×
×
  • MATEVER tabletkalari 750mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MATEVER tabletkalari 750mg N30

Kategoriya:
- Antiepileptik vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gretsiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Medial D&P Ltd. (limited company), Швейцария произведено: Pharmathen S.A.
ATX kodi:
- N03AX14
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EUTIROKS tabletkalari 150mkg N100 Мерк КГаА Germaniya
32 000 s`om dan
ZARDEKS kapsulalar 300mg N100 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
EUTIROKS tabletkalari 125mkg N100 Мерк КГаА Germaniya
32 000 s`om dan
MEZAKAR tabletkalari 200mg N50 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
40 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MATEVER tabletkalari 750mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA. PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

Matever plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 250 mg

Matever plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 500 mg

Matever plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 750 mg

Matever plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 1000 mg

Levetirasetam

Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.

  • Ushbu yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Ehtimol uni yana o‘qib chiqish zarur bo‘lishi mumkin.
  • Agar Sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting.
  • Ushbu dori vositasi faqat Sizga buyurilgan. Uni boshqalarga bermang. Hatto, agar ularda kasallikning o‘xshash simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar Sizda nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Shu jumladan ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar.

Ushbu yo‘riqnomaning mazmuni:

  1. Matever o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Mateverni qabul qilishdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak
  3. Matever qanday qabul qilinadi
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Mateverni saqlash sharoitlari
  6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

  1. Matever o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi

Matever – tutqanoqqa qarshi dori vositasidir (tutqanoq xurujlarini davolash uchun qo‘llanadigan dori vositasi).

Matever quyidagilarni qo‘llanadi:

  • yangi aniqlangan tutqanog‘i bo‘lgan kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalarda ikkilamchi tarqalgan yoki tarqalmagan parsial xurujlarni davolash uchun mustaqil ravishda
  • quyidagilarni davolash uchun tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalariga qo‘shimcha sifatida:
  • kattalarda, o‘smirlarda, bolalarda va bir oylikdan katta chaqaloqlarda tarqalgan yoki tarqalmagan parsial xurujlar
  • yuvenil mioklonik tutqanog‘i bo‘lgan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlardagi mioklonik xurujlar
  • idiopatik tarqalgan tutqanog‘i bo‘lgan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda birlamchi tarqalgan toniko-klonik xurujlar.

  1. Mateverni qabul qilishdan oldin Sizni nimalarni bilishingiz kerak

Mateverni qabul qilmang

  • agar Sizda levetirasetamga yoki komponentlardan (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) biriga allergiya (yuqori sezuvchanlik bo‘lsa).

Ogohlantirishlar va Ehtiyotkorlik choralari

  • Agar Sizda buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, Mateverni qabul qilishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing, shifokoringizning ko‘rsatmalariga rioya qiling. U Siz uchun doza o‘zgartirilishi kerakligini hal qilishi mumkin.
  • Agar Siz bolangizni o‘sishini sekinlashganini yoki jinsiy yetilish davrini kutilmaganda yuz berishini sezsangiz, iltimos, shifokoringizga murojaat eting.
  • Agar Siz xurujlarni jiddiyligini oshishini (masalan sonini oshishi) sezsangiz, iltimos, shifokoringizga murojaat eting.
  • Matever kabi tutqanoqqa qarshi ayrim dori vositalari bilan davolangan ayrim odamlarda o‘z-o‘ziga shikast yetkazish yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlari paydo bo‘lgan. Agar Sizda depressiyaning va/yoki o‘z joniga qasd qilish fikrlarining biron-bir belgilari bo‘lsa, iltimos, shifokoringizga murojaat eting.

Boshqa dori vositalari va Matever

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan reseptsiz olingan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Matever va oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va alkogol

Siz Mateverni ovqat bilan yoki usiz qabul qilishingiz mumkin. Ehtiyotkorlik chorasi sifatida Mateverni alkogol bilan birga qabul qilmang.

Homiladorlik va emizish davri

Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorman deb hisoblasangiz, iltimos, shifokoringizga xabar bering.

Homiladorlik vaqtida Mateverni zarurati bo‘lmaganida qo‘llash mumkin emas. Sizning bo‘lajak farzandingiz uchun potensial xavfi o‘rganilmagan. Matever Sizda xurujlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan dozadan yuqoriroq dozalarda yuborilgan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv qobiliyatga salbiy ta‘sir namoyon qilgan. Davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Avtomobilni boshqarish va mashinalardan foydalanish

Matever avtomobilni yoki uskunalarni yoki mashinalarni boshqarish qobiliyatini yomonlashtirishi mumkin, chunki Matever uyquchanlik chaqirishi mumkin.

Davolashni boshida yoki doza oshirilgandan keyin buning ehtimoli yuqori. Sizning avtomobilni yoki mashinalarni boshqarish qobiliyatingiz o‘zgarmaganligi aniqlanmaguncha, Siz bu faoliyatlar bilan shug‘ullanmasligingiz kerak.

  1. Matever qanday qabul qilinadi

Bu dori vositasini har doim shifokoringiz yoki farmasevt ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling. Agar Sizda shubha bo‘lsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Mateverni kuniga ikki marta, ertalab bir marta va kechqurun bir marta, taxminan kunning bir vaqtida, har kuni qabul qilish kerak.

Tabletkalarni shifokoringiz ko‘rsatgan miqdorda qabul qiling.

Monoterapiya

Kattalar va o‘smirlar (16 yoshdan oshgan) uchun doza

Umumiy doza: har kuni 1000 mg va 3000 mg orasida.

Mateverni qabul qilishni boshida shifokoringiz Sizga eng past umumiy dozani buyurishdan oldin 2 hafta davomida pastroq dozani buyuradi.

250 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 1000 mg bo‘lsa, Siz 2 tabletka ertalab va
2 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

500 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 2000 mg bo‘lsa, Siz 2 tabletka ertalab va
2 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

750 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 3000 mg bo‘lsa, Siz 2 tabletka ertalab va
2 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

1000 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 2000 mg bo‘lsa, Siz 1 tabletka ertalab va
1 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

Qo‘shimcha davolash

Kattalar va tana vazni 50 kg va undan yuqori bo‘lgan o‘smirlar (12-17 yoshdagi):

Umumiy doza: har kun 1000 mg (4 tabletka) va 3000 mg (12 tabletka) orasida.

250 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 1000 mg bo‘lsa, Siz 2 tabletka ertalab va 2 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

500 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 1000 mg bo‘lsa, Siz 1 tabletka ertalab va 1 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

750 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 1500 mg bo‘lsa, Siz 1 tabletka ertalab va 1 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

1000 mg:

Misol: agar Sizning har kunlik dozangiz – 2000 mg bo‘lsa, Siz 1 tabletka ertalab va 1 tabletka kechqurun qabul qilishingiz kerak.

Chaqaloq (6-23 oylik), bolalar (2-11 yosh) va tana vazni 50 kg dan kam o‘smirlar (12-17 yosh):

Shifokoringiz Sizning yoshingiz, tana vazningiz va dozangizga muvofiq Mateverning tegishli farmasevtik shaklini buyuradi.

Levetirasetamning peroral qabul qilish uchun 100 mg/ml eritmasi chaqaloqlar va 6 yoshdan kichik bolalar uchun mos shakli hisoblanadi.

Umumiy doza: har kuni tana vazniga 20 mg va tana vazniga 60 mg orasida.

Misol: umumiy doza har kuni tana vazniga 20 mg, agar bolaning tana vazni 25 kg bo‘lsa, Siz bolaga ertalab 1 tabletka va kechqurun 1 tabletka yoki ertalab 2,5 ml va kechqurun
2,5 ml berishingiz kerak.

Chaqaloqlar (1 oylikdan 6 oylikkacha) uchun doza

Levetirasetamning peroral qabul qilish uchun 100 mg/ml eritmasi chaqaloqlar uchun mos shakli hisoblanadi.

Yuborish usuli

Matever tabletkasini yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan qabul qiling.

Davolash davomiyligi

  • Matever uzoq vaqt qo‘llash uchun ishlatiladi. Shifokoringiz tavsiya etmaguncha Siz davolashni davom ettirishingiz kerak.
  • Shifokor bilan maslahatlashmasdan davolashni to‘xtatmang, chunki bu xurujlarni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Agar shifokoringiz Matever bilan davolashni to‘xtatish haqida qaror qabul qilsa, u Sizga Mateverni bosqichma-bosqich bekor qilish haqida yo‘riqnoma berishi kerak.

Agar Siz Mateverni buyurilgandan yuqoriroq dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz:

Matever dozasi oshirib yuborilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar – uyquchanlik, qo‘zg‘alish, tajavuzkorlik, tirishishga tayyorgarlikni pasayishi, nafas olishni qiyinlashishi va koma.

