Apteka.uz
SavatKirish

Oftalmokompleks

Oftalmokompleks chiqarilish shakllari

OPHTALMOCOMPLEX kapsulalar  0,5g N20
OPHTALMOCOMPLEX kapsulalar 0,5g N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
BIOTACT DEUTSCHLAND
•2 ta dorixonada bor
Narxi
110 000 so'm dan
- Oftalmokompleks qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Oftalmokompleksning tarkibi
- Oftalmokompleks ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Oftalmokompleks narxi Toshkent dorixonalarida

Oftalmokompleks haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Farmakodinamikasi

OPHTALMOCOMPLEX® – bu 15 xil tabiiy antioksidant: lyutein, zeaksantin, Omega-3, rutin, zinc(sink), selen, mis moddalari, A, C, E, B1, B2, B3, B6, B9 vitaminlarini o'z ichiga olgan innovatsion kompleks. Bu moddalar ko'zlarni erkin radikallar ta'siridan himoya qilish orqali ko'z salomatligini va ko'rishni yaxshilashga samarali hissa qo'shadi. Ushbu radikallar ko'z to'qimalarida gadjetlar, kompyuterlar va televizorlarning moviy nurlari ta'sirida, shuningdek, yallig'lanish jarayonlari va yoshga qarab, ayniqsa, 45 yoshdan keyin to'planishi mumkin. Macula Health OPHTALMOCOMPLEX® formulasida lyutein, zeaksantin, E va C vitaminlari, zinc(sink) va mis moddalari mavjud bo'lib, ularning dozalari AREDS-2 ko'rsatmalariga asoslanadi. Ushbu kombinatsiya ko'plab oftalmologlar tomonidan ko’rishning yoshga bog'liq o'zgarishlarini, jumladan, makula degeneratsiyasining rivojlanishini sekinlashtirishning samarali vositasi sifatida tan olingan. OPHTALMOCOMPLEX® ko'zning ta’sirlanishini va qizarishini ham kamaytiradi, gadjetlardan tez-tez foydalanadigan va kompyuterda ishlaydigan odamlarda ko'z quruqligi sindromining namoyon bo'lishini kamaytiradi. Tabiiy antioksidantlar ko'rish o’tkirligi uchun javob beradigan ko'z hujayralarini, jumladan, to’r parda va makula oziqlanishini hamda qon ta'minotini yaxshilaydi. Ular, shuningdek, ko'rish jarayonlarining samaradorligini oshiradi va asab hujayralari orqali ko’rish signallarning yanada sifatli uzatilishini ta'minlaydi. OPHTALMOCOMPLEX® ko'zdagi yoshga bog'liq o'zgarishlar rivojlanishining oldini oladi, ko’z gavhari kapsulasi hujayralarining holatini yaxshilashi bilan ko’z gavhari xiralashishi va ko'rishning yomonlashishi xavfini kamaytiradi.

Saqlash sharoitlari

Havoning nisbiy namligi 75 % dan yuqori bo’lmagan va +5 °С dan +25 °С gacha bo’lgan haroratda saqlansin.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

•    7 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 kapsula;

•     kattalarga kuniga 2 kapsuladan.

Qabul qilish davomiyligi 20-30 kun. Qabul qilish miqdori va davomiyligi mutaxassis tomonidan individual ravishda belgilanishi mumkin.



Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Oftalmokompleks preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Oftalmokompleks narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
OxyMed
Mirobod tumani, Mehrjon ko'ch., 45 uy
24/7
117 360 so'm
Buyurtma berish
Bio Nur Med
Yunusobod tumani, 19 daha, 11a uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
110 000 so'm

Oftalmokompleks haqida savollar

Oftalmokompleks haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil