MELASON tabletkalari 3mg N30

MELASON tabletkalari 3mg N30 qo'llanmasi
Nojo'ya samaralari
Nojo‘ya ta’sirlar quyida keltirilgan bo‘lib, a’zolar tizimi va rivojlanish tezligi bo‘yicha tasniflanadi. Rivojlanish tezligi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez: >1/10; tez-tez: >1/100 - <1/10; tez-tez emas: >1/1000 - <1/100; kam hollarda: >1/10 000 - <1/1000; juda kam hollarda: <1/10 000, tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi). Infeksiyalar va invaziyalar: kam hollarda - o‘rab oluvchi temiratki. Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tezligi noma’lum - yuqori sezuvchanlik. Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar: kam hollarda - gipertriglitseridemiya, gipokaltsemiya, giponatriemiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda - stenokardiya, yurak urishining tezlashishi; tez-tez emas - gipertenziya; kam hollarda - «qizib ketish» (yuz terisining vaqti-vaqti bilan qizarishi). Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas - abdominal og‘riq, qabziyat, og‘iz qurishi, dispepsiya, og‘iz bo‘shlig‘i yaralari, ko‘ngil aynishi; kam hollarda - gastroezofageal reflyuks, ovqat hazm qilishning buzilishi, qusish, ichak peristaltikasining kuchayishi, meteorizm, so‘lak bezining giperfunksiyasi, og‘izdan noxush hid kelishi, gastrit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi, tildagi yaralar. 1 Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas - gipergidroz; kam hollarda - ekzema, eritema, qichishuvchi toshma va qichishish, teri qurishi, tirnoqlarning shikastlanishi, tunda terlash, dermatit; noma’lum - Kvinke shishi, og‘iz bo‘shlig‘i shishi, til shishi. Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez emas - ta’sirchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, toliqish, uyqusizlik, patologik tush ko‘rishlar, migren, psixomotor giperfaollik, bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bezovtalik, xavotirlik; kam hollarda - kayfiyat o‘zgaruvchanligi, agressiv xulq-atvor, ajitatsiya, yig‘loqilik, erta tongda uyg‘onish, libidoning oshishi, xotira yomonlashishi, diqqatni jamlash pasayishi, uyqu sifatining yomonligi, hushdan ketish, xayolparastlik holati, bezovta oyoqlar sindromi, paresteziyalar, stress simptomlari, dezorientatsiya, tushkun kayfiyat. Ko‘rish a’zosi tomonidan: kam hollarda - ko‘rish o‘tkirligining pasayishi, ko‘rish noaniqligi, ko‘z yoshlanishining kuchayishi. Eshitish a’zosi tomonidan va labirint buzilishlari: kam hollarda - tana holati o‘zgarganda bosh aylanishi. Tayanch-harakat aparati tomonidan: tez-tez emas - qo‘l-oyoqlarda og‘riq, kam hollarda - artrit, mushak spazmlari, bo‘yinda og‘riq, tungi tirishishlar. Siydik-tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas - glyukozuriya, proteinuriya; kam hollarda poliuriya, gematuriya, nikturiya, prostatit. Laborator ko‘rsatkichlar: tez-tez emas - giperbilirubinemiya, jigar funksiyasi laborator ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi; kam hollarda - «jigar fermentlari» faolligining oshishi, elektrolitlar konsentratsiyasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, boshqa laborator testlarning o‘zgarishi. Boshqalar: tez-tez emas - asteniya, tana vaznining oshishi, kam hollarda - mushak tirishishlari, ko‘krakda og‘riq, priapizm, toliqish, o‘rab oluvchi temiratki, shishlar, menopauza simptomlari, holsizlik, chanqoq; tezligi noma’lum - galaktoreya.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Faol moddaga yoki dori vositasining yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik, buyrak funksiyasining yaqqol buzilishi, autoimmun kasalliklar, leykoz, limfoma. Limfogranulematoz, miyeloma, epilepsiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik va laktatsiya davri.