Apteka.uz
SavatKirish

LIDAZA liofilizat 1280me N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Faol modda:Gialuronidaza
Ishlab chiqaruvchi:MIKROGEN NPO AO
Teglar:Chandiqdan
ATX kodi:B06AA03
Barcha Lidaza dorilari
3 ta dorixonada bor
Narxi 190 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 3 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

LIDAZA liofilizat 1280me N10 qo'llanmasi

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin; uzoq vaqt qo‘llanilganda - mahalliy teri reaksiyalari (dermatit).

Maxsus saqlash sharoitlari

Eritmani oldin kation saqlagan eritmalar yuborilgan kateter orqali yubormaslik kerak.

In'ektsiya uchun eritmalar 0,9% li natriy xlorid eritmasida yoki 0,5% li prokain eritmasida, ingalyatsiya uchun - 0,9% li natriy xlorid eritmasida, elektroforez uchun - distillangan suvda tayyorlanadi.

Davolashni boshlashdan oldin 20 mkl gialuronidazani teri ichiga yuborish bilan test o'tkazish maqsadga muvofiqdir.

Infektsion yallig'lanish va o'sma zonalariga yubormaslik kerak.

O'tkir qon quyilishlarda gialuronidaza qo'llanilmaydi.

Allergik reaktsiya rivojlanganda preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Preparatni qabul qilishni to'xtatish zarurati bo'lganda bekor qilishni dozani asta-sekin kamaytirmasdan darhol amalga oshirish mumkin.

Preparatning navbatdagi dozasini yuborish o'tkazib yuborilgan taqdirda, uni keyingi qo'llashni ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgandek yoki shifokor tavsiya qilgandek odatdagi rejimda o'tkazish kerak. Bemor o'tkazib yuborilgan dozalarni to'ldirish maqsadida ikki baravar dozani yubormasligi kerak.

Yaroqsizligining vizual belgilari (o'ram nuqsoni, kukun rangining o'zgarishi) bo'lganda preparatni ishlatmaslik kerak.

Preparatni kasallikning erta muddatlarida va majmuaviy terapiya tarkibida (davolash gimnastikasi, massaj, yallig'lanishga qarshi, og'riqsizlantiruvchi vositalar va davolashning boshqa usullari) qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatni qo'llash diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi).

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Gipersezuvchanlik, o'tkir infektsion-yallig'lanish kasalliklari, yaqinda bo'lgan qon quyilishlar, homiladorlik, ko'krak suti bilan emizish davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar. Ingalatsion yuborish uchun - yaqqol nafas yetishmovchiligi bilan kechuvchi o'pka sili; o'pkadan qon ketish, qon tupurish; xavfli o'smalar, shishasimon tanaga yangi qon quyilishi. Estrogenlarni birga qabul qilish.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali buyrak yetishmovchiligi (haftasiga 1 martadan ko'p bo'lmagan holda qo'llaniladi). Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida qo'llanilishi Homiladorlik va ko'krak suti bilan emizish davrida preparatni qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Lidaza preparatini antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug'larga qarshi preparatlar, bronxolitiklar bilan kombinatsiya qilish mumkin. Boshqa dori vositalari (antibiotiklar, mahalliy anestetiklar, diuretiklar) bilan kombinatsiyada qo'llanilganda Lidaza preparati biokiraolishlikni oshiradi va ularning ta'sirini kuchaytiradi. Salitsilatlar, kortizon, adrenokortikotrop gormon (AKTG), estrogenlar yoki antigistamin preparatlarning katta dozalari bilan birga qo'llanilganda Lidaza preparatining fermentativ faolligi pasayishi mumkin.

Furosemid, benzodiazepin, fenitoin bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.

Dozirovkasi

Dozalash1280 XB lidaza (gialuronidaza) 64 TB lidazaga (gialuronidazaga) to'g'ri keladi.

Chandiqli shikastlanishlarda teri ostiga (chandiqli o'zgargan to'qimalar ostiga) yoki mushak ichiga (shikastlanish joyiga yaqin) 1280 XB dan har kuni yoki kunora yuboriladi (jami 10-20 in'eksiya). Chandiqli shikastlanishlarda yuborish maqsadida eritmani tayyorlash uchun ampula tarkibi 1 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi.

Nerv chigallari va periferik nervlarning travmatik shikastlanishlarida zararlangan nerv sohasiga teri ostiga kunora yuboriladi (1280 XB); kursga - 12-15 in'eksiya. Zarurat bo'lganda davolash kursi takrorlanadi. Travmatik shikastlanishlarda yuborish maqsadida eritmani tayyorlash uchun bitta ampula tarkibi 1 ml prokainda eritiladi.

Oftalmologik amaliyotda foydalanilganda preparat subkonyunktival - 0,3 ml, parabulbar - 0,5 ml, shuningdek elektroforez usuli bilan yuboriladi. Oftalmologiyada qo'llash uchun bitta ampula tarkibi 1 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi.

Yallig'lanishning produktiv xarakteriga ega o'pka sili bilan og'rigan bemorlarga kompleks terapiyada shikastlanish o'choqlarida antibakterial dori vositalarining konsentratsiyasini oshirish uchun in'eksiya va/yoki ingalyatsiya ko'rinishida tayinlanadi. Ingalyatsiyalar har kuni 1 marta o'tkaziladi. Bitta ingalyatsiyani o'tkazish uchun ampula tarkibi (1280 XB) 5 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi. Davolash kursi 20-25 ingalyatsiyadan iborat. Zarurat bo'lganda 1,5-2 oy oraliq bilan takroriy kurslar o'tkaziladi.

Sirtqi, preparat eritmasi shimdirilgan bog'lamlar ko'rinishida. Eritmani tayyorlash uchun har 1280 XB 10 ml steril 0,9% natriy xlorid eritmasida yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi. Ushbu eritma bilan 4-5 qavat qilib buklangan steril bog'lam shimdiriladi, u zararlangan joyga qo'yiladi, mumli qog'oz bilan yopiladi va yumshoq bog'lam bilan mahkamlanadi. Doza shikastlanish maydoniga bog'liq (640-1280 XB/kv.sm), o'rtacha - bog'lamga 6400 XB. Bog'lam har kuni 15-18 soatga 15-60 kun davomida qo'yiladi. Uzoq muddat qo'llanilganda har 2 haftada 3-4 kunga tanaffus qilinadi.

Elektroforez usuli bilan qo'llanilganda preparatning 1 ampulasi (1280 XB) 60 ml distillangan suvda eritiladi, 2-3 tomchi 0,1% xlorid kislota eritmasi qo'shiladi va anoddan zararlangan joyga 20-30 daqiqa davomida yuboriladi. Davolash kursi -15-20 seans. Dozalashning applikatsion rejimi elektroforez bilan navbatma-navbat qo'llanilishi mumkin. Tayyorlangan eritma 24 soat ichida ishlatilishi kerak.Dozani oshirib yuborishBelgilari: titroq, ko'ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial qon bosimining pasayishi, mahalliy shish, eshakemi, eritema.

Davolash: epinefrin, glyukokortikosteroidlar; antigistamin preparatlarni yuborish.
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. LIDAZA liofilizat 1280me N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

LIDAZA liofilizat 1280me N10 o'xshash dorilari

LIDAZA liofilizat 1280me N10 xususiyatlari

Lidaza boshqa chiqarish shakllari

LIDAZA liofilizat 64 UE N10
Retseptli
LIDAZA liofilizat 64 UE N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
BioFarma OOO

LIDAZA liofilizat 1280me N10 analoglari

LIDAZA liofilizat 1280me N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Europharm
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk Ipak Yoʻli dahasi, 26 uy, 13 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
190 000 so'm
Buyurtma berish
А5
Mirobod tumani,
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-02:00
190 000 so'm
А5 Filial Markaz 1
Mirzo Ulug'bek tumani, 1 mavze, 6/1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
190 000 so'm

LIDAZA liofilizat 1280me N10 haqida savollar

LIDAZA liofilizat 1280me N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil