Ташкент
logo
SavatKirish

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30

17 ta dorixonada bor
Narxi 55 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 17 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 o'xshash dorilari

KETAP tabletkalari 200mg N30
KETAP tabletkalari 200mg N30
Turkiya
Vakil:
WELFAR VST
Ishlab chiqaruvchi:
Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co.
•1 ta dorixonada bor
Narxi
99 000 so'm dan
NUTVA COMPLEX kapsulalar  N60
NUTVA COMPLEX kapsulalar N60
Ishlab chiqaruvchi:
Nutva Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
1 170 000 so'm dan
STOMORAD sprey 20 ml
STOMORAD sprey 20 ml
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
“Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.”
Narxi
105 000 so'm dan

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bolalar uchun

Kattalar uchun

Tarkibi 1 stik 1,5 g:

bk.

1 stik

*KTIM

*RYUCh

2 stik

*KTIM

*RYUCh

Magniy (magniy sitrat)

mg

70

60-310

350

140

310-350

350

B1 vitamini (tiamin)

mg

0,4

0,4-0,9

-

0,8

1,0-1,2

-

B2 vitamini (riboflavin)

mg

0,6

0,4-1,0

-

1,2

1,1-1,4

-

B6 vitamini (piridoksin)

mg

2

0,5-1,2

30-60

4

1,4-1,6

80-100

B9 vitamini (foliy kislotasi)

mkg

120

90-210

300-600

240

210

800-1000

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: ≥ 10 milliard KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

*KTIM - DGE (The German Nutrition Society) tomonidan tavsiya etilgan bolalar uchun kunlik iste'mol miqdori.

*RYUCh - FNB (Food and Nutrition Board) tomonidan ruxsat etilgan kunlik iste'molning yuqori chegarasi.

“–“ ko'rsatilgan nutrient (vitamin, mineral va b.) ga FNB ning ruhsat etilgan yuqori chegarasi belgilanmagan.

Vitamin va minerallar miqdori FNB tomonidan belgilangan ruxsat etilgan me’yorlarning yuqori chegaralaridan oshmaydi.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.

Farmakodinamikasi
BIFOLAK® MAGNIY tarkibida magniy organik, oson o’zlashtiriladigan magniy sitrati ko’rinishida mavjud. U neyronlarning qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi, impulslarning neyromuskulyar uzatilishini normallashtiradi va ko'plab fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy yurak, asab tizimi, oshqozon-ichak yo’llarining sog'lom ishlashiga va suyaklarning shakllanishiga yordam beradi. U yurak oziqlanishini yaxshilaydi, qon tomirlarini kengaytiradi, yurakni ortiqcha zo’riqishdan himoya qiladi, tromb shakllanishiga to'sqinlik qiladi hamda infarkt va insult xavfini kamaytiradi. Magniy stressga qarshi kuchli mikroelementdir: u asab tizimini tinchlantiradi, asab qo'zg'aluvchanligini pasaytiradi, uyquni yaxshilaydi, stressdan keyin energiyani tiklanishiga yordam beradi, depressiyani kamaytiradi va organizm hujayralarini, ayniqsa, yurak va miya hujayralarini stressning salbiy ta'siridan himoya qiladi. BIFOLAK®MAGNIY tarkibiga kiruvchi B6 vitamini oshqozon-ichak yo’llarida (OIY) magniyning so'rilishini va uning hujayralarga singishini yaxshilaydi. Shuningdek, u qondagi qand miqdorini normal darajada ushlab turadigan insulin ishlab chiqarilishida hamda his-tuyg’u va kayfiyatni tartibga soluvchi serotonin va dofamin neyromediatorlarining sintezida ishtirok etadi. 

B1, B2, B6, B9 vitaminlari magniy bilan birgalikda mushaklarni bo'shashtiradi, spazmlarni kamaytiradi, jismoniy mashg'ulotdan keyin tiklanishni tezlashtiradi, yurak-qon tomir va asab tizimlarining, shuningdek, jigarning normal ishlashini ta'minlaydi. Ular energiya ishlab chiqarilishida, yog' va oqsil almashinuvida muhim rol o'ynaydi, uyquni yaxshilashga yordam beradi. B1 vitamini miya va yurakning to'g'ri rivojlanishi va ishlashi uchun zarurdir. B2 vitamini organizmga yog'ni o’zlashtirish va parchalashga yordam beradi, antioksidant ta’sirga ega. B9 vitamini (foliy kislotasi) homiladorlik paytida homilaning to'g'ri shakllanishi, balog'at yoshidagi bolalar va o'spirinlarning o'sishi va rivojlanishi hamda ayollarning salomatligini saqlash uchun zarurdir. BIFOLAK®MAGNIY tarkibiga kiruvchi probiotiklar magniy va B1, B2, B6, B9 vitaminlarining maksimal darajada so'rilishini ta'minlaydi. Milliardlab bifido- va laktobakteriyalar ichak mikroflorasining tez tiklanishiga yordam beradi, oshqozon-ichak yo’llari faoliyatini, moddalar almashinuvi jarayonlarini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Probiotik bakteriyalar organizmni ichakdagi zararli moddalar va mikroorganizmlardan tozalashga yordam beradi, organizmning umumiy holatiga va surunkali kasalliklar kechishining yengillashishiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Prebiotiklar probiotik bakteriyalarning o’sishini faollashtiradi va ularning ijobiy ta'sirini kuchaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Bifolac®-Magniy tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo'lib hisoblanmaydi.

Qo'llanilishi
•    stress va toliqishni bartaraf etish uchun

•    asab tizimini bo'shashtirish, uyquni yaxshilash uchun

•    mushaklarni bo'shashtirish, spazmlarni, tortishishlarni bartaraf etish uchun

•    yurak faoliyatini, arterial qon bosimini normallashtirish uchun

•    qon oqimini yaxshilash, infarkt va insultning oldini olish uchun

•    qandli diabet va semirishda yurak-qon tomir va asab tizimlarini qo'llab-quvvatlash uchun

•    ich qotishida ich kelishini normallashtirish uchun

•    bolalarda qo'zg'aluvchanlikni, giperfaollikni kamaytirish uchun

•    bachadon tonusini kamaytirish va homiladorlik asoratlarining oldini olish uchun

•    homilaning to'g'ri shakllanishi va rivojlanishi uchun

•    hayz paytida, menopauzada ayol o’zini yaxshi his qilishi uchun

•    oral kontratseptivlarni qabul qilishda magniy yetishmovchiligini to'ldirish uchun

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

•    1 yoshgacha bo’lgan bolalarga – pediatr tavsiyasiga ko’ra;

•    1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga – kuniga 1 stik;

•    6 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 2 stik;

•    kattalarga – kuniga 2-3 stik.

Ovqatdan keyin qabul qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun. Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual tavsiya etilishi mumkin.

Qabul qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiring (bakteriyalar > 40 °C haroratda nobud bo'lishi mumkin). Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirish va bir qabulda (bolaga bering) iste'mol qiling. Tayyor aralashmani keyinchalik ishlatish uchun qoldirmang. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq tabiiy va normal jarayon.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik davrida BIFOLAC®-MAGNIY qabul qilish shifokor bilan maslahatlashganidan keyin tavsiya etiladi.
Emizish davrida BIFOLAC®-MAGNIY dan foydalanishdan qochish kerak. Magniy ona sutiga o'tadi.

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 boshqa chiqarish shakllari

Analoglar BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30
Analoglari yo'q

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 savollari

BIFOLAK MAGNIY stiki 1g N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil