MILDRONAT
MILDRONAT chiqarilish shakllari

MILDRONAT haqida qo'llanma
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- Ichish yoki v/i yuborish uchun: YIK (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi, disgormonal kardiomiopatiyani kompleks davolash tarkibida; o'tkir va surunkali miya qon aylanishi buzilishlarini (insultlar va tserebrovaskulyar yetishmovchilik) kompleks davolash tarkibida; pasaygan ish qobiliyati, jismoniy zo'riqish (sh.j. sportchilarda), reabilitatsiyani tezlashtirish uchun operatsiyadan keyingi davr; surunkali alkogolizmda abstinentsiya sindromi (alkogolizmning spetsifik terapiyasi bilan kombinatsiyada). Parabulbar yuborish uchun: to'r pardada o'tkir qon aylanishi buzilishi, gemoftalm va turli etiologiyali to'r pardaga qon quyilishi, to'r parda markaziy venasi va uning tarmoqlari trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (sh.j. diabetik va gipertonik) - faqat parabulbar yuborish uchun.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- Kalla ichi bosimining oshishi (shu jumladan venoz oqib ketish buzilganda, kalla ichi o‘smalarida), homiladorlik, laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish), meldoniyga yuqori sezuvchanlik
Tarkibi
- 1 ml in'ektsiya eritmasi 100 mg 3-(2,2,2-trimetilgidraziniy) propionat digidratini saqlaydi. 1 ampula - 500 mg 3-(2,2,2-trimetilgidraziniy) propionat digidrati. Yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv. meldoniy (trimetilgidraziniy propionat) 100 mg Yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv. meldoniy (trimetilgidraziniy propionat) 250 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati. Kapsula qobig‘i tarkibi: jelatin, titan dioksidi (E171). meldoniy (trimetilgidraziniy propionat) 500 mg Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati. Kapsula qobig‘i tarkibi: jelatin, titan dioksidi (E171).
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Nojo'ya ta'sirlar
- Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - taxikardiya, AB o'zgarishi. MNT tomonidan: kamdan-kam hollarda - psixomotor qo'zg'alish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - dispeptik simptomlar. Allergik reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - teri qichishishi, qizarishlar, toshma, shish.
Dozirovkasi
- 0,5g/0,5ml 100 mg/ml 250 mg 500 mg
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Kapsulalar Oq rangli qattiq jelatin kapsulalar, o'lchami №1; kapsula ichidagisi - kuchsiz hidli oq kristall kukun, gigroskopik Tiniq rangsiz suyuqlik.
Maxsus ko‘rsatmalari
Surunkali jigar va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlar preparatni uzoq muddat qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Meldoniyni bolalarda qo'llash haqida yetarli ma'lumotlar yo'q.
Kardiologik bo'limlarda o'tkir miokard infarkti va beqaror stenokardiyani davolashning ko'p yillik tajribasi shuni ko'rsatadiki, meldoniy o'tkir koronar sindromda birinchi qator preparati hisoblanmaydi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga ehtimoliy noxush ta'sirdan qochish uchun homiladorlik vaqtida u tayinlanmaydi.
Meldoniy ona sutiga ajralishi munosabati bilan preparat laktatsiya davrida qo'llanilganda emizishni to'xtatish kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatni yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llamaslik va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Qo'zg'atuvchi ta'sir rivojlanishi mumkinligi sababli kunning birinchi yarmida qo'llash tavsiya etiladi.
1. Yurak-qon tomir kasalliklari
Kompleks terapiya tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan ichga, butun dozani birdaniga yoki uni 2 martaga bo'lib qo'llaniladi. Davolash kursi – 4-6 hafta.
Miokard dishormonal distrofiyasi fonida kardialgiya – ichga, kuniga 0,5 g dan. Davolash kursi – 12 kun.
2. Miya qon aylanishining buzilishi
O'tkir faza – preparatning in'eksion dori shakli 10 kun davomida qo'llaniladi,
keyin preparatni kuniga 0,5-1,0 g dan ichga qabul qilishga o'tiladi, butun dozani birdaniga yoki uni 2 martaga bo'lib qo'llaniladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta.
Surunkali buzilishlar – kuniga 0,5 g dan ichga. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng mumkin.
3. Tomir patologiyasi va ko'z to'r pardasining distrofik kasalliklari
Preparatning in'eksion dori shakli qo'llaniladi.
4. Aqliy va jismoniy zo'riqishlar
Kattalarga – ichga 0,25 g dan kuniga 4 marta yoki 0,5 g dan kuniga 2 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurat bo'lganda davolash 2-3 haftadan keyin takrorlanadi.
5. Surunkali alkogolizm
Ichga 0,5 g dan kuniga 4 marta. Davolash kursi – 7-10 kun.
6. Bronxial astma
Ichga 0,25 g dan har kuni 3 hafta davomida. Davolash bronxolitik preparatlar bilan kombinatsiyalanadi.
Agar Siz preparatning navbatdagi qabulini o'tkazib yuborgan bo'lsangiz, uni darhol qabul qiling. O'tkazib yuborilgan dozaning o'rnini bosish uchun ikki baravar dozani qo'llamang. Qabul qilishni shifokor tavsiyalariga muvofiq davom ettiring.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)



