Agar Siz buyurilgandan ko‘proq tabletkalarni qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga murojaat eting. Shifokor dozani oshirib yuborilishining eng maqbul davolash usulini belgilaydi.

Agar Siz Mateverni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz:

Agar Siz dori vositasini bir yoki undan ko‘proq qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Qabul qilishni unutgan tabletkani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

Agar Siz Mateverni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz:

Tutqanoqqa qarshi boshqa dori vositalari kabi davolashni to‘xtatgan holatlarda, xurujlarni kuchayishidan saqlanish uchun Matever bilan davolashni bosqichma-bosqich to‘xtatish kerak.

Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar

Barcha dori vositalari kabi ushbu dori vositasi nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi u barcha odamlarda ham paydo bo‘lmaydi.

Uyquchanlik, charchoqlik va bosh aylanishi kabi nojo‘ya samaralardan ayrimlari davolashni boshida yoki doza oshirilganda keng tarqalgan bo‘lishi mumkin. Ammo vaqt o‘tgan sari bu samaralar kamayishi kerak.

Keng tarqalgan nojo‘ya samaralar 10 iste‘molchidan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatilishi mumkin

  • rinofaringit;
  • uyquchan holat (uyquchanlik), bosh og‘rig‘i.

Tarqalgan nojo‘ya samaralar 100 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

  • anoreksiya (ishtahani yo‘qolishi);
  • depressiya, dushmanlik yoki tajavuzkorlik, bezovtalik, uyqusizlik, asabiylik yoki ta‘sirchanlik;
  • konvulsiyalar, muvozanatni buzilishi (muvozanat hissi), bosh aylanishi (beqarorlik hissi), letargiya, tremor (ixtiyorsiz qaltirash);
  • bosh aylanishi (aylanish hissi);
  • yo‘tal;
  • me‘dada og‘riq, diareya, dispepsiya (me‘da tomonidan buzilishlar), qusish, ko‘ngil aynishi;
  • toshma;
  • asteniya/toliqish (charchoqlik).

Tarqalmagan nojo‘ya samaralar 1000 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

  • trombositlar sonini kamayishi, leykositlar sonini kamayishi;
  • tana vaznini kamayishi, tana vaznini oshishi;
  • o‘z joniga qasd qilishga urinish va o‘z joniga qasd qilish fikrlari, ruhiy buzilishlar, odatdagi bo‘lmagan hulq, gallyusinasiyalar, g‘azab, anglashmovchilik, vasvasa xurujlari, emosional beqarorlik/kayfiyatni o‘zgarishlari, qo‘zg‘alish;
  • amneziya (xotirani yo‘qolishi), xotirani yomonlashishi (yoddan chiqish), koordinasiyani buzilishi/ataksiya (harakat koordinasiyasini buzilishlari), paresteziya (uvishish), diqqatni jamlashni buzilishi (diqqatni jamlashni yo‘qolishi);
  • diplopiya (ko‘zlarda ikkilanish), ko‘rishni noaniqligi;
  • jigar funksiyasini buzilishi;
  • soch to‘kilishi, ekzema, qichishish;
  • mushak kuchsizligi, mialgiya (mushakda og‘riq);
  • jarohatlar.

Kam hollarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralar 10000 iste‘molchidan 1-10 nafarida kuzatilishi mumkin

  • infeksiyalar;
  • qon xujayralarining barcha tiplari va/yoki leykositlar sonini kamayishi;
  • o‘z joniga qasd qilish, shaxsiyatni buzilishlari (hulq-atvorni buzilishlari), anomal fikrlash (sekin fikrlash, diqqatni jamlayolmaslik);
  • bosh, tana va qo‘l-oyoqlarni nazorat qilinmaydigan mushak tirishishlari, harakatni nazorat qilishni asoratlari, giperkineziya (giperfaollik);
  • pankreatit;
  • jigar funksiyasini buzilishi, gepatit;
  • pufaklarni hosil qilishi mumkin bo‘lgan va kichik nishonlarga o‘xshash teri toshmasi (qirralarida to‘q rangli halqali, atrofida ochroq rangli sohalari bo‘lgan markaziy to‘q rangli dog‘lar) (ekssudativ eritema), pufaklar va terini ko‘chishi bilan kechuvchi yirik toshmalar, ayniqsa og‘iz, burun, ko‘z va genitaliy atrofida (Stivens-Djonson sindromi) va tananing 30% dan ko‘proq qismida terini ko‘chishini chaqiruvchi jiddiyroq shakli (toksik epidermal nekroliz).

Agar Sizda nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

  1. Mateverni saqlash sharoitlari

Ushbu dori vositasi bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Karton qutida va blister o‘ramda “YeXR” dan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach dori vositasi qo‘llanilmasin.

Yaroqlilik muddatining yakunlanish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.

Ushbu dori vositasi uchun maxsus saqlash sharoitlari talab etilmaydi.

Dori vositalarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yubormang. Siz endi qo‘llamaydigan dori vositalarini qanday utilizasiya qilish usuli haqida farmasevtingiz bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot

Mateverning tarkibi

Faol moddasi levetirasetam deb nomlanadi. Har bir tabletka 250 mg, 500 mg, 750 mg yoki 1000 mg levetirasetam saqlaydi.

Boshqa ingredientlar: tabletka markazi: kalsiy fosfat digidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon A tipi, gidroksipropilsellyuloza (L).

250 mg:

Opadry 02H20569 (ko‘k) plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza (E464), titan dioksidi (E171), talk, propilen glikol (E1520), indigokarmin alyumin laki (E132), sariq xinolin alyumin laki FCF (E110), sariq quyosh shafag‘i FCF (E104).

500 mg:

Opadry 20J22730 (sariq) plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza (E464), titan dioksidi (E171), gidroksipropilsellyuloza (E463), propilen glikol (E1520), sariq xinolin alyumin laki (E104), sorbin kislotasi (E200), sorbitanmonooleat (E494), vanilin.

750 mg:

Opadry OY-S-33016 (to‘q sariq) plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza (E464), indigokarmin alyumin laki (E132), sariq xinolin alyumin laki FCF (E110), temir (III) oksidi (E172), polietilenglikol/PEG 4000, titan dioksidi (E171).

1000 mg:

Opadry OY-LS-28908 (oq II) plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetilsellyuloza (E464), laktoza monogidrati, polietilenglikol/PEG 4000, titan dioksidi (E171).

Mateverning tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

250 mg: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

500 mg: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

750 mg: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

1000 mg: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

PVX/PE/polivinilidenxlorid-alyumin folgali oq rangli tiniq bo‘lmagan blister o‘ramlar karton qutida.

250 mg: karton quti plyonka qobiq bilan qoplangan 20, 30, 50, 60, 100 va guruh tarada 200 (100 tadan 2 o‘ram) tabletka saqlaydi.

500 mg: karton quti plyonka qobiq bilan qoplangan 10, 20, 30, 50, 60, 100, 120 va guruh tarada 200 (100 tadan 2 o‘ram) tabletka saqlaydi.

750 mg: karton quti plyonka qobiq bilan qoplangan 20, 30, 50, 60, 80, 100, 120 va guruh tarada 200 (100 tadan 2 o‘ram) tabletka saqlaydi.

1000 mg: karton quti plyonka qobiq bilan qoplangan 10, 20, 30, 50, 60, 100 va guruh tarada 200 (100 tadan 2 o‘ram) tabletka saqlaydi.

Ehtimol sotuvda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.

DORI VOSITASI BO‘LIB HISOBLANADI

  • Dori vositasi – Sizning sog‘lig‘ingizga ta‘sir ko‘rsatuvchi mahsulotdir va uni shifokor ko‘rsatmasisiz qabul qilish Siz uchun xavfli hisoblanadi.
  • Shifokor ko‘rsatmasi, qo‘llash usuli va dori vositasini bergan farmasevt yo‘riqnomasiga qat‘iy amal qiling.
  • Shifokor yoki farmasevt dori vositalari, ularning afzalliklari va xavfi sohasidagi mutaxassislar hisoblanadi.
  • Shifokor buyurgan davolash davomiyligi mustaqil ravishda to‘xtatmang.
  • Shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan, bir ko‘rsatmani takrorlamang.

Dori vositasini bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MATEVER tabletkalari 750mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MATEVER tabletkalari 750mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MATEVER tabletkalari 750mg N30 dori vositasi Medial D&P Ltd. (limited company), Швейцария произведено: Pharmathen S.A. tomonidan Gretsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MATEVER tabletkalari 750mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MATEVER tabletkalari 750mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MATEVER tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Medial D&P Ltd. (limited company), Швейцария произведено: Pharmathen S.A.
MATEVER tabletkalari 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Medial D&P Ltd. (limited company), Швейцария произведено: Pharmathen S.A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9