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi preparatlar va beta-blokatorlar samarasini kuchaytiradi. Gormonal dori vositalari bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi. MAO ingibitorlari, glyukokortikosteroidlar va siklosporin bilan nomutanosib. Farmakokinetik o'zaro ta'sir: Ma'lumki, terapevtik dozalardan sezilarli darajada oshib ketadigan kontsentratsiyalarda melatonin in vitro CYP3A ni induktsiya qiladi. Ushbu faktning klinik ahamiyati oxirigacha aniqlanmagan. Induktsiya belgilari rivojlangan taqdirda bir vaqtda qo'llaniladigan dori vositalari dozasini kamaytirish masalasini ko'rib chiqish kerak. Terapevtik dozalardan sezilarli darajada oshib ketadigan kontsentratsiyalarda melatonin in vitro CYP1A guruhi fermentlarini induktsiya qilmaydi. Binobarin, melatoninning CYP1A guruhi izofermentlariga ta'siri oqibatida melatoninning boshqa faol moddalar bilan o'zaro ta'siri ahamiyatli bo'lishi dargumon. Melatonin metabolizmi CYP1A fermentlari orqali amalga oshiriladi. Binobarin, melatoninning boshqa faol moddalar bilan o'zaro ta'siri ularning CYP1A guruhi fermentlariga ta'siri oqibatida ehtimoli bor. Fluvokeamin qabul qilayotgan bemorlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, u sitoxrom P450 (CYP) - CYP1A2 va CYP2C19 izofermentlari tomonidan uning metabolizmi ingibirlanishi hisobiga melatonin kontsentratsiyasini oshiradi (AUC 17 marta va qonda St,!l 12 marta oshishi). Bunday kombinatsiyadan qochish kerak. Metabolizmni ingibirlanishi oqibatida melatonin kontsentratsiyasini oshiruvchi 5- yoki 8-metoksiproralen qabul qilayotgan bemorlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Simetidin (CYP2D ingibitori) qabul qilayotgan bemorlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, u metabolizmni ingibirlash hisobiga qon plazmasida melatonin darajasini oshiradi. Chekish CYP1A2 stimulyatsiyasi hisobiga melatonin kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. Estrogenlar qabul qilayotgan bemorlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ular CYP1A1 va CYP1A2 izofermentlari tomonidan uning metabolizmi ingibirlanishi hisobiga melatonin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Xilonlar kabi CYP1A2 ingibitorlari melatonin ekspozitsiyasini oshirishi mumkin. Karbamazepin va rifampitsin kabi CYP1A2 induktorlari qon plazmasida melatonin kontsentratsiyasini kamaytirishi mumkin. Farmakodinamik o'zaro ta'sir; Preparatni qabul qilish vaqtida alkogol iste'mol qilmaslik kerak, chunki u preparat samaradorligini pasaytiradi
MELASON tabletkalari 3mg N30 o'xshash dorilari
MELASON tabletkalari 3mg N30 xususiyatlari
MELASON tabletkalari 3mg N30 analoglari

MELASON tabletkalari 3mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 63402,
"stores_apteka_id": 326527,
"slug": "melason-30-tab-melatonin",
"stores_apteka_slug": "melason-tab-3mg-n30",
"name": "MELASON tabletkalari 3mg N30",
"brand_name": "MELASON",
"image": "uploads/iblock/f7c/f7cfedaf10eaa8f4904dc3ef02fbf53e.webp",
"atx_code": "N05CH01",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "unknown",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Rubikon, OOO",
"representative": {
"id": 63318,
"slug": "rubikon-ooo-predstavitelstvo",
"name": "Rubikon Vakilligi MChJ"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 1584,
"slug": "snotvornye-i-sedativnye-sredstva",
"name": "Uyqu dorisi va sedativlar",
"external_link_title": null,
"external_link": null
},
"drug_group": {
"id": 66461,
"slug": "melason",
"name": "MELASON"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 119,
"slug": "belarusiya",
"name": "Belarusiya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 7947,
"slug": "melatonin",
"name": "Melatonin"
}
],
"tags": [
{
"id": 701,
"slug": "dlya-nervov",
"name": "Asab uchun"
}
]
}
}








