Ташкент
logo
SavatKirish

BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha BIFOLAK dorilari
114 ta dorixonada bor
Narxi 49 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 114 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi 1 stik 1,5 g:

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: ≥ 100 milliard KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.

Farmakodinamikasi
BIFOLAK® NEO tarkibida 100 milliarddan ortiq KHQBdagi foydali probiotik bakteriyalar mavjud bo'lib, ular ichakda foydali bakteriyalarning tez joylashishiga va bola tug'ilganidan boshlab uning ichak faoliyatini normallashtirishga yordam beradi. BIFOLAK®NEO ovqat hazm qilishni, sut va bolalar ovqatlarining o’zlashtirilishini yaxshilaydi, bezovtalik, qorin sanchig’i va dam bo’lishini bartaraf qiladi, ich ketishi, ich qotishi, disbakterioz, antibiotiklarni qabul qilish paytida va undan keyin ich kelishini normallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u diatez, allergiya, ovqatdan zaharlanishda organizm va ichaklarni toksinlar, zararli mikroorganizmlar va allergenlardan tozalaydi. BIFOLAK®NEO tez-tez kasal bo'ladigan bolalar immunitetini mustahkamlaydi, oshqozon-ichak yo’llari kasalliklarida ichak faoliyatining tiklanishini faollashtiradi, qorin bo'shlig'idagi jarrohlik operatsiyalaridan so'ng moddalar almashinuvi jarayonlari va parietal hazm qilishni yaxshilaydi. Natijada, bola organizmining rivojlanishi uchun zarur bo'lgan aminokislotalar, mikroelementlar (kalsiy, magniy, sink, temir va boshqalar), vitaminlar (B1, B6, B12, C, E, D, nikotin va foliy kislotalari, biotin va boshqalar) o’zlashtirilishi kuchayadi.

BIFOLAK®NEO sinbiotik hisoblanadi, chunki u probiotiklar bilan bir qatorda prebiotiklarni ham o'z ichiga oladi. Prebiotiklar (inulin, maltodekstrin) probiotiklar uchun yaxshi ozuqa muhiti va o'sish stimulyatori hisoblanadi. Ular probiotiklarning ichaklarda yashovchanligini yuqori darajada ta'minlaydi va ichak mikroflorasining tiklanishini tezlashtirishi bilan BIFOLAK®NEOning foydali xususiyatlarini oshiradi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo’shimcha. Dori vositasi bo’lib hisoblanmaydi. 

Qo'llanilishi

•        ovqat hazm qilish va ich kelishining buzilishlarida: bezovtalik, qorin dam bo’lishi, sanchishi, ich qotishi, ich ketishi

•        diatez va allergiyada bola organizmini tozalash uchun

•        gelmintozda ichaklarni tozalash uchun

•        ovqatdan zaharlanishda toksinlardan tozalash uchun

•        yangi tug'ilgan chaqaloqlar, erta tug'ilgan chaqaloqlar uchun

•        sun’iy ovqatlanadigan bolalar uchun

•        oshqozon-ichak yo’llari kasalliklarida

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

•       bolalarga – kuniga 1 stik.

Ovqatdan keyin iste’mol qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun.

Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual tavsiya etilishi mumkin.

Qabul qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiring (bakteriyalar > 40 °C haroratda nobud bo'lishi mumkin). Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirish va bir qabulda (bolaga bering) iste'mol qiling. Tayyor aralashmani keyinchalik ishlatish uchun qoldirmang. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq tabiiy va normal jarayon.

BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10 boshqa chiqarish shakllari

BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10 savollari

BIFOLAK NEO stiki 1,5g N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil