ODESTON tabletkalari 200mg N50







safro chiqarish yoʼllari kasalliklarini davolash uchun preparatlar.
ODESTON tabletkalari 200mg N50 qo'llanmasi
25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: gimekromon – 200 mg;
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, jelatin, natriy laurilsulfati, magniy stearati.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 200 mg dan. 10 tabletkadan PVX/alyuminiy blisterlarda.
2, 5 yoki 10 blisterlardan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutilarga joylanadi.
Oʼt haydovchi preparat. Oʼt hosil boʼlishi va ajralib chiqishini oshiradi. Oʼt yoʼllari va Oddi sfinktoriga nisbatan selektiv spazmolitik taʼsir koʼrsatadi (meʼda-ichak yoʼllari (MIY) harakatini susaytirmaydi va arterial qon bosimni (АQB) pasaytirmaydi). Oʼtni dimlanishini kamaytiradi, xolesterinni kristallanishini va shu orqali xolelitiaz rivojlanishini oldini oladi.
Preparatni ichga qabul qilinganida ovqat hazm qilish yoʼllaridan oson soʼriladi, plazma oqsillari bilan kuchsiz bogʼlanadi. Qon zardobida maksimal kontsentratsiyasiga 2-3 soatdan keyin erishadi. Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil etadi. Gimekromon buyraklar orqali (taxminan 93% glyukuronat koʼrinishida, 1,4% - sulfonat, 0,3% - oʼzgarmagan holda) chiqariladi.
safro chiqarish yoʼllari kasalliklarini davolash uchun preparatlar.
Tabletkalar
Аllergik reaktsiyalar; diareya, meteorizm, abdominal ogʼriq, MIY shilliq qavatida yara hosil boʼlishi, bosh ogʼrigʼi kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida gimekromonni qoʼllash xavfsizligi boʼyicha maʼlumotlar yoʼq.
Homiladorlik va laktatsiya davrida Odeston preparatini ona uchun davolashdan kutiladigan potentsial foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun boʼlgan holatlardagina buyurish mumkin.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori darajada jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shugʼullanish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Qoʼllashdagi ehtiyotkorlik choralari
“Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” va “Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri” boʼlimlariga qarang.
Ishlatilmagan dori preparatini yoʼqotishda maxsus ehtiyotkorlik choralari
Dori preparatini kanalizatsiyaga yoki uydagi chiqindilar uchun konteynerga tashlash mumkin emas. Ishlatilmagan preparatni qanday utilizatsiya qilish yuzasidan farmatsevtdan soʼrang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Oʼt chiqarish yoʼllari va Oddi sfinkterini giperkinetik turi boʼyicha diskineziyasi, kalьkulyoz boʼlmagan surunkali xoletsistit, xolangit, xolelitiaz; oʼt pufagi va oʼt yoʼllarida oʼtkazilgan jarrohlik aralashuvlaridan keyingi holatlarda qoʼllaniladi. Ishtahani pasayishi, koʼngil aynishi, qabziyat, qusishda (oʼtni giposekretsiyasi fonida) qoʼllaniladi.
Oʼta yuqori sezuvchanlik. Oʼt chiqarish yoʼllarini berkilib qolishi, jigar/buyrak yetishmovchiligi, yarali kolit, Kron kasalligi, meʼda va 12 barmoqli ichak yara kasalliklari, gemofiliyada qoʼllash mumkin emas. 7 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Morfin gimekromonning taʼsirini susaytiradi.
Metoklopramid bilan birga qabul qilinganida har ikkala preparatning taʼsirini susayishi kuzatiladi.
Bevosita antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi.
oq rangli yoki sariq tusli oq rangli, biplanar, bir tomonida “Ch” gravirovkasi boʼlgan, dumaloq tabletkalar.
Ovqatdan 30 minut oldin ichga qabul qilinadi; kattalarga – 200-400 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Sutkalik doza 1200 mg ni tashkil etadi.
7 yoshdan boshlab bolalarga 200 mg dan (1 tabletka) sutkada 1-3 marta buyuriladi. Sutkalik doza 600 mg ni tashkil etadi.
Davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi.
Dozani qabul qilish oʼtkazib yuborilganida, preparatni imkon boricha tezroq qabul qilish, yoki agar keyingi qabul qilish vaqti yaqinlashgan boʼlsa, oʼtkazib yuborilgan dozani qabul qilmaslik lozim. Ikki marta yuqori dozani bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Odamlarda dori vositasining dozasini oshirib yuborilishiga tegishli maʼlumotlar yoʼq.
Homiladorlik va laktatsiya davrida gimekromonni qoʼllash xavfsizligi boʼyicha maʼlumotlar yoʼq. Homiladorlik va laktatsiya davrida Odeston preparatini ona uchun davolashdan kutiladigan potentsial foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun boʼlgan holatlardagina buyurish mumkin.



