Ketosan
Ketosan chiqarilish shakllari

Ketosan haqida qo'llanma
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi modda yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
Giperkaltsiemiya.
Aminokislotalar almashinuvining buzilishida qo'llash mumkin emas.
Farmakokinetikasi
Sog'lom odamlarda plazmadagi ketokislota miqdori preparatni qabul qilgandan so'ng 10 minutdan keyin oshadi. 20-60 minutdan keyin pik pog'onasigacha ko'tariladi, 90 minutdan keyin esa bazali diapazonida darajasigacha barqarorlashadi. Meda-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Bir vaqtning o'zida ketokislota va muvofiq ravishda aminokislotalarning miqdorining oshishi ketokislotalarning xarakatlanish tezligini ko'rsatadi. Organizmda ketokislotalarning fiziologik yo'llarda so'rilishi uni tashqaridan kabul qilingan ketokislotalarni metobolizm tsikliga tez o'tishini ta'minlaydi. Ketokislotalar klassik aminokislotalar kabi katobolik yo'llarda suriladi. Bugungi kunda ketokislotalarning ekskresiyasi haqida aniq tadqiqotlar mavjud emas.
Farmakologik ta'siri
Aminokislotalarning plazmadagi kinetikasi va ularning metabolik yo'llarga qo'shilishi yaxshi ma'lum. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, uremiya bilan og'rigan bemorlarda ko'pincha ushbu bemorlarda uchraydigan plazma darajasining o'zgarishi, etkazib berilgan aminokislotalarning singishi, ya'ni so'rilishining o'zi buzilmaydi. Plazmadagi darajasini o'zgarishi, kasallikning juda erta bosqichida aniqlanishi mumkin bo'lgan keyingi so'rilgan kinetikani buzilishi bilan bog'liq.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozaning oshib ketishi to'g'risida ma'lumot maqjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalari
Xomiladorlik va laktasiya
Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi preparatlar xomilador ayollar tomonidan qabul qilish to'g'risida ma'lumotlar etarli emas. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar xomiladorlarga, embrional rivojlanishga, tug'ruq yoki tug'iqdan keyingi rivojlanishga to'g'ridan-to'g'ri yoki qo'shimcha zarar etkazishi ko'rsatilmagan. Xomiladorlarga dorini extiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Bugungi kungacha emizish davridagi qabul to'g'risida tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlar bilan qabul qilinganda qon zardobida kaltsiyning ko'payishiga olib kelishi mumkin. Kaltsiy bilan qiyin eruvchi birikmalar hosil qiluvchi (masalan: tetrasiklinlar, tsiprofloksasin va norfloksasin kabi xinolinlar, shuningdek temir, ftorid yoki estramustin saqlovchi) preparatlarni alfaketoanalog bilan bir vaqtda kabul qilmaslik kerak. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalarni qabul qilish oralig'i kamida ikki soatni tashkil qilishi kerak. Kardioaktiv glikozidlarga sezuvchanlik aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar qon zardobida kaltsiy miqdorini oshiradi. Alfa ketoanalog va almashinmaydigan aminokislotalar saqlovchi tabletkalar bilan davolashda uremik alomatlar yaxshilanadi. Shuningdek tarkibida alyuminiy gidroksid saqlovchi preparat qabul qilinganda, kerak bo'lganda ushbu preparat dozasi kamaytirilishi kerak. Qon zardobi tarkibidagi fosfat miqdori kamaytirilishi nazorat qilinishi kerak.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Agar kattalar uchun (tana vazni 70 kg) boshqa doza ko'rsatilmagan bo'lsa, 4 tadan 8 ta tabletkagacha kuniga uch marta ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Tabletkalarni chaynash mumkin emas. Ovqat vaqtida qabul qilish dorini to'g'ri o'zlashtirilishini va aminokislotalarning metabolizmini ta'minlaydi.
Bolalarda qabul qilish o'rganilmagan.
Alfa ketoanalog va almashmaydigan aminokislotalar saqlaydigan tabletkalarni buyrakning kalavalar filtrasiyasi tezligi 25 ml/min dan kam bo'lgungacha va bir vaqtning o'zida organizmga oqsil tushishi kattalar uchun 40 g/kuniga kam bo'lgungacha qabul qilinadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)












