Apteka.uz
SavatKirish

Omaron tabletkalari N30

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Rossiya Federatsiyasi
Kategoriya:Asab tizimi
Faol modda:Sinnarizin, Pirasetam
Ishlab chiqaruvchi:Nijfarm-Stada CIS
Teglar:Miya uchun
ATX kodi:N06BX
Barcha Omaron dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Omaron tabletkalari N30 qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Piratsetam

So'rilishi

Ichga qabul qilingandan so'ng MITYdan tez va to'liq so'riladi. Qon plazmasida piratsetamning Cmax siga 2-6 soatdan keyin, likvorda - 2-8 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Piratsetam plazma oqsillari bilan bog'lanmaydi. Organizmning barcha a'zolari va to'qimalariga taqsimlanadi, yo'ldosh to'sig'idan o'tadi. Bosh miya po'stlog'ida, asosan, peshana, tepa va ensa bo'laklarida, miyacha va bazal gangliylarda tanlab to'planadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Metabolizmga uchramaydi. 30 soatdan keyin 95% dan ortig'i buyraklar orqali chiqariladi.

Sinnarizin

So'rilishi va taqsimlanishi

Qon plazmasida sinnarizinning Cmax si 1-4 soatdan keyin hosil bo'ladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 91% ni tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Sinnarizin faol va to'liq metabolizmga uchraydi. T1/2 4 soatni tashkil qiladi. Metabolitlarning 1/3 qismi siydik bilan, 2/3 qismi - axlat bilan chiqariladi.

Nojo'ya samaralari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya.

MNS tomonidan: bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishlari.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda - teri toshmasi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Jigar va/yoki buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligida, ayniqsa KK
Jigar funksiyasi buzilgan bemorlarda jigar fermentlari miqdorini nazorat qilish zarur.

Ko‘z ichi bosimi yuqori bo‘lgan bemorlarga, shuningdek Parkinson kasalligida preparatni ehtiyotkorlik bilan tayinlash kerak.

Davolash davrida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Davolash davrida bemorlar avtotransportni haydashda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

— og'ir jigar funksiyasi buzilishlari;

— og'ir buyrak funksiyasi buzilishlari;

— homiladorlik;

— laktatsiya davri;

— 5 yoshgacha bo'lgan bolalar;

— preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Omaron bilan bir vaqtda qo'llanilganda MNT faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shuningdek nootrop, antigipertenziv vositalar, etanolning sedativ ta'siri kuchayishi mumkin.

Qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalar preparat ta'sirini kuchaytiradi.

Omaron® antipsixotik dori vositalari va tritsiklik antidepressantlarning o'zlashtirilishini yaxshilaydi.

Dozirovkasi

DozalashKattalarga kasallikning og'irligiga qarab 1-3 oy davomida 3 marta 1-2 tabletkadan tayinlanadi; bolalarga - 1-2 tabletkadan 1-2 marta. Preparatni 3 oydan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi.Dozani oshirib yuborishOmaron® preparatining dozasi oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar taqdim etilmagan
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Omaron tabletkalari N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Omaron tabletkalari N30 xususiyatlari

Omaron boshqa chiqarish shakllari

OMARON tabletkalari N90
Retseptli
OMARON tabletkalari N90
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
Narxi
73 800 so'm dan
OMARON tabletkalari N30
Retseptli
OMARON tabletkalari N30
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm, AO

Omaron tabletkalari N30 haqida savollar

Omaron tabletkalari N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil