'rilgan kinetikani buzilishi bilan bog'liq.

Nojo'ya samaralari

Moddalar almashinuvining va ovqatlanishning buzilishi: kam xollarda – giperkaltsiemiya

Giperkaltsiemiya kuzatilganda vitamin D ni qabul qilishni kamaytirish kerak. Agar doimiy giperkaltsiemiya bo'lsa, alfa Ketonalog dozasini va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tablekalarni, shuningdek boshqa har qanday kaltsiy manbalarini iste'mol qilishni kamaytirish kerak. 

Extiyotkorlik choralari

Qon zardobidagi kaltsiy miqdorini doimiy ravishda nazorat qilish kerak.

Etarlicha kaloriya iste'molini ta'minlash kerak.

Hozirgacha Pediatrik bemorlarda qo'llanilganligi to'g'risida ma'lumotlar olinmagan.

Irsiy fenilketonuriya bo'lganda alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar fenilalanin saqlashiga etibor berish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Xomiladorlik va laktasiya

Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi preparatlar xomilador ayollar tomonidan qabul qilish to'g'risida ma'lumotlar etarli emas. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar xomiladorlarga, embrional rivojlanishga, tug'ruq yoki tug'iqdan keyingi rivojlanishga to'g'ridan-to'g'ri yoki qo'shimcha zarar etkazishi ko'rsatilmagan. Xomiladorlarga dorini extiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Bugungi kungacha emizish davridagi qabul to'g'risida tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi.

Qo'llanilishi

Ovqat orqali oqsilning organizmga kam (40 g /kuniga yoki undan kam) tushishi natijasida buyraklarning surunkali etishmovchiligidan kelib chiqqadigan oqsil almashinuvining buzilishi yoki etishmovchiligi sababli yuzaga kelgan kasalliklarni da'volash va oldini olishda qo'llaniladi. Asosan bu buyrakning kalavalar filtrasiyasi 25 ml/min dan kam bo'lgan bemorlarga ta'luqli. 

Almashinmaydigan aminokislotalarning azot analoglarini saqlamaydigan aminokislotalar

Dietoterapiyada, surunkali buyrak etishmovchiligida ko'llaniladi

Uremik xolatni yaxshilaydi, ovqatlanish xolatini yaxshilaydi, kasallikni rivojlanishini sekinlashtiradi va buyrak funktsiyasini himoya qiladi. 

Oqsil miqdorining kam saqlaydigan dietada metobolik asoratni osonlashtirish orqali dializni oldini olish yoki to'xtatishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ta'sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.

Giperkaltsiemiya.

Aminokislotalar almashinuvining buzilishida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan qabul qilinganda qon zardobida kaltsiyning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiluvchi (masalan: tetrasiklinlar, tsiprofloksasin va norfloksasin kabi xinolinlar, shuningdek temir, ftorid yoki estramustin saqlovchi) preparatlarni alfaketoanalog bilan bir vaqtda kabul qilmaslik kerak. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalarni qabul qilish oralig'i kamida ikki soatni tashkil qilishi kerak. Kardioaktiv glikozidlarga sezuvchanlik aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar qon zardobida kaltsiy miqdorini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar bilan davolashda uremik alomatlar yaxshilanadi. Shuningdek tarkibida alyuminiy gidroksid saqlovchi preparat qabul qilinganda, kerak bo'lganda ushbu preparat dozasi kamaytirilishi kerak. Qon zardobi tarkibidagi fosfat miqdori kamaytirilishi nazorat qilinishi kerak.

Ta'rifi

Sariq rangdagi qobiq bilan qoplangan, kapsula shaklidagi, ikki tomoni qabariq tabletkalar.

Dozirovkasi

Agar kattalar uchun (tana vazni 70 kg) boshqa doza ko'rsatilmagan bo'lsa, 4 tadan 8 ta tabletkagacha kuniga uch marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. 

Tabletkalarni chaynash mumkin emas. Ovqat vaqtida qabul qilish dorini to'g'ri o'zlashtirilishini va aminokislotalarning metabolizmini ta'minlaydi.

Bolalarda qabul qilish o'rganilmagan.

Alfa ketoanalog va almashmaydigan aminokislotalar saqlaydigan tabletkalarni buyrakning kalavalar filtrasiyasi tezligi 25 ml/min dan kam bo'lgungacha va bir vaqtning o'zida organizmga oqsil tushishi kattalar uchun 40 g/kuniga kam bo'lgungacha qabul qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozaning oshib ketishi to'g'risida ma'lumot maqjud emas.

Analoglar KETOSAN tabletkalari N100
Analoglari yo'q

KETOSAN tabletkalari N100 savollari

KETOSAN tabletkalari N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil