Apteka.uz
SavatKirish

MIRES kapsulalar N60

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:OOO DELTA LABS
Barcha MIRES dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

MIRES kapsulalar N60 haqida qo'llanma

Saqlash shartlari

Namlikdan himoyalangan, quyoshdan saqlangan 25C dan yukori bo'lmagan haroratda,
bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi:                                                               

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Ta’sir qiluvchi modda

Miqdori, mg

Resveratrol

250,0

Mio-Inositol

400,0

D-Xiro-Inositol

50,0

Yordamchi moddalar

 

Tabiiy jelatin

120,0

мakkajo'xori kraxmali

30,0

Chiqarish  shakli:

15 kapsula blisterda,  4 blister va qo'llashga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.

Farmakodinamikasi

MIRES - maxsus ishlab chiqilgan biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lib, o‘zgargan endokrin va metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, jinsiy mayl va jinsiy faoliyatni tiklashda samarali qo‘llaniladigan resveratrol va inozitol manbai hisoblanadi.
Resveratrol - tabiiy kelib chiqishga ega fitoestrogen bo‘lib, ayol organizmining estrogenlari kabi ta’sir ko‘rsatadi. U klimakterik sindrom belgilarini kamaytirishga va klimaks oqibatlarining potentsial xavfini pasaytirishga yordam beradi. Lipidlarning oksidlanish jarayonlarida kuchli antioksidant sifatida organizmni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. To‘qimalarda kollagen, elastin va gialuron kislotasining saqlanishiga ko‘maklashadi, natijada terini namlaydi hamda uning elastikligi va tarangligini saqlab qoladi, bu esa uning yoshga bog‘liq o‘zgarishlariga to‘sqinlik qiladi. Qon tomir oqimiga, shu jumladan miya qon aylanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aqliy qobiliyatlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Inozitolning ikki faol shakli – mioinozitol va D-xiroinozitol kombinatsiyasi eng fiziologik va maqbul birikma hisoblanadi, chunki bu ikkala izomer ham me’yorda organizmda mavjud bo‘lib, turli biologik jarayonlarga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mio-inozitol ayollar jinsiy gormonlarining fiziologik muvozanatini saqlashda ishtirok etadi, qon zardobidagi androgenlar va prolaktin darajasini me’yorlashtiradi hamda giperandrogeniya belgilarini (ortiqcha tuklanish, akne, ortiqcha vazn) yo‘qotishga yordam beradi. U hayz siklini tartibga solishda qatnashib, uni me’yorlashtiradi, shuningdek muvaffaqiyatli urug‘lanishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tuxum hujayrasining yetilishida muhim rol o‘ynaydi. Insulin retseptorlaridan hujayra ichi signalini uzatishda ishtirok etib, insulinrezistentlik va u bilan bog‘liq metabolik buzilishlarni (bel aylanasi va tana vaznining oshishi) bartaraf etishga ko‘maklashadi.
D-xiroinozitol testosteron darajasini pasaytirishga va tuxum hujayra yetilishini me’yorlashtirish (ovulyatsiya)ga yordam beradi.
U mio-inozitolning ta’sirini kuchaytiradi, tana vazni oshganda uglevod va yog‘ almashinuvining metabolik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mahsulot dori vositasi hisoblanmaydi.
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Dori-darmonlarni qabul qilishda shifokor bilan maslahatlashing. Oziq-ovqatga biologik faol qo´shimchа to'g'ri ovqatlanish o'rnini bosa olmaydi.

Qo'llanilishi

- gormonal muvozanatni va reproduktiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun;
- klimaks davridagi ayollarga;
- insulinga yuqori sezuvchanlik yoki insulinrezistentlik xavfi bo‘lgan shaxslarga;
- asabiy zo‘riqish, tushkunlik yoki kuchli xavotirni his qilayotgan kishilarga;
- uglevod va yog‘ almashinuvini me’yorlashtirish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

BFQ  komponentlariga allergiya va  yuqori sezuvchanlik bolgan insonlarda.
Homiladorlik va emizish davridagi ayollarda

Dozirovkasi

Kattalarda ovqat paytida kuniga 1-2 kapsuladan ichiladi.  Kurs davomiyligi 1-3 oy.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MIRES kapsulalar N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

MIRES kapsulalar N60 o'xshash dorilari

Narxi
105 000 so'm dan
Narxi
132 999 so'm dan
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5
LONGIDAZA liofilizat 3000me N5
Rossiya Federatsiyasi
Vakil:
Petrovaks
Ishlab chiqaruvchi:
Petrovaks Farm NPO, OOO
Narxi
323 700 so'm dan
RADOKSIL tabletkalari N30
RADOKSIL tabletkalari N30
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
Narxi
179 999 so'm dan
Analoglar MIRES kapsulalar N60
Analoglari yo'q

MIRES kapsulalar N60 haqida savollar

MIRES kapsulalar N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil