MILDRONAT kapsulalar 250mg N40

MILDRONAT kapsulalar 250mg N40 o'xshash dorilari



MILDRONAT kapsulalar 250mg N40 qo'llanmasi
So'rilishi
Bir marta peroral dozadan so'ng qon plazmasidagi maksimal konsentratsiya (Smax) 2,23-2,43 mkg/ml ni, takroriy dozalar qo'llanilgandan so'ng esa – 2,77 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti (tmax) 1-3 soatni tashkil qiladi. Peroral yuborilganda biokiraolishligi 78% ni tashkil qiladi. Ovqat ushbu dorining so'rilishini biroz kechiktiradi.
Taqsimlanishi
Meldoniy qon oqimidan to'qimalarga tez tarqaladi. Taqsimlanish hajmi 88,07±8,56 l ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 78% ni tashkil qiladi. Meldoniy va uning metabolitlari qisman yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi.
Biotransformatsiya
Eksperimental hayvonlarda metabolizm tadqiqotlarida meldoniy asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan.
Chiqarilishi
Meldoniy va uning metabolitlarini organizmdan chiqarishda renal ekskretsiya muhim ahamiyatga ega. Bir martalik doza peroral qo'llanilgandan so'ng meldoniyning erta chiqarilish yarim davri (t½) taxminan 3,5-4,0 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar qo'llanilganda yarim chiqarilish davri farq qiladi. Ushbu natijalar meldoniyning qon plazmasida to'planishi mumkinligidan dalolat beradi. Maxsus guruh pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlar
Jigar yoki buyrak faoliyati buzilgan, ko'rinadigan biokiraolishlik oshgan keksa yoshdagi pasientlarga meldoniy dozasini kamaytirish kerak.
Buyrak faoliyati buzilishlari
Buyrak faoliyati susaygan, ko'rinadigan biokiraolishlik oshgan pasientlarga meldoniy dozasini kamaytirish kerak. Meldoniy yoki uning metabolitlari (masalan, 3‑gidroksimeldoniy) va karnitinning buyrak reabsorbsiyasi o'zaro ta'siri mavjud bo'lib, buning natijasida karnitinning buyrak klirensi ortadi. Meldoniy, GBB va meldoniy/GBB kombinatsiyasining renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga bevosita ta'siri yo'q.
Jigar faoliyati buzilishlari
Jigar faoliyati buzilgan, ko'rinadigan biokiraolishlik oshgan pasientlarga meldoniy dozasini kamaytirish kerak. Kalamushlarda o'tkazilgan toksiklik tadqiqotida meldoniy 100 mg/kg dan katta dozada qo'llanilganda jigarning sariq rangga bo'yalishi va yog'lar denaturatsiyasi aniqlangan. Hayvonlarda o'tkazilgan gistopatologik tadqiqotlarda meldoniyning katta dozalari (400 mg/kg va 1600 mg/kg) qo'llanilgandan so'ng jigar hujayralarida lipidlar to'planishi aniqlangan. Odamlarda 400-800 mg katta dozalar qo'llanilgandan so'ng jigar faoliyati ko'rsatkichlarining o'zgarishi kuzatilmagan. Jigar hujayralariga yog'larning ehtimoliy infiltratsiyasini istisno qilib bo'lmaydi.
Bolalar va o'smirlar yoshidagi pasientlar
Meldoniyni bolalar va o'smirlarda (18 yoshgacha bo'lgan) qo'llash xavfsizligi va samaradorligi to'g'risida ma'lumotlar yo'q, shuning uchun ushbu preparatni bolalar va o'smirlarga qo'llash mumkin emas.
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimi guruhlari va MedDRA uchrash tezligiga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, yopishqoq fikrlar, uyqu buzilishi.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh og‘riqlari.
Kam hollarda: paresteziyalar, qaltirash, gipesteziya, quloqlarda shovqin, bosh aylanishi, yurishning buzilishi, hushdan ketish oldi holati, hushdan ketish.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: yurak urishi, taxikardiya/sinus taxikardiyasi, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, aritmiya, ko‘krakda noqulaylik hissi/ko‘krakda og‘riqlar.
Qon aylanish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: qon bosimining oshishi/pasayishi, gipertenziv kriz, giperemiya, teri qoplamalari rangparligi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i kasalliklari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: tomoqda yallig‘lanish, yo‘tal, dispnoe, apnoe.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: dispepsiya.
Kam hollarda: disgevziya (og‘izda metall ta’mi), ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qorinda og‘riqlar, og‘iz qurishi yoki gipersalivatsiya.
Metabolizm buzilishlari
Tez-tez: dislipidemiya, C-reaktiv oqsil darajasining oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: toshmalar, umumiy/makulyar/papulyar toshmalar, qichishish.
Skelet-mushak va yondosh tizim tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: belda og‘riqlar, mushak holsizligi, mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: pollakiuriya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi reaksiyalar
Kam hollarda: umumiy holsizlik, qaltirash, asteniya, shish, yuz shishi, oyoqlar shishi, issiqlik hissi, gipertermiya, sovuqlik hissi, sovuq ter, yuborilgan joydagi reaksiyalar, shu jumladan yuborilgan joyda og‘riq.
Tadqiqotlar
Kam hollarda: elektrokardiogrammada (EKG) og‘ishlar, eozinofiliya.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganda, shuningdek yo‘riqnomada qayd etilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish zarur.
Surunkali jigar va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlar preparatni uzoq muddat qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Meldoniyni bolalarda qo'llash haqida yetarli ma'lumotlar yo'q.
Kardiologik bo'limlarda o'tkir miokard infarkti va beqaror stenokardiyani davolashning ko'p yillik tajribasi shuni ko'rsatadiki, meldoniy o'tkir koronar sindromda birinchi qator preparati hisoblanmaydi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga ehtimoliy noxush ta'sirdan qochish uchun homiladorlik vaqtida u tayinlanmaydi.
Meldoniy ona sutiga ajralishi munosabati bilan preparat laktatsiya davrida qo'llanilganda emizishni to'xtatish kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llamaslik va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Meldoniyga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
Kalla ichi bosimining oshishi (vena oqimi buzilishida, kalla ichi o'smalarida).
Buyrak va jigar yetishmovchiligi (qo'llash xavfsizligi bo'yicha yetarli ma'lumotlar yo'q).
Homiladorlik, laktatsiya davri.
18 yoshgacha bo'lgan bolalar (qo'llash xavfsizligi tekshirilmagan).
Meldoniyni uzoq ta'sir etuvchi nitratlar va boshqa antianginal vositalar (zo'riqishdagi barqaror stenokardiya), yurak glikozidlari va diuretik preparatlar (yurak yetishmovchiligi) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin. Shuningdek, meldoniyni antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrosirkulyatsiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan birga qo'llash mumkin. Meldoniy glitseriltrinitrat, nifedipin, beta-adrenoblokatorlar, boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkinligini nazarda tutish kerak.
Temir tanqisligi anemiyasi bo'lgan bemorlarda Sorbifer va meldoniyni bir vaqtda qo'llash natijasida qizil qon hujayralaridagi yog' kislotalari tarkibi yaxshilangan.
Meldoniyni orot kislotasi bilan birga ishemiya/reperfuziya natijasida kelib chiqqan shikastlanishlarni bartaraf etish uchun qo'llashda qo'shimcha farmakologik ta'sir kuzatiladi.
Meldoniy azidotimidin (AZT) keltirib chiqargan yurak patologik o'zgarishlarini bartaraf etishga yordam beradi va AZT keltirib chiqaradigan oksidlovchi stress reaksiyalariga bilvosita ta'sir qilib, mitoxondriyalar disfunksiyasiga olib keladi. Meldoniyni azidotimidin yoki OITSni davolash uchun boshqa preparatlar bilan kombinatsiyada qo'llash orttirilgan immunitet tanqisligini (OITS) davolashda ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Etanol keltirib chiqargan muvozanat refleksining yo'qolishi testida meldoniy uyqu davomiyligini qisqartirgan. Pentilentetrazol keltirib chiqargan talvasalar vaqtida meldoniyning yaqqol talvasaga qarshi ta'siri aniqlangan. O'z navbatida, meldoniy bilan davolashdan oldin alfa2-adrenoblokator yoximbin 2 mg/kg dozada va azot oksidi sintazasi (AOS) ingibitori N-(G)-nitro-L-arginin 10 mg/kg dozada qo'llanilganda, meldoniyning talvasaga qarshi ta'siri butunlay bloklanadi.
Meldoniyning dozasi oshirib yuborilishi siklofosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Meldoniy qo'llanilganda hosil bo'ladigan karnitin tanqisligi ifosfamid keltirib chiqargan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Meldoniy indinavir keltirib chiqargan kardiotoksiklik va efavirenz keltirib chiqargan neyrotoksiklik holatlarida himoya ta'sirini ko'rsatadi.
Meldoniy 500 mg kapsulalarini tarkibida meldoniy bo'lgan boshqa preparatlar bilan birga qo'llash mumkin emas, chunki nojo'ya ta'sirlar xavfi ortishi mumkin.
Qo'zg'atuvchi ta'sir rivojlanishi mumkinligi sababli kunning birinchi yarmida qo'llash tavsiya etiladi.
1. Yurak-qon tomir kasalliklari
Kompleks terapiya tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan ichga, butun dozani birdaniga yoki uni 2 martaga bo'lib qo'llaniladi. Davolash kursi – 4-6 hafta.
Miokard dishormonal distrofiyasi fonida kardialgiya – ichga, kuniga 0,5 g dan. Davolash kursi – 12 kun.
2. Miya qon aylanishining buzilishi
O'tkir faza – preparatning in'eksion dori shakli 10 kun davomida qo'llaniladi,
keyin preparatni kuniga 0,5-1,0 g dan ichga qabul qilishga o'tiladi, butun dozani birdaniga yoki uni 2 martaga bo'lib qo'llaniladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.
Surunkali buzilishlar – kuniga 0,5 g dan ichga. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng mumkin.
3. Tomir patologiyasi va ko'z to'r pardasining distrofik kasalliklari
Preparatning in'eksion dori shakli qo'llaniladi.
4. Aqliy va jismoniy zo'riqishlar
Kattalarga – ichga 0,25 g dan kuniga 4 marta yoki 0,5 g dan kuniga 2 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurat bo'lganda davolash 2-3 haftadan keyin takrorlanadi.
5. Surunkali alkogolizm
Ichga 0,5 g dan kuniga 4 marta. Davolash kursi – 7-10 kun.
6. Bronxial astma
Ichga 0,25 g dan har kuni 3 hafta davomida. Davolash bronxolitik preparatlar bilan kombinatsiyalanadi.
Agar Siz preparatning navbatdagi qabulini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, uni darhol qabul qiling. O'tkazib yuborilgan dozaning o'rnini bosish uchun ikki baravar dozani qo'llamang. Qabul qilishni shifokor tavsiyalariga muvofiq davom ettiring.
MILDRONAT boshqa chiqarish shakllari
MILDRONAT kapsulalar 250mg N40 analoglari


















