Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3

KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Gruziya
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Biofarm, AO
Vakil:VEGAPHARM
ATX kodi:A11JC
Barcha Kokarbens dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3 o'xshash dorilari

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•107 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
Narxi
102 200 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan

KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:  

faol modda: nikotinamid - 20 mg, kokarboksilaza - 60 mg, tsianokobalamin – 600 mkg, dinatriy adenozintrifosfat trigidrati - 10 mg. 

Erituvchining xar bir ampulasi 10 mg lidokain, 2 ml 0,5% gidroxloridi eritmasi ko'rinishida saqlaydi. yordamchi moddalar: glisin, metilparagidroksibenzoati.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Preparat: liofilizasiya qilingan preparat 2 ml nominal xajmli SHP turdagi to'q neytral shisha ampulalarda. 

Erituvchi: 0,5% lidokain gidroxloridi eritmasi 2 ml dan 2 ml nominal xajmli SHP turdagi to'q neytral shisha ampulalarda. 

Ikkilamchi o'ram: 3 ampuladan preparat va 3 ampula erituvchi polivinilxloridli blisterga joylangan.  

1 blister tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan yaltiroq kartondan yasalgan poligrafik qutiga joylangan.

Farmakologik ta'siri

Farmakodinamikasi 

ATF yurak-qon tomirlari tizimini kengaytiradi va yurak mushagining qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi. ATF yuqorienergetik fosfoefir bog'larining uzilishi natijasida ajralib chiqadigan energiya, yurak mushagining energiya bilan ta'minlanishida qo'llaniladi. 

Kokarboksilaza koferment xisoblanadi, u organizmda tiaminning fosforlanishida xosil bo'ladi va organizmning ko'pchilik faoliyatlariga boshqaruvchi ta'sir ko'rsatadi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, ayniqsa uglevodlar almashinuvida muxim rol o'ynaydi; nerv to'qimasining trofikasini yaxshilaydi; yurak-qon tomir tizimining faoliyatini normallashishiga yordam beradi. 

Tsianokobalamin (V12 vitamini) transmetillanish jarayonida; metionin, nuklein kislotasi va Kolin sintezi jarayonlarida, shuningdek eritrositlarning shakillanishida ishtirok etadi. V12 vitamini nerv tizimining faoliyatiga ijobiy samara ko'rsatadi, bosh miyaning ishini yaxshilaydi, mielin qobig'iga kiruvchi lipoproteinlarning xosil bo'lishi uchun zarur bo'lgan fermentlarning sintezida ishtirok etadi. 

Nikotinamid fosforlanish, suv va elektrolitlarning metabolizmi jarayonlarini boshqaradi. Nikotinamidning yurak-qon tomir tizimiga farmakologik ta'siri, uning tomirlarni kengaytiruvchi samarasi bilan bog'liq. 

Farmakokinetikasi 

Nikotinamid – barcha to'qimalarga tez taqsimlanadi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ko'krak sutida chiqariladi. Nikotinamid-N-metilnikotinamid xosil bo'lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi. 

Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1,3 soatni tashkil qiladi, taqsimlanishining stasionar xajmi – taxminan 60 litr, umumiy klirensi – taxminan 0,6 l/minut. Kokarboksilaza – mushak ichiga yuborilganidan keyin tez so'riladi. Organizmning ko'pchilik to'qimalariga o'tadi. Metabolik parchalanishga duchor bo'ladai. Metabolizm maxsulotlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. 

Tsianokobalamin – qonda tsianokobalamin I va II transkobalaminlar bilan bog'lanadi, ular uni to'qimalarga tashiydilar. Asosan jigarda to'planadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – 90%. Mushak ichiga yuborilganidan keyin tez va to'liq so'riladi. Mushak ichiga yuborilganidan keyin maksimal kontsentrasiyasiga 1 soat o'tgach erishiladi. Jigardan o'tsafro bilan ichakka chiqariladi va yana qonga so'riladi. Buyraklarning faoliyati normal bo'lganda – 7-10% buyraklar orqali, taxminan 50% - ichak orqali chiqariladi. Buyraklarning faoliyati pasayganda – 7% buyraklar, 70-100% - ichak orqali chiqariladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali va ko'krak sutiga o'tadi. 

Dinatriy adenozintrifosfat trigidrati * parenteral yuborilganidan keyin a'zolarning xujayralariga kiradi, u erda energiya ajralib chiqishi bilanadenozin va noorganik fosfatga parchalanadi. Keyinchalik parchalanish maxsulotlari ATF ni qayta sinteziga kirishadi.

Nojo'ya samaralari

  Noxush nojo'ya reaktsiyalarning ko'rinishlarini tez-tezligi JSST tasnifiga muqofiq berilgan: buda tez-tez (1/10 dan ko'p); tez-tez (1/10 dan kam, lekin 1/100 dan ko'p emas); teztez emas (1/100 dan kam, lekin 1/1000 dan ko'p emas); kam (1/1000 dan kam, lekin 1/10000 dan ko'p emas); juda kam (1/10000 dan kam, aloxida xollarni xam qo'shib; tez-tezligi noma'lum. Immun tizimi tomonidan: kam xollarda – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, nafasni qiyinlashishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi). 

Nerv tizimi tomonidan: aloxida xollarda – bosh aylanishi, bosh aylanishi, qo'zg'alish, ongning chalkashishi. 

Yurak tomonidan: juda kam xollarda – taxikardiya; aloxida xollarda bradikardiya, aritmiya; tez-tezligi noma'lum – yurak soxasida og'riq. 

Tomirlar tomonidan: tez-tezligi noma'lum – sanchilish va achishish tuyg'usi bilan yuz va tananing yuqori yarmi terisining qizarishi, "oqib kelishlar". 

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: aloxida xollarda – qusish, diareya. 

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kam xollarda – ko'p ter ajralishi, akne, qichishish, eshakemi. 

Suyak-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan: juda kam xollarda – tirishishlar. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: juda kam xollarda – preparat yuborilgan joyda ta'sirlanish, og'riq va achishish paydo bo'lishi mumkin, kuchsizlik. 

Agar ko'rsatilgan noxush reaktsiyalardan xar qandayi chuqurlashsa yoki yo'riqnomada ko'rsatilmagan xar qanday boshqa noxush reaktsiyalar paydo bo'lsa, bu xaqida shifokorga xabar berish kerak. 

Yaqqol noxush reaktsiyalar rivojlanganda preparat bekor qilinadi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kokarbens preparati qo'llanganda gipoglikemik dori preparatlarining dozasini muvofiq tanlash va qandli diabetning kechishini adekvat nazorat qilish kerak. 

Tayyorlangan preparatning rangi qizil rangli bo'lishi kerak. Agar eritmaning rangi o'zgargan bo'lsa, preparatni qo'llash mumkin emas. Eritmani u tayyorlanganidan keyin darxol qo'llash kerak. 

Preparat metilparaben saqlaydi, u allergik reaktsiyalar (extimol sekinlashgan tur) va istisno xollarda, bronxospazm chaqirishi mumkin. 

Avtomobilni xaydash va mexanizmlar bilan ishlashga ta'siri 

Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo'ya samaralar (bosh aylanishi, ongning chalkashishi) paydo bo'lganda, transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish tavsiya etiladi. 

Qo'llanilishi

Preparat chuqur mushak ichiga yuboriladi (dumba mushagiga). 

Yaqqol og'riq sindromi xollarida davolashni o'tkir og'riq simptomlari yo'qolgunicha sutkada 1 ampula (2 ml) mushak ichiga yuborishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 

Qo'llashning davomiyligi – 9 kun. 

Simptomlar yaxshilanganidan keyin yoki polineyropatiyaning o'rtacha ifodalangan simptomlari xollarida: 1 ampuladan xaftada 2-3 marta 2-3 xafta davomida.  

Kasallikning og'irligiga qarab, davolashning tavsiya etiladigan kursi 3-9 in'ektsiya. Davolashning davomiyligi va takroriy kurslarni o'tkazish, kasallikning xarakteri va og'irligiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning xar qanday komponentiga yoki erituvchiga o'ta yuqori sezuvchanlik; 

Yurak-tomir kasalliklari: o'tkir miokard infarkti, nazorat qilinmaydigan arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, bradiaritmiyalarning og'ir shakillari, II va III darajali AV blokada, surunkali yurak etishmovchiligi (NYHA bo'yicha III-IV darajali), kardiogen shok va shokning boshqa turlari, QT prolongasiyasi sindromi, tromboemboliyalar, gemorragik insult; 

O'pkalarning yallig'lanish kasalliklari, o'pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari, bronxial astma; 

Emizish davri; 

18 yoshgacha bo'lgan bolalik yoshi; 

Giperkoagulyasiya (shu jumladan og'ir trombozlar), eritremiya, eritrositoz; 

Zo'rayish bosqichidagi me'da va o'n ikki barmoq yara kasalligi; 

Podagra; 

Gepatit, jigar tsirrozi; 

Extiyotkorlik bilan preparatni stenokardiyada qo'llash kerak. 

Xomiladorlik va laktasiya davri: 

Xomiladorlik davrida Kokarbens ni, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda xomila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan xollarda qo'llash kerak. 

Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to'xtatish tavsiya etiladi. 

Bolalarda qo'llanishi: 

Kokarbens preparatini bolalarda qo'llashning samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Kokarboksilaza yurak glyukozidlarining kardiotonik ta'sirini kuchaytiradi. Nikotinamid va dinatriy adenozintrifosfat trigidrati – vazodilatatorlarning ta'sirini kuchaytiradi. 

V1, V6, V12 vitaminlari bilan birga (bir shprisda) yuborish tavsiya etilmaydi, chunki tsiantkobalamin molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni, boshqa vitaminlarning parchalanishiga yordam beradi. Shuningdek V12 vitamini, V1 vitamini chaqiradigan allergik reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkinligini xisobga olish kerak.

Ta'rifi

Liofilizasiya qilingan pushti rangli quruq g'ovak massa. Gigroskopik.

Dozirovkasi

Preparat chuqur mushak ichiga yuboriladi (dumba mushagiga). 

Yaqqol og'riq sindromi xollarida davolashni o'tkir og'riq simptomlari yo'qolgunicha sutkada 1 ampula (2 ml) mushak ichiga yuborishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 

Qo'llashning davomiyligi – 9 kun. 

Simptomlar yaxshilanganidan keyin yoki polineyropatiyaning o'rtacha ifodalangan simptomlari xollarida: 1 ampuladan xaftada 2-3 marta 2-3 xafta davomida.  

Kasallikning og'irligiga qarab, davolashning tavsiya etiladigan kursi 3-9 in'ektsiya. Davolashning davomiyligi va takroriy kurslarni o'tkazish, kasallikning xarakteri va og'irligiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatning nojo'ya samaralarini kuchayishi. 

Davolash: preparatni yuborish darxol to'xtatiladi, simptomatik, shu jumladan desensibilizasiyalovchi davolash buyuriladi. 

Analoglar KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3
Analoglari yo'q

KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3 savollari

KOKARBENS liyofilizat ampulalarda eritma 2ml N3 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil