PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%

PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75% qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so'ng natriy pikosulfat sezilarli so'rilishsiz yo'g'on ichakka yetib boradi.
Faol metabolit bis (p-gidroksifenil) -piridil-2-metan yo'g'on ichakda bakterial parchalanishdan keyin hosil bo'ladi, Pikolaks® ning ta'siri odatda faol metabolitning ajralib chiqishiga qarab, preparat qabul qilinganidan 6-12 soat o'tgach boshlanadi. Ichga qabul qilingandan so'ng dori vositasining faqat oz miqdori organizmning a'zo va tizimlarida aniqlanishi mumkin.
Preparatning surgun ta'siri qon plazmasidagi faol metabolit darajasi bilan korrelyatsiya qilmaydi.
Farmakologik ta'siri
Natriy pikosulfat, Picolax® ning faol moddasi, triarilmetan guruhiga mansub mahalliy ta'sir qiluvchi surgi vositasidir. Natriy pikosulfat yo'g'on ichakda bakterial parchalanishdan so'ng uning shilliq qavatini rag'batlantiradi, peristaltikani tezlashtiradi, yo'g'on ichak bo'shlig'ida suv va elektrolitlar to'planishiga yordam beradi. Buning natijasi defekatsiyani rag'batlantirish, tranzit vaqtini qisqartirish va axlatni yumshatishdir.
Nojo'ya samaralari
Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, teri reaksiyalari (toshma, qichishish, eshakemi).
Asab tizimi tomonidan: bosh aylanishi, hushdan ketish. Bosh aylanishi va hushdan ketish ehtimoli vazovagal reaksiya (masalan, og'riq, spazm yoki defekatsiya) bilan bog'liq («Qo'llash xususiyatlari» bo'limiga qarang).
Oshqozon-ichak trakti tomonidan: diareya, qorinda sanchiqlar, qorinda og'riq, qorinda noqulaylik, ko'ngil aynishi, qusish.
Preparatni uzoq muddat va haddan tashqari ko'p qo'llash suyuqlik, kaliy va boshqa elektrolitlarning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Bu esa o'z navbatida, ayniqsa diuretiklar yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda mushaklarning kuchsizlanishiga va yurak funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus saqlash sharoitlari
Surunkali qabziyatdan aziyat chekuvchi bemorlarda to'liq diagnostika o'tkazish va qabziyat sababini aniqlash kerak.
Preparatni uzoq muddat qo'llash suyuqlik va elektrolit balansining buzilishiga va gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin.
Natriy pikosulfat qo'llash bilan vaqt bo'yicha mos kelgan bosh aylanishi va/yoki hushdan ketish holatlari haqida xabar berilgan. Mavjud ma'lumotlar shuni taxmin qilishga imkon beradiki, ko'rsatilgan holatlar defekatsiyadagi (Valsalva sinamasi bilan bog'liq) hushdan ketishga yoki qorindagi og'riqqa vazovagal javob bilan bog'liq.
Fruktozani kam uchraydigan nasliy o'zlashtiraolmasligi bo'lgan bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak, chunki u sorbit saqlaydi.
Ushbu dori vositasi 1 mmol / dozadan kam natriy saqlaydi, ya'ni amalda natriydan xoli.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Biroq, bemorlarni vazovagal reaksiya (xususan abdominal spazm) natijasida bosh aylanishi va/yoki hushdan ketish kabi nojo'ya reaksiyalar rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish kerak. Abdominal spazm yuzaga kelgan taqdirda bemor avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishi kerak.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga, boshqa triarilmetanlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik. Ichak tutilishi yoki qorin bo'shlig'i a'zolarining o'tkir kasalligi, masalan appenditsit. Ichakning o'tkir yallig'lanish kasalliklari.
Yuqorida aytib o'tilgan o'tkir kasalliklarga ishora qilishi mumkin bo'lgan ko'ngil aynishi va qusish bilan kechuvchi qorindagi o'tkir og'riq. Kuchli suvsizlanish.
Preparatning biron bir yordamchi moddasini kam uchraydigan irsiy o'zlashtiraolmaslik, masalan fruktozani aniqlanmagan o'zlashtiraolmaslik ehtimoli mavjud («Maxsus ko'rsatmalar»ga qarang). Pikolaks ® suv va elektrolit muvozanatining buzilishi bilan bog'liq holatlarda (masalan, buyrak faoliyatining og'ir buzilishida) nazorat ostida qabul qilinishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Pikolaks ® katta dozalarini va diuretiklar yoki kortikosteroidlarni bir vaqtda qo'llash elektrolitlar balansi buzilishi xavfini oshirishi mumkin, bu yurak glikozidlariga sezuvchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin.
Antibiotiklar bilan bir vaqtda qo'llash Pikolaks ® ning surgi ta'sirini susaytirishi mumkin.
Dozirovkasi
Preparat ishlab chiqaruvchining dozatori yordamida dozalanadi.
Kattalarga 13-27 tomchi (bu 5-10 mg natriy pikosulfatga to'g'ri keladi);
4 yoshdan katta bolalarga (faqat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha): 7-13 tomchi (bu 2,5-5 mg natriy pikosulfatga to'g'ri keladi).
Pikolaks ® ni kechasi qabul qilish kerak. Pikolaks ® qo'llanilgandan so'ng ichak bo'shashi 10-12 soatdan keyin sodir bo'ladi. Preparatni suyuqlik bilan ham, suyuqliksiz ham qo'llash mumkin.
Pikolaks ® ni har kuni yoki uzoq muddat davomida qabziyat sababini aniqlamasdan qo'llash mumkin emas.
Hajm/og'irlik
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75% o'xshash dorilari



PIKOLAKS boshqa chiqarish shakllari
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75% analoglari


PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75% narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 63183,
"stores_apteka_id": 312777,
"slug": "pikolaks-kapli-oralnye-0-75-30-ml",
"stores_apteka_slug": "pikolaks-kap-0-75-30-0-ml-slabitelnoe",
"name": "PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%",
"brand_name": "PIKOLAKS",
"image": "uploads/iblock/9e9/9e9a63eacbf60842ea828becac794bef.webp",
"atx_code": "A06AB08",
"drug_form_id": 10,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "non_prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Farmak, PAO",
"representative": null,
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 487,
"slug": "pishchevaritelnyy-trakt-i-obmen-veshchestv",
"name": "Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi",
"external_link_title": "Gastroenterolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/gastroenterolog"
},
"drug_group": {
"id": 66453,
"slug": "pikolaks",
"name": "PIKOLAKS"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 7,
"slug": "ukraina",
"name": "Ukraina"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8182,
"slug": "natriya-pikosulfat",
"name": "natriya pikosulfat"
}
],
"tags": []
}
}





