Ташкент
logo
SavatKirish

BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Barcha BIFOLAK dorilari
117 ta dorixonada bor
Narxi 50 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 117 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Bolalar uchun

Kattalar uchun

Tarkibi 1 stik 1,5 g:

bk.

1 stik

*KTIM

*RYUCh

2 stik

*KTIM

*RYUCh

Zink (sink sitrati)

mg

10

3,0-9,0

6,0-23

20

10-16

34-40

Sinbiotik-kompleks:

Probiotik bakteriyalarning 8 turi: ≥ 10 milliard KHQB

(Bifidobacterium bifidum 175, Bifidobacterium adolescentis 109, Bifidobacterium bifidum 108, Lactobacillus plantarum 174a, Lactobacillus acidophilus 212, Lactobacillus bulgaricus 210, Propionibacterium avidum 261, Streptococcus thermophilus 237)

Prebiotiklar: inulin, maltodekstrin

Yordamchi moddalar:

mikrokristalli sellyuloza, fruktoza, glyukoza va boshqalar.

*KTIM - DGE (The German Nutrition Society) tomonidan tavsiya etilgan bolalar uchun kunlik iste'mol miqdori.

*RYUCh - FNB (Food and Nutrition Board) tomonidan ruxsat etilgan kunlik iste'molning yuqori chegarasi.

“–“ ko'rsatilgan nutrient (vitamin, mineral va b.) ga FNB ning ruhsat etilgan yuqori chegarasi belgilanmagan.

Vitamin va minerallar miqdori FNB tomonidan belgilangan ruxsat etilgan me’yorlarning yuqori chegaralaridan oshmaydi.

Mahsulot tarkibida Yevropa standartlariga muvofiq, oziq-ovqatdagi allergiya chaqiruvchi moddalar – glyuten, soya, laktoza mavjud emas (Regulation (EU) No 1169/2011, Annex II). Shuningdek, mahsulot tarkibida hayvon oqsillari mavjud emas. Mahsulot bolalarga, homilador, emizikli ayollarga, vegeterianlar (veganlar), qandli diabetli shaxslarga ham tavsiya etiladi.

Farmakodinamikasi

Zink (sink) BIFOLAK® ZINCUMning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u sink sitrati organik shaklida mavjud, u yuqori biosamaradorlikka ega va organizm tomonidan oson o’zlashtiriladi. Zink (sink) 300 dan ortiq fermentlar, shuningdek, RNK, DNK, o'sish gormoni, qalqonsimon bez gormonlari, insulin, kortikosteroidlar va testosteron gormonlarini hosil bo'lishi va faollashuvida ishtirok etadigan muhim mikroelementdir. U homiladorlik paytida homilaning to'g'ri rivojlanishini ta'minlaydi, homilaning o'sishi va rivojlanishiga hissa qo’shadi, anomaliya rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va infeksiyalardan himoya qiladi. Zink (sink), shuningdek, bolaning faol o'sishi va rivojlanishi uchun muhimdir, aqliy rivojlanishni yaxshilaydi va ayniqsa, o’sishi sust, gipotrofik va tana vazni kam bo'lgan bolalar uchun muhimdir. Bolalarning faol o'sishi davrida tanadagi zinc(sink)ning normal darajasini saqlab turish, ularning sog'lom o'sishi va rivojlanishini ta'minlash, gormonal muvozanatni saqlash va gormonal kasalliklarning oldini olish uchun juda muhimdir.

BIFOLAK®ZINCUM tarkibidagi zink (sink) diareya paytida ichaklarni va uning shikastlangan vorsinkalarini faol ravishda tiklaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ich kelishini normallashtiradi. BIFOLAK®ZINCUM tarkibida probiotiklar ham mavjud: 10 milliarddan ortiq 8 turdagi bifido- va laktobakteriyalar, qolaversa, boshqa foydali bakteriyalar zink (sink)ning maksimal so'rilishiga, ichak mikroflorasini tez tiklanishiga, moddalar almashinuvi va oshqozon-ichak yo’llari faoliyatini yaxshilashga hamda immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, ular organizmni zararli mikroorganizmlardan tozalashga yordam beradi, bu esa umumiy salomatlikni yaxshilashga yordam beradi. Inulin va maltodekstrin kabi prebiotiklar probiotik bakteriyalarning o’sishini faollashtiradi va ularning ijobiy ta'sirini kuchaytiradi.

Nojo'ya samaralari

Bifolak®-Zinkum tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda kuzatilishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Biologik faol qo’shimcha. Dori vositasi bo’lib hisoblanmaydi.

Qo'llanilishi

•    diareyada ich kelishi tiklanishini tezlashtirish uchun

•    emizikli onalar va ularning bolalariga bolaning normal o'sishi va rivojlanishini ta'minlash uchun

•    o’sishi sust, gipotrofik va tana vazni kam bo'lgan bolalarga

•    bolalarning faol o'sishi davrida, ularning sog'lom o'sishi va rivojlanishi, shuningdek, gormonal muvozanatni saqlash va turli gormonal kasalliklarning oldini olish uchun




Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozirovkasi

•    1 yoshgacha bo’lgan bolalarga – pediatr tavsiyasiga ko’ra;

•    1 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga – kuniga yarim stik;

•    4 yoshdan oshgan bolalarga – kuniga 1 stik;

•    kattalarga – kuniga 1-2 stik.

Ovqatdan keyin iste’mol qilinsin. Qabul qilish davomiyligi: 20-30 kun. Samarasini mustahkamlash uchun 2 kurs qabul qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.

Bolalarda diareya kuzatilganida, Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining (JSST) zincni qabul qilish bo’yicha tavsiyasiga asosan, 6 oylikkacha bo’lgan bolalarga 1 kunda 1 stik, 6 oylikdan oshgan bolalar uchun 1 kunda 2 stik, 10-14 kun davomida qabul qilinadi.

Iste'mol qilishdan oldin 20-50 ml sovutilgan suyuqlikda (qaynagan suv, sut, bolalar ovqati/bo’tqasi) aralashtirilsin. 40 °C dan yuqori haroratda bakteriyalar halok bo'lishi mumkin. Hosil qilingan aralashmani yaxshilab aralashtirib, bir martada bolaga ichirilsin. Preparat qo'shib tayyorlangan aralashmani keyingi safar foydalanish uchun qoldirish mumkin emas. Kukun suyuqlikda to'liq erimasligi mumkin, bu uning tarkibidagi tabiiy komponentlarning xususiyatlariga bog'liq bo'lgan tabiiy jarayondir.

BIFOLAK boshqa chiqarish shakllari

BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10 haqida savollar

BIFOLAK SINKUM stiki 1,5g N10 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil