Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10

BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha BIFOLAK dorilari
69 ta dorixonada bor
Narxi 37 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 69 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

 

15 yoshdan oshgan bolalar va kattalar

Tarkibi 1 kapsula 0,5 g:

bk.

1 kaps.

*KTIM

*RYUCh

Zink (sink sitrati)

mg

25

11-16

40

C vitamini (askorbin kislotasi)

mg

200

90-110

2000

D3 vitamini (xolekalsiferol)

XB

2000

800

4000

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: ≥ 10 milliard KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

*KTIM - DGE (The German Nutrition Society) tomonidan tavsiya etilgan bolalar uchun kunlik iste'mol miqdori.

*RYUCh - FNB (Food and Nutrition Board) tomonidan ruxsat etilgan kunlik iste'molning yuqori chegarasi.

“–“ ko'rsatilgan nutrient (vitamin, mineral va b.) ga FNB ning ruhsat etilgan yuqori chegarasi belgilanmagan.

Vitamin va minerallar miqdori FNB tomonidan belgilangan ruxsat etilgan me’yorlarning yuqori chegaralaridan oshmaydi.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.

Farmakodinamikasi

BIFOLAK®ZINCUM+C+D3 innovatsion formulasi erkaklar va ayollar salomatligini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, nafas yo'llari infeksiyalaridan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu formulada zinc(sink), C va D3 vitaminlari, shuningdek, yaxshi natijaga erishish uchun optimal miqdordagi probiotiklar va prebiotiklar kombinatsiyasi mavjud. Zinc(sink), C va D3 vitaminlari tabiiy antioksidantlar bo'lib, yallig'lanishni kamaytirishga, oksidlanish mahsulotlarini zararsizlantirishga va qon tomirlari devorlarini mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, ular immunoglobulinlar ishlab chiqarilishini rag'batlantirish orqali viruslar, bakteriyalar va zamburug'larga qarshi immunitetni oshiradi, asoratlar xavfini kamaytiradi va tiklanishni tezlashtiradi. BIFOLAK®ZINCUM+C+D3 tarkibidagi probiotik va prebiotiklar immunitetni mustahkamlaydi, ichaklarni antibiotiklar va isitma tushiruvchi vositalar salbiy ta'siridan himoya qiladi, organizmni toksinlardan tozalashga yordam beradi hamda zinc(sink) va vitaminlarning so'rilishini yaxshilaydi. 

BIFOLAK®ZINCUM+C+D3 erkaklar salomatligi uchun muhim bo’lgani kabi ayollar salomatligi uchun ham muhimdir. Erkaklar uchun zinc(sink), C va D3 vitaminlari erkaklik kasalliklarining oldini oladi, testosteron ishlab chiqarilishini faollashtiradi, fertillikni, spermatazoid sifati va harakatini yaxshilaydi. Ayollar uchun bu antioksidantlar ginekologik infeksiyalarga qarshi himoyani kuchaytirishi va yallig'lanishni kamaytirishi mumkin. Homiladorlik davrida BIFOLAK®ZINCUM+C+D3 infeksiyalarga qarshi qo'shimcha himoyani ta'minlashi, homila salomatligini qo'llab-quvvatlashi va homila tushishi, muddatidan oldingi tug'ruq va yangi tug'ilgan chaqaloqlarning kam vazn bilan tug’ilishi kabi asoratlar xavfini kamaytirishi mumkin. Uning tarkibidagi probiotik va prebiotiklar onada ovqat hazm qilishni va bolaning to'g'ri rivojlanishi uchun ozuqa moddalarining so'rilishini yaxshilaydi.

Qo'llanilishi

•        Nafas yo'llaridagi yallig'lanish jarayonlarida tiklanishni tezlashtirish uchun

•        Erkaklar salomatligi uchun:

- erkaklardagi yallig'lanish jarayonlarida

- mushak massasini, kuch va chidamlilikni oshirish uchun

•       Ayollar salomatligi uchun:

- sog'lom homiladorlik, infeksiyalardan himoya qilish, muddatidan oldingi tug'ruq va boshqa asoratlarning oldini olish uchun

- ginekologik yallig'lanish jarayonlarida

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

• 15 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 kunda 1 kapsula. Qabul qilish davomiyligi:10-20 kun.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.


Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

BIFOLAK boshqa chiqarish shakllari

BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
57 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
57 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №23
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 1 uy, 36 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
57 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
57 900 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
65 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
65 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №6
Olmazor tumani, Farobiy ko'ch., 28/6 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
65 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
65 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
65 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
65 000 so'm
Bron qilish

BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10 haqida savollar

BIFOLAK SINKUM + S+ D3 kapsulalar 0,5g N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil