Apteka.uz
SavatKirish

MIRES

MIRES chiqarilish shakllari

MIRES kapsulalar N60
MIRES kapsulalar N60
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
OOO DELTA LABS
- MIRES qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- MIRESning tarkibi
- MIRES ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- MIRES narxi Toshkent dorixonalarida

MIRES haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

BFQ  komponentlariga allergiya va  yuqori sezuvchanlik bolgan insonlarda.
Homiladorlik va emizish davridagi ayollarda

Farmakodinamikasi

MIRES - maxsus ishlab chiqilgan biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lib, o‘zgargan endokrin va metabolik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, jinsiy mayl va jinsiy faoliyatni tiklashda samarali qo‘llaniladigan resveratrol va inozitol manbai hisoblanadi.
Resveratrol - tabiiy kelib chiqishga ega fitoestrogen bo‘lib, ayol organizmining estrogenlari kabi ta’sir ko‘rsatadi. U klimakterik sindrom belgilarini kamaytirishga va klimaks oqibatlarining potentsial xavfini pasaytirishga yordam beradi. Lipidlarning oksidlanish jarayonlarida kuchli antioksidant sifatida organizmni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. To‘qimalarda kollagen, elastin va gialuron kislotasining saqlanishiga ko‘maklashadi, natijada terini namlaydi hamda uning elastikligi va tarangligini saqlab qoladi, bu esa uning yoshga bog‘liq o‘zgarishlariga to‘sqinlik qiladi. Qon tomir oqimiga, shu jumladan miya qon aylanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aqliy qobiliyatlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Inozitolning ikki faol shakli – mioinozitol va D-xiroinozitol kombinatsiyasi eng fiziologik va maqbul birikma hisoblanadi, chunki bu ikkala izomer ham me’yorda organizmda mavjud bo‘lib, turli biologik jarayonlarga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Mio-inozitol ayollar jinsiy gormonlarining fiziologik muvozanatini saqlashda ishtirok etadi, qon zardobidagi androgenlar va prolaktin darajasini me’yorlashtiradi hamda giperandrogeniya belgilarini (ortiqcha tuklanish, akne, ortiqcha vazn) yo‘qotishga yordam beradi. U hayz siklini tartibga solishda qatnashib, uni me’yorlashtiradi, shuningdek muvaffaqiyatli urug‘lanishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tuxum hujayrasining yetilishida muhim rol o‘ynaydi. Insulin retseptorlaridan hujayra ichi signalini uzatishda ishtirok etib, insulinrezistentlik va u bilan bog‘liq metabolik buzilishlarni (bel aylanasi va tana vaznining oshishi) bartaraf etishga ko‘maklashadi.
D-xiroinozitol testosteron darajasini pasaytirishga va tuxum hujayra yetilishini me’yorlashtirish (ovulyatsiya)ga yordam beradi.
U mio-inozitolning ta’sirini kuchaytiradi, tana vazni oshganda uglevod va yog‘ almashinuvining metabolik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Mahsulot dori vositasi hisoblanmaydi.
Tavsiya etilgan dozadan oshirilmasin. Dori-darmonlarni qabul qilishda shifokor bilan maslahatlashing. Oziq-ovqatga biologik faol qo´shimchа to'g'ri ovqatlanish o'rnini bosa olmaydi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Kattalarda ovqat paytida kuniga 1-2 kapsuladan ichiladi.  Kurs davomiyligi 1-3 oy.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. MIRES preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

MIRES haqida savollar

MIRES haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil