Ташкент
logo
SavatKirish

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha BIFOLAK dorilari
118 ta dorixonada bor
Narxi 55 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 118 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 o'xshash dorilari

SINPROJI tomchilar 15 ml
SINPROJI tomchilar 15 ml
Italiya
Ishlab chiqaruvchi:
«GRICAR CHEMICAL S.r.l.»
VITAKIDS pastillar N60
VITAKIDS pastillar N60
Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdony Yichao Biological Co., Ltd №30 13-7 i 8 Szinyuan Ind., Park, Xaoson Roud., Shantuu, Provinsiya Guandun, KNR.

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi 1 stik 1,5 g:

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: 1 trillion KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar: mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi

   

Farmakodinamikasi

BIFOLAK®ACTIVE tarkibida maksimal miqdorda – 8 turdagi 1 trillion KHQB probiotik bakteriyalar mavjud bo'lib, ular keng ko’lamdagi patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonist hisoblanadi, shuningdek, ichak bioqobig’ini mustahkamlash orqali zararli mikroblarning kirib kelishiga to'sqinlik qiladi.

BIFOLAK®ACTIVE ichak mikroflorasini tez tiklanishiga va ichak faoliyatini normallashtirishga yordam beradi, uning hujayralarini sog’lomlashtiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, qorindagi bezovtalik, sanchiq va qorin dam bo’lishini bartaraf qiladi. BIFOLAK®ACTIVE antibiotiklar, istima tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlar, shuningdek, ich suruvchi va safro haydovchi preparatlarni suiiste'mol qilish natijasida kelib chiqqan diareya, ich qotishi va disbakteriozda ich kelishini normallashtirishga yordam beradi; organizm va ichaklarni allergiya, gelmintoz (gijja), ovqatdan va alkogoldan zaharlanishda toksinlar, zararli mikroorganizmlar va allergenlardan tozalaydi.

BIFOLAK®ACTIVE keksa yoshdagilar, tez-tez kasallanuvchi shaxslar, shuningdek, surunkali kasalliklardan aziyat chekuvchi shaxslar immunitetini mustahkamlaydi. BIFOLAK®ACTIVE oshqozon-ichak yo’llari kasalliklari, qorin bo'shlig'idagi jarrohlik operatsiyalaridan so'ng ichak faoliyati tiklanishini faollashtiradi, moddalar almashinuvini va parietal hazm qilishni yaxshilaydi, bu organizmning tiklanishi uchun zarur bo'lgan aminokislotalar, mikroelementlar (kalsiy, magniy, sink, temir va boshqalar), vitaminlarning (B1, B6, B12, C, E, D, nikotin va foliy kislotalari, biotin va boshqalar) yaxshi o’zlashtirilishiga yordam beradi.

BIFOLAK ® ACTIVE sinbiotik hisoblanadi, chunki u probiotiklar bilan bir qatorda prebiotiklarni ham o'z ichiga oladi.

Prebiotiklar – inulin va maltodekstrin – probiotiklar uchun yaxshi ozuqa muhiti va o'sish stimulyatori bo'lib, ularning ichakda yuqori darajadagi yashovchanligini ta'minlaydi va ichak mikroflorasining tiklanishini tezlashtirishi bilan BIFOLAK®ACTIVEning foydali xususiyatlarini oshiradi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi bo'lib hisoblanmaydi.

Qo'llanilishi

•        Antibiotiklar qabul qilishda

•        Isitma tushiruvchi dorilarni qabul qilishda (yallig’lanishga qarchi nosteroid preparatlar)

•        Oshqozon-ichak yo’li kasalliklarida:

- funksional dispepsiya (qorin dam bo’lishi, sanchishi, bezovtalik, ich qotishi, ich ketishi)

- oshqozon kasalliklari (gastrit, oshqozon yarasi)

- ichak kasalliklari (enterit, kolit)

- jigar va oshqozon osti bezi kasalliklari (gepatit, xoletsistit, pankreatit)

•        Ovqatdan zaharlanish va ichak infeksiyalarida

•        Allergiyada organizmni tozalash uchun

•        Gelmintozda ichaklarni tozalash uchun


Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

•       bolalar va kattalarga – kuniga 1 stik.

Ovqatdan keyin iste’mol qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun.

Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi.

Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual tavsiya etilishi mumkin.

Qabul qilishdan oldin qaynatilgan suv, sut, bolalar ovqati kabi 20-50 ml sovutilgan suyuqlik bilan aralashtiring (bakteriyalar > 40 °C haroratda nobud bo'lishi mumkin). Olingan aralashmani yaxshilab aralashtirish va bir qabulda (bolaga bering) iste'mol qiling. Tayyor aralashmani keyinchalik ishlatish uchun qoldirmang. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq tabiiy va normal jarayon.


BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 boshqa chiqarish shakllari

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 analoglari

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 savollari

BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil