NATRIYA XLORID eritma 200ml 0,9% N24

NATRIYA XLORID eritma 200ml 0,9% N24 o'xshash dorilari




NATRIYA XLORID eritma 200ml 0,9% N24 qo'llanmasi
Natriy ionlari konsentratsiyasi - 142 mmol/l (plazma) va 145 mmol/l (interstitsial suyuqlik), xlorid konsentratsiyasi - 101 mmol/l (interstitsial suyuqlik). Buyraklar orqali chiqariladi.
Atsidoz, gipergidratsiya, gipokaliemiya.
Kislota-asos holati va elektrolitlarni nazorat qilish zarur.
Gipernatriemiya, atsidoz, giperxloremiya, gipokaliemiya, hujayradan tashqari gipergidratatsiya; miya va o'pka shishi xavfi bo'lgan qon aylanishining buzilishi; miya shishi, o'pka shishi, o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi, katta dozalarda glyukokortikosteroidlarni yo'ldosh tayinlash.
Ehtiyotkorlik bilan:
Dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi (oligo-anuriya).
Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilganda moslikni vizual nazorat qilish kerak (shunga qaramay, ko'rinmas va terapevtik nomoslik bo'lishi mumkin).
Vena ichiga tomchilab yuborish: yuborishdan oldin natriy xlorid eritmasi 36-38 °C gacha isitiladi. Yuboriladigan eritma dozasi organizmning suyuqlik, natriy va xlor ionlarini yo'qotishiga qarab belgilanadi va o'rtacha 1 l/sut ni tashkil qiladi. Katta suyuqlik yo'qotishlari va yaqqol intoksikatsiyada sutkasiga 3 l gacha yuborish mumkin. Yuborish tezligi - 540 ml/soat; zarurat bo'lganda - yuborish tezligi oshiriladi.
Bolalarga degidratatsiya fonida arterial qon bosimi yaqqol pasayganda (laboratoriya parametrlarini aniqlashgacha) 20-30 ml/kg yuboriladi. Keyinchalik dozalash rejimi laboratoriya ko'rsatkichlariga qarab to'g'irlanadi. Katta hajmdagi 0,9 % natriy xlorid eritmasi uzoq vaqt yuborilganda plazma va siydikdagi elektrolitlarni nazorat qilish zarur.
0,9% natriy xlorid eritmasi yaralar, ko'zlar, burun bo'shlig'i shilliq qavatini yuvish, bog'lov materialini namlash uchun qo'llaniladi.
Huqnalarda (klizmalarda) - 0,9% eritmaning 3 l/sut gacha.
Natriy xlorid boshqa chiqarish shakllari


NATRIYA XLORID eritma 200ml 0,9% N24 analoglari















