×
×
  • PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, ООО
ATX kodi:
- C04AD03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
ASKORUTIN tabletkalari N10 Lafz, ООО O'zbekiston
1 400 s`om dan
KARDIVA tabletkalari 12,5mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
68 800 s`om dan
LIZINOKOR tabletkalari 5mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
21 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

PENTOKSIFILLIN

dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

ILOVA-VARAQA

(bemorlar uchun ma‘lumot)

 

Savdo nomi: Pentoksifillin.

Xalqaro patentlanmagan nomi: Pentoksifillin (Pentoxifylline).

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 20 mg/ml.

Tarkibi: 5 ml eritma saqlaydi: ta‘sir qiluvchi modda – pentoksifillin – 100 mg; yordamchi moddalar: natriya  xloridi – 45 mg, in‘eksiya uchun suv – 5 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: periferik vazodilatatorlar.

ATX kodi – S04AD03.

Qo‘llanilishi

Yurak ishemik kasalligini rivojlanib ketishida xirurgik davolash bilan majmuada yoki operasiyadan oldingi davrda yoki operativ aralashuvni o‘tkazish mumkin bo‘lmaganidagi arteriopatiyalarning og‘riqli ko‘rinishlarini kamaytirish.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • o‘tkir miakard infarkti;
  • massiv qon ketish;
  • miyaga qon quyilishi;
  • ko‘zlarning to‘r pardasiga ko‘p qon quyilishi;
  • homiladorlik;
  • emiziklik;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalik va o‘smirlik yoshi;
  • pentoksifillin, metilksantinning boshqa hosilalari yoki dori vositasining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan

Arterial gipotenziya (arterial bosimning pasayishini xavfi), buyraklar faoliyatining buzilishi (kreatinin klirensi – 30 ml/min dan kam) (nojo‘ya samaralarning rivojlanishini yuqori xavfi), jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari (nojo‘ya samaralarning yuqori xavfi va akkumulyasiya xavfi), shu jumladan, antikoagulyantlarni ishlatish natijasida yoki qonning ivish tizimidagi buzilishlarda, qonovchanlikka yuqori moyilligi (og‘ir qon ketishini rivojlanish xavfi) bo‘lgan bemorlarga dori vositasini buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Doza va qo‘llash usuli qon aylanishining buzilishini og‘irligiga va preparatni shaxsiy o‘zlashtirilishiga qarab shifokor tomonidan belgilanadi.

Odatdagi doza har bir 200 mg (5 ml dan 2 ampula) yoki 300 mg (5 ml dan 3 ampula) pentoksifillindan tarkib topgan kuniga 1-2 to‘xtovsiz infuziyani (ertalab va kunduzi) tashkil qiladi. Ampulaning ichidagisi 250-500 ml eruvchida 1 ampula (100 mg pentoksifillin) hisobida natriy xloridning 0,9% li eritmasi yoki Ringer eritmasi yoki dekstroza (glyukoza) ning 5% li eritmasida suyultiriladi.

Yuborish tezligini 100 mg/soat, ya‘ni 60 minut davomida 1 ampuladan oshirmaslik tavsiya qilingan.

Yo‘ldosh kasalliklariga qarab (yurak yetishmovchiligi) yuborilgan xajmni kamaytirishning zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda nazoratli infuziya uchun maxsus infuzator ishlatish tivsiya qilinadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (kreatinin klirensi (KK) 30 ml/min dan kam) dozani 30-50% ga pasaytirish kerak, bu preparatni bemor tomonidan shaxsiy o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

Shaxsiy o‘zlashtirishini xisobi bilan dozani kamaytirish jigar faoliyatining og‘ir buzilishi bo‘lgan bemorlarga zarur.

Arterial bosimi past bo‘lgan bemorlarda, shuningdek bosimni pasayishi mumkinligi (yurak ishemik kasalligining og‘ir shakli yoki, bosh miya tomirlarining gemodinamik ahamiyatli stenozi bo‘lgan bemorlar) tufayli havf guruhidagi shaxslarda davolashni kichik dozalar bilan boshlash mumkin. Bunday hollarda doza faqat asta-sekin oshirilishi mumkin.

Keksalik yoshida ayniqsa gipotenziv va tomirlarni kengaytiruvchi vositalar bilan birga qo‘llanganida dozani pasaytirish va arterial bosimni nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Parenteral buyurish bilan parallel ravishda pentoksifillinni tabletkalar ko‘rinishida ichga buyurish mumkin.

Nojo‘ya ta‘siri

Pentoksifillin katta dozalarda ishlatilganida yoki infuziyaning tezligi yuqori bo‘lganida, ba‘zida quyidagi nojo‘ya samaralari rivojlanishi mumkin:

teri qoplamlari va teri osti yog‘ qavati tomonidan: yuz terisining giperemiyasi, yuz va ko‘krak qafasining yuqori qismining terisiga qonni oqib kelishi, shishlar, tirnoqlarning sinuvchanligini oshishi;

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me‘da sohasida to‘lib ketish va bosim hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;

yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiya, kardialgiya, stenokardiyani kuchayib borishi, arterial bosimni pasayishi;

allergik reaksiyalar: qichishish, terini qizarishi, eshakemi, angionevrotik shish, anafilaktik shok. Aseptik meningitni, jigar ichki xolestazini rivojlanish va “jigar” transaminazalari faolligini oshish hollari juda kam kuzatiladi;

nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, havotirlik, uyquni buzilishi, tirishishlar;

qonning ivishi tizimi tomonidan: trombositopeniya, teri, shilliq qavatlar, me‘da, ichak tomirlaridan qon ketishi.

Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lgan holda dori vositasini qo‘llashni bekor qilish kerak.

Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida shifokorga bu haqida ma‘lumot berish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni arterial bosimning nazorati ostida olib borish kerak.

Gipoglikemik vositalar qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga katta dozalarni buyurish yaqqol gipoglikemiyani chaqirishi mumkin (dozani to‘g‘rilash talab qilinadi).

Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qonning ivish tizimining ko‘rsatkichlarini sinchiklab kuzatish kerak.

Yaqinda jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazgan bemorlarda muntazam gemoglobin va gematokritning darajasini nazorat qilish kerak.

Keksa odamlarda dozani kamaytirish (yuborish tezligini pasaytirish) talab qilinishi mumkin.

Chekish preparatning terapevtik samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Pentoksifillin eritmasini infuzion eritma bilan mutanosibligini har bir alohida holda tekshirish kerak.

Bolalarda pentoksifillinnig xavfsizligi va samaradorligi yetarli darajada o‘rganilmagan.

Vena ichiga infuziya qilinganida bemor yotgan holatda bo‘lishi kerak.

 

Homiladorlik va emiziklik davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda pentoksifillinni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Pentoksifillin ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, aritmiya, teri qoplamlarining qizarishi, etni uvishishi, hushni yo‘qotish, arefleksiya, toniko-klonik tirishishlar.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Bemor gorizontal holatda oyoqlarini ko‘tarib yotishi kerak. Maxsus antidoti noma‘lum. Organizmning hayotiy muhim a‘zolarining monitoringi va ularni tutib turishga qaratilgan umumiy choralar o‘tkaziladi, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi kuzatiladi; tirishishlar – diazepam.

Dozani oshirib yuborilishi belgilari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Pentoksifillin antigipertenziv vositalarning ta‘sirini kuchaytiradi.

Pentoksifillinni katta dozalarda parenteral qo‘llash fonida qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinning gipoglikemik ta‘siri kuchayishi mumkin.

Ketorolak bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishining rivojlanishini havfi va/yoki protrombin vaqtini oshishi mumkin; meloksikam bilan – qon ketishining rivojlanishini havfi oshadi; simptomatiklar, ganglioblokatorlar va vazodilatatorlar bilan – arterial bosimni oshishi mumkin; geparin, fibrinolitik preparatlar bilan – ivishga qarshi ta‘sirining kuchayishi kuzatiladi.

Simetidin qon plazmasida pentoksifillinning konsentrasiyasini ahamiyatli oshiradi (nojo‘ya samaralarining rivojlanishini havfi).

Boshqa ksantinlar bilan birga buyurilganida asabni haddan tashqari qo‘zg‘alishiga olib kelishi mumkin.

Ba‘zi bemorlarda pentoksifillin va teofillinni bir vaqtda qabul qilish, teofillinning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Bu teofillin bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarning oshishiga yoki kuchayishiga olib kelishi mumkin.

O‘rami

5 ml dan ampulalarda o‘ramda №5x2, №10

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml dori vositasi Radiks, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PENTOKSIFILLIN eritma 250 ml 0,5 mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
RINGER LAKTAT eritma 200 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
MOKSIFLOKSASIN eritma 200 ml 400 mg/ 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
MOKSIFLOKSASIN eritma 200 ml 200 mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
LOPERAMID kapsulalar 2 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 3 500 so'mdan Batafsil
LOPERAMID kapsulalar 2 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 10 ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 10 ml 10% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 4 400 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 5 ml 10% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID eritma 5 ml 10% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 3 293 so'mdan Batafsil
GEPARIN eritma 1 ml 5000 ME/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
RUTAN tabletkalari 25 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: RADIKS, ООО
SIPROFLOKSASIN eritma 100 ml 200 mg/100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
URSODIOL kapsulalar 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
URSODIOL kapsulalar 250 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
URSODIOL kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
RINGER LAKTAT eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Narh: 12 200 so'mdan Batafsil
PLATIFILLIN eritma 1 ml 2 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN eritma 500 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN eritma 400 ml 0,5 mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
Другие формы препарата
PENTOKSIFILLIN 0,02/ML konsentrat 5ml N10
PENTOKSIFILLIN POLITVIST 0,02/ML konsentrat 5ml N10
PENTOKSIFILLIN konsentrat 5 ml 20 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN konsentrat 5 ml 20 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ООО
PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,4 tabletkalari N20
PENTOKSIFILLIN SR ZENTIVA 0,6 tabletkalari N20
PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60
PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60
PENTOKSIFILLIN 0,1 tabletkalari N60
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9