Ташкент
logo
SavatKirish

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Allergiyaga qarshi vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories, SP OOO
ATX kodi:S01GX01
Barcha Kromostab dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20 o'xshash dorilari

VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Retseptli
VIKSIPIN tomchilari 10ml 1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
•36 ta dorixonada bor
Narxi
69 000 so'm dan
OFTOLIK ko'z tomchilari 10ml
Retseptsiz
OFTOLIK ko'z tomchilari 10ml
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Sentiss Pharma Pvt. Ltd
Narxi
54 000 so'm dan
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Retseptli
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
O'zbekiston
Vakil:
Aseptica
Ishlab chiqaruvchi:
Aseptica, OOO
Narxi
41 900 so'm dan

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

Faol modda: natriy kromoglikati -10,0 mg;

Yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv  -  1 ml gacha. 

Сhiqarilish shakli

Ingalyatsiya uchun 1% li eritma 2 ml dan polipropilen yoki tibbiy polietilen nebulalarda (ampulalarda).



Farmakodinamikasi

Kromostab allergiyaga qarshi, yallig'lanishga qarshi, astmaga qarshi vositalarga mansub. Bu preparatning faol moddasi natriy kromoglikat hisoblanadi. Muntazam qo'llanilganda nafas tizimidagi alllergik yallig'lanish simptomlarini kamayishiga olib keladi. Natriy kromoglikati semiz xujayralarni degranulyatsiyasiga, ulardan yallig'lanish mediatorlarni (gistamin, bradikinin, sekin reaktsiya qiluvchi substantsiyasi, leykotrienlar, prostaglandinlarov) ajralib chiqishiga to'sqinlik qilib, allergik reaktsiyaning ham erta, ham kechki bosqichini tormozlaydi. Shu xususiyatlariga tufayli allergen yoki boshqa prvokatsiya qiluvchi omillar bilan (sovuq havo, jismoniy zo'riqish, stress). kontakt bilan chaqirgan bronxospazmni oldini oladi. Bundan tashqari boshqa astmaga qarshi vositalarni (bronxolitiklarni, glyukokortikosteroidlarni) qabul qilishni kamayishiga imkon beradi. Preparatning ta'siri asta-sekin rivojlanadi. Kromostab 4-6 xafta qo'llangandan keyin bronxial astma xurujlar tez-tezligi kamayadi. Davolash uzoq muddat davom ettishi kerak. Preparat bekor qilinganda bronxial astma xurujlari qaytalanishi mumkin. Bronxial astma xurujlarini bartaraf qilish uchun preparat qo'llanilmaydi..

Farmakokinetikasi

Ingalyatsiya yo'li bilan yuborilgandan keyin natriy kromoglikatni maksimal kontsentratsiyasi taxminan 15 minut keyin erishiladi. Natriy kromoglikat me'da-ichak yo'lidan kam so'riladi. Faqat yuborilgan dozani 8% tizimli so'rilishiga uchraydi. Yarim chiqarilish 46-99 minut (o'rtacha taxminan 80 minut) ni tashkil qiladi.

Natriy kromoglikati metabolizimga uchramaydi. O'zgarmagan ko'rinishida buyrak va safro orqali taxminan teng miqdorda chiqariladi. Preparatning qolgan qismi chiqarilayotgan havo oqimi bilan o'pkadan chiqariladi yoki og'iz-tomoq devorlarida o'tirib qoladi, keyinchalik yutib yuboriladi (ahmiyatsiz so'rilishisiz – 2% kam) va ovqat hazm qilish yo'li orqali organizmdan chiqariladi. 

Farmakoterapevtik guruh

Allergiyaga qarshi vosita

Dori shakli

Ingalyatsiya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda ingalyatsiyadan keyin tomoq va traxeyani yengil ta'sirlanishi, va shuningdek kuchsiz yo'tal kuzatilishi mumkin (juda kam hollarda bu bronxlarni reflektor spazmiga olib kelishi mumkin).

Teri va me'da-ichak yo'li yallig'lanishi, teri toshmasi paydo bo'lishi mumkin.

Bu holatlar qisqa muddatli, og'ir emas va preparat bekor qilingandan keyin yo'qoladi. Njo'ya hollatlar rivojlanganda davolovchi shifokor bilan maslahatlanish lozim.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ingalyatsiya uchun eritma Kromostab o'tkir astmatik xurujlar bartaraf qilish uchun qo'llash mumkin emas. Uzoq muddat qo'llanilganda jigar va buyrak funktsiyasini holatlarini muntazam nazorat qilish kerak. Buyrak va jigar funktsiyasi buzilishi bo'lgan patsientlarni davolash shifokorni doimiy nazorati ostida o'tkazish kerak (dozani kamaytirish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish lozim). Glyukokortikosteroidlar dozalari kamaytirish vaqtida shifokorni sinchkov nazorati ostida bo'lish kerak, dozani kamaytirish tezligi xaftada 10% oshishi kerak emas.  

Qo'llanilishi

— astmatik shikoyatlarni profilaktik davolash: allergik va noallergik tabiyatli bronxial astma, yuklama, stress yoki infektsiya chaqirgan astmani endogen shakllarida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— kromoglitsat kislotaga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Preparat 5 yoshgacha bolalarda qo'llash tavsiya qilinmaydi.  

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Bromgeksin va ambroksol preparatlari Kromostab eritmasi bilan bir vaqtda ingalyatsiya qilish mumkin emas. Beta-adrenostimulyatorlar, glyukokortikosteroidlar (GKS), antigistamin dori vositalari va teofillin samarani kuchaytiradi. 

Natriy kromoglikat va GKS birga buyurilishi GKS dozasini kamaytirishga imkon beradi, va ayrim hollarda ularni to'liq bekor qilish mumkin.

Bronxolitiklar preparatni ingalyatsiyadan oldin qabul qilish kerak. 

Ta'rifi

Tiniq, rangsiz yoki bir oz sarg'ish eritma.

Dozirovkasi

Ingalyatsion yo'li orqali qo'llaniladi. 

Kattalar (shu jumladan keksa yoshli shahslar) va bolalar: bir ampula ichidagidan (20 mg/2 ml) sutkada 4 marta, imkon qadar teng vaqt intervalida buyuriladi. Tavsiya qilingan doza 2 marta va qo'llash tez-tezligi sutkada 6 martagacha oshirish mumkin.

Davolash samarasiga erishilgandan keyin zarurat bo'yicha preparatni ingalyatsiya qilish mumkin.

Kromostab muntazam qo'llanilganda astmatik ko'rinishlarining rivojlanishini oldini oladi, ammo o'tkir xurujlarni davolash uchun mo'ljallanmagan.

Davolashni boshlang'ich kursi minimum 4 xaftani tashkil qilishi kerak. To'lik samara asosan 2-4 xaftadan keyin erishiladi. Dozani kamayishi 1 xafta davomida asta-sekin o'tkazish tavsiya qilinadi. Flakonni ochish uchun bir martalik flakonchani yuqori markirovka qilingan qismi sndiriladi. Ingalyatsiya uchun maxsus, masalan ul'tratovushli ingalyatorlar ishlatiladi. 

Davolash davomiyligi davolovchi shifokor belgilaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat qo'llanilgan dozani oshirib yuborish ehtimoli kam. Xayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar kromoglitsat kislotani mahalliy va tizimli toksikligi juda kamligini namoyon qilgan.

Simptomlari: ko'ngil aynishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolashni o'tkazish.

Bolalar uchun qo'llanilishi

5 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilaga preparatni salbiy ta'siri, homiladorlik, ayniqsa I uch oylikda va emizish vaqti to'g'risida ma'lumotlar yo'qligiga qaramasdan preparatni foyda va xavf omillarini baholab shifokor tavsiyasi bo'yicha qabul qilish mumkin.

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20 boshqa chiqarish shakllari

KROMOSTAB tomchilar 5 ml 4%
KROMOSTAB tomchilar 5 ml 4%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N50
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N50
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N40
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N40
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N10
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N10
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
KROMOSTAB tomchilar 5 ml 2%
KROMOSTAB tomchilar 5 ml 2%
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N30
KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Jurabek Laboratories, SP OOO
Analoglar KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20
Analoglari yo'q

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20 savollari

KROMOSTAB eritma 2 ml 1% N20 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil